Teamwork.uz (фриланс площадка)
9.07K subscribers
186 photos
46 videos
17 files
1K links
Tez, oson va hamyonbop IT bo'yicha mutaxassislar va vazifalar topish platformasi.
===
Платформа для поиска удаленных исполнителей и задач.

Topshiriq berish bo'yicha:
Teamwork.uz

Reklama joylashtirish bo'yicha:
@teamwork_support
@shohruh_mir2
Download Telegram
Forwarded from Allaev Uz
Biznes bu faqat pul haqida emas.


Bu kunni xuddi kechagidek eslayman. Biz kichik oilaviy restoranda avtomatlashtirish tizimini o‘rnatishni endigina tugatgan edik. Uy egasi, istarasi issiq keksa kishi, yangi kassadan olingan chekni ancha vaqt qo‘lida aylantirib turdi-da, to‘satdan sekin dedi:

— Rahmat. Endi uyga ertaroq qaytishim mumkin bo‘ladi.

U nimani nazarda tutayotganini darhol anglamadim. Ma’lum bo‘lishicha, bizning tizimimizdan oldin u har kuni kechqurun kalkulyator bilan o‘tirib, tushumni solishtirar, buyurtmalarni tekshirar, ofitsiantlar qayerda xato qilishi mumkinligini o‘ylar ekan. Endi esa bu soatlar hisobotdagi raqamlar emas, balki oila davrasida o‘tkaziladigan vaqtga aylandi.

O‘shanda men birinchi marta chinakamiga his qildim: biznes bu faqat pul degani emas ekan.

💡 Pul — bu vosita. U imkoniyatlar beradi, lekin ma’no bag‘ishlamaydi. Ma’noni odamlar yaratadi.

Biz tizimni joriy etayotgan har bir restoranda men shunchaki texnika va dasturiy ta’minotni emas, balki taqdirlarni ko‘raman.
— Kafesiga barcha jamg‘armalarini sarflagan va u do‘stlar uchrashadigan joyga aylanishini orzu qilayotgan yosh er-xotin.
— Jamoa uchun qayg‘uradigan va xodimlar uchun ishni yengillashtirmoqchi bo‘lgan menejer.
— Mijoz 10 daqiqa navbatda turib qolmasdan, mukammal kapuchino olishi muhim bo‘lgan barista.

Biznes — bu kimningdir hayotini qanday o‘zgartirish mumkinligi haqida. Ba’zida bu global narsa, ba’zida esa bitta odam uchun uyga ertaroq qaytib, farzandlarini bag‘riga bosish imkoniyatidir.

Mana shunda — faqat shundagina — pullar sen uchun ishlaydi, sen ular uchun emas.


© Qahramon Shukrjanov
Rkeeper asoschisi

#biznes #mano
@allaevuzb
👍51🔥1