Zakovat_google_savollar_ bazasi
369 subscribers
117 photos
3 videos
18 links
Download Telegram
Nolinchi savol. Bu uchun ball berilmaydi!!!

Aytilishlaricha, Stalin SSSRning dunyoda hukmronligini o‘rnatishga intilib, UNI Leningrad viloyatida bo‘lishi kerakligi haqida geograflarga buyruq bergan. Diqqat savol: Uni alifboning qo‘shni harflaridan boshlanuvchi ikki so‘zda ayting!
Javob: Nolinchi meridian!
1. Polshaning san'atga oid web-saytida, oddiy zarba harakatini ifodalovchi buyumga bag‘ishlangan poster mavjud. Diqqat savol: O‘sha posterda nima tasvirlangan?
Javob: Auksion bolg‘asi!
Izoh: Agar siz kollektsiya yig‘ishga qiziqsangiz bu sayt aynan siz uchun. Chunki bu saytda ko‘rsatilgan barcha asar va eksponatlarni sotib olishingiz mumkin!
Manba: http://www.artyzm.com/
3. Ko‘pchilik 100 dollarlik AQSH dollarida amerika prezidenti tasvirlangan deb o‘ylaydi. Aslida u Benjamin Franklik bo‘lib, oddiy siyosatchi hisoblanadi. Pulga tasviri tushirilishi haqidagi Wikipediya maqolasida bir shaxs nomidagi effekt eslab o‘tiladi. Diqqat savol: O‘sha effektni yozib bering!
4. Xiyonati tufayli xotini o‘ldirgan erkak jinoyatni yashirish maqsadida, xotinini kislotali vannaga solib eritib yuboradi. Va xotini izsiz yo‘qolgan deb e'lon beradi. Voqeani o‘rgangan izquvar buni qotillik ekanini darxol sezib ishni yakunlaydi. Bunga dalil sifatida vannadan topilgan IKS yordam beradi. Haqiqatdan erkak jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygan edi. Diqqat savol: Daliliy ashyo sifatida topilgan IKSni ikki so‘zda yozib bering!
Javob: Sun'iy tish!
Qabul: O‘xshash javoblar!
Izoh: Ma'lumki, tilladan yasalgan buyumlar kislotaga chidamli. Shuning uchun ham tilla buyumlar kislota yordamida tozalanadi!
5. Italiya desak albatta ko‘z o‘ngimizga Piza va Kolizey me'moriy obidalari keladi. Kolizey o‘zida ko‘plab jangovar musobaqalar, jumladan, gladiatorlar jangi, jangovar poygalar o‘tkazishi haqida o‘qiganmiz va kinofilmlar orqali ham guvoh bo‘lganmiz. Milodiy 86-yilda Rim imperatorlaridan biri Kolizeyda o‘zgacha turdagi jang tashkillaydi. Lekin unda tomoshabinlar soni boshqa turdagi musobaqalardagidan kamroq bo‘lgan. Keyinchalik bu ish tufayli Kolizeyni bir qismi qulab tushgan degan taxminlar ham yo‘q emas. Diqqat savol: Jangni o‘zgachaligi nimada edi?
6. Yuqorida keltirilgan it zoti Braziliyaga qarashli mahalliy aholi tomonidan chatishtirib ko‘paytirilgan. Ba'zi kinologlar bu zotning kelib chiqishini boshqa davlatga bog‘lashadi. O‘z nazariyasiga isbot sifatida kinologlar UNI ismini ham eslab o‘tishadi. Diqqat savol: Itning tashqi ko‘rinishini unutmagan holda UNI toping!
7. Yaponiyada bo‘lib o‘tgan xristianlar qo‘zg‘alonidan so‘ng, yapon imperatori "yopiq" siyosat yurita boshlaydi. Bu haqida yozilgan Wikipediya maqolasida imperator olib borgan bu siyosat "Yapon IKSi" deb nomlangan. Diqqat savol: IKSni ikki so‘zda yozib bering!
Javob: Temir parda!
Izoh: Qo‘zg‘alondan so‘ng mamlakatga nasroniylik e'tiqodining kirib kelishiga yo'l qo'ymaslik uchun Yaponiya hukumati tashqi siyosatni juda yopiq tarzda davom ettira boshlaydi!
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B0%D0%BA%D0%BE%D0%BA%D1%83?wprov=sfla1
8. Tarqatma material!

Jim******

Jim ismli bemorda o‘ziga xos anomaliya mavjud. Uning tug‘ma nuqsoni tufayli vaqti vaqti bilan uning yuragi urishdan to‘xtaydi. Bu holatda unga tibbiy muolajalar kerak emas. Chunki bir necha daqiqa o‘tib u o‘ziga keladi. Jimning shaxsiy shifokori uning o‘lmasligiga ishonadi va ismi va bir inglizcha so‘z yordamida unga laqab qo‘yadi. Diqqat savol: Laqabni inglizcha yoki o‘zbekcha so‘zda yozib bering!
Javob: Jimmortal (O‘lmas Jim)!
Izoh: Immortal so‘zi o‘lmas degan ma'noni anglatadi!
9. Rasizmga qarshi ishlangan karikaturada, IKS ikkita chaqaloq bilan tasvirlangan. Oq tanli chaqaloq uchun qulay sharoitlarga ega savatcha bo‘lsa, qoratanli chaqaloq "oyoq osti" qilingan. Diqqat savol: IKSni bir so‘zda yozib bering!
10. BU ISH tufayli har yili bir turdagi uy hayvonlari o‘rtasida "liderlik" uchun kurash boshlanadi. Bir asar qahramoni uyqusizlikdan qiynalib BU ISHNI amalga oshirishga muvaffaq bo‘ladi. Diqqat savol: Bu ish so‘zlari o‘rnidagi so‘zlarni toping!
Javob: Qo‘ylarni yungini olish!
Izoh: Yungi olingan qo‘chqorlar to‘dadagi avvalgi liderni tanimasdan yangidan kurashga kirishadilar. Asar qahramoni esa tuni bilan uxlashga harakat qilib qo‘ylarni sanashga kirishadi. Ko‘p martalik adashishdan so‘ng ularni yungini birma bir olishga kirishadi. Natijada qanday tong otganini ham sezmay qoladi. Hammaga xayrli tun tilagan holda o‘yinni yakunlaymiz! Natijalar tez orada...