WIN-WIN FINANCE
142 subscribers
27 photos
3 videos
8 links
🎯 Ишлаб чиқарувчилар учун солиқ оптимизацияси.
🤝 Ҳисоб-китобингизни биз қиламиз, сиз заводингизни ривожлантиринг.

Консултация учун: +998 90 998 31 31
Download Telegram
Yangi alifbodagi buxgalteriya atamalari bilan tanişişga tayyormisiz?

Odatdagi şartnoma, buyruq va hisobotlarimiz yangi imloda qanday şaklga kelişini tasavvur qilib köring-çi. Biz siz uçun eng kerakli hujjatlarning yangilangan namunalarini tayyorlamoqçimiz.

Birinçi bölib qaysi hujjatni yangilaymiz?
Izohda öz variantingizni qoldiring.

Win-Win Finance – Biznesingizni birgalikda östiramiz!
😁6👏2
#yangilik

Buxgalteriya 360º

Endi bizni youtube sahifamizda kattaroq suhbatlarda topishingiz mumkin. Bu biznesmenlar uchun buxgalteriya, moliya, tizimlashtirish, biznes huquqi, soliq va raqamlashtirish mavzusidagi suhbatlar. 1 oyda 2 marotaba biznesdagi eng og‘riqli mavzularda top ekspertlar bilan gaplashamiz.

Quyidagi havola orqali birinchi podkastimizni ko‘rishingiz mumkin ⬇️

https://youtu.be/H1ZcJmfR9Zk


@winwinfinance_uz ni kuzatib borishni unutmang!
🔥9👍2
Uyalmang — tartibga soling!

@winwinfinance_uz
🔥9😁5💯1
O'zbekiston 2026-yilda Jahon savdo tashkiloti (JST/WTO/ВТО) a’zoligiga kirishni yakunlashni rejalashtirgan.

Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ham imkoniyat, ham xatar degani. Chunki jahon bozoriga eshiklar ochilishi bilan bir qatorda, mahalliy bozorga arzon import kiradi, narx urushida tannarxini biladigan zavod omon qoladi.

Shunday ekan, tannarxni to'g'ri hisoblashni bugunoq boshashingiz kerak.
🔥3💯3❤1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avval e'lon qilganimizdek, biz YouTube sahifamizni yuritib boshladik va allaqachon 2 ta suhbatni joylaganmiz.
Agar hali ham ko'rmagan bo'lsangiz, yo'l-yo'lakay eshitib, o'z fikrlaringizni yozib qoldirsangiz xursand bo'lamiz.

Bu esa, tez orada chiqadigan 3-suhbatimizdan bir parcha.

YouTube sahifamiz havolasi: https://youtube.com/@winwinfinance_uz?si=L1HuUMwkNsv_B782
👍5🔥1
Savdo oshdi. Lekin nega ertangi to‘lovga pul yetmayapti?

Hisobingizda 30 mln so‘m bor. Ertaga yetkazib beruvchiga 50 mln to‘lashingiz kerak.

Mijozingizdan 60 mln so‘m olasiz, lekin pul keyingi haftada tushadi.

Demak, ertaga 20 mln so‘m yetishmaydi.

Shu sabab oy yakunida «Qancha foyda qildik?» degan savol bilan birga «Pul qachon tushadi va to‘lovlarga yetadimi?» deb ham so‘rash kerak.

YouTubeda "Buxgalter nega kerak" videoyimizda balans, foyda va zarar hisoboti hamda pul oqimini oddiy misollar bilan tushuntirdik.

Video oxirida buxgalteringizga har oy berishingiz kerak bo‘lgan 3 ta savol ham bor.

Marhamat tomosha qiling: https://youtu.be/h51raPErmmI
🔥5👍1
Soliq tekshiruvlari yo‘qligi buxgalteriyangizda hammasi to‘g‘ri degani emas.

Ba’zan buxgalteriya xatolari sabab davlat emas, aynan sizning biznesingiz zarar ko‘rishi mumkin.

Hisobga olinmagan xarajatlar, foydalanilmagan soliq imtiyozlari, noto‘g‘ri yuritilgan hujjatlar va inventarizatsiyadagi tafovutlar ortiqcha soliq to‘lashingizga olib keladi.

Videoda soliq hisob-kitoblarida eng ko‘p uchraydigan xatolar, ularning biznesga ta’siri va oldini olish yo‘llarini real misollar bilan tushuntiramiz.

Shuningdek, buxgalteringiz bilan muhokama qilishingiz kerak bo‘lgan 4 ta muhim savolni ham bilib olasiz.

Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/T2hWZZSBPVo?si=j06vEYi5Jg7ZKvJC