Ziyo.uz | "Ziyo" media markazining rasmiy kanali
1.66K subscribers
6.71K photos
1.88K videos
168 files
8.21K links
Savol va takliflar bo`yicha: @Ziyomediamarkazibot

Sayt manzili: www.ziyo.uz

Instagram: https://www.instagram.com/ziyostudiyasi/

Facebook: facebook.com/ziyomedia

Guvohnoma: №1046-sonli
Download Telegram
#KUN_TARIXI

Bugun 20-aprel 2024-yil, shanba.

Muhim voqealar:


🔷1410-yilda Qizilravot mavzesida Mirzo Ulug‘bek va Shayx Nuriddin boshchiligidagi ittifoqchilar qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi.

🔷1653-yili Oliver Kromvel Angliyada parlamentni tarqatib yubordi.

🔷1809-yilda Avstriya qo‘shinlarining Abensberg yonidagi jangda Napoleon armiyasi tomonidan tor-mor qilinishi.

🔷1862-yili Lui Paster va Klod Bernar sterilizatsiya amaliyotini muvaffaqiyatli bajarishdi.

🔷1902-yilda er-xotin Pyer va Mariya Kyurelar sof radiyni olishga muvaffaq bo‘lishdi.

🔷1910-yili Galiley kometasi Yerga juda yaqin keldi.

🔷1920-yilda Belgiyada VII Olimpiya o‘yinlari boshlandi.

🔷1949-yili Xalqaro voleybol federatsiyasi tashkil etildi.

🔷1982-yilda Navoiy viloyati tashkil topdi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 22-aprel 2024-yil, dushanba.

Muhim voqealar:


🔷1500-yilda Pedru Alvaresh Kabral boshchiligidagi portugal eskadrasi bo‘lg‘usi Braziliya yerlariga kelib tushishdi.

🔷1662-yili Karl II Angliyaning muhim ilmiy markaziga aylangan London Qirollik Jamiyati ustavini tasdiqladi.

🔷1832-yilda Nikolay I ning farmoniga ko‘ra, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tashkil qilindi.

🔷1930-yili Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQSh birgalikda “London dengiz bitimi”ni imzoladilar.

🔷1952-yilda 35 million amerikalik Nevada shahrida yadro bombasi sinovining guvohi bo‘lishdi.

🔷1980-yili Kanada Moskva Olimpiya o'yinlariga boykot e'lon qildi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 23-aprel 2024-yil, seshanba.

Bayramlar
:

🇺🇳UNESCO – Butunjahon kitoblar va mualliflik huquqi kuni.

🇺🇳BMT – Ingliz tili kuni.

🇺🇳BMT – Ispan tili kuni.

🏓Butunjahon stol tennisi kuni.

Milliy bayramlar:

🇨🇦Kanadada “Kitoblar kuni”.

🇺🇦Ukrainada “Psixologlar kuni”.

🇪🇪Estoniyada “Faxriylar kuni”.

Muhim voqealar:

🔷1348-yilda Buyuk Britaniyaning oliy mukofoti – Garter ordeni ta’sis etildi.

🔷1836-yili Sankt-Peterburgda “Sovremennik” jurnalining birinchi soni nashr etildi.

🔷1896-yilda Nyu-Yorkda Amerikada birinchi film namoyishi bo‘lib o‘tdi.

🔷1965-yili Birinchi sovet aloqa sun’iy yo‘ldoshi – “Molniya-1” kosmosga uchirildi.

🔷1996-yilda Butunjahon kitob kuni e’lon qilindi.

🔷2007-yili dunyoning ko‘plab mamlakatlarida BMT tashabbusi bilan global yo‘l harakati xavfsizligi haftaligi boshlandi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 24-aprel 2024-yil, chorshanba.

Bayramlar:

🇺🇳Xalqaro yoshlarning birdamlik kuni.

🌎Tinchlik uchun xalqaro ko‘p tomonlama diplomatiya kuni.

Muhim voqealar:

🔷1704-yilda Bostonda birinchi muntazam gazeta – Boston News Letter nashr etila boshlandi.

🔷1800-yili Kongress kutubxonasi ochildi.

🔷1867-yilda K.P.Fon Kaufman boshchiligidagi Turkiston general-gubernatorligi tashkil topdi.

🔷1916-yili Irlandiyada Buyuk Britaniyaning mustamlakachilik hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olon boshlandi.

🔷1919-yilda Toronto san’at galereyasi tashkil etildi.

🔷1926-yili SSSR va Germaniya oʻrtasida betaraflik haqidagi kelishuv tuzildi.

🔷1953-yilda Uinston Cherchillga ritsar unvoni berildi.

🔷1962-yili AQShda ilk bor jahonda sun’iy yo‘ldosh orqali shaharlararo televideniye ko‘rsatuvlarini uzatish yo‘lga qo‘yildi.

🔷2003-yilda Windows Server 2003 chiqarildi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 25-aprel 2024-yil, payshanba.

Bayramlar:

🇺🇳Xalqaro DNK kuni

🇺🇳Butunjahon pingvin kuni

Muhim voqealar:

🔷1719 yil – Londonda Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” romani birinchi nashri chop etildi.

🔷1783 yil – Fransiyada ilk bor havo shari kattalar vazniga teng yuk bilan osmonga ko‘tarildi.  

🔷1822 yil - Liberiya tarixining poydevorini qo'ygan G'arbiy Afrikadagi Britaniya mustamlakasida AQSh bayrog'i ko'tarildi.

🔷 1826 yil – Angliyada ichki yonuvchan dvigatelli birinchi avtomobilga patent berildi.

🔷1895 yil - "Rossiya imperatori Aleksandr III muzeyi" (hozirgi Rossiya davlat muzeyi) ni tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilindi.

🔷1901 yil - AQShda avtoulovlarning raqamlari rasmiy ravishda joriy etildi

🔷1934 yil - SSSR Fanlar akademiyasini Moskvaga o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilindi

🔷1945 yil - Sovet qo'shinlarining Sharqiy Prussiya strategik hujumi operatsiyasi yakunlandi

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 26-aprel 2024-yil, juma.

Muhim voqealar:


🔷1755-yilda Moskva davlat universiteti tashkil topdi.

🔷1798-yili Fransiya Jeneva Respublikasini qo‘shib oldi.

🔷1803-yilda L’Aigle shahri yaqinida minglab meteorit parchalari yerga tushdi. Bu hodisa yevropa olimlarini meteoritlar mavjudligiga ishontirdi.

🔷1920-yili Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil topdi.

🔷1921-yilda London ko‘chalarida ilk bor motosiklda politsiya patrullari paydo bo‘ldi.

🔷1986-yili insoniyat tarixidagi eng katta texnogen falokatlardan biri: Chernobil AESda avariya ro‘y berdi.

🔷1996-yilda “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi.

🔷1996-yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni ta’sis etildi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 27-aprel 2024-yil, shanba.

Muhim voqealar:

🔷1289-yilda mamluklar sultoni Kalaun tomonidan salibchilar davlati Tripoli grafligi egallandi va tugatildi.

🔷1828-yili Londonda hayvonot bog‘i ishga tushdi.

🔷1908-yilda Buyuk Britaniyada IV Olimpiya o‘yinlari boshlandi.

🔷1975-yili Formula-1 poygasiga ilk bor ayollarni olishdi.

🔷1986-yilda Chernobil avariyasi oqibatida Pripyat shahri aholisi evakuatsiya qilindi. 3 soat davomida shahardan 40 ming odam olib chiqildi.

🔷1996-yili UNESCOning Parijdagi bosh qarorgohida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi” mavzusida ilmiy muzey осhildi.

🔷2009-yilda Toshkentda Turin politexnika universiteti tashkil etildi.

🔷2014-yili yerda chuchuk suvning yangi zaxiralari topildi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 29-aprel 2024-yil, dushanba.

Muhim voqealar:

🔷1429-yilda Janna d’Ark boshchiligidagi qo‘shin qamaldagi Orleanga kirdi.

🔷1770-yili ingliz sayyohi Jeyms Kuk ilk bor Avstraliyaga qadam qo‘ydi.

🔷1882-yilda Berlinda dunyoda birinchi trolleybus ishga tushirildi.

🔷1897-yili angliyalik fizik Jozef Tomson London qirollik jamiyati yig‘ilishida elektronni kashf etganini e’lon qildi.

🔷1982-yilda Xitoy aholisi milliard kishidan oshdi.

🔷1986-yili Los-Anjelesdagi markaziy kutubxonada yong‘in sodir bo‘ldi, 350 mingta kitob zarar ko‘rdi.

🔷2002-yilda Obninsk shahrida dunyodagi birinchi Obninsk atom elektr stansiyasining reaktori abadiy o‘chirildi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 30-aprel 2024-yil, seshanba.

Muhim voqealar:

🔷1237-yilda Berlin shahriga asos solindi.

🔷1789-yili Jorj Vashington bir ovozdan Qo‘shma Shtatlarning birinchi prezidenti etib saylandi.

🔷1854-yilda Braziliyada birinchi temir yo‘l ochildi.

🔷1918-yili Turkiston RSFSR tarkibidagi avtonom sovet respublikasi deb e’lon qilindi.

🔷1934-yilda Avstriyaning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

🔷1945-yili Adolf Gitler o‘z joniga qasd qildi.

🔷1964-yilda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba tumani tashkil etildi.

🔷1991-yili “O‘zbekiston” yo‘nalishidagi “Tinchlik” metro bekati ishga tushirildi.

🔷1992-yilda O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘ldi.

🔷2014-yili “Microsoft” kompaniyasi “Windows” operatsion tizimining “Windows 10” deb nomlangan yangi versiyasini taqdim etdi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 1-may 2024-yil, chorshanba.

Muhim voqealar:

🔷1328-yilda Angliya Shotlandiyaning mustaqilligini tan oldi.

🔷1682-yili Lyudovik XIV Parij rasadxonasini tantanali ravishda ochdi.

🔷1840-yilda Angliyada dunyoda ilk bor pochta markalari paydo bo‘ldi.

🔷1885-yili Ottava shahrida birinchi elektr chiroqlari yondi.

🔷1930-yilda 18-fevralda kashf etilgan Quyosh tizimining to‘qqizinchi sayyorasining nomi – Pluton deb e’lon qilindi.

🔷1930-yili Farg‘ona davlat universiteti tashkil topdi.

🔷1979-yilda Grenlandiya o'zini o'zi boshqarish huquqiga ega bo'ldi.

🔷1998-yili “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni taʼsis etildi.

🔷2004-yilda Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya va Estoniya Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar qatoriga kiritildi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 2-may 2024-yil, seshanba.

Muhim voqealar:

🔷1509-yilda ispanlar San-Xuan shahri (hozirgi Puerto-Riko poytaxti)ga asos solishdi.

🔷1808-yili Madrid inqilobi bo‘ldi.

🔷1919-yilda AQShda yo‘lovchi tashish avialiniyasi ishga tushdi.

🔷1935-yili SSSR va Fransiya o‘zaro yordam to‘g‘risida shartnoma imzolashdi.

🔷1997-yilda Toni Bler Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri bo'ldi.

🔷2014-yili Odessadagi Kasaba uyushmalari binosida yong‘in sodir bo‘ldi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 3-may 2024-yil, juma.

Bayramlar:

🇺🇳Butunjahon matbuot erkinligi kuni.

🌏Turkiylar birdamligi kuni.

Muhim voqealar:

🔷1494-yilda Xristofor Kolumb Yamaykani kashf etdi.

🔷1808-yili rus-shved urushi: ruslar Sveaborg qal’asini egalladilar.

🔷1841-yilda Yangi Zelandiya britan mustamlakasi deya e’lon qilindi.

🔷1902-yili AQShda “Pepsi” kompaniyasi tashkil topdi.

🔷1904-yilda amerikalik ixtirochi Jorj Parker birinchi sharikli ruchka uchun patent oldi.

🔷1937-yili Margaret Mitchellning “Shamollarda qolgan hislarim” romaniga Pulitser mukofoti berildi.

🔷1978-yilda yoqmaydigan reklama xabari – spam ilk bor rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan.

🔷1994-yili Toshkentda “Buyuk ipak yo‘li” nomi ostida tennis bo‘yicha xalqaro musobaqasi ochildi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 4-may 2024-yil, shanba.

Muhim voqealar:

🔷1715-yilda Parijda ilk yig‘ma soyabonlar ishlab chiqarila boshlandi.

🔷1783-yili ingliz astronomi Uilyam Gerschel oyda qizil chaqmoqni payqadi.

🔷1878-yilda Tomas Edison birinchi marta o‘zi ixtiro qilgan fonografni namoyish qildi.

🔷1904-yilda Angliyada Genri Roys va Charlz Rolls hamkorligidagi “Rolls-Roys” mashinalarining birinchi avlodi ishlab chiqarildi.

🔷1904-yili Panama kanali qurilishi boshlandi.

🔷1924-yilda Parijda VIII Olimpiya o‘yinlari boshlandi.

🔷1979-yili Margaret Tetcher Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri va ushbu lavozimdagi birinchi ayol bo‘ldi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 6-may 2024-yil, dushanba.

Muhim voqealar:

🔷1840-yilda birinchi rasmiy pochta markalari muomalaga chiqarildi.

🔷1833-yili AQShda birinchi po‘lat omoch (plug) ishlab chiqarildi.

🔷1835-yilda Amerikada “The New York Herald” gazetasining birinchi soni nashr etildi.

🔷1910-yili Georg V Buyuk Britaniya va Irlandiya Birlashgan Qirolligi va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining qiroli bo‘ldi.

🔷1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi hamda Tailand Qirolligi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.

🔷2002-yili kosmik texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi SpaceX amerika kompaniyasiga asos solindi.

🔷2023-yilda Buyuk Britaniya qiroli Charlz IIIning toj kiyish marosimi o‘tkazildi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 7-may 2024-yil, seshanba.

Muhim voqealar:

🔷1104-yilda Harran jangida salibchilar mag‘lubiyatga uchradi.

🔷1755-yili Moskva Universiteti ochildi.

🔷1895-yilda rus fizigi va elektrotexnigi Aleksandr Popov Sankt- Peterburgda radioning dastlabki variantini ommaga namoyish etdi.

🔷1907-yili Turkiyaning “Fenerbaxche” futbol klubi tuzildi.

🔷1946-yilda Tokioda Sony kompaniyasi tashkil topdi.

🔷1993-yili “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi.

🔷1994-yilda Forishda sportning milliy va xalq o‘yinlari bo‘yicha birinchi Respublika Olimpiadasi boshlandi.

🔷2013-yili Yer aholisi asrda atigi bir necha marta sodir bo‘ladigan noyob astronomik hodisani kuzatishdi. Merkuriy Yer va Quyosh o‘rtasida harakat qildi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 8-may 2024-yil, chorshanba.

Muhim voqealar:

🔷1713-yilda Rossiya poytaxti Moskvadan Sankt-Peterburgga ko‘chirildi.

🔷1886-yili doktor Jon Pemberton o‘ylab topgan Coca-Cola ichimligi birinchi marta ishlab chiqarildi.

🔷1895-yilda Xitoy Tayvanni Yaponiyaga topshirdi.

🔷1903-yili birinchi haqiqiy dirijabl – “Lebodi” 37 kilometr masofaga birinchi parvozini amalga oshirdi.

🔷1945-yilda Berlin yonidagi Karlsxortda Germaniyaning II jahon urushida so‘zsiz taslim bo‘lishi haqidagi akt imzolandi.

🔷1962-yili Buyuk Britaniya poytaxtida trolleybuslar qatnovi to‘xtatildi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 10-may 2024-yil, juma.

Muhim voqealar:

🔷1497-yilda Amerigo Vespuchchining Yangi dunyoga ikkinchi sayohati boshlandi.

🔷1811-yili Angliyada ilk qog‘oz pullar muomalaga chiqarildi.

🔷1857-yilda Hindistonda Sipohilar qoʻzgʻoloni bo‘ldi.

🔷1881-yili Ruminiya qirollik deb e’lon qilindi.

🔷1913-yilda dunyodagi birinchi toʻrt motorli samolyot parvozi.

🔷1940-yili “Gʻalati urush”ning tugashi.

🔷1992-yilda Oʻzbekiston va Eron, Pokiston, Yaman, Bahrayn davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.

🔷2000-yili Gretsiyada Sidney-2000 Olimpiada mash’alasi o‘t oldirildi.

🔷2005-yilda Koreya Respublikasi Prezidenti No Mu Xyon rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

🔷2008-yili Yevropadagi eng ulkan vulqon – Etna uyg‘ondi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 13-may 2024-yil, dushanba.

Muhim voqealar:

🔷1501-yilda Amerigo Vespuchchi boshchiligidagi ekspeditsiyaning G‘arbga sayohati boshlandi.

🔷1888-yili Braziliyada qullik bekor qilindi.

🔷1927-yilda Kiyevda “Dinamo Kiyev” futbol klubi tuzildi.

🔷1950-yili Angliyada “Formula-1” chempionati bo‘lib o‘tdi.

🔷1993-yilda Toshkentda “Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari” mavzusida birinchi Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

🔷1995-yili Chirchiq shahrining 60 yillik yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi.

🔷2003-yilda atoqli o‘zbek yozuvchisi G‘afur G‘ulomning 100 yillik yubileyi keng nishonlandi va Toshkent shahrida shoir haykalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 14-may 2024-yil, seshanba.

Muhim voqealar:

🔷1796-yilda Eduard Jenner birinchi marta suvchechakka qarshi vaksinani qoʻlladi.

🔷1862-yili shvetsariyalik soatsoz Adolf Nikol xronograf ixtirosi uchun patent oldi.

🔷1900-yilda Parijda II Olimpiya o‘yinlari boshlandi.

🔷1917-yili Moskvada 1-Butunrossiya musulmonlari qurultoyi ochildi.

🔷1993-yilda MDH iqtisodiy ittifoqi tashkil etildi.

Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube
#KUN_TARIXI

Bugun 15-may 2024-yil, chorshanba.

Bayramlar:

🇺🇳BMT – Xalqaro oila kuni.

Muhim voqealar:


🔷1618-yilda nemis astronomi Iogan Kepler sayyoralarning harakatlanish qonunini kashf qildi.

🔷1756-yili Angliya Fransiyaga urush e’lon qildi: “Yetti yillik urush” boshlandi.

🔷1935-yilda Moskva metrosining birinchi liniyasi ishga tushdi.

🔷1988-yili sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishi boshlandi.

🔷1989-yilda Moskvadagi ta’sis yig‘ilishi Butunjahon atom elektr stantsiyalari operatorlari assotsiatsiyasi (WANO) tashkil etilganini e'lon qildi.


Kanalimizga obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing!

Ziyo.uz | Telegram | Instagram | Youtube