Forwarded from Beshtor
O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar. Aprel
Martga nisbatan ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi.
Birinchi navbatda Grok. Ilon Maskning sun’iy intellektga asoslangan chatboti hozirda butun dunyoda tez ommalashib bormoqda. O‘zbekiston ham bundan mustasno emas.
Yaqinda Grok’da tasvirlarni tahrirlash funksiyasi paydo bo‘ldi, uni hatto Photoshop bilan taqqoslashmoqda. Bundan tashqari, Grok endi Telegram’da ham bor, ammo undan foydalanish uchun Premium kerak.
Jarimalarni tekshirish va to‘lash imkonini beruvchi Safe Road o‘rnatishlari ham keskin ko‘paygan.
Bu YHXX bir ilovani o‘chirib, boshqasini yuklab olishni qat’iy tavsiya qilgani natijasidir. Xunuk voqea bo’lgan edi.
Va, albatta, Moliyachi. Bu mart oyining oxirida paydo bo‘lgan va juda mashhur Oylikbotning o‘rnini egallagan maosh haqida ma’lumot olish xizmatidir.
Boshqa o‘zgarishlar orasida Yandex Go va TBC UZ’ning App Store’dagi o‘sishini ta’kidlash mumkin.
Birinchisi aprel oyida marketpleysni ishga tushirib, beshinchi o‘ringa ko‘tarildi, ikkinchisi esa bu yil birinchi marta top-10 ga kirdi.
Aytgancha, ro‘yxatda ikkita raqamli bank borligiga va birorta ham to‘lov xizmati (Payme, Click) yo‘qligiga e’tibor bering. Bu ham bu yil birinchi marta kuzatilmoqda.
Yaqinda shu mavzu bo‘yicha post chiqadi.
@beshtorr
#mobayl