Temurning PM Blogi
633 subscribers
198 photos
29 videos
1 file
110 links
Lead Product manager

AyTi sohasi bo'yicha fikrlarim, qarashlarimni, Product managerlik bo'yicha bilganlarimni yozib boraman.

Blogimda yozilingan har bir fikr bu soha mutaxassisi sifatidagi shaxsiy fikrimdir.

https://xn--r1a.website/product_choyxona
Download Telegram
Bugun qisqa lirik chekinish

Trenddan orqada qolmay deb men ham hamma ishlagan joylarimni bir rasmga yig’ib chiqqanimdan keyin 15 yildan ortiq ish tajribamga nazar solib hayot qanchalar kutilmagan holatlarga boyligi haqida o’ylab qoldim. 2007-2010 yillar ishlab yurganimda hozirgi darajamga chiqa olishim haqida umuman hayol ham qila olmas edim.

Shu holatga kelish uchun minglab xatolar qilishga to’g’ri keldi, sutkasiga 25 soat ish bilan yashagan vaqtlar ham ancha bo’ldi😅. Asosiysi nimaiki qiyinchilik bo’lmasin to’xtab qolish kerak emas ekan, qanchalik qiyin bo’lmasin oldinga harakat qilish kerak ekan. Osmon gaplardek tuyuladi lekin bu oddiygina xaqiqatligini keyinchalik tushunib yetdim.

Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor ekan, buni 30 yoshdan o’tib, oilali va farzandlariz bo’lganidan keyin sezib boraverarkansiz. Hammamiz har kuni biron ish bilan shoshilamiz, qayergadir yuguramiz, nimalargadur ulgurmaymiz, shu bilan qarasak vaqt o’tkanini bilmay qolamiz. Yugurib-yugurib “To’xta, qayerga shoshyapsan, nimani ortidan quvyapsan” degan savollar miyyada aylanaverarkan. Shunaqa payt eng zo’ri bir necha kunga hayoldan hamma narsani chiqarib “refleksiya” qilish (o’zimda ko’p sinayman)

Shuni bildimki har doim o’zingizga yoqadigan ish bilan shug’ullanish kerak ekan va albatta har bir narsada balans bo’lish kerak (lekin 30 yoshgacha bo’lganlarga balans shart bo’lmasa kerak😅)

@temur_pm_blog
🔥12👍4👏1
Junior PM'lar va startup quruvchilar uchun qisqa so'rovnoma 👇

Paymeda Product owner bo'lib ishlaydigan ukamiz Xushnid Projekt menedjerlar va startap asoschilari ishida qanday qiyinchiliklarga duch kelishini o'rganayotkan ekan.
Xushnidning so'zi:
Bu bozor tadqiqoti: reklama yubormaymiz, javoblaringiz faqat umumiy tahlil uchun ishlatiladi.


So'rovnomada atigi 10 tagina savol, uzog'i borsa 5 daqiqa vaqtingizni oladi.

👉 https://forms.gle/gBUS23pKbB8nqfyUA

So'rovnomadan keyin loyiha boshqaruvi, Product management haqida savollar bo'lsa bir finjon choy ustida savollarga javob berishga tayyor ekan Xushnidjon (faqat finjon choy kimni xisobidan bu haqda manda ma'lumot yo'q, o'zi bilan kelishib olasizlar 😁)

@temur_pm_blog
🔥5❤2👍1
Forwarded from SL | Daily Growth
Shaxsiy kuzatuvlarimdan: millenniallar ko‘pincha qilgan ishini kichraytirib gapiradi, zoomerlar esa aksincha - o‘z natijasini ommaga ko‘rsatishni yaxshi biladi.

Bizda ikki avlod vakili qisqa vaqt ishladi. Biri juda katta natija qildi, lekin “atigi bir necha oy ishladim, uyat bo’lar” deb bu haqda deyarli gapirmadi. Ikkinchisi esa qilgan ishlarini bemalol hamma joyda yozdi.

Menimcha, millenniallar zoomerlardan bitta skillni o‘rganishi kerak: visibility.

Yaxshi ishlashning o‘zi kam, afsuski. Qilgan ishingni ko‘rsata bilish ham muhim ekan..

@SL_DailyGrowth
❤6👍2
SL | Daily Growth
Shaxsiy kuzatuvlarimdan: millenniallar ko‘pincha qilgan ishini kichraytirib gapiradi, zoomerlar esa aksincha - o‘z natijasini ommaga ko‘rsatishni yaxshi biladi. Bizda ikki avlod vakili qisqa vaqt ishladi. Biri juda katta natija qildi, lekin “atigi bir necha…
Bu firkga qo’shilmasdan iloji yo’q. Ko’p xollarda biz milleniallar ishimizni ko’rsatishga qiynalamiz, maqtanchoqdek ko’rinishga uyalamiz. Hatto telegram blogimni ochishda, birinchi konferensiyada chiqishimda ham shunaqa bo’lgan, hali bu sohada expert emasman degan fikr juda ko’p aylangan.

Shu sabab Numeoda 2 oy ishlaganim haqida ham xech qayerda yozmaganman, qisqa vaqt ichida natija qila olgan bo’lsam ham.

Product managementlik bo’yicha o’qitishga birinchi chaqirishganida ham shunday hayollar bo’lgan. Yon atrofimdagi qora ko’z millenial Product managerlarda ham shu muammoni ko’raman. Ehhh maylin, odam bo’lib qolarmiz :)

@temur_pm_blog
👍4❤3😁2💯1
Jamoamga Product manager qidirmoqdaman 🌟

Ko’pchilik mani taniganlar biladiki, Ipoteka-bankda Lead Product manager bo’lib ishliyman. Asosiy javob beradigan yo’nalishim bu daily banking ya’ni to’lovlar va o’tkazmalar. Hozirda jamoam katta bo’lib ketgani uchun aloxida to’lovlar jamoasini tashkil qilish arafasidamiz. Aloxida jamoa bo’lgani kabi aloxida Product manager bo’ladi.
Xullas jamoamga yangi Product manager qidirvomman, greydi kamida Middle bo’lishi kerak, to’lovlar sohasini yaxshi tushunadigan, rus tilini va ingliz tilini ham bilishi kerak. Bu Product manager meni rahbarligim asosida ishlaydi. Asosiy qiladigan ishi bu mobil ilovada to’lovlar qismini rivojlantirish. Kimdiq qiziqish bildirsa quyidagi xavola orqali отклик yuborsa bo’ladi

HH dagi vakansiya xavolasi


@temur_pm_blog
🔥11❤3👍1
Apple payni test qilishni boshladik😁
Hozircha Tezbank va Uzum bank kartalari orqali to’lab ko’rdik :)

TBC kartani Google payga qo’shish boshlanibdi, Apple payga ham qo’shganlar bor lekin hozircha men qo’sha olmadim :)

@temur_pm_blog
👍6❤3
Hozircha 4 ta kartamni qo’shdim, bu ketishda hamyonim o’rnini wallet egallasa kerak😅

@temur_pm_blog
👍9❤1
Product Choyxona: «Real keyslarda AI: RIZO GO — shaharlararo taksi sunʼiy intellektni qanday qoʻllaydi»

Product Choyxonaning navbatdagi uchrashuvida shaharlararo taksi xizmati RIZO GO jamoasidagi doʻstlarimiz bilan dildan suhbatlashamiz.

Mehmonlar:
— Ulugʻbek Nurmatov, Product Manager
— Mukhammaddiyor Alijonov, CTO

Nimalar haqida gaplashamiz:
• RIZO GO platformasidagi real AI keyslar
• Qaysi AI modellardan qayerda va nima uchun foydalanishadi
• AI yechimlarning jonli demosi
• Nima ishladi, nima ishlamadi
• Savol-javob

Kofe-breyk va netvorking.

📅 7-noyabr, shanba
⏰ 15:00
📍 Impactt Studio, 5-qavat

Ro'yxatdan o'tish uchun xavola: https://forms.gle/91SNds1F68g1FcBQ7

Tadbir sanasi va vaqtini o'tkazvormaslik uchun: https://mylinkpro.app/ru/events/product-choyxona-real-keyslarda-ai-rizo-go-shaharlararo-taksi-suniy


Manzil: Toshkent shahri, Damariq koʻchasi, 41

Yandex: https://yandex.uz/maps/-/CPdDjE5M

Google: https://maps.app.goo.gl/Dv48yLjQ4cFFbmgN8

Product choyxona: @Product_choyxona
❤3👍2😱2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1🔥10
Ertadan Market Yandex Go buyurtmalarni qabul qilishni to’xtaydi

Tushunishim bo’yicha Yandex asosiy fokusni Lavkaga qaratadi. Bu juda logik qaror deb bilaman. Marketplace yo’nalishida bir mijozning jalb qilish narxi (CAC) juda baland bo’lib ketilgan deb taxmin qildim, sababi bozorda o’yinchilar ancha ko’paymoqda. Uzum market, Wildberries, Ozon. Bunaqa xolatlarda asosan «Marketing urushi» boshlanadi ya’ni kim qancha marketingga pul ajratishidi (keshbesk, narxlarni arzonlashtirish va x.k)

Bilamiz, hohlagan biznesingizda xech qachon resurslar rezinadek cho’zinchoq emas, bir vaqtning o'zida hamma narsaga fokus qarata olmaysiz. Yandex aynan bo’sh bozorni birinchi egallashga kirishgandek. ya’ni tezkor dostavkaga. Bir necha yil oldin ushbu bozorni Express24 egallashga harakat qilib ko'rgan lekin o’xshamagan edi, bu haqda Akmal aka podcastlarda gapirganlar. Endi bozorni egallashga urinish Yandexning navbati.

Xullas, (xech kim so’ramagan) fikrim, Yandex hozir Markeplace ga fokus qaratganida anchagina marketing janggiga kirib juda katta investitsiya kiritishiga to’g’ri kelar edi, buning o’rniga katta Marketplace lar marketing janggi bilan ovora bo’lgan vaqtda tezkor dostavka bozorini egallab olish.

Balkim Yandex yana Marketplace bozoriga kirib ko’rishga urinib ko’rar, buni vaqt ko’rsatadi.


@temur_pm_blog
❤8
Apple / Google pay O’zbekistonda ishga tushganiga ham 2 xafta bo’libdi

27 oktyabr kuni butun O’zbekiston media olamida faqat Apple / Google pay ishga tushgani haqida ma’lumotlar bosib ketgan edi, mana oradan 2 xafta o’tdi sekin raqamlarga qarasak bo’ladi.

Uzum kartani 350 000 dan ortiq fodalanuvchi Apple payga qo’shibdi, umumiy 81.1 mlrd so’m miqdorda 1.6 mln to’lovlar o’tkan.

Eng ko’p to’langan yo’nalishlar: jamoat transporti, oziq-ovqat do’konlari va supermarketlar, kafe va restoranlar.

Aktiv foydalanuvchilar: Toshkent shahar, Toshkent viloyati, Samarqand, Buxoro va Farg’ona va viloyatidir.

Demak Apple pay bizda hypedan chiqib, sekin oddiy kundalik to’lov usuliga aylanib bormoqda. Apple / Google pay rivojlangan sari QR to’lovlar taqdiri nima bo’ladi deb qiziq savol berishni boshlashdi.

Subyektiv fikrim: Apple / Google pay rivojlangani sari QR to’lovlar ham rivojlanib boradi. Bu yerda bir foydanaluvchilarni online to’lovdan ikkinchi online to’lovga o’tkazish emas, balkim naqt, kartani o’zidan to’laydiganlarni online to’lovga o’tishni kuzatsak kerak.

Sababi Apple / Google pay asosan insonlarda kartasiz to’lovni madaniyatini oshiradi. Albatta QR to’lovchilarning qaysidir qismi Apple payga o’tib ketadi, lekin Apple pay hisobiga online to’lashga o’tadigan yangi auditoriya hisobiga unchalik bilinishi kerak emas.

P.S. O’zim ham to’lov Apple payga o’tib oldim lekin QR to’lovlarni ham unutganim yo’q 😎️️️️️️

@temur_pm_blog
👍5❤4
Korporatsiyada ishlash yoki o‘z startupingni ochish: qaysi birida muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqoriroq? 🤔

Salom, salom! 🌟

Yaqinda do‘stlar Shuxrat, Farxod aka, Xushnid bilan bir qiziq mavzuda bahslashib qoldik. Korporatsiyada ishlab karyera qurish yaxshimi yoki o‘z startupingni ochib, biznes qilishmi?

Bahsimizning asosiy savoli qaysi yo‘l orqali ko‘proq pul topish mumkinligi emas, balki qaysi yo‘lda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqoriroq ekanligi edi.

Mening pozitsiyam: korporatsiyada muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqoriroq.

Nega?

1. Aniq karyera yo‘li bor

Katta korporatsiyalarda odatda shakllangan struktura mavjud. Kim nima uchun javobgar, qanday natijalar kutiladi, keyingi lavozimga o‘tish uchun qanday ko‘nikmalar kerak, bularning ko‘pi oldindan ma’lum.

Ya’ni sen noldan yo‘l yaratmaysan, mavjud tizim ichida o‘sasan.

2. Moliyaviy barqarorlik va kamroq risk

Korporatsiyada ishlasang, har oy barqaror daromad olasan. Karyerang o‘sgani sari daromadingni ham oshirish imkoniyati mavjud.

Startupda esa vaziyat boshqacha. Mahsuloting hali bozorga mos kelmasligi, mijozlar kelmasligi yoki investitsiya tugashi mumkin.

Korporatsiyada ham risk bor, albatta. Lekin shaxsiy moliyaviy risk odatda startup asoschisinikiga qaraganda pastroq.

3. Eksperiment qilish va scale imkoniyati

Bu ayniqsa biz, Product Managerlar uchun qiziq.

Korporatsiyada yangi product yaratishing, turli gipotezalarni tekshirishing, A/B testlar o‘tkazishing mumkin.

Eng qiziq joyi, bu eksperimentlarni o‘z cho‘ntagingdan emas, kompaniya budjeti hisobidan qilasan. 😅

Bundan tashqari, korporatsiyada allaqachon mijozlar bazasi, infratuzilma, kuchli jamoa va moliyaviy resurslar mavjud. Shu sababli muvaffaqiyatli productni scale qilish imkoniyati ham katta.

Startupda esa bularning ko‘pini noldan qurishing kerak.

Lekin boshqa kuchli argumenti bor edi.

Agar startuping muvaffaqiyatli chiqsa, korporatsiyada 10–15 yil ishlab erishadigan moliyaviy natijangdan ham kattaroq natijaga ancha qisqa vaqtda erishishing mumkin.

Bunga qo‘shilaman.

Lekin mening kontrargumentim oddiy:

Muvaffaqiyatning potensial miqyosi katta bo‘lishi, unga erishish ehtimoli ham katta degani emas.

Startup orqali juda katta boylik yaratish mumkin. Lekin bunga erishish ehtimoli qanchalik yuqori?

Korporatsiyada esa daromad va karyera o‘sishining chegaralari bo‘lishi mumkin, ammo muvaffaqiyat sari yo‘l nisbatan aniqroq.

Shu sababli men korporativ karyerani ehtimollik nuqtayi nazaridan ustunroq deb hisoblayman.

Albatta, bu statistik isbotlangan xulosa emas, shaxsiy kuzatuvlarim va tajribamga asoslangan fikr.

Bahsimiz qiziq o‘tdi. Har ikki tomonning argumentlarini eshitdik. 😅

Endi savol sizlarga:

Agar maqsad yuqori daromad, professional o‘sish va moliyaviy mustaqillik bo‘lsa, qaysi yo‘lni tanlagan bo‘lardingiz, korporatsiyami yoki startup?

Albatta eng muhim savol nega?

@temur_pm_blog
🔥4❤1
Manda azgina shamollash alomati bor, shuni rahbarga uydan ishlashim mumkinligi haqida yozdim. Endi savol, rahbarga GTA 6 o’yinini sotib olmaganimni qandoq isbotlasam bo’ladi? 😁

Rostan ham hali sotib olishga ulgurmaganman😆

@temur_pm_blog
😁12😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tog’ xavosini sotib olishga nima deysiz? Dachalar otmenmi endi? 😅

G’oya ko’rinishida yomonmas lekin bankalarda xavo sotish, bilmadim endi ))

1 litr - 50.000 so’m
2 litr - 100.000 so’m
3 litr - 120.000 so’m (skidka)

Maxsulotga ketgan xarajat banka, qopqoq va Toshkentga olib boradigan Damas xarajatlarimi shunda?

Video Instagramdan olindi….

@temur_pm_blog
😁9🥴4🤣3🗿3👏2👍1
Taqsim tizimi banklar o‘rtasidagi raqobatni qanday o‘zgartiradi? 🤔

Salom, salom! 🌟

18-noyabr kuni Markaziy bank “Taqsim” tizimini ishga tushirdi. Endi xodimlar ish haqini kompaniyasi qaysi bankda xizmat ko‘rsatishidan qat’i nazar, o‘zi tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyoniga olish imkoniyatiga ega.

Bu oddiy mijozlar uchun qulaylik, banklar uchun esa katta o‘zgarish bo‘lishi mumkin.

Nega bunday deb o‘ylayman?

Avval payroll tizimi qanday ishlardi?

Bank biror kompaniyani korporativ mijoz sifatida jalb qilsa, odatda o‘sha kompaniyaning xodimlari ham shu bankda oylik karta ochishardi.

Tasavvur qiling, kompaniyada 1 000 nafar xodim bor. Bank bitta korporativ mijozni jalb qilish orqali potensial ravishda yana 1 000 nafar jismoniy shaxsni ham mijozga aylantirardi.

Xodim boshqa bank kartasidan foydalanishni afzal ko‘rsa ham, avval oyligini olib, keyin o‘zi ishlatadigan kartaga o‘tkazishiga to‘g‘ri kelardi.

Endi nima o‘zgaradi?

“Taqsim” orqali xodim o‘zi xohlagan bank kartasiga oylik olishi mumkin. Buning uchun o‘z nomidagi karta rekvizitlarini kompaniya buxgalteriyasiga taqdim etishi kifoya.

Birinchi bosqich xususiy sektor uchun mo‘ljallangan. Keyinchalik tizim imkoniyatlari kengaytiriladi.

Menimcha, eng katta o‘zgarish Retail Banking yo‘nalishida bo‘ladi.

Oldin banklar korporativ mijozlarni jalb qilish orqali “payroll” mijozlar bazasini ham kengaytirgan bo‘lsa, endi faqat kompaniyani jalb qilishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi.

Banklar har bir xodim nima uchun aynan ularning kartasiga oylik olishi kerakligiga javob beradigan Value Proposition yaratishiga to‘g‘ri keladi.

Bu esa cashback, bepul o‘tkazmalar, loyalty dasturlari, qulay kredit shartlari va boshqa Retail mahsulotlar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirishi mumkin.

Nega banklar uchun payroll mijozlar shunchalik muhim?

Chunki payroll mijoz shunchaki karta egasi emas.

Bank mijozning muntazam daromadi va tranzaksiyalar tarixiga ega bo‘lsa, uning moliyaviy holatini yaxshiroq tushunishi, kredit risklarini baholashi va boshqa bank mahsulotlarini taklif qilishi mumkin. Esdan chiqarmaslik kerak bank uchun eng arzon aktiv bu mijozning kartadagi saqlatdigan pullaridir 😁.

Bu esa kreditlash, cross-sell va mijozning uzoq muddatli qiymati (LTV) uchun muhim.

Mening prognozim qanday?

Menimcha, kelajakda payroll segmentida aynan Retail mahsulotlariga katta e’tibor qaratgan, kuchli karta mahsulotlari va rivojlangan ekotizimga ega banklarning imkoniyatlari oshadi.

Aksincha, asosan korporativ mijozlar bazasiga tayanib kelgan banklar Retail yo‘nalishini rivojlantirmasa, payroll bozoridagi ulushi yoki o‘sish sur’atlarini yo‘qotishi mumkin.

Lekin yangi tizim ishga tushgani barcha mijozlar darhol bankini almashtiradi degani emas.

Endi eng qizig‘i banklar bu o‘zgarishga qanchalik tayyor va qaysi biri mijozlar tanlovini qozona oladi?

Siz nima deb o‘ylaysiz, oylik kartangizni tanlash imkoniyati bo‘lsa, hozirgi bankingizda qolasizmi yoki boshqasiga o‘tasizmi?

Manba: Markaziy bank - Mablag‘larni taqsimlash markazi⁠

@temur_pm_blog
🔥6