ДРАБЛЛАР | қисқа ҳикоялар
11.2K subscribers
85 photos
93 videos
800 links
Дунёнинг энг қисқа ҳикоялари бериб бориладиган канал

• Канал яратувчиси: Аржумандбегим
• Ҳамкор канал: Шамсинур ижоди(@shamsinurijodi)

• Боғланиш: Аржумандбегим таътилда*
Download Telegram
Xudo shohid,
Unutolmadim
Ko‘zlarimga tushgan soyasin.
Uzun tunlar takrorlab chiqdim,
Baxtga o‘xshash ishq hikoyasin.
Sog‘inchining titroqlarida
Kipriklari o‘qirdi kitob.
Sovuqqina, jonsiz simlardan
Quyilardi ko‘ksimga oftob.
Ostonamdan kirmay turib U
Kirib bo‘ldi qonu jonimga.
“Sevaman”, deb asta shivirlab,
O‘tlar qo‘ydi xonumonimga.
Xudo shohid,
Qanday unutay?
Gullar tutdi ajib bir kunlar.
Tushimmi deb ko‘zimni yumsam,
Qo‘llarimda hanuz shu gullar...
Xudo shohid,
Bor edi unda
Sevgidan-da yuksakroq tuyg‘u.
Meni telba etgandi shunda
Ruhidagi eng go‘zal qayg‘u.
Nima bo‘ldi keyin, bilmadim,
Bizni yengdi qanday g‘anim g‘am.
Xudo shohid,
Osmon edi U,
Bo‘lolmadim qaro tuproq ham!


Zebo Mirzo



#shunchaki(emas)
11😢8👍1