How to get the most out of 2026
- Delete social media (Instagram, TikTok, etc.). It gave you NOTHING this year.
- Choose ONE skill: drawing, marketing, coding - doesn't matter.
- Learn every single day: books, articles, courses, mentors.
- Apply what you learn: draw, market for your uncle, build a website.
- Do it daily. No breaks. No excuses. Discipline wins.
- Enjoy the results.
Simple. Not easy.
Print this. Read it daily.

β€70π45π₯16β‘12π₯°1π1π1
Ulugbek Samigjonov | Blog
New Year - New Title Unlocked: Senior Lego Constructor π
Oldin hech logo yig'ib koβrmagandim (ha, yoshligimda bo'lmagan). Jamoaviy muhitni yaxshilashga foydali ekan.
Jiyanlarim va akam bilan yig'dik. Jarayon xuddi jamoani boshqarishga o'xshaydi. Jiyanlar (juniorlar) bloklarni alohida-alohida yig'ib berishdi, akam esa senior sifatida (EPAMβda ham senior π ) yig'ilgan bloklarni tekshirib turdi. Men esa PM yoki Lead rolida bloklarni birlashtirdim.
Kamchiliklarni (bug'larni) ko'rsatib, ularni oβzlariga to'g'rilattirdim (ba'zida o'zim tuzatib yubordim, lekin bu xato edi).
Taxminan 5 soat vaqt ketdi. Ish joylarida ham shunga o'xshash o'yinlarni yo'lga qo'ysa bo'larkan. Ko'p foydali ko'nikmalar shakllanardi.

π61π₯22π8β€5π2
Komiks rassom va grafik dizayner Mirko IliΔ bizga to'g'ri ish ustida ishlashdan yaxshiroq narsa yo'qligini eslatadi:
Suhbatdosh: "Vaqtni tejash bo'yicha eng yaxshi maslahatingiz qanday?"
IliΔ: "8 soat o'yla, 2 soat ishlΠ°."
Manba: https://jamesclear.com/3-2-1/january-1-2026

π₯35π8β€1β‘1
Endi dasturlashni boshlayotganlar yoki birinchi ishini qidirayotganlar uchun 2026-yilga reja:
1. Bitta yo'nalishni tanla: Backend, Frontend, Mobile, Design
2. Tanlangan yo'nalish bo'yicha asoslarni o'rgan: Backend (mantiq, ma'lumotlar bazasi, serverlar), Frontend (HTML, CSS, JavaScript)
3. Bitta dasturlash tilini tanlab, puxta o'rgan: JS, Python, Go
4. 24 ta loyiha ishlab chiq: har oy ikkita loyihani yakunla. Loyihalarning qiyinligi oshib borsin.
5. Portfolio ishlab chiq: o'rgangan bilimlaring va qilgan loyihalaringni yoritib ber.
6. Rezyume tayyorla: ko'nikmalar, bilimlar va loyihalarni kirit.
7. LinkedIn akkaunt ochib, profilingni sozla.
8. Sabablarni qilding, endi ko'proq duo qil.
0-qadam: barcha ijtimoiy tarmoqlarni o'chirib tashla.

1π131β€39π₯15β‘7π2π€―2
Muvaffaqiyatga erishmaslikning siri:
- Qilishing kerak bo'lgan ishni boshlaysan.
- Ozgina vaqtdan so'ng ijtimoiy tarmoqlar yoki ko'ngilochar videolarga chalg'ib ketasan.
- Keyin esa bu ishni qilish uchun ozgina βizlanishim kerakβ deb vaqtingni o'tkazasan.
- Qilishing kerak bo'lgan ishlar ro'yxatini tuzasan (go'yoki bajaradigandek).
- Kunni yakunlaysan.
Shu tariqa kunlar, haftalar va oylar o'tadi. Erishmasliging esa aniq.

π₯116π33β€15π9π€―9β‘2π1
Biz - qarorlarimiz natijasimiz.
Tanloving hayotingni belgilaydi:
- Ko'ngil ochar kontentni tanlasang: natija - vaqt isrofi, erishilmagan maqsadlar va boy berilgan imkoniyatlar.
- Har kuni o'qishni tanlasang: natija - o'tkirroq zehn, kengroq bilim va o'zingning yanada yaxshiroq versiyang.
- Biror ko'nikmani o'rganishni tanlasang: natija - yuqori maoshli karyera va yaxshiroq moliyaviy holat.
Har bir qarorga e'tibor ber.
To'g'ri tanlov bilan sababini qil.
Qaror β Harakat β Natija

1π96π₯20β‘10β€5π1
π Workshop: Global Frontend Engineer: Mahalliy dasturchidan xalqaro darajaga
π Format: Online, Haftasiga 2 marta, har safar 3 soatdan. Jami 8 ta dars, 1 oy davomida - umumiy 24 soat.
π― Asosiy maqsad: mahalliy dasturchilarni xalqaro kompaniyalarga tayyorlash. Suhbatga tayyorgarlik, eng ko'p tushadigan savollar, bilish kerak boβlgan ko'nikmalar, mock interview va oylik (salary) bo'yicha kelishish jarayonlarini ko'rib chiqamiz.
π Boshlanishi: fevral oyida. Joylar cheklangan: 10ta dasturchi.
β οΈ Talablar: frontend yo'nalishida 1β2 yillik tajriba va ingliz tili bo'yicha yetarli ko'nikma.
π Ko'proq ma'lumot va ro'yxatdan o'tish: https://ulugbek.io/workshops/global-frontend?utm_source=telegram
π¬ Savollaringiz bo'lsa, izohlarda qoldiring π
P.S: 1/10 joy qoldi

π₯35π7β€5π3
"Sen o'zingni aldamasliging kerak, zero o'zingni aldash hammadan ham osonroqdir" - Richard P. Feynman.
Imtihon adolatsiz bo'ldi / boshlig'im meni yoqtirmaydi / tizim buzilgan.
Aybdorni tashqaridan qidirish egoni himoya qiladi, lekin rivojlanishga to'sqinlik qiladi.
Bugun qattiq ishladim, shuning uchun endi ko'ngilochar videolar tomosha qilsam bo'ladi.
Sarflangan mehnat tiklanish uchun emas, balki chalg'ishni oqlash uchun ishlatilmoqda.
Hozir dasturchilar uchun ish yo'q - faqat tajribalilarni (senior) ishga olishyapti.
Bozorda raqobat kuchli bo'lishi mumkin, lekin boshqalar buni uddalashmoqda.
Muhimi o'zingni aldamaslik, haqiqatni ko'ra olish. Shundagina xatolarni ko'rib, o'sishing mumkin. Bo'lmasa, o'zingni aldab yuraverasan.

β€62π37π₯13β‘10π6π€―2
Adham AI bo'yicha roadmap (xarita) ishlab chiqibdilar. Ko'rib chiqishni tavsiya qilaman.
Ayniqsa Prompt Engineering qismini. Hammaga kerak.
Havola: https://xarita.ai

π₯29β€7π7β‘3π2
O'z yo'liga ega bo'lmagan inson, o'zgalarning chalg'itishlariga asir bo'ladi.
π91π₯29β€12π12
Ulugbek Samigjonov | Blog
O'z yo'liga ega bo'lmagan inson, o'zgalarning chalg'itishlariga asir bo'ladi.
Atrofda chalg'ish ko'p. Telefonda Instagram yoki Telegramga kirib ketamiz. Internetda esa YouTube yoki o'yinlar bilan vaqt o'tadi.
Chalg'itishdan maqsad aniq - pul ishlash. E'tibor va vaqt - bu pul, faqat o'zimiz buni qadrlamaymiz. Boshqalar bundan foydalanib, millionlab, milliardlab topishadi.
Yengishning yo'li - maqsad qo'yish. Katta maqsadlar qo'y: chet elda o'qish, dasturchi yoki professor bo'lish, biznes boshlash.
Maqsadlarni oylik, haftalik va kunlik rejalarga ajrat. Maqsad bilan uyg'onib, muvaffaqiyat bilan uxla.
Maqsad qo'yishni o'rgan, bo'lmasa chalg'ib yuraverasan.

π86π₯32β€16β‘8π1π1π1
Kitob ham tugadi. 670 bet, 95 bo'lim va 25 kun. 20-dekabrda boshlagandim.
Musk'ni yoshligi, otasi bilan munosabati, tavakkalchilikka borishi, bankrotga yaqin kelgan holatlardan chiqib ketishi va hayoti davomida o'rgangan darslari yozilgan.
Uolter Ayzekson (muallif), 2 yil soyadek bo'lib, holatlarni kichik detallargacha yoritib bergan. Biografiyalar yozish bo'yicha hozirda tengsiz.
Qiziq joyi, Elon Twitter'dagi serverlarni ko'chirayotganda, Rojdestvo kechasi data-sentrda Alex ismli O'zbekistonlik xodim kutib olgan. Ehtimol Alex bu Alisher yoki Aleksandr bo'lsa kerak π
6 kompaniyaga boshchilik qilarkan: Tesla, SpaceX + Starlink, X.COM (formerly Twitter), The Boring Company, Neuralink va X.AI. Siyosiy faoliyatini qo'shmaganda.
Bularni o'qib o'zingizni kichkina his qilasiz. Bir inson shuncha ishlar qilayotganda, bitta loyihani tugatolmay yoki bitta tilni o'rganolmay yuribmiz.
O'qishga tavsiya etaman.

Amazon
Elon Musk
Elon Musk [Isaacson, Walter] on Amazon.com. *FREE* shipping on qualifying offers. Elon Musk
β€40π15π8β‘7π₯4π2π€―1π1
Ulugbek Samigjonov | Blog
Kitob ham tugadi. 670 bet, 95 bo'lim va 25 kun. 20-dekabrda boshlagandim. Musk'ni yoshligi, otasi bilan munosabati, tavakkalchilikka borishi, bankrotga yaqin kelgan holatlardan chiqib ketishi va hayoti davomida o'rgangan darslari yozilgan. Uolter Ayzeksonβ¦
π37π€―20β€4π3π2
Hayotda maqsadga tez va osonlikcha erishilmaydi.
Biror natijaga erishish qiyin - buning uchun qiyinchilikdan o'tish kerak. Aynan shu qiyinchilik qiymat beradi.
Erishmoqchi bo'lgan narsa oson va tez bo'lganida, uning qiymati bo'lmas edi.
Hamma gap aynan qiyinchilik bilan erishishda. Istalgan narsaning qiymati, siz bosib o'tgan qiyinchilik bilan o'lchanadi.
Keyingi safar maqsad qo'yganda unga osonlikcha erishishni emas, albatta qiyinchilik bo'lishi, lekin siz undan o'ta olishingiz o'ylang.

3β€74β‘31π₯24π6π5π2
Sotib olingan kurslar, ko'chirib olingan videolar, taxlab qo'yilgan kitoblar va boshlangan loyihalar o'z vaqtida tugatilganda edi, hayotimiz butunlay boshqacha bo'lar edi.
Reja kerak, niyat muhim, lekin hammasi amalga bog'liq. Amal yo'q ekan, qolganlaridan foyda yo'q.
Birni boshqasidan amal ajratib turadi. Ko'proq amal qiling.

π₯110β€29π25β‘4π3π±3π1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sendan kitob o'qishing haqida so'rashganda π
π72π1π1