Toshkent moliya instituti
12.5K subscribers
9.9K photos
979 videos
200 files
5.12K links
Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.

Официальный телеграм канал ТФИ

Official channel of TIF

Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Download Telegram
#Bizning_faxrimiz

Talabamiz innovatsion ishlanmalar tanlovi g’olibi!

Joriy yilning 19-21 may kunlari INNO texnoparkda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi.

Mazkur tanlovda Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabasi Samandarov Asadbek Shuxrat o'g'li o’zining istiqbolli innovatsion ishlanmasi bilan ishtirok etgan holda tanlov g’olibi bo’ldi.

Tanlov g’olibi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladigan maqsadli o‘quv kurslarida bepul o‘qish imkoniyati va BHMning 20 baravari (5 400 000 so‘m) miqdorida pul mukofotiga ega bo‘ldi.

Bizni kuzatishda davom eting 👉 @moliyauz_official
#bizning_faxrimiz

Toshkent harbiy okrugi garnizonida "YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK" shiori ostida sportning "Milliy kurash" turi bo'yicha o'tkazilgan birinchilikda 81 kg vazn toifasida Toshkent moliya instituti "Byudjet hisobi va g'aznachilik fakulteti" talabasi Shavkatjonov Mardon Zokirjon o'g'li faxrli II o'rinni egalladi.

Ushbu g'alaba bilan institut jamoasi Shavkatjonov Mardon va “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasini samimiy muborakbod etadi va kelgusida bundanda katta yutuqlarni qo'lga kiritishini tilab qoladi.

Bizni kuzatishda davom eting 👉 @moliyauz_official