#buyurtma
Eslasam yurakka nish botar doim,
Suymagan koʻngilga boʻlganmidim zor…
Bu qanday qismatdir aytgin Xudoyim,
Sevganlarimizning sevganlari bor…
Yosh bilan koʻklarga nazar solaman,
Dunyo ham boʻladi koʻzlarimga tor…
Taqdirning ishiga hayron qolaman,
Sevganlarimizning sevganlari bor…
Baxt bilan doʻstlashgan kunim boʻlmadi,
Kamiga sevmadi meni oʻshal yor..
Koʻnglim borligini nahot bilmadi,
Sevganlarimizning sevganlari bor…
Sizga koʻrinaman goʻyoki bekam,
Aslida men ojiz, bitta umidvor…
Sevib yashayotgan, sevilmasa ham,
Sevgan insonining sevgani ham bor…
Yasemin
Eslasam yurakka nish botar doim,
Suymagan koʻngilga boʻlganmidim zor…
Bu qanday qismatdir aytgin Xudoyim,
Sevganlarimizning sevganlari bor…
Yosh bilan koʻklarga nazar solaman,
Dunyo ham boʻladi koʻzlarimga tor…
Taqdirning ishiga hayron qolaman,
Sevganlarimizning sevganlari bor…
Baxt bilan doʻstlashgan kunim boʻlmadi,
Kamiga sevmadi meni oʻshal yor..
Koʻnglim borligini nahot bilmadi,
Sevganlarimizning sevganlari bor…
Sizga koʻrinaman goʻyoki bekam,
Aslida men ojiz, bitta umidvor…
Sevib yashayotgan, sevilmasa ham,
Sevgan insonining sevgani ham bor…
Yasemin
❤8😢3👍2🔥1