"Blog boshlash orqali daromad qilish sirlari" 🔥

Siz ham blog yuritmoqchi, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? Ushbu qo‘llanmada siz quyidagilarni o‘rganasiz:

O‘z yo‘nalishingizni aniqlash va to‘g‘ri auditoriyani topish usullari.
Sifatli va qiziqarli kontent tayyorlash bo‘yicha maslahatlar.
Blogni monetizatsiya qilishning samarali yo‘llari.
Ishni avtomatlashtirish orqali vaqtni tejash.

Bu real misollar va qulay avtomatlashtirish vositalarini o‘z ichiga olgan amaliy qo‘llanma.

To‘liq ma’lumot uchun maqolani o‘qing:

Batafsil...
🏪 Barcha darajadagi mobilograflar va SMM mutaxassislari uchun!

🔥 MOBILOGRAFLAR BAZASI - PREMIUM PACK 🔥
🎞 20,000 ga yaqin FILE sizlar uchun MUTLAQO BEPUL!

📲 Bu Telegramdagi yopiq kanal bo‘lib, biz mobilograflar uchun katta bazani taqdim etamiz! 💪

📦 Premium Pack’da nimalar bor? 👇

Green screen fayllar – 300+ ta 🟢
Top shriftlarEng sara variantlar 🅰️
SFX zvuklar1000+ ta 🎙
PNG, ICON’lar1000+ ta 👑
Overlay va futajlar200+ ta 👣
Background fayllar300+ ta ⭐️
Foydali ma’lumotlar va kitoblar 🎞
Animatsiyali iconlar 💸
Isxodniklar3600+ ta 🤩🤩
Stories uchun maxsus fayllar300+ ta 📱
Stories yaratishning 100 usuli
PNG 500+ 🎞
Teksturalar 100+ 🎞
HOOK – E’tiborni tortish usullari 😁
Pattern to‘plami 🟡
Oboylar (fonlar) 🎞
Perexodlar (o‘tish effektlari)300+ ta 〰️
Montaj uchun professional musiqa1000+ 🎶
Dizaynerlar uchun eng kerakli fayllar500+ ta 🎞
Instagram uchun 32 soha bo‘yicha tayyor post shablonlar (PSD)
Mem file’lar – Eng trenddagi MEM’lar 😭
SMM uchun maxsus futajlar 🆕
PSD fayllar – Eng keraklilari 📂

💰 Bunday hajmdagi materiallar aslida katta narxlarda sotiladi, lekin menga sodiq obunachilarim uchun bu maxsus sovg‘a! 🎁

Eslatib o'taman guruhga doimiy ravishta fayllar joylab boriladi🔥


Guruhga qo'shilish uchun ssilka👇

https://tttttt.me/+i8WCepAi6xFjZmNi
📌 Kontent tayyorlash uchun foydali saytlar dayjesti

🟡 auphonic.com – Har qanday video yoki audio faylni yuklaysiz, va neyron tarmoq ovozni shunchalik sifatli qiladi-ki, balki qimmat mikrofoningizni tashlashga majbur bo‘lasiz.

🟡 iconfinder.com – Minglab bepul ikonka va stikerlarni yuklab olish mumkin. Barchasi shaffof fonli (PNG formatida).

🟡 rotato.app – 3D maketlar va ajoyib animatsiyalar tayyorlashda yordam beradi. Turli qurilmalar va shablonlar mavjud.

🟡 yarn.co – Istalgan iborani kiritasiz va shu so‘zlar ishlatilgan film parchasini topasiz.

👌 Saqlab qo‘ying!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Reels tahlili

Profil: @thomas_k (fotograf)
Obunachilar: 699 ming
Ko‘rishlar: 998 ming
Layklar: 69,2 ming

G‘oya

Sayohat kontentining odatiy formatini yangicha va noodatiy usulda ko‘rsatish.

Qanday tayyorlangan?

Bunday videoda asosiy jihat — harakatdagi detallar yetarli bo‘lgan kadrlarni olish. Rang uyg‘unligi, umumiy muhit va tovush bilan uyg‘unlik ham muhim.

Keyingi bosqich — montaj. Bu jarayonni tushunish uchun quyidagi tutorialga qarashingiz mumkin: Tutorial.

Qisqacha aytganda, kerakli qismini kesib olib, uni bir necha marta takrorlab qo‘shish orqali loop (doimiy takrorlanadigan) effektdan foydalanish kifoya.

Nega trendga chiqdi?
• Eng katta rolni videodagi shahar qushlarining ko‘pligi o‘ynadi. Ammo bu effektni mashinalar, odamlar yoki boshqa ko‘p sonli bir xil elementlar bilan ham tayyorlash mumkin.
• Hayotda kam uchraydigan tasvirlar har doim diqqatni tortadi.
• Effekt sodda, lekin yangicha. Hozir ko‘plab kreativ blogerlar uni qo‘llay boshladi, shuning uchun tavsiya qilaman!

@komilblog
23- Fevral kuni mini-zapusk Start berildi. Oradan to‘rt kun o‘tib, avtomatizatsiya jarayonida kichik, lekin muhim xato aniqlandi. Shu sababli, tizimda nosozliklar yuzaga keldi. Tezda xatolarni tahlil qilib, muammoni bartaraf qildik. Hozirda jarayon barqaror va yaxshi tempda davom etmoqda. Bir oy o‘tgach, ushbu mavzuga qaytib, natijalar bilan bo‘lishamiz.
Videolaringiz uchun animatsion effectlar to'plami


https://videoeffects.com
Assalomu alaykum hamkasblar

Hozir so'rovnoma o'tkazamiz aktiv qatnashsela hursand bo'lardim
😊
Siz mobilografiya + montaj sohasini bilasizmi? yoki qanchadan beri faoliyat yuritib kelasiz?
Anonymous Poll
39%
Endi boshladim ⚜️
19%
1 yildan beri faoliyat yuritaman ⚜️
8%
3 + yillik tajriba ⚜️
33%
Agar o'rgatsez o'rganishga tayyorman ⚜️
Komil Yusupov
Siz mobilografiya + montaj sohasini bilasizmi? yoki qanchadan beri faoliyat yuritib kelasiz?
Assalomu alaykum, hammaga!

So‘rovnomaga qaraganda, ko‘pchilik hali bu sohada yangi ekan. Shu sababli digital marketing bo‘yicha bilimlarni etapma-etap o‘rgatib boraman.

Agar sizning o‘rganish niyatingiz bo‘lsa, 🔥 emojilar bilan reaksiyangizni qoldiring!"
Assalomu aleykum hurmatli kuzativchilar Cap Cutni umumman tushunmaydigan kuzatuvchilarimiz uchun boshlang'ich DARSLIKNI ko'rib chiqishingizni so'raymiz

Cap Cut [BOSHLANG'ICH 1-DARS]

Darslikni ko'rish👆👆👆

Reaksiya qoldirish esdan chiqmasina🔥
Shaxsiy brendni rivojlantirish natijalari hayratlanarli!

Tasavvur qiling, shaxsiy blogimda 1 ta reelsda ko'rilgan auditoriya deyarli 3 ta “Bunyodkor” stadioniga sig‘adigan darajada!

Eng quvonarlisi, kuzatuvchilarimning yarmidan ko‘pi videolarni tomosha qilib, o‘zlari uchun foydali bilim olib ketishmoqda. Bu esa meni quvontiradi.

Siz ham kuzatishda davom eting – blogimda hali juda ko‘p qiziqarli va foydali ma’lumotlar oldinda!

@komilblog
Ikkinchi variant sizga to'g'ri kelmaydi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu saytdagi materialdan qanday foydalanishni bilganlar uchun juda foydali bo'ladi!

Sayt👇 ssilkasi
🎁 Sovg'a

Agar foydalana olmasangiz izoh qoldiring!
Ushbu sayt sizga istalgan qoʻshiqni minusini ajratib beradi

LINK 👉 vocalremover.org

Reaksiya qoldirish esdan chiqmasin🎁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SHAXSIY BLOG YURITMOQCHI BO'LGANLAR UCHUN 10 QADAM

Agar blog boshlamoqchi bo‘lsangiz, lekin nimadan boshlashni bilmay turgan bo‘lsangiz, quyidagi 10 qadamni o‘qing. Bu men o‘zim ishlatgan va vaqt davomida shakllangan yondashuvim.


1. Nega boshlayapsiz – maqsadingizni yozib chiqing
Kimga foyda berasiz? Kimni ilhomlantirasiz? Nimani boshqalarga yetkazmoqchisiz? Bu savollar sizga yo‘l ko‘rsatadi.


2. Mavzuni toraytiring
Hammasini bir postga sig‘dirishga harakat qilmang. Masalan, siz marketing bilasizmi? Faqat Instagram marketingdan boshlang. Keyin bosqichma-bosqich kengaytiring.


3. Real hayotingizni aralashtiring
Siz qanday yashaysiz, kun tartibingiz qanday, qanday muammolarga duch kelasiz – mana shular blogni tirik qiladi. Faqat maslahat berib qolmang, o‘zingizni ham ko‘rsating.


4. Post yozayotganda suhbat tonida yozing
Rasmiy tilda emas. Qanday gapirsangiz, shunday yozing. Har doim o‘quvchiga “siz” deb murojaat qiling. Bu blogni yaqinlashtiradi.


5. Har bir post foydali bo‘lishi shart emas – samimiy bo‘lsa bo‘ldi
Ba’zida oddiy kuzatishlar, bir kunlik tajriba yoki o‘y-hayollaringiz ham odamlar uchun kerakli bo‘lishi mumkin.


6. Sarlavha ustida ishlang
Sarlavha – kirish eshigi. Odamlar birinchi bo‘lib o‘shani ko‘radi. Sarlavha qiziqtirsa – postni o‘qiydi. Yozgan narsangizni o‘z ichida sarlavha bilan bir necha xil ko‘rinishda sinab ko‘ring.


7. Blog bu faqat yozish emas – ovoz, video, rasm ham blogning bir qismi
Agar gapirishni yaxshi ko‘rsangiz, ovozli postlar qiling. Mini podkast, reels, infografika. Har kim o‘ziga qulay usulni tanlashi kerak.


8. Rejasiz post yozmang
Oldindan mavzularni rejalashtirib oling. Hech bo‘lmasa haftalik yoki 10 kunlik. Bu sizga izchil blog yuritishda yordam beradi. Yozadigan narsangizni oldindan bilsangiz, vaqt va energiyangiz tejalanadi.


9. Boshqalar bilan solishtirmang – sizniki o‘zgacha
Instagramda, Telegramda, YouTubeda hamma boshqacha yondashadi. Siz o‘zingizga xos yo‘ldan yuring. Oddiy gaplaringiz, samimiy uslubingiz eng katta kuchingiz bo‘lishi mumkin.


10. Boshlang va to‘xtab qolmang
Ideal post kutib vaqt o‘tkazmang. Harakat qilib, yo‘lda tuzatasiz. Asosiy narsa – boshlash va doimiylik. Har kuni yozish shart emas, lekin muntazamlik bo‘lishi kerak.


Agar siz ham blog yuritishni boshlash niyyatida bo'lsangiz, boshlay olmayotganingizga qaysi muammo to'xtatib turganini yozing!

@komilblog
Zo‘r fikr o'qib qoldim: mingta usulni birdan ko‘rsatishga urinma — bitta usulni ming marta ko‘rsat, lekin har safar boshqacha yondashuv bilan.