Dtm.uz | Davlat test markazi
85.2K subscribers
105 photos
49 videos
32 files
341 links
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegram kanali.

Ishonch telefoni:
(+998 95) 199 19 14

🌐 dtm.uz
-
-
-
👨‍💻Reklama >> - https://tttttt.me/+SwAo-YikrkZzu9el
-
-
-
-
Download Telegram
#Qabul2022
⚡️ Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga kirish test sinovlari

📆 Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari
hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 18:00 da boshlanadi.

📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 17:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

🔖 Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://tttttt.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://tttttt.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
#Qabul2022
⚡️ Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari

📆 2022-2023-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni 18:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari huquq va chet tili fanlari hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 126 ball bo‘lib, huquq fani bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 62 ball), chet tili fani bo‘yicha 2,1 balldan (jami 42 ball), IQ bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining litsey.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 17:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://tttttt.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://tttttt.me/+V1AHHKmbD0ue-1H