Teamwork.uz (фриланс площадка)
9.12K subscribers
186 photos
45 videos
17 files
996 links
Tez, oson va hamyonbop IT bo'yicha mutaxassislar va vazifalar topish platformasi.
===
Платформа для поиска удаленных исполнителей и задач.

Topshiriq berish bo'yicha:
Teamwork.uz

Reklama joylashtirish bo'yicha:
@teamwork_support
@shohruh_mir2
Download Telegram
#Excel #Foydali

Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)

Tez-tez qaynoq klavishalardan foydalanish ishimiz tezligini oshirishda ko‘mak beradi. Ushbu maqolamizda ko‘pchilik uchun notanish, lekin juda foydali Excel qaynoq klavishalari kombinatsiyalarini keltirdik.

1. Ctrl + ← ↑ → ↓ – ma’lumotlar sohasining chekka qismlariga tezkor o‘tish

2. Alt + Tab – avvalgi ochilgan oynaga o‘tish (dasturdan qat’iy nazar)

3. Ctrl + Tab – Excel’dagi keyingi ochilgan hujjat (книга)ga o‘tish

4. Shift + ← ↑ → ↓ – muayyan yo‘nalishda belgilash sohasini kengaytirish

5. Shift + probel – satrni belgilash

6. Ctrl + probel – ustunni belgilash

7. Ctrl + Shift + probel yoki Ctrl + A – hujjatni butunlay belgilash (birinchi bosishda faqatgina ma’lumotlar kiritilgan soha, ikkinchi marta bosishda – butun лист belgilanadi)

8. Alt + ; (nuqta-vergul) – ko‘rsatilgan diapazonda ko‘rinib turgan yacheykalarni ajratish (berkitilgan satr va ustunlar ajratilmaydi)

9. Ctrl + Shift + O – barcha izohlarni ajratish

10. Ctrl + . (nuqta) – belgilangan diapazon burchaklari bo‘yicha o‘tish

11. F2 – yacheykani tahrirlash rejimiga o‘tish

12. F4 – formulaga dollar ($) belgisini qo‘shish (yacheykani tahrirlash rejimida)

13. Ctrl + 1 – “Формат ячеек” oynasi

14. Ctrl + B – matnni qalinlashritish

15. Ctrl + I – matnni kursivlash

16. Ctrl + Shift + ~ – yacheykaning “Oбщий” formati

17. Ctrl + Shift + 1 – 2ta o‘nlik belgisi (2,00) va razryadlar guruhini ajratuvchisi (1 200,00) bo‘lgan “Числовой” formati

18. Ctrl + Shift + 5 – “Процентный” formati

19. Ctrl + Alt + V – ko‘chirilgan ma’lumotni maxsus qo‘yish (специальная вставка)

20. Ctrl + D – pastki yacheykaga ustki yacheyka qiymatini nusxalash

21. Ctrl + R – chap tarafdagi yacheyka qiymatini o‘ng tarafdagi yacheykaga nusxalash

22. Ctrl + - (minus) – yacheykalar, satrlar, ustunlarni o‘chirish

23. Ctrl + + (plyus) – yacheykalar, satrlar, ustunlarni qo‘shish

24. Alt + = (tenglik belgisi) – avtosumma

25. Ctrl + ; (yoki Ctrl + Shift + 4) – joriy sanani kiritish

26. Ctrl + N – yangi fayl yaratish

27. Ctrl + P – chop etish

28. Ctrl + T – jadval yaratish

29. Ctrl + W – Excel hujjatini yopish

30. Ctrl + F1 – tasma bo‘limlarini (ленточные вкладки) berkitish

31. Ctrl + PageUp yoki Ctrl + PageDown – Лист’lar o‘rtasida o‘tish

32. Shift + F2 – izoh qo‘shish yoki tahrirlash

33. F4 – oxirgi harakatni takrorlash

34. F11 – Belgilangan yacheykalardagi ma’lumotlar asosida alohida лист’ga diagramma yasash (masalan Диаграмма1)

35. Alt + цифра – tez murojaat etish panelida mos komandani chaqirish.

@teamwork_uz
Forwarded from Allaev Uz
Алишер Садуллаев Станфордда ўқиш ва ундаги ҳаёт ҳақида канал юритиб бошлабдилар. Олдинроқ АҚШга кўчиб кетган Express 24 ва MyTaxi асосчиси Акмал ака Паизиев ҳам каналларида Станфорд ҳақида ёзишган эди.
Шахсан манга Алишер акани Станфорддаги тажрибасини ўқиб бориш қизиқарли:
https://tttttt.me/stanford_kundaligi


#foydali
@allaevuzb
1