TDIU Samarqand filiali
1.97K subscribers
16K photos
1.2K videos
77 files
6.96K links
TDIU Samarqand filialining rasmiy kanali

🌐 www.sbtsue.uz/uz

Taklif va murojaatlar: @TDIUSFbot
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf
#tavalludining_69yilligi

O‘lsa o‘zi o‘lar so‘zi o‘lmaydi,
Hamisha barhayot nasl shoirlar.
Haqiqiy shoirning qabri bo‘lmaydi,
Yurakka ko‘milar asl shoirlar.
Yo‘qsa yo‘qlamoqni o‘rgating menga,
Cho‘lponni go‘rini ko‘rsating menga.

Muhammad Yusuf

26-aprel O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Shoirning o‘lmas satrlari, qo‘shiqqa aylanib qalblarga kirgan she’rlari, uning boladek beg’ubor qalbidan yangragan ovozi va dunyolarga sig‘may qog‘ozlardan joy olgan inja ijod mahsullarini hech bir o‘zbek unutmaydi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Muhammad_Yusuf
#tavalludining_70yilligi

🇺🇿O‘zbekiston xalq shoiri, elimizning sevimli farzandi Muhammad Yusufning she’rlarini yod olmagan, qo‘shiqlarini sevib ting­lamagan inson kam bo‘lsa kerak. Uning sodda, ravon va xalqchil she’rlarida kattayu kichik o‘z dardu tashvishi, quvonchu shodligini his etadi, shuning uchun ham har bir satrini yuragiga jo qiladi.

📌O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida tavallud topgan.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube