Dtm.uz | Davlat test markazi
52K subscribers
105 photos
50 videos
32 files
342 links
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegram kanali.

Ishonch telefoni:
(+998 95) 199 19 14

🌐 dtm.uz
-
-
-
👨‍💻Reklama >> - https://tttttt.me/+SwAo-YikrkZzu9el
-
-
-
-
Download Telegram
Men maktabda fizika va matematika fanlaridan dars beraman. Hozirda faqat fizika fani uchun Direktor jamg‘armasidan ustama olaman. Eshitishimcha, tarifikatsiyadan o‘tgan barcha fanlarga ustama olish mumkin ekan.
Men ushbu jamg‘armadan matematika fani uchun ham ustama olishim mumkinmi?

Javob: Umumta’lim muassasasi o’qituvchilarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorida batafsil ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli nizom talablariga ko‘ra pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta‘lim muassasa xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, umumta‘lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.

Ikki va undan ortiq fandan dars beruvchi pedagoglarga direktor jamg‘armasidan har oylik ustama olishda mazkur ishchi guruh xulosasiga tayaniladi.

🔖 Nizomga asosan pedagog xodimlarga belgilangan ustamalar ularning tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga mutanosib ravishda to‘lanadi.

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlarida o‘qituvchi bir nechta fandan dars bergan taqdirda uning faoliyati har bir fan bo‘yicha alohida tartibda baholanishi qayd etilgan.

Savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi javob bergan

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Imtiyozlar

Hukumat qarori bo‘yicha yotoqxonalarga joylashtirishda ushbu ro‘yxatdagi talabalarga ustuvorlik berilib, birinchi navbatda shular yotoqxona olar ekan.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://tttttt.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
#Qabul2023
⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi

📥 2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etildi.

🖥 OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://tttttt.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Yaxshi xabar: talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ishga tushdi

Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda navbatlarning oldini olish, o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalarning turar joysiz qolishlari ehtimolini bartaraf etish maqsadida barcha davlat oliy ta’lim muassasalari hududiga kirish joylarida maxsus markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilibdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi talabalar shaharchasining eng gavjum yo‘laklarida – vazirlik binosi yonida joylashgan bo‘lib, u shtab sifatida faoliyat yuritadi. Shtabda barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ma’lumotlar markaziga kelib tushgan so‘rovlar va amalga oshirilgan ishlar monitoringi yuritilib, talabalarning turar joy bilan ta’minlanishi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://tttttt.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Maktab bitiruvchilarining 36 foizi joriy yilgi test sinovlarida 56,7 ball ham toʻplay olmagan. Bundan ortiq fojia bormi?

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://tttttt.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Akademik litsey pedagoglari oʻquv yuklamasi, oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlarini belgilash qoidalari yangilanadi

Muhokamalar portaliga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Akademik litsey pedagog xodimlari ish faoliyatining vaqt meʼyorlari: oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash tоʼgʻrisida”gi buyrugʻi loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra pedagog xodimlarning oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlariga oid yillik ish rejada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan pedagog xodimlardan hisobot talab qilinmaydi hamda tadbirlarni amalga oshirishning vaqt bоʼyicha hisobi yuritilmaydi.

Mazkur Qoidalardan “Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar” va Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseylar hamda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi akademik litseylar ham foydalanishlari mumkin.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://tttttt.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️ 13,5 ming nafarga yaqin abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi

👨🏻‍🎓 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:

🔸 180 ming nafarga yaqini — umumiy qabul parametrlari doirasida;
🔸 13,5 ming nafarga yaqini — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

Jumladan:

🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslar3,5 ming nafar;
🔹 “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 261 nafar;
🔹 muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,2 ming nafar;
🔹 harbiy xizmatchilarning farzandlari2,1 ming nafar;
🔹 Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari — 720 nafar;
🔹 ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar1,9 ming nafar;
🔹 kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar351 nafar.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://tttttt.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
2023-yilgi o’tish ballarini qayerdan ko’rsa bo’ladi?
#abituriyent

JAVOB: agar siz OTMlar kesimida yoki imtiyozlilar kesimida joriy yilgi o’tish ballari kerak bo’lsa, unda https://mandat.uzbmb.uz saytining “Qo’shimcha” bo’limidagi “OTMlar bo’yicha o’tish ballari” hamda “Imtiyozga ega bo’lganlar uchun o’tish ballari” sahifasidan ko’rib olishingiz mumkin.

To’g’ridan-to’g’ri kirish uchun:

OTMlar bo’yicha o’tish ballari
https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz23/Index

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://tttttt.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️Oʻqishdan yiqilgan barcha abituriyentlar va "перевод" chilar xususiy universitetga imtihonsiz qabul qilinadi

Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:
1. Pasport nusxasi;
2. Diplom yoki attestat;
3. 3x4 foto 6 ta;
4. "перевод" uchun transcrip yoki akademik maʼlumotnoma.

Hujjatlar shu yilning 30-sentyabr qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali va unversitetning hududiy bo'limlarida qabul qilinadi.

🇺🇿 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori bilan foizsiz kredit orqali kontrakt summasi to'lanishi mumkin va o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

👉 mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlari joylashtirilgan barcha talabgorlar oʻqishni IMTIHONSIZ "перевод" qilishlari mumkin.

Bundan tashqari kontrakt summasini 4 ga bo'lib to'lash mumkin.

Murojaatlar uchun maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 24/7 rejimida ishlamoqda va istalgan masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga +998555000043 va onlayn shaklda murojaat qilishingiz mumkin!

© Manba

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://tttttt.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏛 Toshkent shahridagi IMC Academy hamda Buyuk Britaniyaning Pearson education bilan hamkorlikdagi BTEC foundation dasturi 2024- o'quv yili uchun qishki qabul boshladi!

2024-yilning fevral oyida Foundation darajasida oʻqishni boshlang, muvaffaqiyatli bitiruvchilar O'zbekistondagi xalqaro universitetlarda (MDIS, TMS va boshqalar), xorijiy universitetlar filiallarida, qo'shma ikki diplom dasturlarida, ( IMC Krems, LSE&UoL, Ural) yoki chet elda 2-kursga oʻtish imkoniyatiga ega bo’ladi.

🏆 Afzal tomonlari:
➡️ Grant o‘rinlari;
➡️ Ingliz tilida ta'lim;
➡️ Xalqaro standartlar bo'yicha ta'lim;
➡️ Davlat OTMga o'qishni ko'chirish;
➡️ "Student exchange" dasturi orqali Yevropada o'qish;
➡️ Work & Travel;

Ta'lim yo'nalishlari:
🤝 Biznes boshqaruvi
💻 Axborot texnologiyasi

📆 Hujjatlar 8-fevralgacha qabul qilinadi!
(Hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish bepul)

🔔 Kirish imtihonlari 10-fevral kuni soat 10:00 da bo'lib o'tadi.
(TDIU 2-bino 2-qavat IMC Academy)

🔗 Hujjat topshirish uchun havola

☎️ Murojaat uchun:
+998909950110 (telegram)
+998997618909 (telegram)

📍 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko'chasi 49.
Rasmiy Telegram kanal <
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_yengillik

⚡️Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi


Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:

oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;

xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;

professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor
❗️IELTS o'qiyotganlarga tarqating!

— Eng TOP Speaker va IELTS instruktorlar tomonidan 10-26-aprel kunlari BEPUL onlayn marafon tashkil etilmoqda.

⚡️ Respublika miqyosida Eng yirik markazlardan biri Registon o'quv markazi va Xalqaro "British Council" tashkiloti hamkorligida navbatdagi katta loyihaga start beriladi!

🚀 Marafon orqali SIZ Buyuk Britaniya, Amerika, Yaponiya, Koreya davlatlarida tahsil olib kelgan hamda xalqaro IELTS darajasi 9.0 ball'gacha bo'lgan kuchli expertlardan BEPUL darslar olishingiz mumkin.

👉 Batafsil ma'lumot

👨🏻‍💻 Ro'yxatdan o'tish:
👉 @Marafon_IELTS_Bot
👉 @Marafon_IELTS_Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar siz o'zingizni bilimli yoshlar safida ko'rayotgan bo'lsangiz bu Olimpiada aynan siz uchun.

⚡️Japan Digital University 11-sinf maktab o'quvchilari va akademik litsey 2-kurs talabalari uchun keng ko'lamdagi Respublika matematika olimpiadasiga start bermoqda.

🎁Sovrinlar:
-Umumiy qiymati 15 mlrd so'mlik Japan Digital University ta'lim vaucherlari
-Yaponiyaga sayohat
-Maxsus stipendiyalar
-8 ta noutbuk
-10 ta Kindle qurilmalari

Billimlaringiz orqali sovrinlarni qo'lga kiriting !

🗓Ro'yxatda o'tish muddati 19-aprelgacha.

Sayt orqali ro'yxatdan o'tish

Bot orqali ro'yxatdan o'tish <
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-martdagi tegishli buyrugʻi bilan:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari;
xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati
tasdiqlandi.

❗️Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan — yozma;
Matematika fanidan — yozma;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda oʻtkaziladi.

❗️11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho);
Matematika fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun, taʼlim muassasasi tanlovi asosida)dan — yozma va ogʻzaki;
Chet tili fanidan — yozma/ogʻzaki;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
(Oʻquvchining tanlovi boʻyicha) Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan — yozma shaklda oʻtkaziladi.

👇
https://tttttt.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://tttttt.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
#tezkor

⚡️Endi ta'lim krediti faqat kunduzgi talabalarga beriladi

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi. — Prezident Farmoni

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️Rasman: Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirildi

Prezidentining Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:

xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;

boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul

📆 2024-yil 9-iyun kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o‘tkaziladi.

📍 Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 1 smenada tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini https://my.uzbmb.uz/service/63 havolasi orqali bilishi va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishi mumkin.

❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga 09:00 dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Fanlar majmuasi-2024.pdf
541.1 KB
⚡️2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda.

Buni bilish uchun joriy yilgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100savolga_100javob

savol: Joriy yilda imtiyozga ega abituriyentlar uchun ham qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladimi?

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy