Xinux
98 subscribers
16 photos
1 file
63 links
Özbekistondagi Linux rivojlantiruvchi jamiyatiga xuş kelibsiz. Uşbu jamiyat Xinux jamiyati tomonidan yuritiladi. Arch Linux va NixOS’ga e'tibor qaratiladi!

Jamiyat:
https://xn--r1a.website/xinux

Vebsayt:
https://xinux.uz
Download Telegram
Forwarded from Programming ∀
Bizni qoravoy
git saytimiz yangi serverga koʻchdi. Foydalanuvchilarga rasmda koʻrsatilgandek xato server manzili koʻrsatadi.

Yechim, ~/.ssh/known_hosts faylidan git.oss.uzinfocom.uz qatorini oʻchirib tashlang va qaytadan ulanib koʻring. Bunday ish faqat bir marotaba qilinadi. Qilingan ishdan maqsad, git hosting stabil ishlashi uchun yangi resurs koʻproq serverga oʻtkazildi

Zavq bilan git push --force qilishni tilaymiz
CachyOS tomonidan taqdim etilgan turli xil linux karnel versiyalarini nix konfigingizga qoʻyib ishlatishingiz mumkin. Githubʼda xddxdd nix-cachyos-kernel reposida batafsil qanday qilib oʻrnatish boʻyicha tanishib chiqsangiz boʻladi

Xinux hydra kesh serverimiz Tas-IX tarmogʻida ishlagani uchun oʻzimiz build qilib tortib olishimiz tezroq boʻladi. Kesh server qoʻshish haqida batafsil: https://github.com/xddxdd/nix-cachyos-kernel#alternative-binary-cache
❤1👍1🫡1🆒1
Forgejo orqali loyihalarimizga hissa qo‘shing!

Open Source loyihalarimiz uchun asosiy Git platforma sifatida GitHub’dan o‘zimizning Forgejo platformasiga ko‘chdik. Endilikda barcha yangi hissa qoʻshish va hamkorlik ishlari Forgejo orqali amalga oshiriladi.

Forgejodan foydalanishni boshlash uchun:

1) https://git.oss.uzinfocom.uz saytiga kiring.
2) “Kirish” tugmasini bosing.
3) “Uzinfocom Open Source orqali kirish (Keycloak)”ni tanlang.
4) Ochilgan sahifada “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosing.
5) Akkaunt yarating.
6) Ro‘yxatdan o‘tgach, Forgejoga Keycloak orqali qayta kiring.

Shundan so‘ng siz issue yaratishingiz, pull request yuborishingiz va loyihalar rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin.

Shuningdek, git.floss.uz platformasi o‘z faoliyatini yakunlayotganini ma’lum qilamiz. Shu sababli, yaqin vaqt ichida Codeberg platformasiga ko‘chirilishi rejalashtirilgan.
👍3❤2🔥2
Forwarded from shakhzod's lab (Shakhzod)
Yangi alifbo munosabati bilan Xinux'da (yoki umuman GNOME'da) qanday qilib yangi belgilarni teriş uslubi:

Ǧ - Compose + c + G
Ö - Compose + " + O
Ş - Compose + , + S
Ç - Compose + , + C

manbaalar:
help.gnome.org/gnome-help/tips-specialchars.html
en.wikipedia.org/wiki/Compose_key#Common_compose_combinations
Xinux
Forgejo orqali loyihalarimizga hissa qo‘shing! Open Source loyihalarimiz uchun asosiy Git platforma sifatida GitHub’dan o‘zimizning Forgejo platformasiga ko‘chdik. Endilikda barcha yangi hissa qoʻshish va hamkorlik ishlari Forgejo orqali amalga oshiriladi.…
Xinux 26.05 Nashri

Bugun butun Xinux jamoasi fahr ila yangi Xinux versiyasini nashr qilganimizni eʼlon qilamiz. 26.05 Mahalla nomli relizimiz, 2026-yil Mahalla yili nomiga bagʻishlangan hisoblanib, unda juda koʻplab yangilik va oʻzgarishlar oʻz ichiga oladi. Jumladan:

- Dasturiy taʼminotimiz koʻrinishini qayta kashf qildik.
- Operatsion tizimimizning oʻrnatuvchi dasturi yanada takomillashdi.
- Biz yozgan va taqdim etadigan E-IMZO Menejer oxirgi nashr qilingan kalitlar bilan hech qanday xatoliklarsiz ishlashda davom etadi. Hamda, dastur yanada stabillashtirildi.
- Relago nomli, xatoliklar aniqlovchi vositamizni kashf qildik. Ushbu dasturimiz texnik ishqibozlarimiz uchun “Haskell” dasturlash tilida birinchi bor yozilganligi oʻzbek dasturchi hamjamiyatlarimizda yangilik, ham tilning mahalliy potensialiga isbot boʻldi. Ushbu harakatda oʻzlarini hissalarini qoʻshgan “Haskell Oʻzbekiston” hamjamiyatidagi ishqibozlarga katta tashakkurlar bildiramiz, sizlarsiz biz buni yolgʻiz uddalay olmas edik!
- Texnik va chuqur bilimli mutaxassislarimiz uchun yangi, oson va qulay modullar taqdim etdik. Tizimdagi har xil qismlarini oʻz xohishlariga binoan module-manager dasturi orqali sozlab olishlari mumkin.
- Mahalla reliz nomiga xos tizim orqa fonlari qoʻshildi.

Bu hali tamom emas albatta! 26.05 ustida ishlar davom etadi va bu bilan birgalikda bir necha olib borilayotgan yangiliklar davomiy taqdim etiladi. Jumladan, Xinux OTga bagʻishlangan sozlamar dasturi va hokazo.

Yanada baʼtafsil maʼlumotlar uchun, bizning vebsaytimizga tashrif buyuring: https://xinux.uz/releases/26.05

Oxirgi relizni yuklab olish: https://xinux.uz/download

Endichi? Keyinchi?

NixOS nashr metodologiyalaridan ilhomlangan holda, yangi reliz ustida ishlarni boshladik va loyiha ustalari bilan kelishilgan holda “Susambil” deya nom berdik. Kelasi 26.11 “Susambil” relizimiz juda katta yangiliklarni nashr etadi va rostdan ham Susambil boʻladi. Aytaylik, hozirda 25.11 dan 26.05 ga qayta oʻchirib tashlab, oʻtish kerak boʻlayotgan boʻlsa, kelasi 26.05 dan 26.11 ga silliq oʻtib ketish imkoniyati paydo boʻladi. Hamda, fayllarni fleshkada oʻzingiz bilan olib yurmaslik imkoniyati paydo boʻladi. Dasturchilar uchun ham Xinuxʼga ilova-yu qoʻshimchalar qoʻshish imkoniyati yaraladi. Ushbu qulayliklardan foydalanadigan kun kelishini intiqib kutib qolamiz va astoydil harakat qilamiz.

Bizga ishonch bildirgan va qoʻllab-quvvatlagan har bir ishqiboz va foydalanuvchilarimizga tashakkur bildiramiz.


Hurmat ila, “Uzinfocom Open Source” departamenti.
🔥5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
Xinuxʼga birlamchi yangi yorliqlar qoʻshildi

- Super + Chap tugmani bosib, joriy oyna oʻrnini siljitish uchun sichqonchani harakatlantiring
- Super + Oʻng tugmani bosib, joriy oyna oʻlchamini oʻzgartirish uchun sichqonchani harakatlantiring
- Oynani burchaklarga siljitish uchun Super + Chap/Oʻng tugmani bosing
- Super + Shift + Chap/Oʻng tugmani bosish orqali joriy oynani boshqa ish maydoniga siljiting
- Super + e nautilusni ochadi
- Ctrl + Alt + t konsolni ochadi (kgx)
- Super + d barcha ochilgan oynalarni minimallashtiradi

PR: https://git.oss.uzinfocom.uz/xinux/modules/pulls/50
Batafsil inglizcha talqini: help.gnome.org/gnome-help/shell-windows.html
software-center dasturi 0.3.0 versiyasi chiqdi.

- Dastur sahifasida qo'shimcha meta maʼlumotlar koʻpaytirildi
- Versiyalar tarixi
- nixpkgs reposidagi dasturning nix orqali yozilgan konfig manzili
- Dastur yopiq yo ochiq kodli haqidagi belgi
- Hydra build serverda dastur buzilgan yo buzilmaganligi haqidagi belgi
- Kichik ekranlarda ishlash yaxshilandi.

Batafsil: https://git.oss.uzinfocom.uz/xinux/software-center/releases
🔥2
😁3🗿3
software-center dasturi 0.5.0 versiyasi chiqdi.

- Tanlangan dasturlarni karusel uslubida ko'rsatish
- Klavuatura yorliqlari

Batafsil: https://git.oss.uzinfocom.uz/xinux/software-center/releases
❤1👍1🔥1
Forwarded from Uzinfocom Open Source (bahrom04)
OSS Uzinfocom boʻlimi uchun “Uptime Kuma” status sayti koʻtarildi.

Status saytimiz orqali amalda ishlab turgan quyidagi servislar holatini koʻrib turolamiz

- Saytlar, jumladan xinux, uchar, uoss saylari
- Xinux uchun paketlar build boʻladigan kesh server
- Forgejo VCS
- uchar matrix serveri va mas.uchar.uz login sahifasi

Sayt: status.oss.uzinfocom.uz
❤2