O'zbekiston ayollar ko'zi bilan
47 subscribers
83 photos
11 videos
2 files
132 links
"O'zbekiston ayollar ko'zi bilan" loyihasi
Kamilla Sultanova, Zaynab Muhammad-Dost va Malika Sharipova tomonidan O'zbekistonda gender tengligini targ'ib qilishni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Takliflar uchun: @uzbekayol_bot
Download Telegram
⭐️⭐️⭐️
Forwarded from dilmurad.me
«Yuzma-yuz» loyihasining navbatdagi qahramoni biznes-konsultant Malika Sharipova. U zamonaviy o‘zbek ayoli qanday bo‘lishi kerakligiga tirik misol. U o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rgan va biznes sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan.

Malikaning shaxsiy kompaniyasi bor va u boshqa korporatsiyalarga konsultatsiya beradi. Shuningdek u oilaviy hayotini ham unutmagan va uni karyera bilan birga olib boradi.

📺Videoni ko‘ring: https://youtu.be/JAX3HhmCw44

Yuzma-yuz – Xotin-qizlarni ruhlantirish va motivatsiya berish loyihasi. Uning asosiy maqsadi muvaffaqiyat har xil bo‘lishi mumkinligi va unga hamma erisholishini ko‘rsatish. Bu uchun esa, iloji boricha turli soha, hikoya va taqdirlarga ega bo‘lgan xotin-qizlarni olib chiqish.

Loyiha “Profsoyuz” PR-agentligi tomonidan yaratilgan
Tabriklaymiz Nigora opa!
Forwarded from Nemolchi.Uz
⭐️Сегодня у нас грандиозный праздник - день рождения администраторки узбекской версии Sukut Saqlama. Нигора Адизова - это человек высоких моральных принципов, спокойствия и терпимости.

❤️Наша дорогая и любимая Нигора, пусть ваш путь будет радостным и лёгким, согретым улыбками и человеческим теплом.
Покоряйте вершины и двигайтесь только вперёд!

Бесконечно обожаем вас!✨
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Asanov formati
Диққат! Central Asian Studies, Decolonial Research ва антропология ишқибозлари. Таниқли рус олими, Марказий Осиё бўйича эксперт Сергей Абашиннинг янги интервьюси.

Соҳага қизиқувчи ҳамма ўқиши шарт бўлган каттакон матн. Кўп мавзулар кўтарилган, фандан тортиб Украинадаги урушгача.

Ҳа, интервью баҳона фандаги янги қарашларни ўрганасиз, Мадина Тлостанова ва бошқа тренддаги олимлар ҳақида билиб оласиз.

«Деколонизация освобождает от одних зависимостей, но несет другие»

@AsanovEldar
​​8-Mart bayrami dunyo bo'ylab gender tengligi va ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratish uchun tanlangan.

Afsuski,O'zbekistonda ayollarning asosiy huquqlari poymol bo'layotgani- kundek ravshan. Bunga bir qancha dalillar bor...yaqin orada parlamentimiz zo'ravonlik uchun jinoiy javobgarlikni kiritishdan voz kechgani bir misol bo’la oladi.
Fuqaroviy jamoa a'zolari ushbu salbiy hodisaga bo'lgan munosabatini o'zgacha bildirishga qaror berdilar.

Tadqiqotchi Binazir Yusupova, kino tarixchisi Oleg Karpov va san'atshunos Samandar Egamberdiyev tomonidan tashkillashtirilgan film namoyishi tadbiriga e'tiboringizni qaratmoqchimiz. Filmda Qozog'iston jamiyatida
ayollarga nisbatan zo'ravonlik mavzusi ko'tarilgan.

Kinorejissyor Askar Uzabaevning "Baxt" ("Baqyt") filmi o'tgan yilgi xalqaro Berlin kinofestivalida maxsus mukofatlangan edi.

Binazir Yusupova ushbu tashabbus haqida loyihamiz sahifasida fikrlari bilan bo'lishdi.

"Film hali katta ekranlarga chiqqanicha yo'q, ammo biz vaziyatni e'tiborga olib film mualliflarining roziligini oldik.
Oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortishdan voz kechish - Yangi O‘zbekistonga emas, balki tubsizlikka olib borishini ko‘rsatishga harakat qildik" dedi B.Yusupova.

Samandar Egamberdiev ham firklari bilan bo'lishdi:

"Post-sovet respublikalari va janubiy-g'arbiy Osiyo mintaqasi davlatlaridagi ijtimoiy hayotda patriarxal tizim katta rol tutadi. Aksiga olib, oilaviy hayotda erkaklar ayollarga nisbatan zo'ravonlikning turli xil ko'rinishlarini amalga oshiradi. Bu holat ayol uchun eng katta fojea deb o'ylayman. Bunday holat bilan porloq kelajakni kutish shunchaki utopiya!
Lekin bizning sodda ayollar qaysidir jihatdan ayol uchun qadriyatga aylanayotgan "bardoshlilik, sabrli bo'lish, toqatlilik" kabi parazit tushunchalarga ishonishadi. Bu esa achinarli holat. Eng katta fojea esa har bayram (8-mart) arafasida eng arzon, manipuliatsion sovg'alar: bir dasta gul, kosmetika, turli sovg'alar, kopirativlar, shirin so'zlarga tezda aldanadi va hammasini unutishadi.
Aslida ayol uchun eng katta sovg'a bu ayollarga nisbatan zo'ravonlikka butunlay chek qo'yish, shu bilan birga zo'ravonlik holatlarida jinoiy ish ochilishini jinoyat kodeksiga kiritish, ayolning oiladagi va jamiyatdagi o'rnini mustahkamlashni hayotga tadbiq etishimiz shart".

Jamiyatimizda zoʻravonlik oddiy holat deb qabul qilinmasligi kerak. Buni birinchi navbatda parlament a'zolari bilishi kerak emasmi? Nega "Yangi O'zbekistonda” ayollar zo'ravonlikdan ozod bo'lmasligi kerak?

"Baxt" kinofilmi 11-mart kuni soat 17:00da 139 Documentary markazida namoyish etiladi.
Manzil: 210 Sultonali Mashhadi ko'chasi.
💜🙌🏾🇺🇿
👇🏾👇🏾👇🏾
Forwarded from sharoitplus.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓O‘zbekistonda nogironligi bo'lgan shaxslar ishga joylashishda qanday to'siqlarga uchrashi mumkin?  mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda qanday imtiyozlar bor?

⚡️Shu va shu kabi savollarga 27-aprel kuni bo'lib o'tadigan Ikkinchi “Inklyuziv biznes-forum” da javob olasiz!

🌐 Forumda Britaniya Kengashi, UNICEF, Jahon banki hamda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, shuningdek, yirik, o‘rta va kichik mahalliy kompaniyalarning rahbarlari va kadrlar bo‘limi mutaxassislari ishtirok etadi.

❗️ Forum 27-aprel kuni soat 9:30 da "Panarams" mehmonxonasida bo'lib o'tadi. Barchangizni qizg'in muhokamalarimizda kutib qolamiz!

Kanalimizga obuna boʻling:
👉 @sharoitplus
Forwarded from Bahor / Весна
2 июня пройдёт бесплатная онлайн-сессия для документалист:ок Центральной Азии, находящихся в поисках финансирования своих фильмов

O'zbek tilida – kartochkalarda

Вот что рассказывают инициаторки проекта о его идее:

«Мы документалистки из Казахстана — Кристина, Дана и Альмира. Поскольку мы были вовлечены в международную индустрию док. кино как авторы из Центральной Азии, мы ясно видим, что наш регион должен быть представлен и включен в мировой контекст более широко.

Наши скромные шаги в этом направлении — бесплатные и тёплые онлайн-сессии с ведущими мировыми фондами документального кино, чтобы познакомить вас с теми людьми, которые очень хотят видеть и поддерживать наши с вами фильмы».

Ближайшая сессия — с фондом DMZ International Documentary Film Festival (Южная Корея) — пройдёт уже на этой неделе.

Когда: 2 июня, пятница, 13:30 (Ташкент, Ашхабад, Душанбе) / 14:30 (Алматы, Бишкек)

Присоединяйтесь! Ссылка на зум появится 2 июня в описании инстаграм-профиля riverdreams_doc
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Bu tadqiqotni boshqa qiziqroq qismi bor. Eksperimental ravishda odamlarga bir ishni tarifi, ishchi qiladigan ishlari va koʻnikmalari koʻrsatiladi. Shu bilan birga shu ishning maoshi koʻrsatiladi. Bir xil javob beruvchilarga shu ishda ayol ishlayapti deb aytilsa, boshqa ixtiyoriy tanlangan respondentlarga erkaklar koʻrsatiladi. Endi javoblarga kelsak. Ixtiyoriy ravishda oʻsha ishda ishlayotgan shaxs ayol boʻlgani koʻrsatilsa, ish haqini “juda yuqori” deb aytish ehtimoli 13 foizga koʻproq ekan. Lekin agar ishda erkak ishlayotgani koʻrsatilsa, “juda past” deb javob berishlar 34 foizga koʻproq ekan.

Oddiy tilda aytsam — bir ishni ayol qilayotganini bilsa va maoshini bilsa, odamlar shu ayol “koʻp maosh” olyapti deb oʻylashar ekan. Erkak qilsa, “kam maosh” olyapti deb oʻylashar ekan. Oʻsha-oʻsha ishga. Yaʼni tadqiqot natijalari nafaqat ayollar va erkaklar ish haqlari orasida farqni, balki muhimrogʻi, jamiyatdagi fikrlarni ham koʻrsatmoqda. Lekin aytish joizki tadqiqotni interpretatsiyasi har xil boʻlishi mumkin, bizda odatda erkak asosiy boquvchi hisoblangani uchun, respondentlar qilinayotgan ish koʻlamiga, yoki koʻnikmalarga emas, balki “erkak uchun yaxshi maoshmi” degan savolga javob berishayotgan boʻlishlari mumkin. Ayollar esa, koʻpincha asosiy oila boquvchisi hisoblanmaganlari uchun oylik katta boʻlmasa ham odamlar “juda yuqori” deb javob bergan boʻlishlari mumkin. Qisqa qilib aytganda, oʻsha oʻsha soʻmdagi raqam, agar ayol topsa “yuqori” deb baholanishi, ayolni topayotgan mablagʻi oilani asosiy daromad manbasi hisoblanmaganligidan kelib chiqishi mumkin.

Buni “toʻgʻri” faraz demayman (o’zi umuman normativ gapirmayapman), lekin jamiyatda shunday farazlar odatda keng tarqalgan boʻlsa, interpretatsiya taʼsir qiladi. Masalan bir erkak oʻqituvchi oyiga 5 million topsa — balki kam deb oʻylashar, lekin xuddi shu ishni qiladigan ayol oʻqituvchi 5 million topsa koʻp deb oʻylashlari mumkin. Bu tafovutni sababi — ayolni 5 millioni oʻsha respondentning farazidagi oila byudjetiga “qoʻshimcha”dek sanaladi, erkakniki esa “asosiy” mablagʻdek, shunga qarab, balki, javoblar qilishgandir. Buni aytishimni sababi — ishlaydigan ayollar bizda juda kamligidan bu faraz vujudga kelgan.

https://xn--r1a.website/xushnudbek/21023
​​
Tahmina Turdialiyeva bilan suhbat.

Tahmina Turdialiyeva Britaniya me’morlari Qirollik instituti (RIBA) tomonidan nashr etilgan dunyoning 100 nafar me’mor ayollar haqidagi kitobga kiritildi. Ushbu nashr Londonda 23 yanvarda rasman taqdim etiladi. #100Womenarchitectsinpractice
 
Bugun biz Tahminaxon bilan uning hayoti va me’morchilik haqida biroz suhbatlashdik.
 
-Tahminaxon, sizda me’mor bo’laman degan intilish birinchi bo’lib qachon paydo bo’lgan?
 
T.T: Rosti, buni aniq eslay olmayman. Me’morchilikdan oldin men grafik dizayner, interyer dizayneri bo'lib ishlaganman. Esimda, o’sha paytda ham men arxitekturani orzu qilardim, lekin men kabi yosh ayollar uchun me’morchilikda imkoniyatlar yo’q edi, shuning uchun men ushbu soha haqida o'ylashga ham jur'at eta olmay, kichikroq dizayn loyihalari ustidan ishlaganman.
Me’morchilikka alohida e’tibor qaratishim kerakligini anglagan paytim bu Xitoyda arxitektura firmasida magistraturada amaliyot o'tayotganimda bo’ldi. Ustozim va menejerim Maykl Köhler menga: "Siz buyuk me'mor bo'la olasiz" degandi. Mana shu so'zlarni yodda tutib, orzuimni hayotiy maqsadimga aylantirishga ahd qildim.
 
-Nima uchun aynan me’morchilik sohasiga qiziqqansiz?
 
T.T: Me’morchilik ikki asosiy tashkiliy qismlardan iborat: san'at va injenerlik. Ushbu ikki komponentning birisiz soha men uchun zerikarli bo’lar edi. Aynan shu ikki qismi bilan me’morchilik meni o'ziga jalb qiladi.
 
-Hozirgi kunda me’mor ayollar uchun o’qish jarayonidagi imkoniyatlar haqida nima o’ylaysiz? Balki qandaydir o’zgarishlar kerakdir?
 
T.T: Rosti men hech narsani o'zgartirmagan bo'lardim. Menimcha, o’zimizdagi yoki horijda olingan ta'lim ayollarimiz uchun hal qiluvchi rol o'ynamaydi. Ayollar uchun eng muhim bo'lgan narsa – o’z o'zlariga me'mor bo'lishga ruxsat berish deb o’ylayman.
-

Haqiqatan, me’morchilik oson soha bo’lmasada, ayollarimiz o’z o’zlariga ishonchi bilan bu va boshqa shu kabi mukammal sohalarda muvaffaqiyatga ega bo’lishlariga ishonamiz.

Tahmina Turdialiyeva Londondagi bo’lajak kitob presentatsiyasiga kelish niyati borligini aytib berdi. Biz uning barcha ishlariga omad tilab qolamiz.
📢📢📢
Forwarded from dilmurad.me
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, do‘stlar!

Bugun O‘zbekistondagi ijtimoiy soha vakillar uchun juda muhim forum boshlandi "Markaziy Osiyoda barqaror jamoalarni qurish – Bolalar, yoshlar, ayollar va oilalarning farovonligini oshirish ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar orqali".

Forum haqida to‘liq ma’lumotni tadbir veb-saytidan olishingiz mumkin: https://casocialforum.uz/uz/

Forum dasturi: https://casocialforum.uz/uz/event/markaziy-osiyoda-barqaror-jamoalarni-qurish/

Forumda ishtirok etish uchun Zoom havolalar: https://casocialforum.uz/uz/zoom/

📱 Vebsayt | 📱 Telegram | 📱 Twitter
—
Доброе утро, друзья!

Сегодня началось очень важное мероприятие для представителей социальной сферы в Узбекистане — форум "Построение устойчивых сообществ в Центральной Азии – Содействие благополучию детей, молодежи, женщин и семей через социальную работу и социальные услуги".

Программа форума: https://casocialforum.uz/event/forum-program/

Zoom ссылки для онлайн участия: https://casocialforum.uz/zoom-%d1%81%d1%81%d1%8b%d0%bb%d0%ba%d0%b8/


📱 Вебсайт | 📱 Telegram | 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM