Dtm.uz | Davlat test markazi
52.2K subscribers
105 photos
50 videos
32 files
342 links
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegram kanali.

Ishonch telefoni:
(+998 95) 199 19 14

🌐 dtm.uz
-
-
-
👨‍💻Reklama >> - https://tttttt.me/+SwAo-YikrkZzu9el
-
-
-
-
Download Telegram
#Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng qabul qilinadi

🔰 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi.

☑️ Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali abituriyentning shaxsiy kabinetida onlayn tarzda qabul qilinadi.

🖥 Bunda abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

📋 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

📆 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://tttttt.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://tttttt.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
#Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

🖥 Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://tttttt.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://tttttt.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
#Qabul2022 #Apellatsiya
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

📆 Apellatsiya arizalari 6-sentabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

📌 Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://tttttt.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://tttttt.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
#Qabul2022 #Apellatsiya
Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

2022-yil 28-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

🖥 Shuningdek, 31-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistondagi davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (6-sentabr) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi lozim.

📆 Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabr kunidan boshlanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://tttttt.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://tttttt.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
⚡️ Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovlari bo‘yicha apellatsiya
#apellatsiya #qabul2024

📆 2024-2025-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 2024-yil 6-8-avgust kunlari https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali apellatsiya shikoyatini berishlari mumkin.

Apellatsiya shikoyatlari 2024-yil 12-avgust kunidan boshlab uch kun davomida Bilimni baholash agentligida ko‘rib chiqiladi.


Ariza bergan talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.


Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy