Ёшликнинг қадрига етиб кўпроқ ўқиш,кўпроқ касб-ҳунар ўрганиш, кўпроқ дунё кезиб қолиш керак экан.
Ўзингизни туғилган туман,шаҳар ёки вилоятга боғлаб олманг. Имкон қадар дунё ватандоши бўлишга интилинг. Бу қандай бўлади?
Аввало чет тилини хусусан инглиз тилини ўрганиш орқали эришасиз бунга.
Инглиз тили сизга ажойиб оламни очади. Чексиз бир оламдек туюлади. Бу тилда ҳамма соҳадаги энг сўнгги янгиликларни олиш мумкин. Бирор соҳа йўқки у ҳақида инглиз тилида ёзилмаса.
Фикрлашингиз ҳам ўсади ва кенгаяди. Қандайдир совуққонроқ,мантиқийроқ ўйлай бошлайсиз. Ҳар қандай ҳикоянинг ёки танганинг нариги тарафи борлигини тушунасиз.
Инглиз тилини билмаслик,у тилда ўқий олмаслик кемтикликдек туюлади менга.
Чунки фикрлашда таъсири сезилади.
Албатта, аввало она тилимизни ўрганишимиз лозим.
Қолаверса, мусулмонлар қурби етса иштиёқи бўлса араб тилини яхши ўрганиши керак. Аммо инглиз тили ҳозирги замонда асосий илм-фан тили бўлиб қолди.
Шунинг учун инглиз тили ва ахборот технологияларига тааллуқли соҳаларни ўрганишга тарғиб қиламан ёшларни.
Компютер саводхонлиги ҳамма учун керак. Умуман, болаликдан инглиз тили, математика-физика,химия-биологияни яхши ўзлаштирса ҳар қандай соҳани тортиб кетиши мумкин агар академик қобилияти бўлса.
Агар унчалик қизиқмаса ҳунар ўрганиши керак.
Fayzuddin Mumin

👍2🔥1😁1
Forwarded from Allaev Uz
Biznesda boshqaruvda eng yaxshi instrument nima deb o'ylaysiz?
Raqamlar. Ha, raqamlar.
Siz har bir narsani raqamlarda qanchalik yaxshi o'lchasangiz, biznes shuncha yaxshi boshqariladi. Yaxshi o'lchangan joyda doim yanada yaxshilash uchun imkon topiladi. Shu uchun ham boshqaruv uchun eng muhim va yaxshi instrument bu raqamlar. Juda oddiy eshitilishi mumkin, lekin boshqaruv uchun eng muhim instrument raqamlar.
Biznesda hamma narsani raqamlarda to'g'ri o'lchashni o'rganish juda zarur.
Boshqaruvdan zavq olishni, xodimlaringiz kompaniyada ishlashdan rohatlanishini va mijozlaringizga mahsulotdan mamnun bo‘lishini xohlaysizmi? Avvalo, korxonadagi har bir jarayonni raqamlarda to'g'ri o'lchashni o'rganing.
@allaevuzb

🔥3👍2
Forwarded from Allaev Uz
O‘zbekistonda internet dunyosi va real hayot o‘rtasida bir sezilarli farq bor. Bu farq Instagram inflyuyenserlari va Twitter elitasida yanada kuchli aks etadi.
Tushuntirib o‘taman, O‘zbekistonda aholining aksar qismi 3.5 - 4 million maoshga yashaydi. Hatto o‘qituvchi yoki zavodlarda ishlaydigan odamlarning katta qismi ham shu maoshga ishlashadi. Qo‘shimcha daromadlari bilan o‘rtacha maosh 5 million so‘mga bormasa kerak. Balki, faqat Toshkentda bu biroz farq qilishi mumkin. Shunda ham o‘rtacha raqamni yuqori maosh oluvchilar tepaga tortgani evaziga.
Endi kichik ozchilik o‘z hayotidan kelib chiqib fikrlaydi va go‘yoki butun O‘zbekistonda hayotni shunaqa deb olg‘a suradi. Elitaning bir qismi bo‘lgan, oylik daromadi 20 million+ bo‘lgan inflyuanser atrofida ham daromad jihatdan o‘ziga yaqinlar yig‘ilgan va bu o‘ziga xos ijtimoiy vakuum yaratadi, ularga reallik o‘zlari yashaydiganday farovon bo‘lib ko‘rinadi. Natijada, ular iPhonedan boshqa telefonni musor deb bilishadi, 3-4 million maoshlik ishni bo‘lsa quldorlik deb ko‘rishadi. 4-5 dollarni shunchaki Capuccinoga yoki 50 dollarni shunchaki kechki ovqatga o‘ylamasdan rasxod qilib yurgan odamga pastdagi 80 foizdan ko‘proq odam yashaydigan reallik haqiqatdan uzoqdek tuyuladi. Amalda, O‘zbekistonda yuz minglab, balki millionlab insonlar mana shu 3-4 million so‘m maoshlik stabil ishni topolmay yuribdi. 80 foizdan ortiq aholi 300 dollardan arzon smartfon xarid qiladi, noutbuki ham nari borsa 400 dollar, hatto 400 dollar ham aksariga qimmatlik qiladi. Kiyimni Toshkent City Malldan emas, bozordan yoki bir dona futbolka narxi 10-12 dollardan o‘tmaydigan arzon do‘konlardan oladi.
Internetda ta’sir doirasi kuchli bo‘lgan inflyuyenserlar tasvirlaydigan hayot va real hayot o‘rtasida sezilarli jarlik bor. Albatta, butun O‘zbekiston xalqi mana shu inflyuyenserlardek yashasa zo‘r bo‘lardi, lekin bu hatto rivojlangan davlatlarda ham oson jarayon emas. Reallik shuki, aholimizning katta bir qismi, butun boshli oilaga 600-700 dollardan oshmaydigan byudjet bilan yashashga mahkum.

👍13
Forwarded from Allaev Uz
Aksar tadbirkorlarning muammolari o'xshash:
• Pul hisobini yuritishni bilishmaydi.
• Ko‘proq sotishga intiladilar, garchi bu har doim ham kompaniyaga foyda keltirmasada.
• Pul bilan foydani farqlay olmaydilar.
• Katta chegirmalar, bo‘lib to‘lash va kechiktirilgan to‘lovlar bilan sotadilar - faqat sotish uchun, keyin esa qiyin ahvolga tushib qoladilar.
• Biznesdan mumkin bo‘lganidan ko‘p pul oladilar, keyin esa o‘z cho‘ntaklaridan qayta biznesga soladilar.
• Rejalashtirmaydilar. "Ozgina zo‘r bersak, dunyoning barcha boyliklari bizga ochiladi!" degan tamoyil asosida ish yuritadilar.
• Xarajatlar va daromadlarni to‘g‘ri hisoblash va rejalashtirishni bilmaydilar.
• Buxgalter hamma narsani hal qiladi deb o‘ylaydilar

👍4
Forwarded from Aziz Axtamov
Ишни бошқаларга топширишнинг "Ўлими"
1. Ўзини ўзи банд қилиш йўли ишни бошқаларга топширишни хоҳламаслик билан боғлиқ. Ишни бошқаларга топширишни хоҳламаслик эса — буни ўзингизнинг ходимингиздан кўра яхшироқ қилиб қила олишингизга ишончдан келиб чиқади. Ва бу 90% ҳолларда ҳақиқат. Нима қилиш керак?
2. «Яхшироқ» қилиш ҳақида унутинг 😉 Чунки «яхшироқ» керак эмас, «қабул қилинадиган» бўлиши керак! Натижа маълум бир стандартга мос бўлиши керак, буни сиз тасвирлаб беришингиз лозим. Ва стандартдан ташқари барча нарса — шайтондан.
3. Масалан, Макдональдсдан олий даражадаги ошхона сифати талаб қилинмайди. Ҳолбуки, дўконнинг эгаси ўзининг шахсий фирмавой таомини «бармоқларни ейсан» даражасида тайёрлай олиши мумкин. Аммо у буни ўз ходимларидан талаб қилмайди. Сиз ҳам талаб қилманг 😉
4. Сизнинг ҳолатингизда «қабул қилинадиган натижа» нима? Бу стандартни «менга ёқиши керак» каби субъективликдан кўра кўпроқ объектив ва ўлчанадиган бирликларда қандай тасвирлаш мумкин? Бизнес жараёнининг қандай стандартларини жорий этиш мумкинки, уларга риоя қилиш натижасида худди шу қабул қилинадиган натижага эришилади?
5. Ушбу саволларга жавоб топсангиз — ишни бошқаларга топширишни ўрганасиз. Ишни бошқаларга топширишни ўргансангиз — ўзингизни ўзи банд қилишдан қутуласиз. Ўзингизни ўзи банд қилишдан қутулсангиз — мавжуд бизнесингизни кенгайтириш ёки янги бизнес бошлаш имкониятига эга бўласиз.
6. Ва барчаси учун аввало «яхшироқ бўлишини хоҳлаш»ни тўхтатиш керак. Барибир «одатдагидек» бўлиб чиқади. Энг муҳими, шу «одатдагидек» нарса қабул қилинадиган сифатда бўлиши керак.
Аркадий Морейнис
@Teamwork_uz

👍2
Forwarded from Botir Ziyatov
👨🏻💻👩💻Yandex Uzbekistan Toshkentda talabalar va yosh mutaxassislar uchun mobil va bekend dasturiy ta’minot ishlab chiqish maktablarini ochmoqda.
Bu dasturlash bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish va kompaniyada ish boshlash uchun ajoyib imkoniyat. Ta’lim dasturlari leksiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va Yandex xizmatlaridagi haqiqiy biznes-vazifa ustida jamoaviy ishlashni o‘z ichiga oladi. Eng yaxshi talabalar kompaniyada ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Maktabga kirish uchun ariza topshirish, 13 oktyabrgacha test topshirig‘ini muvaffaqiyatli bajarish va suhbatdan o‘tish kerak. Ta’lim to‘liq bepul bo‘lib, 28 oktyabrda start oladi.
Tajribali mutaxassislar uchun kompaniyada hozirda o‘nlab bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. 26 sentyabr kuni kompaniya Yandex Uzbekistan Dev Meetup tadbirini o‘tkazadi , bu yerda tajribali bekend va mobil dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari kompaniya haqida ko‘proq ma’lumot olishlari mumkin. Bu bo‘sh ish o‘rinlari mavjud jamoalar bilan tanishish va qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatidir.

👎6👍2🔥1
Forwarded from 🎓 eCampus.Uz
🚀Yangi o‘quv yilini samarali boshlang – eCampus.uz bilan dars jadvali, davomat, GPA va topshiriqlar har doim nazoratingizda!
📲Yuklab olish
📲Yuklab olish
👍4👎1
🔔 DIQQAT! TANLOV! 🔔
Ҳурматли канал обуначилари, биздан сизларга ажойиб имконият! 🎉
💥 Salaam House'нинг янги логотипини яратинг ва 1000$ наqd pul mukofoti ютинг! 💥
Биз "Salaam House" бренди учун замонавий ва эксклюзив логотип танловини эълон қиламиз. Энг яхши дизайн танлаб олинади ва ғолибга 1000$ пул мукофоти тақдим этилади! 🏆
Танлов шартлари:
Янгича, замонавий ва салмоқли логотип дизайнларини тайёрлаб юборинг.
Логотипда "Salaam House" брендининг қадриятлари акс этиши керак.
Дизайнни юбориш учун@buyuk5891 манзилига боғланинг.
Шошилинг ва ғолиб бўлиш имкониятини қўлдан бой берманг! 🚀
Саволлар ва логотип юбориш учун алоқа:
Бахриддин Сиддиқ
@buyuk5891
Танловни ўтказиш ва янгиликлардан хабардор бўлиш учун биз билан қолинг!
@Teamwork_uz
sizda ham ish bo'lsa bizda e'lon berib mushkulizni oson qiling!
Ҳурматли канал обуначилари, биздан сизларга ажойиб имконият! 🎉
💥 Salaam House'нинг янги логотипини яратинг ва 1000$ наqd pul mukofoti ютинг! 💥
Биз "Salaam House" бренди учун замонавий ва эксклюзив логотип танловини эълон қиламиз. Энг яхши дизайн танлаб олинади ва ғолибга 1000$ пул мукофоти тақдим этилади! 🏆
Танлов шартлари:
Янгича, замонавий ва салмоқли логотип дизайнларини тайёрлаб юборинг.
Логотипда "Salaam House" брендининг қадриятлари акс этиши керак.
Дизайнни юбориш учун
Шошилинг ва ғолиб бўлиш имкониятини қўлдан бой берманг! 🚀
Саволлар ва логотип юбориш учун алоқа:
Бахриддин Сиддиқ
Танловни ўтказиш ва янгиликлардан хабардор бўлиш учун биз билан қолинг!
@Teamwork_uz
sizda ham ish bo'lsa bizda e'lon berib mushkulizni oson qiling!
👍4
Forwarded from Samira Latipova - Growth
IT-da qaysi soha daromadliroq? Nima ish qilsam bo’ladi? Qaysi sohani o’rganay?
Shunga o’xshash savollar tez-tez kelishni boshladi. Shu postda javob bermoqchiman.
Lekin avval ikkita muhim gap:
1. Ko’proq pul topishni xohlash va daromadliroq ish tanlash bu mutlaqo NORMAL xohishlar. Uyatli joyi yo’q.
2. AI va krizis davrida minglab sohalar aktualligini 1-2 kunda yo’qotyapti. Buni biz https://layoffs.fyi/ saytida kuzatishimiz mumkin.
Juda ko’p IT mutahassislar qisqartirish natijasida ish joyini yo’qotishyapti. (Iltimos, realroq qarang ITga. Kod yozishni o’rganish - darrov millioner bo’lish degani emas, afsuski).
Shularni inobatga olib, aniq javob berishim qiyin. Masalan, aniq Dasturchi yoki PM bo’ling deya olmayman. Lekin shaxsan men soha tanlashda yapon madaniyatiga tegishli IKIGAI degan metodni qo’llashni tavsiya qilaman.
Suratdagi savollarni o’zingizga bering:
- Qaysi ishda iqtidoringiz bor?
- Qaysi ishni sevib qilasiz?
- Qaysi ish uchun sizga pul to’lashlari mumkin?
- Qaysi ish dunyoga/odamlarga kerak?
Shundan keyin soha tanlash sizga ancha osonroq bo’ladi. Daromad ham ko’p bo’ladi. Shaxsan o’zimda sinalgan metod. Bo’lmasa, tak sebe dasturchi bo’lgan bo’lardim)))
@latipovasamira

👍7
Buyurtma №966 — #aktiv
👨💻 Mavzu: UX/UI mutaxassislari uchun Part time ish!
📝 Vazifa: Telegram bot (ecommerce) dizaynini chiza oladigan tajribali mutaxassislarni izlayapmiz. Agar sizda bu sohada tajriba bo'lsa va portfolioingiz tayyor bo'lsa, tijoriy takliflaringizni @insoft_ceo manziliga yuborishingizni so'raymiz!
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda
#Dizayn #UIUXdizayn

👎9👍3😁2❤1😱1
"Суриш" керакми? (Субъектив фикрим)
Хамма моддий ва маънавий ресурслар маълум бир шахслар қўлида тўпланиб қолгани боис, халол ва аниқ ўйин қоидалари шафоф бўлмай қолади, шунда киши жамиятда иқтидорга келиши, бирор бир касб ва амал курсисини эгаллаши, ўзининг ва оиласининг ёрқин келажагини қуриш учун, бошқа қонун устиворлиги таъминланган жойга ўз ўрнини топиш учун, вақтинча ёки бутунлай кўчиш керак бўлиши мумкин.
P.S: "Суриш"ларни камайтириш учун ахоли бандлиги ва даромадларини ошириш ва жамиятда ўз ўринларини топа олишлари учун, шу платформамизга асос солганмиз.

👍18🔥4
👩🏻💻Qizlar va ayollar uchun O’zbekistonning yetakchi kompaniyalarida to‘lanadigan stajirovkalardan o‘tish bo‘yicha noyob imkoniyat!
Agar oliy o‘quv yurti (OO‘Yu)da o‘qisangiz yoki OO‘Yuni IT yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan bo‘lsangiz, ammo hozircha rezyumeingizda ko‘rsatish uchun amaliy ko‘nikmalar yetishmayotgan bo‘lsa – ariza bering!
Stajirovkalarning ko‘pchiligi Toshkentdagi kompaniyalarda o‘tkaziladi. Arizalarni O‘zbekistonning istalgan hududida yashaydigan qizlar berishi mumkin (ishtirokchilarning barchasi stajirovkaga stipendiya oladi, bu Toshkentda 1 oy yashash va ishlash uchun barcha xarajatlarga yetadi).
Dastur mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishga hamda keyinchalik o‘zlari stajirovkadan o‘tayotgan kompaniyalarda ishga joylashishga da’vogarlik qilishga intilayotgan qizlar va ayollar – OO‘Yuning talabalari va bitiruvchilari hamda o‘z faoliyatini endi boshlagan yosh mutaxassislar (28 yoshgacha, shu yoshni ham o‘z ichiga olgan holda) uchun mo‘ljallangan.
So‘rovnoma to‘ldirilganidan keyin eng istiqbolli ishtirokchilar onlayn-intervyuga taklif qilinadi.
❗️Biz yirik IT-kompaniyalarda 1 oylik to‘lanadigan stajirovkadan o‘tish uchun 30 ta ishtirokchini saralab olamiz. Siz ish uchun muhim bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz, kompaniya faoliyatiga o‘z hissangizni qo‘shasiz, stajirovka davrida o‘zingizning qiziqarli ish loyihangizni amalga oshirasiz hamda rezyumengizni yangilaysiz.
Stajirovkalar dasturi 2024-yil oktyabridan noyabriga qadar gibrid rejimda (dastavval onlayn uchrashuvlar va seminarlar, so‘ngra – 1 oy to‘lanadigan offlayn stajirovkalar) o‘tkaziladi. Noyabr oyida Toshkentda dasturning final tadbiri bo‘lib o‘tadi, unda har bir ishtirokchi o‘z stajirovkasining natijalarini taqdim etadi va BMTTD ning sertifikatiga ega bo‘ladi.
Arizalar 2024-yil 10-oktyabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Ariza shakliga havola:
---------------
Qizlar va ayollar uchun stajirovkalar dasturi Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMTTDning hamkorlikdagi ““Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida Tech4Impact NNT tomonidan amalga oshirilmoqda.

👍6😱1
"Шахсий" ва "хусусий"нинг фарқини тушунмасдим рости. "Шахсий" дегани фақат ўзингиз ишлатасиз, "хусусий" эса сизга тегишли, лекин бошқаларга ҳам ишлатиш учун беришингиз мумкин экан.
Шунда "PC"имни бошкаларга ишлатгани бермаслигим керакми?😅 😂
@Teamwork_uz
Шунда "PC"имни бошкаларга ишлатгани бермаслигим керакми?😅 😂
@Teamwork_uz
😁13👍6❤1
Ищу студентов последних курсов которые хотят делать/делают дипломную в области AI и ML
Цель - сотрудничество Timur
Цель - сотрудничество Timur