Unutdingmi?!
Unutdingmi, tavalluding
og‘riq bilan kechganini?!
Unutdingmi, suyanganing
suyantirmay kechganini?!
Aytmishlaring, qaytmishlaring,
mishmishlaring unutdingmi?
Unutdingmi, Xudo kecha
gunohingdan kechganini?!
Xatolardan yig‘ib olgan
xirmoningni unutdingmi?!
Xirmoningga hirmon tushgach
paymoningni unutdingmi?!
Unutdingmi «g‘azabidan
rahmati keng» degan va’dni,
Jannatida turib tag‘in
Rahmoningni unutdingmi?!
Qanday qilib kirdim deya
javob topmay hayronmisan?
Jannatiysan, lekin bitta
savob topmay hayronmisan?
Qasrlarni, kavsarlarni
sarob topmay hayronmisan?
Nima hali, ishqi Haqqa
imoningni unutdingmi!?
@Vahmiy
Unutdingmi, tavalluding
og‘riq bilan kechganini?!
Unutdingmi, suyanganing
suyantirmay kechganini?!
Aytmishlaring, qaytmishlaring,
mishmishlaring unutdingmi?
Unutdingmi, Xudo kecha
gunohingdan kechganini?!
Xatolardan yig‘ib olgan
xirmoningni unutdingmi?!
Xirmoningga hirmon tushgach
paymoningni unutdingmi?!
Unutdingmi «g‘azabidan
rahmati keng» degan va’dni,
Jannatida turib tag‘in
Rahmoningni unutdingmi?!
Qanday qilib kirdim deya
javob topmay hayronmisan?
Jannatiysan, lekin bitta
savob topmay hayronmisan?
Qasrlarni, kavsarlarni
sarob topmay hayronmisan?
Nima hali, ishqi Haqqa
imoningni unutdingmi!?
✍️ Shamsuddin Sadruddin (20.08.2026)
@Vahmiy
❤39😭29👍9🔥7🕊4❤🔥3✍1
Turk, arab adabiyotidagi tilimizga o‘girilgan roman va hikoyalarni o‘qiy olmayman. Umuman, boshqa lisonlardan o‘girmalarni hech o‘qiy olmaganman. O‘qishga o‘zimni majburlasam ham o‘qiy olmadim. Ammo «Yulduzli tunlar»ni 3 marta o‘qib chiqqan bo‘lsam ham yana o‘qigim keladi.
Turk romanchiligida hissiyot ulashuvchi hikmatlar ko‘p desangiz, bu bizning romanchilikda ham bor.
Tarjima asarlardan adabiyotimizda uchramaydigan zo‘r g‘oyalar olish mumkin, desangiz, kino ko‘ring, deyman. Rostan, mazmunan izchil, shoh asar bo‘lib ulgurgan filmlar juda ko‘p-ku.
Menimcha, roman o‘qish – badiiy tasvirlari, qochirimlari, qahramonlarining xalqchil va tabiiy iboralari bilan zavqli.
Oxirgi payt rosa maqtalinayotgan «Binafsha shu’lasi» balki arab tilida yaxshi asardir. Lekin u, masalan, «Ikki eshik orasi» darajasida emas.
Kecha shu asardan bir parchani o‘qib qoldim. Ikki shaxs suhbati faqat muloqot hodisasini ifodalaydigan – «dedi», «aytdi», «javob berdi» kabi fe’llar bilan qisqa ifodalab ketilgan. Biroz varaqlab ko‘rdim. Deyarli, barcha suhbat shu tarzda «universal» so‘zlar bilan keltirilgan. Natijada asardagi muloqotlar badiiyatan zerikarli va sun’iy bo‘lib qolgan.
Romandagi suhbat bizga shunchaki suhbatligi uchun qiziqmi? Avvalo, romandagi suhbatlar quruq «dedi»larsiz keltirilmagani yaxshi. Bundan tashqari, hech qachon ikki odam suhbatlashayotganda harakatsiz, tuyg‘ularsiz gapirmaydi-ku. Adib o‘quvchini asar qahramonlari suhbatiga «tushirish» uchun «dedi»lar o‘rniga qahramonning aytgan gapiga his-tuyg‘usini, xatti-harakatini qo‘shib ketadi.
Masalan, «Ikki eshik» orasidagi mana bu turli suhbatlarga e’tibor bering:
«— Hormanglar-ov! — dedi tetik ohangda».
«— Men-ku, hasharga doim kelaman! — Bashor opa uning ko‘ziga tik qarab ta’kidladi»
«— Men, — dedim ovozimdagi titroqni bosishga urinib. — Tabibnikidan kelyapman».
«— Opa, — dedi iljaygancha olma chaynarkan».
«— Yur, ketdik! — Abduvali qo‘limga papka tutkazdi».
«— Nima? — Oyim chap qo‘li bilan uning yoqasini changallagan ko‘yi o‘ng qo‘lini bo‘shatdi-da, bir qadam orqasiga tisarildi. — Nima? — dedi tahdid bilan»...
Tarjimon va adib – ikki xil daraja odamlar. Tarjima va asl asar ham shunday, demak.
«Ot topguncha eshak min» derdi xalqimiz. Axir, tayyor ayg‘irlarimiz bor-ku, azizlar!

🔥35❤18👍14
Forwarded from Sirojiddin Sotvoldiyev sahifasi
Vahmiy (Shamsuddin Sadruddin)
Oxirgi payt rosa maqtalinayotgan «Binafsha shu’lasi» balki arab tilida yaxshi asardir. Lekin u, masalan, «Ikki eshik orasi» darajasida emas.
Vahima qilmasangiz-chi, Vahmiy! 😁
Tarjima asarlar ham o'qilishga haqli, jilla qursa, o'zimizni ayg'irlarni qadriga yetish uchun ham))
Arabchadan tarjimalar ko'paygani yaxshi. Tarjima tanqidchiligimiz esa sust, muammo shunda. Kitobxonga filtr vazifasini o'tovchi munaqqidlar kerak))
Qolaversa, ayg'irlarimizning mehnatlarini arab kitobxonlariga yetkazish masalasi ham bor.
Bizning manzil:
@arabic_burhan

😁43🔥9❤8
Vahmiy (Shamsuddin Sadruddin)
«Qochgin-u bir hutga kir» Zulmi dil savdosidan qochgin-u bir hutga kir. Topmasang undan amon, g‘ayri kofiy qutga kir. Jonni qutqar o‘lmasang gar, qabog‘ingdan siyoh oqsa ham shamshir olib – amri nofiy butga kir. Hadmi butdan so‘ngra vojib erur tan poklamoq…
«Ketib ma’dud adad qolgay»
Kelar bir kun bu borlig‘dan ketib ma’dud adad qolgay,
Adadlar ham tugab yolg‘iz sanalmas «Bir» – Ahad qolgay!
Tafahhum qil, chinor hargiz nihol jizrin sanad tutmas,
Fano alvon bitib Haqning davotinda abad qolgay.
Yomon inson yomonlikdan Saqar tushgach faqat yig‘lar,
Jamiy tuyg‘u jahannamdan qochib illo hasad qolgay.
Ayo Vahmiy, yutib ruhing jasadparvar valad bo‘lma,
Baqolig‘ yo‘q shu dunyodan havolig‘ yo‘q lahad qolgay.
(Hazaji musammani solim bahridan)

✍️ Shamsuddin Sadruddin (25.08.2026)
@Vahmiy
❤22🔥16👍4✍2🕊1
Ruh
Qovurg‘am yurakka qo‘yilgan qafas,
Samo... Ko‘zlarini mendan uzmaydi,
Bo‘g‘zimga tiqilib turibdi nafas,
Ikki shahodatga til gap tuzmaydi.
Samo... Yomg‘ir otar betimga mayda,
Istasam ham yuzim undan burolmam,
Tomchi uriladi, ko‘z yumilmaydi,
Bas qil, deya shartta joydan turolmam.
Samo... Quyosh bilan menga qaraydi,
Qiziq, yomg‘ir otgan senmasmi hali?
Bir sharpa tepamda, sochim taraydi,
Insmi, jinmi, malak, bari — shubhali.
Samo... Bulutlarda bugun vahima,
Oy qani? Yulduzlar qayga daf bo‘ldi?
Oh, mening hech kim tuymas ohim-a!
Jonim ajalgami kun hadaf bo‘ldi!?
Qarang, samo menga yaqinlashmoqda,
Men shuncha kattami, bu yer tormi yo?
Jizg‘inak badanim salqinlashmoqda,
Oyog‘im muzladi... Yozda qormi yo?
Xayriyat, nafasim chiqyapti silliq,
Endi qo‘zg‘alaman, onam kutyapti!
Hoy... To‘xtang! Bu nima... Bu nima qiliq?
«Samo» nafasimni nega yutyapti...?!

✍️ Shamsuddin Sadruddin (30.08.2026)
@Vahmiy
🔥25😭16❤10❤🔥2
Vahmiy (Shamsuddin Sadruddin)
Xayriyat, nafasim chiqyapti silliq,
Endi qo‘zg‘alaman, onam kutyapti!
Hoy... To‘xtang! Bu nima... Bu nima qiliq?
«Samo» nafasimni nega yutyapti...?!
Endi qo‘zg‘alaman, onam kutyapti!
Hoy... To‘xtang! Bu nima... Bu nima qiliq?
«Samo» nafasimni nega yutyapti...?!
Sizningcha, bu odam o‘ldimi yoki o‘lim yoqasidan hayotga qaytdimi?
❤15🔥4
Temir - Yerda mavjud Yerga yot jism. Haqiqat ham temirga o‘xshaydi. U dunyomizda bor, ammo unga oid emas.
🔥25❤🔥8❤6👍5😢5
Shubha
To kelguningcha «to» dedim faqat,
Har hurga hurkib «lo» dedim faqat,
Qaddi qomating ko‘rgach, alifbo —
aytganda qasddan «bo» dedim faqat.
Men sening tikka qaddingni sevdim,
Tarafsiz, cheksiz haddingni sevdim,
Buzsang ham baribir ahdingni sevdim...
Yo chindan sevdim, yo dedim faqat!
@Vahmiy
To kelguningcha «to» dedim faqat,
Har hurga hurkib «lo» dedim faqat,
Qaddi qomating ko‘rgach, alifbo —
aytganda qasddan «bo» dedim faqat.
Men sening tikka qaddingni sevdim,
Tarafsiz, cheksiz haddingni sevdim,
Buzsang ham baribir ahdingni sevdim...
Yo chindan sevdim, yo dedim faqat!
✍️ Shamsuddin Sadruddin (11.09.2026)
@Vahmiy
❤34🔥20🥰10😢2👍1🕊1
Sevgi tomon uchma, qush,
qanotlaring kuyadi.
Sevmoqchi bo‘lgan odam
uzoqlardan suyadi.
Lekin... Ishqqa uchmasang
qanotingdan ne foyda?!
Pat o‘ylab balo bormi
sevgi izlangan joyda?!
@Vahmiy
qanotlaring kuyadi.
Sevmoqchi bo‘lgan odam
uzoqlardan suyadi.
Lekin... Ishqqa uchmasang
qanotingdan ne foyda?!
Pat o‘ylab balo bormi
sevgi izlangan joyda?!
✍️ Shamsuddin Sadruddin (13.09.2026)
@Vahmiy
❤🔥45❤27🔥14🕊2
Ohista yur!
Quruq yerga suvni sepma,
Bir kun suvsiz ter bo‘larsan!
Ohista yur, yerni tepma,
Oxirida yer bo‘larsan!
Kimdir yotgan qabrga boq,
O‘lim bergan xabarga boq,
Ustingdagi zabarga boq,
Balki shunda zer bo‘larsan!
Dunyo og‘ir, ko‘zing suzma,
Yengillashmas, reja tuzma,
Yaqinlardan mehr uzma,
Yolg‘iz o‘lgan sher bo‘larsan!
Bu g‘avg‘odan tin olmasang,
Xayollarga minolmasang,
Mansabingdan inolmasang,
Kursi uchun er bo‘larsan!
Yasha darding ayon qilmay,
Maxluqiga bayon qilmay,
Shoyad, nafsing yomon qilmay,
tuproq bilan bir bo‘larsan!
@Vahmiy
Quruq yerga suvni sepma,
Bir kun suvsiz ter bo‘larsan!
Ohista yur, yerni tepma,
Oxirida yer bo‘larsan!
Kimdir yotgan qabrga boq,
O‘lim bergan xabarga boq,
Ustingdagi zabarga boq,
Balki shunda zer bo‘larsan!
Dunyo og‘ir, ko‘zing suzma,
Yengillashmas, reja tuzma,
Yaqinlardan mehr uzma,
Yolg‘iz o‘lgan sher bo‘larsan!
Bu g‘avg‘odan tin olmasang,
Xayollarga minolmasang,
Mansabingdan inolmasang,
Kursi uchun er bo‘larsan!
Yasha darding ayon qilmay,
Maxluqiga bayon qilmay,
Shoyad, nafsing yomon qilmay,
tuproq bilan bir bo‘larsan!
✍️ Shamsuddin Sadruddin (20.09.2026)
@Vahmiy
❤42❤🔥10👏7✍5🔥5
Yusuf:
Men hammadan go‘zal, hammadan a’lo,
Yuzim jannatdagi billur kamida.
Shunchalar chiroyli bo‘lmasdim aslo,
Onam yuzlarimdan o‘pmaganida.
Men hammadan asil, hammadan toza,
Mendan yoqimtoy yo‘q, uydirmaganda.
Onam yuzlarimdan o‘pmasdi rosa,
Xudo meni unga suydirmaganda.
Ham ilhom, ham hayo, mehr o‘lardi,
Sochimni onamga taratmaganda.
Na Yusuf bo‘lardi, na she’r bo‘lardi,
Agar onalarni yaratmaganda.
@Vahmiy
Men hammadan go‘zal, hammadan a’lo,
Yuzim jannatdagi billur kamida.
Shunchalar chiroyli bo‘lmasdim aslo,
Onam yuzlarimdan o‘pmaganida.
Men hammadan asil, hammadan toza,
Mendan yoqimtoy yo‘q, uydirmaganda.
Onam yuzlarimdan o‘pmasdi rosa,
Xudo meni unga suydirmaganda.
Ham ilhom, ham hayo, mehr o‘lardi,
Sochimni onamga taratmaganda.
Na Yusuf bo‘lardi, na she’r bo‘lardi,
Agar onalarni yaratmaganda.
✍️ Shamsuddin Sadruddin (16.10.2026)
@Vahmiy
❤59🔥30👍18❤🔥9😭4✍1
Tilim
Bir jahoniy xijolat
gapirishga qo‘ymaydi,
Ichimdagi sukunat
hayqirishga qo‘ymaydi.
Zabonimni tugunlab,
Onam tilin zabunlab,
ikki labim o‘ynatib
qiyqirishga qo‘ymaydi.
Chin-u Farang, Rusidan
nusxa olgan tusidan
anhorini o‘zbekcha
ayqirishga qo‘ymaydi.
Bir Navoiy kammidi?!
Yo Hojibi xammidi?!
- deb qarluqcha yo‘sinda
qayg‘irishga qo‘ymaydi.
Yangi Bobur chiqqan on,
Yashash uni siqqan on,
oq qog‘ozga og‘alar
sarg‘ayishga qo‘ymaydi.
Hah, o‘zimda ko‘p ayb,
Balki tilim so‘ppayib
«Xamsa» beti ustida
baqrayishga qo‘ymaydi!
@Vahmiy
Bir jahoniy xijolat
gapirishga qo‘ymaydi,
Ichimdagi sukunat
hayqirishga qo‘ymaydi.
Zabonimni tugunlab,
Onam tilin zabunlab,
ikki labim o‘ynatib
qiyqirishga qo‘ymaydi.
Chin-u Farang, Rusidan
nusxa olgan tusidan
anhorini o‘zbekcha
ayqirishga qo‘ymaydi.
Bir Navoiy kammidi?!
Yo Hojibi xammidi?!
- deb qarluqcha yo‘sinda
qayg‘irishga qo‘ymaydi.
Yangi Bobur chiqqan on,
Yashash uni siqqan on,
oq qog‘ozga og‘alar
sarg‘ayishga qo‘ymaydi.
Hah, o‘zimda ko‘p ayb,
Balki tilim so‘ppayib
«Xamsa» beti ustida
baqrayishga qo‘ymaydi!
✍️ Shamsuddin Sadruddin (26.10.2026)
@Vahmiy
🔥26❤13👍7✍1❤🔥1😁1
Forwarded from Vahmiy Music 🎶
Nido: Ey samo Egasi!
Vahmiy & Suno AI
🎶 | Nido: Ey samo Egasi! |
👉 @Vahmiymusic 👈
«Ey yomg‘ir tomchisin yaratgan Ega,
Ey quyosh yuzini qaratgan Yerga,
Ey samo Egasi, ey havo Egasi,
Ey daraxt barglarin botirgan terga!
Ey to‘qlik ortidan sho‘xlik berguvchi,
Ey sho‘xlik yo‘qotib yo‘qlik berguvchi,
Ey vabo Egasi, ey davo Egasi,
Ey sho‘rlik ko‘zlarga ko‘rlik berguvchi!
Ey ruhni badanga ato etgan Zot,
Ey ruhni badandan ado etgan Zot,
Ey fano Egasi, ey baqo Egasi,
Ey hayot jonini olguvchi Hayot!
Ey qonxo‘r o‘limni o‘ldirgan Xudo,
Ey bo‘m-bo‘sh bo‘shliqni to‘ldirgan Xudo,
«O‘zim»ning o‘rniga yangi «o‘zim» ber...» -
demoqda o‘zimdan chiqqan bir nido!
✍️Shamsuddin Sadruddin (07.12.2025)
👉 @Vahmiymusic 👈
🔥20😭11💔8❤5🕊3❤🔥1
Yozdim.
Xotirimga kelgan buyuk satrni.
O‘yladim: «Hayronmi qolardi Mashrab!?».
So‘z bilan hidlatdim ishq va atrni,
So‘z bilan yig‘latdim o‘lib va yashab.
Yozdim.
Sharobni zahar deb, zaharni sharob.
Inontirdim sizni, va so‘ng... inondim.
Tomirni chertguday kuchli iztirob
chekib yozganimda sizdek insondim.
Yozdim.
Manbasiz o‘zakdan quyilgan so‘zni.
Sevgini, bilgini zo‘r kalom etdim.
Gunohidan qiynab o‘yilgan ko‘zni
malham kalimamda zu-salom etdim.
Yozdim.
Bo‘lgan, bo‘lmagan va bo‘layotganni.
Daftarni bir zumga yopa olmadim.
Lekin... ichimdagi o‘layotganni
yozishga bitta so‘z topa olmadim.
@Vahmiy
Xotirimga kelgan buyuk satrni.
O‘yladim: «Hayronmi qolardi Mashrab!?».
So‘z bilan hidlatdim ishq va atrni,
So‘z bilan yig‘latdim o‘lib va yashab.
Yozdim.
Sharobni zahar deb, zaharni sharob.
Inontirdim sizni, va so‘ng... inondim.
Tomirni chertguday kuchli iztirob
chekib yozganimda sizdek insondim.
Yozdim.
Manbasiz o‘zakdan quyilgan so‘zni.
Sevgini, bilgini zo‘r kalom etdim.
Gunohidan qiynab o‘yilgan ko‘zni
malham kalimamda zu-salom etdim.
Yozdim.
Bo‘lgan, bo‘lmagan va bo‘layotganni.
Daftarni bir zumga yopa olmadim.
Lekin... ichimdagi o‘layotganni
yozishga bitta so‘z topa olmadim.
✍️ Shamsuddin Sadruddin (10.11.2026)
@Vahmiy
❤31🔥14💔8✍3👍1