Toshkent moliya instituti
12.7K subscribers
9.9K photos
979 videos
200 files
5.12K links
Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.

Официальный телеграм канал ТФИ

Official channel of TIF

Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Download Telegram
#Bizning_faxrimiz

⚡️⚡️⚡️Toshkent moliya institutining Andijon fakulteti talabasi O‘zbekiston chempioni bo'ldi

Toshkent moliya institutining Andijon fakulteti
kunduzgi bo‘lim “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi birinchi bosqich talabasi Umarova Nasibaxon Maribjon qizi Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan Sportning Jiu-jitsu turi bo‘yicha 1999 yildan 2003 yilgacha tug‘ilgan va 70 kg gacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni egalladi va medal hamda 1-darajali diplom sohibasiga aylandi.

Mazkur faxrli yutuq va natija bilan TMI Andijon fakulteti jamoasini hamda Umarova Nasibaxonni chin qalbdan samimiy muborakbod etgan holda sport va ilmdagi faoliyatiga bundan-da katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
#Bizning_faxrimiz

Talabalarimiz chempion!

Joriy yilning 12-15-oktabr kunlari Qozog’iston Respublikasi Ostona shahrida “Belbog’li kurash” sport turi bo‘yicha o‘smirlar-yoshlar hamda kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada Toshkent moliya instituti “Moliya” fakulteti MXVKM-70 guruh talabasi Abdunabiyeva Farangiz munosib ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni egalladi.

Shuningdek, Toshkent shahrida 6-9 oktabr kunlari “Slalomda eshkak eshish” sport turi bo‘yicha O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi.

Ushbu musobaqada Institutimiz “Sirtqi” fakulteti SBXA-85 guruh talabasi Salimov Otabek Alijon o’g’li munosib ishtirok etib, faxrli 2-o’rinni egalladi.

Mazkur sharafli g'alabalar bilan institutimiz jamoasi sovrindor talaba-yoshlarimizni va “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilarini tabriklaymiz!

Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
#Bizning_faxrimiz🇺🇿

🟢Joriy yilning 27-30 oktabr kunlari Qarshi shahrida “Usmanov Kombat Sistem” sport turi bo‘yicha o‘smirlar-yoshlar o’rtasida O’zbekiston kubogida -70 kg vazn toifasida “Lant kantakat” yo’nalishida bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada Toshkent moliya instituti “Soliqlar va sug’urta” fakulteti ATT-20 guruh talabasi Berdiyev Abbosjon Jumanazar o’g’li munosib ishtirok etib, faxrli 1-o’rinni egalladi🥇

Mazkur sharafli g'alaba bilan institutimiz jamoasi sovrindor talabamizni va “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilarini samimiy tabriklaymiz!

🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_faxrimiz

BIZNING FAXRIMIZ !

Joriy yilning 19-20-noyabr kunlari sportning “Usmanov Kombat Sistem” sport turi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati birinchiligida Toshkent moliya instituti “Soliqlar va sug’urta” fakulteti ATT-20 guruh talabasi Berdiyev Abbosjon Jumanazar o’g’li munosib ishtirok etib, faxrli 🥈 2-o’rinni egalladi.

Shuningdek, 9-13-noyabr kunlari Boks sport turi bo’yicha Toshkent shahar birinchiligida Toshkent moliya instituti “Bank ishi” fakulteti BIA-30 guruh talabasi Almamatov Abdullajon munosib ishtirok etib, faxrli 🥇 1-o’rinni egalladi.

Mazkur sharafli g'alaba bilan institutimiz jamoasi sovrindor talabamizni va “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilarini samimiy tabriklaymiz!

TMI axborot xizmati

🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz

10 nafar talabamiz ATB “Hamkorbank” stipendiyasi sohibiga aylandi⚡️

Toshkent moliya instituti
va ATB “Hamkorbank” oʻrtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida talabalarning amaliyotini tashkil etish, bankka zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislar zaхirasini tayyorlash borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🟡Joriy yilning 4-5-oktabr kunlari ATB “Hamkorbank” vakillari tomonidan institut talabalarini bankda amaliyot oʻtashi va ishga jalb etish yuzasidan tanlov oʻtkazildi.

🤓Mazkur tanlov natijasiga koʻra, institutning 104 nafar talabalari bankda amaliyot oʻtash va ishga jalb etish uchun tavsiya etildi hamda eng yuqori koʻrsatkich qayd etgan 10 nafar talabaga «Hamkorbank stipendiyasi» sertifikatlari topshirildi.

TMI axborot xizmati

🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz

⚡️Talabalarimiz Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sohibiga aylanishdi

Batafsil: https://tfi.uz/uz-Latn/news/stipendiantlarimiz_2022

TMI axborot xizmati

🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz

"Iqtisodiyot" fakulteti 4-bosqich talabasi Raimberdiyev Samandar Sherzod oʻgʻli 2022/2023-oʻquv yili uchun bakalavriat bosqichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi.

TMI axborot xizmati

🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz

"TMI-PDU" qoʻshma fakulteti 4-bosqich talabasi Mahkamov Doniyor Neʼmatovich 2022/2023-oʻquv yili uchun Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi.

TMI axborot xizmati

🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz

Shuningdek, quyidagi talabalarimiz 2022/2023 — oʻquv yili uchun Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻldi:

Toʻrayeva Sevara Fazliddin qizi
(Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti);

Abduqaxorov Bekzod Oʻtkir oʻgʻli (Byudjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti);

Amanullayeva Yulduz Shamsiddin qizi (Moliya fakulteti);

Qudratova Feruza Nasriddinovna (Moliya fakulteti);

Tursunova Munisa Xoʻjayor qizi (TMI-PDU qoʻshma fakulteti);

Xodjaraxmanova Nazira Baxtiyar qizi (Byudjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti) .

TMI axborot xizmati

🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz

Talabamiz Bryus Lee xotirasiga bagʻishlangan xalqaro musobaqada gʻolib boʻldi

Batafsil

👨‍💻TMI axborot xizmati

🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz

Talabamiz Startup loyihalar tanlovi sovrindori!

Joriy yilning 30-yanvar kuni o'tkazilgan Startup loyihalar Respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi.

Mazkur tanlovda Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabasi Samandarov Asadbek Shuxrat o'g'li o’zining StartUp loyihasi bilan ishtirok etib, tanlovda faxrli ikkinchi o'rinni egalladi.

A.Samandarovni mazkur natija bilan institut jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatiga bundan-da katta zafarlar tilaymiz!

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#bizning_faxrimiz

Talabalarimiz belbog'li kurash sport turi bo‘yicha “UNIVERSIADA-2022” da umumjamoa hisobida faxrli 2-o'rinni egallashdi

Batafsil:
https://tfi.uz/uz-Latn/news/UNIVERSIADA_2022_1402

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
#bizning_faxrimiz

⚡️Talabalarimiz chempion bo‘lishdi!


2023-yil 3-mart kuni sportning karate WKF yo’nalishida barcha yosh toifalari bo’yicha O’zbekiston kubogi bo’lib o’tdi.

Ushbu musobaqada institutimiz Sirtqi fakulteti SMMT-88 guruh talabasi Xamroyev Samarbek Samadovich faxrli I-o’rinni egallab Osiyo chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Sirtqi fakulteti CBIA-89 guruh talabasi Raximova Dilafruz Mamarasul qizi 17-19 fevral kunlari sportning Taekwon-do (ITF) turi bo’yicha kattalar, yoshlar va o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempoinatida faxrli III-o’rinni egallab Osiyo chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Ushbu g’alabalar bilan Toshkent moliya instituti jamoasi, Sirtqi fakulteti hamda “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-o’qituvchilari talabalarimizni chin qalbdan samimiy qutlaydi va kelgusi faoliyatlarida bundanda ko‘p g‘alabalar tilaydi.

Bizni kuzatishda davom eting 👉 @moliyauz_official
#Bizning_faxrimiz

⚡️Talabamiz Markaziy Osiyo chempionatida faxrli I-o’rinni egalladi

Joriy yilning 16-19-mart kunlari sportning TAEKWONDO (ITF) yo’nalishida kattalar, yoshlar va o’smirlar o’rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo’lib o’tdi.

Quvonarlisi, mazkur musobaqada institutimiz Sirtqi fakulteti CBIA-89 guruh talabasi Raximova Dilafruz Mamarasul qizi 77kg bo’yicha faxrli I-o’rinni egalladi.

Ushbu g‘alaba bilan Sirtqi fakultet jamoasini hamda “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilarini tabriklaymiz. Talabamizning kelgusidagi faoliyatiga bundanda katta zafarlar tilaymiz!

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#Bizning_faxrimiz

Talabalarimiz chempion!

Batafsil

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#Bizning_faxrimiz

Talabalarimiz champion!

2023-yil 3-may Qirgʻiziston Respublikasi Uzgen shahrida sportning “Kikboksing” turi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Toshkent moliya instituti “Bank ishi” fakulteti BIA-81 guruh talabasi Baxronov Ulugʻbek 75 kg vazn toifasida qatnashib, faxrli I oʻrinni egalladi.

Shuningdek, 4-6-may 2023-yil Fargʻona viloyatida sportning “Belbogʻli kurash” turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqada Toshkent moliya instituti “Moliya” fakulteti 1-bosqich talabasi Abdunabiyeva Farangiz 52kg vazn toifasida qatnashib, faxrli I oʻrinni egallab, 20-25 may kunlari Jizzax shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Ushbu gʻalabalar bilan Toshkent moliya instituti jamoasi “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi jamoasini tabriklaydi👏

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#Bizning_faxrimiz

TMI talabasi Xalqaro musobaqada birinchilikni egalladi

2023-yil 10-14 may kunlari Buxoro shaharda sportning “Usmanov Kombat system” turi bo’yicha yoshlar o’rtasida Xalqaro musobaqa bo’lib o’tdi.

Mazkur musobaqada Toshkent moliya instituti “Soliqlar va sug’urta” fakulteti ATT-20 guruh talabasi Berdiyev Abbosjon -75 kg vazn toifasida ishtirok etib faxrli I o’rinni egalladi.

Ushbu g’alaba bilan Toshkent moliya instituti jamoasi “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-o’qituvchilarini tabriklaydi.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#Bizning_faxrimiz

Talabamizga sport ustasi guvohnomasi berildi!

Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi Toshkent moliya instituti “Bank ishi” fakulteti BI-50 guruh talabasi Yaxshiboyev Bahrom Jumaniyoz oʻgʻlining ARMRESTLING sport turi boʻyicha yuqori natijalarini hisobga olgan holda, 2022-yil 30-dekabrdagi 01/1304-A/F sonli buyrugʻi bilan ARMRESTLING boʻyicha sport ustasi guvohnomasi berildi.  

Yaxshiboyev Bahrom qator respublika, Osiyo va xalqaro musobaqalar g'olibi hisoblanadi. Talabamizning ushbu natijasi bilan institut rahbariyatini va “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-oʻqituvchilarini tabriklaymiz!

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#Bizning_faxrimiz

Talabamiz jahon chempionatiga yo'llanmani qoʻlga kiritdi!

2023-yilning 20-25 may kunlari Jizzax shahrida kattalar oʻrtasidagi BELBOGʻLI kurash sport turi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.

Quvonarlisi, institutimizning “Moliya” fakulteti MXVKM-70 guruh talabasi Abdunabiyeva Farangiz faxrli I oʻrinni egallab yurtimiz bayrogʻini yuqori koʻtardi va jahon chempionatiga yollanmani qoʻlga kiritdi.

Abdunabiyeva Farangizning ushbu natijasi bilan institut rahbariyati, Moliya fakulteti va “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-oʻqituvchilarini tabriklaymiz! Talabamiz jahon chempionatida ham munosib qatnashib, faxrli oʻrinlarni egallashiga ishonamiz!

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#Bizning_faxrimiz

Talabalarimiz xalqaro tanlovda munosib ishtirok etishdi

Toshkent moliya instituti talabalaridan iborat jamoa MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilgan “TAX IN TASHKENT-2023” xalqaro soliqqa tortish boʻyicha talabalar tanlovida faol ishtirok etib, sovrinli oʻrinni egalladilar hamda Rossiya Federatsiyasida boʻlib oʻtadigan navbatdagi xalqaro tanlovda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldilar.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official