TDIU Samarqand filiali
3.22K subscribers
33.8K photos
2.3K videos
96 files
13.2K links
TDIU Samarqand filialining rasmiy kanali

🌐 www.sbtsue.uz/uz

Taklif va murojaatlar: @TDIUSFbot

Manzil: Samarqand shahri, Professorlar koʻchasi, 51A-uy
Download Telegram
#talaba_fest

"Talaba Fest" doirasida Toshkent viloyati yoshlari TDAUda birlashdi


Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazilgan “Talaba Fest” festivali Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining qariyb 2 ming nafar talaba-yoshlarini bir maydonda jamladi.

Festival yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, ijodiy va sport salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbir dasturi doirasida milliy va zamonaviy san’at namunalari aks etgan madaniy chiqishlar, “Liboslar” va “Eng yaxshi rasmlar” ko‘rgazmalari, “Eng mazali taomlar” tanlovi, sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini hamda “Munozara” turniri kabi ko‘plab tadbirlar tashkil etildi. Talaba-yoshlar ushbu maydonlarda o‘zlarining bilim va iste’dodlarini namoyon etib, sog‘lom raqobat va hamjihatlik muhitini yaratdilar. Shuningdek, karaoke maydonchasi, quvnoq shou dasturlar va taniqli san’atkorlar ishtirokidagi gala-konsert festivalga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Festival yakunida faol ishtirok etgan talabalar va jamoalar taqdirlandi.


Mazkur festival yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlab, ularga o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etish uchun keng imkoniyat yaratdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥2👍1
Forwarded from Edu.uz
#YangiOʻzbekistonTalabalariOlimpiadasi

🏅 “Yangi Oʻzbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi davom etmoqda

Bugun, 6-iyun kuni musobaqalarning ikkinchi kunida respublikamizning barcha hududlaridan saralangan 2 mingga yaqin talaba-sportchi sportning bir qator turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti sport majmuasida voleybol (qizlar), Mirzo Ulug‘bek tumani 1-son sport maktabi sport majmuasida voleybol (o‘g‘il bolalar), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida gandbol, Olimpiya shaharchasi Markaziy stadionida yengil atletika hamda Milliy futbol markazida futbol musobaqalari o‘tkazilmoqda.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/174353

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸 “Siz sudga chaqirildingiz” — navbatdagi firibgarlik tuzog‘i

⚠️ Telegram foydalanuvchilari yana yangi firibgarlik sxemasiga duch kelmoqda. Kiberjinoyatchilar messenjer orqali fuqarolarga go‘yoki sudga chaqirilgani haqida xabar yuborib, unga APK fayl yoki shubhali havolani ilova qilmoqda.


⚡️ Aslida esa bunday xabarlarning maqsadi — qurilmangizga zararli dastur o‘rnatish, shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritish yoki bank kartalaringizga noqonuniy kirish imkoniyatini yaratishdir.

❗️Unutmang:

➡️ Sud organlari rasmiy hujjatlarni tasodifiy Telegram akkauntlari orqali yubormaydi;
➡️ Noma’lum manbalardan kelgan APK fayllarni yuklab olmang;
➡️ Shubhali havolalarga kirmang;
➡️ Har qanday xabarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.

🥷 Firibgarlar usullari o‘zgarishi mumkin, ammo ularning maqsadi bitta – sizning ishonchingizdan foydalanish. Hushyor bo‘ling va yaqinlaringizni ham ogohlantiring!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1