📏20 TA POST QOIDASINI QANDAY AMALGA OSHIRISH KERAK?

So‘nggi ikki oy ichida qancha video joylaganingizni hisoblang. Profilingizda kamida 20 ta video bo‘lishi kerak, chunki bu bosqichdan so‘ng kontent tahliliga o‘tishingiz mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Bu yondashuv ikki asosiy maqsadga xizmat qiladi:

1. ALGORITMLARNI SIZNING PROFILINGIZGA MOSLASHISHGA MAJBUR QILADI.

2. YANGI KELGAN AUDITORIYAGA PROFILINGIZDA QANDAY MAZMUN BORLIGINI TUSHUNISH IMKONINI BERADI.

📆MUVAFFAQIYATLI VIDEOLAR UCHUN TAVSIYALAR:

🔘Tasvir sifati: Video sifatining yaxshi bo‘lishi muhim, ammo asosiy e’tibor mazmunga qaratilishi kerak. Hatto eski telefon bilan olingan, lekin mazmunan muhim bo‘lgan video ham muvaffaqiyat qozonishi mumkin.

🔘Qiziqarli sarlavha: Dastlabki 3 soniya hal qiluvchi bo‘ladi, shuning uchun sarlavha e’tibor tortuvchi va tomoshabinni qiziqtiruvchi bo‘lishi kerak.

📆KO‘RISH DAVOMIYLIGINI OSHIRISH:

🔘Intrigani faqat oxirida oching.

🔘Videoni quyidagi tuzilma asosida yarating: sarlavha, tomoshabinni jalb qilish, mazmun qismi, harakatga chaqiriq.

🔘Dinamikani saqlang va montaj orqali energiyani qo‘shing.

🔘Qayta tomosha qilish imkoniyatini oshirish:

🔘 Videoni aylanuvchi shaklda quring (boshi va oxiri bir-biriga ulanadi).

🔘Ko‘proq foydali ma’lumotni tavsifga yozing, bu video davomida o‘qish jarayonida tomoshabin e’tiborini saqlab qoladi.

📆UZOQ MUDDATLI FOYDA UCHUN:

Bu 20 ta video profilingizni rivojlantirish uchun bazaviy qadam. Keyingi bosqichlarda mazmunni muntazam yangilab, sifatni oshirib borishingiz kerak bo‘ladi. Muvaffaqiyat har kuni kichik qadamlardan boshlanadi.

👉 Telegram kanalga ulaning va haqiqiy kontent tayyorlashni o‘rganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-YIL INSTAGRAMDA KONTENT ENDI QANDAY ISHLAYDI @komilblog.pdf
357.7 KB
✈️2025-YILDA INSTAGRAMDA KONTENT QANDAY ISHLAYDI?

Obunachilarim uchun Instagram kontenti bo‘yicha 2025-yilning asosiy trend va strategiyalari haqida batafsil ✈️PDF tayyorladim!

Agar siz blogger, tadbirkor yoki kontentmeytker bo‘lsangiz, kelgusi yil uchun strategiyangizni bu yangiliklar asosida rejalashtirishingiz juda muhim.

✈️ O‘z biznesingizni yoki shaxsiy brendingizni Instagram orqali rivojlantirish uchun ushbu tavsiyalarni o‘tkazib yubormang! Saqlab oling

👉 Telegram kanalga ulaning va haqiqiy kontent tayyorlashni o‘rganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KO‘PCHILIKNI QIYNAYOTGAN SAVOLGA JAVOB BERAMAN.

Directimga kelayotgan asosiy savollardan biri:
"Nega videolar sifatini yo‘qotadi?"

Videolar sifatining yomonlashishining asosiy sababi — bir nechta eksport bosqichlaridir.

Agar videoni saqlab, keyin boshqa dasturga tashlab, yana qayta saqlasangiz, sifat yomonlashadi.

Buning sababi har bir eksport bosqichida video siqilish jarayonidan o'tadi. Har bir dastur siqishni o'z algoritmlari bilan amalga oshiradi, bu esa piksel yo'qolishiga, ranglar o‘zgarishiga va umumiy sifatning pasayishiga olib keladi va sifat juda yomonlashadi.

NIMA QILISH KERAK?
Barcha montajni bitta dasturda bajarish — bu asosiy qoida!


Endi eksport qilishdan oldin, quyidagi sozlamalar bilan saqlab ko‘ring.

Bu sozlamalar videoingiz sifatini yo‘qotmaslikka yordam beradi:

CAPCUT.

👉 Telegram kanalga ulaning va haqiqiy kontent tayyorlashni o‘rganing!
#HARID

“Anchadan beri Hollyland M2 mikrofonini sinchiklab o‘rganib, bugun nihoyat sotib oldim. Asosiysi, uning qulayligi va sifatli ovoz yozish imkoniyatlari meni o‘ziga tortdi. Oldin ovoz sifati bilan bog‘liq muammolar va universal joylarda kontent tayyorlashdagi cheklovlar menda qiyinchilik tug‘dirardi. Endi esa bu muammolar bartaraf etildi. Hollyland M2 yordamida kontentimni istalgan joyda jonli va sifatli tarzda tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘ldim.

Siz qaysi mikrofonni ishlatasiz?”
Komil Yusupov
Shu joyni tark etaman)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Komil Yusupov
Qachon lavashga boramiz?
1.3🍋

33k repostni kimlar orzu qilmagan?
Bu bepul marketing.


👉 Telegram kanalga ulaning va haqiqiy kontent tayyorlashni o‘rganing!
SARAFAN MARKETINGNING EFFEKTI

Har bir buyurtma — mening chin dildan qilgan mehnatimning natijasi. Ishimni yaxshi ko‘rib, har bir detalni mukammal qilishga intilaman. Shuning uchun mijozlarim birin-ketin keladi va ular mening ishimni boshqalarga tavsiya qilishadi.

Bugungi yangilik: ushbu logo Xorazmga yo‘l oldi! 🗺️

Bu loyiha menga katta ishonch va qoniqish baxsh etdi. Sizlarga ham yoqishini umid qilaman. Fikrlaringizni kutaman!

💡 Agar sizga ham o‘z brendingiz uchun professional va unutilmas logo kerak bo‘lsa, bemalol murojaat qilishingiz mumkin. @alothemes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu esa kichkintoylar haloskori Pamperchi akamizning buyurtmasi edi!

Sizgaham yoqtimi?
Hech narsa tafodif emas.
Formatlarni o‘zgartirish.

"Media fayl formatini qanday o‘zgartirish mumkin?" degan savolga javob beramiz. Ba'zida ish uchun zarur bo‘lgan fayllar mos formatda bo‘lmasligi mumkin. Buni hal qilish uchun konvertorlar – maxsus dasturlar va onlayn xizmatlar mavjud. Ular fayllarni kerakli formatga o‘tkazadi.

Onlayn vositalardan menga 123apps tomonidan taqdim etilgan video-converter.com xizmati ma’qul. Oflayn vositalardan esa Shutter Encoder dasturini tavsiya qilaman. Uni rasmiy sayti shutterencoder.com orqali yuklab olish mumkin. Ushbu dastur uchun tavsiya bildirgan insonga raxmat.

Onlayn va oflayn vositalar nafaqat konvertatsiya qilish, balki boshqa qo‘shimcha funksiyalarni ham taklif qiladi – ulardan foydalanishni tavsiya etaman.
HARAKAT YO‘NALISHI BO‘YICHA MONTAJ

Mazmuni:
👉 Ushbu prinsipi qo‘shni kadrlar orasida harakat yo‘nalishini yoki nigoh yo‘nalishini saqlashni talab qiladi.

Qoidalar:

Agar bir kadrda qahramon chap tomonga yursa, keyingi kadrda ham yo‘nalish o‘zgarmasligi kerak.
Personajlar bir-biriga qarab turganda, ularning nigoh yo‘nalishi o‘zgarmasligi muhim.

Foydasi:

🌀 Hikoyaning uzluksizligi va yumshoqligini ta'minlaydi.
🎭 Personajlarning hissiyotlarini aniq yetkazadi.

Istisno holatlar:

Agar yo‘nalishni o‘zgartirish kerak bo‘lsa:
🔹 Oraliq kadrlar (yirik planlar, burilishlar va hokazo) ishlatiladi.
🔹 Bu voqea rivojida keskinlikning oldini oladi.

Amaliy maydon sharoiti:

Har doim ushbu prinsiplarga amal qilish imkoni bo‘lmasligi mumkin.
🛠 Ishlash uchun mavjud materiallar ba'zida kutilgan natijaga mos kelmaydi.
NIMA_UCHUN_KO‘PCHILIK_O‘Z_BLOGINI_BOSHLASHGA_QO‘RQADI_@komilblog.pdf
311.6 KB
🔥 NIMA UCHUN KO‘PCHILIK BLOG BOSHLASHGA QO‘RQADI?

💭 Siz ham blog boshlashni hohlaysiz, ammo nimadandir qo‘rqmoqdasizmi? Aslida bu qo‘rquv — SAROBDAN boshqa narsa emas!

Men aynan shu mavzuda siz uchun maxsus PDF tayyorladim. Bu faylda:

📌 Blog boshlashga to‘sqinlik qiladigan omillar va ularni yengish yo‘llari;

🎯 O‘z sohangizda professional bo‘lib rivojlanish uchun asosiy tavsiyalar jamlangan.

‼️ Bu bilimlarni yig‘ish oson emas, hattoki sotiladigan darajada qimmatli! Ammo, men buni sizga BEPUL taqdim etmoqdaman. Chunki sizning muvaffaqiyatingiz men uchun MUHIM! 💪

Blog boshlash — bu katta qadam, ammo birinchi qadamni qo‘yganingizda muvaffaqiyat sari yo‘l ochiladi! Qo‘rquvni yengish va o‘z orzularingiz sari dadil qadam tashlash vaqti keldi! 💥

Siz bunga loyiqsiz! 🌟
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Instagram Direktori aloqaga chiqdi...

🔥 ADAM MOSSERI TOMONIDAN KONTENTYORLAR UCHUN TOP-6 MASLAHAT

▪️ Videolarni qaysi sifatda yuklash kerak?
Qanchalik sifat yuqori bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Lekin eng muhimi — videoning mazmuni: u qanchalik qiziqarli, foydali, kulgili yoki ilhomlantiruvchi ekanligidir.

▪️ Videolarni qanchalik tez-tez yuklash kerak?
Qanchalik ko‘p post qilsangiz, qamrov shunchalik yuqori bo‘ladi. Ammo o‘zingizni charchatib qo‘ymaslik muhim. Shu sababli, o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan videolar formatini va post qilish jadvalini tanlang.

▪️ Videoning davomiyligida eng muhimi nima?
Videoning dastlabki 3 soniyasi eng muhimdir. Tomoshabinni o‘ziga tortish uchun matn, grafika bilan tajriba qiling yoki intrigalar tayyorlang.

▪️ Logotip suv belgisi hisoblanadimi va bu qamrovni pasaytiradimi?
Shaxsiy logotip qamrovga ta’sir qilmaydi. Ammo boshqa ilovalarning suv belgilari qamrov pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

▪️ Hashteglar videolar qamrovini oshirishga yordam beradimi?
Hashteglar kerakli kontentni topishda yordam beradi, ammo qamrovni oshirmaydi.

▪️ Rekomendatsiyalar lentasiga qanday tushish mumkin?
Muhim omillardan biri — repostlar. Shu sababli kontent tayyorlashda odamlar uni nima uchun boshqalar bilan bo‘lishishni xohlashlarini o‘ylab ko‘ring.
#muammo

Agar ichingizda disanans his qilsangiz, uni normallashtirishga intiling. Ichki muvozanatga erishganingizda, qilayotgan ishlaringizga nisbatan shubhalar kamayadi va o‘z ishingizga bo‘lgan ishonchingiz oshadi. Bu energiyani kuzatuvchilar ham sezadi va izohlarda fikr bildirishni boshlaydi.

Unutmang, balans 50/50 — bu tabiiy holat. Har narsani ideal qilishga intilish emas, o‘z yo‘lingizda ishonch bilan davom etish muhimdir.

Savollaringizni izohlarda yozib qoldiring — ularga javob beramiz!
SMM menejer nimalar qila olishi kerak?

Batafsil...