VeeBoo <(@_@)>
22 subscribers
107 photos
11 videos
5 files
76 links
👁Ko'z bilan emas,❣️Qalb bilan boqing...!

Avvalambor oddiy inson👨‍💼, o'tmishda kuchli futbalist⚽️🤾‍♂️, hozirda havaskor dizayner👨‍🎤 va bloger🙃:👉 @VeeBoo <(@_@)>

Blog - @YechimUz
YonDaftar - @SabrUz

https://tttttt.me/joinchat/AAAAAEwpY2WbUx_94Xus7Q
Download Telegram
​​#AntiReklom2019

💬Esingizda bo'lsa, bu yilgi paxta mavsumida "Oqqo'rg'onda paxta planini bajara olmagan fermerlarni ariqqa tushirib" qo'yishgandi. Bu esa kelasi yilda Oqqo'rg'ondagi paxta dalalari imidjiga juda katta putur yetkazib qo'ydi.

❗️Mana shundan kelib chiqqan holda 2019-yilgi paxta mavsumida Oqqo'rg'onda paxta terimiga paxta teruvchilarni jalb qilish muammoga aylanishini taxmin qilgan holda ushbu reklama suratini tayyorladim ))

Shunigdek reklamada bu yilda sodir bo'lgan qiziqarli va tanqidiy hodisalarga o'z tanqidiy munosabatimni bildirib o'tganman, xususan, Toshkentdagi Uylarni reklama qilgan Mayk Tayson, Kiki va Maqom challengelar bilan esda qolgan challenge yili, yana avj olayotgan yaltoqlanish belgisi bo'lgan "QARSAKBOZLIK", Majburiy mehnat atamasini lug'atimizdan olib tashlash oqibatida, yangi "IXTIYORIY MAJBURIY" atamasining tug'ilishi va kiritilishi (o'zbek baribir yo'lini topadi amalda )) ), paxtaga chorlovning yangi shakli bo'lgan hokimlar va mansabdor shaxslarning paxtazorga borib, o'z jamoasi bilan suratga tushib, suratni o'z saytlariga, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylash orqali, majburiy mehnatni huddiki yo'q qilgandek ko'rsatib, "ixtiyoriy ravishda har bir O'zbekiston fuqarosi paxta terimiga qatnashishi kerakligini targ'ib etishga urinishlari", Qishloqlarimizdagi ahvol yildan-yilga og'ir tus olayotgan bir paytda, Toshkentda qurilishi avj olgan "CitySHUNOSLIK" (alam qiladigan yana bir tamoni O'zbekiston hududidagi joyga inglizcha nom berilishi, nima emish TashkentCity, bu bino bizning faxrimiz bo'ladi deyishadi, faraz qiling bizning faxrimiz hisoblangan madhiyani ingliz tilida aytib yursak ? 🤭🤷‍♂️🤦‍♂️), Yoshlar Ittifoqi tomonidan ishsiz (oilaviy sharoiti og'ir) yoshlarga 1 litrdan yog' berilishi (huddiki 1 litr yog' bilan ularning muammosi hal bo'lib, yurtidan minnatdor bo'lib yashaydi, mantiqni qarang tozaligini) va shu kabi boshqa shaxsan man uchun bu yildagi eng "sharmandali" (Tayson reklamasidan tashqari) hodisalarni bitta reklama suarati orqali ko'rsatishga, tanqid qilishga va bunday bo'lmasligini oldini olishga chorlo'vimni targ'ib etishga harakat qilganman.

Xullas, boshladim ))

👤Mayk Tayson: Oqqo'rg'onda birga paxta terishga nima deysiz ? (Men bilan birga tersangiz ariqqa tushmasligingizga kafolat bor!)

PAXTAZOR - paxtakorlari

MAYK TAYSON - "O'z ixtiyoriga ko'ra paxta terimiga chiqqan fidoyi fuqaro!"

#QarsQarsQarsChallenge 👏👏👏

🎁Mukofotlar:

🦴1 kunda belgilangan rejadagi meyyorni terganlarga - "Yo'g'lar Ittifoqi" tomonidan 1 litr yog'

🍞🍳Rejadagi
meyyorni ortig'i bilan terganlarga - Makaronsiz kechki ovqat

💦Rejadagi meyyordan kam terganlar - tantanali tarzda "ARIQQA"

❗️AkkurganCity
DEVELOPMENT 😊

📆20.10.2019

🌱Tinchlik bo'lsin...

✍️👉 @VeeBoo <(@_@)> yozdi va dizayn qildi ))

👁Ko'z bilan emas,❣️Qalb bilan boqing...!

❗️ @JurnalistikaUz