Teamwork.uz (фриланс площадка)
9.05K subscribers
186 photos
46 videos
17 files
1K links
Tez, oson va hamyonbop IT bo'yicha mutaxassislar va vazifalar topish platformasi.
===
Платформа для поиска удаленных исполнителей и задач.

Topshiriq berish bo'yicha:
Teamwork.uz

Reklama joylashtirish bo'yicha:
@teamwork_support
@shohruh_mir2
Download Telegram
Buyurtma №1075#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Нужен UI/UX дизайнер
📝 Vazifa: Требуется хард жуниор/миддл UI/UX веб-дизайнер. Неважно, наши или релоканты. Главные критерии - понимание русского языка, креативный специалист, кто понимает что такое графика, цветовая гамма, красивый шрифт... Отправьте по телеграм ваше портфолио и CV
🕛 Muddati: Uzoq muddatli
💰 Narxi: ~500$
👨‍💼 Murojaat: @madinakhan_yusupova

#Dizayn #UIUXdizayn
Korporativ madaniyat: Ofis dasturlari va email yozish
Xujjatlar bilan ishlash
Jamoaviy faoliyatda xoh u kompaniya bo’lsin yoki unversitet ofis dasturlari Word, Excel, Power Point, Microsoft Team yoki Google docs kabi dasturlardan foydalanishga to’g’ri keladi. Ayniqsa unversitetda o’qiyotgan do’stlarimiz yaxshi bilishadiki ofis dasturidan foydalanish, kompyuterda tez yozish kabi bilimlarni koreys talabalari boshlang’ich maktab davridanoq yaxshi o’zlashtiriladi. Bu masalada bizda kamchilik borligini tan olmay ilojimiz yo’q. Shu sababli chet elga o’qishga tayyorgarlik davomida yoki shuyerda til kursida o’qish paytida bo’sh vaqt ko’pligi uchun oldindan kerakli kompyuter boshlang’ich bilimlarini o’rganib qo’yish foydalidir. Bu bilimlarni esa YouTube platformasi orqali tekinga o’rganish mumkin. Qolaversa Microsoft ofis dasturlarini bilish darajasini belgilaydigan sertifikatlarni olib qo’yish ishga va o’qishga kirishda qo’shimcha bonus sifatida yordam beradi.
Ishdagi faoliyatda ushbu ofis dasturlarini yaxshi bilish talab etiladi va ayrim sohalarga qarab bu bilimlar 필수(eng muhim) sifatida qaraladi. Chunki haftalik, oylik yoziladigan 보고서 lar, 제안서 va shu kabi muhim xujjatlar Word yoki Excel dasturida yoziladi. Yoki bir xujjatni onlayn tarzda jamoa bo’lib qismlarga ajratib yozib boriladi. Shu sababli boshlang’ich bilimlarni bilish oq’ish davrida va ishdagi faoliyatda katta foyda beradi.
To’g’ri email yozish.
Emailni imloviy xatolarsiz, qisqa va muhimi tushunarli qilb yozish muhim. Unversitetda o’qish davomida professorlarga email yozishga to’g’ri keladi. Emailni toʻgʻri yozish ishdagi faoliyatda ham eng muhim ko’nikma hisoblanadi. Afsuski o’zimizning davlat idoralarida ham emailni noto’g’ri yozish, imloviy xatolar bilan, tushunarsiz qilib yozilish holatlarini guvohi bo’lganman. Bu esa tashqaridan juda qo’pol va ishonchsiz ko’rinadi. Email yozish xar bir kompaniya va tashkilotga, yozayotgan hodimga bog’liq bo’lsada , odatda rasmiy emaillar rasmda keltirilgan shablon orqali yoziladi.
Email yozganda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
- salom berish va o’zini tanishtirish
- yozishdan maqsadni to’g’ri va qisqa bayon qilish
- o’q’ishga qulay bo’lgan fontdan foydalanish
- uchrashuv yoki vaqt belgilash kerak bo’lganda vaqtni va joyni aniq yozish
- agar email orqali fayl yuborish kerak bo’lganda uni hajmini qisqartirib yuborish
- qo’shimcha link ham kiritilgan bo’lsa u haqida qisqacha tushuntirish
- email qabul qiluvchidan javob kelmasa yoki muhim email yuborilganda qabul qilgan yoki qilmaganligini telefon qilib tekshirish kerak. Chunki spam ro’yxatiga tushib qolishi ham mumkin.
Shaxsan o’zim uchun ham koreys va ingliz tilida email yozish doim muammo bo’lgan. Shu sabab o’zim foydalanadigan usulni aytib o’taman. Birinchi o’zbek tilida yaxshi , tushunarli qilib yozib olaman. Keyin uni kerakli tilga o’giraman va ChatGPT ga o’xshash AI dasturlariga imloviy va grammatik xatolar bor yoki yo’qligi haqida tekshirib berishligini so’rayman. U tuzatib bergan versiyani tekshirib keyin yuboraman. ChatGPT mening vaqtimni ancha tejaydi.
Loyihani boshqarish va boshqa dasturlar
Qolaversa kompaniyalar holatiga qarab ichki chat va Project Management uchun turli xil Flow, Notion, OneDrive, Slack, Office Team, Confluence, GitHub, Jira va boshqa dasturlardan foydalanadi. Ishga kirganda ushbu dasturlarni yaxshi o’rganib olish vaqtimizni ancha tejashga yordam beradi.
Azamat Rashidov

@teamwork_uz
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ukamning iqroridan topilgan hikmat: biznesini kattalashtirmoqchi bo'lganlar uchun ishlarni taqsimlab o'z egalariga topshirish vaqti kelgan.

📌 @javharuz 📌
#Andijonda ISH
IT PARK Andijon filialida ishlaydigan shogirdim yonimga keldi. "Domla, logistika sohasida ishlash uchun yigitlar kerak, IELTS 6.5, Andijon shahrida yashovchi bo`lishi kerak. Oylik 350$ dan boshlanib, 2000$ gacha chiqa oladi. Iltimos, tanishlariz bo`sa, tavsiya qiling" dedi.
Mabodo qiziqqanlar bo`sa, aloqaga chiqinglar. Senkyu! Oyatullo Korabayev +998999021938

@teamwork_uz
Hozir va kelajak haqida fikr qiladigan, qayg'uradigan insonlar va tengdoshlarim uchun Nazira Inoyatova ning 102 TV loyihalarining navbatdagi Alisher Sadullaev bilan bo'lgan sonini ko'rishni tavsiya etgan bo'lar edim.
Ayni davrda O'zbekistonda yoshlar uchun imkoniyatlar, loyihalar turli tuman, har bir ijtimoiy qatlam uchun mos keladigan ko'plab tashabbuslar qo'llab-quvvatlanmoqda. Bulardan albatta, yaqinlarimizni, uka-singillarimizni habardor qilish, ularga foydali manbaalarni ilinish vazifamiz deb bilaman.
Shaxsan, men ham bu loyihalarda faol ishtirok etayotgan tengdoshlarimning iznalishlaridan, muvaffaqiyatlaridan faxrlanaman.
Podkastni esa ko'rishni tavsiya qilaman, ko'p yangiliklar fikrlar ulashilgan. Sizga ham ilindim!
Mirjalol Mirsabitov

@teamwork_uz
👍1
Forwarded from Allaev Uz
Кўринишидан ўзимиздаги оддий мактаб ўқитувчисини эслатувчи мана бу инсоннинг исми Бабақ Парвиз. У Эронда туғилиб ўсган.

Бу инсон ҳақида ажойиб бир китобда ўқиб қолдим ва тарихи билан қизиқдим. У бугунги кунда АҚШдаги энг муҳим менежерлардан биридир. Ўзи илм-фан одами бўлганлиги учун бизнес ва илм-фанни улаб турадиган муҳим бир шахсга айланган. У 2014 йилгача Google Х тадқиқотлар марказини бошқарган. Google Х тадқиқотлар маркази Google шамол генератори, Google Glass ақлли кўзойнаги, электромобиллар устида иш олиб борган.

2014 йилда уни Безос Амазонга таклиф қилади. У ҳозирда Амазоннинг Grand Challange илмий-тадқиқотлар марказини бошқаради. Олдин ҳам бир неча марта ёзганман, Амазоннинг илмий тадқиқотлар ва ишланмаларга ажратадиган йиллик инвестиция 28 миллиард АҚШ долларига тенг. Илмий-тадқиқот марказига йирик кашфиётлар қилиш, инсоният олдидаги глобал муаммоларга ечим топиш вазифаси қўйилган. Масалан, Парвиз жамоаси бугун Амазонни медицина бозорига олиб кириш ва тиббий хизматлар нархини бир неча маротабага пасайтириш устида ишлаяпти. Grand Challange маркази киришида Карл Саганнинг қуйидаги сўзлари ёзилган экан: “Қаердадир катта нимадир ўзининг кашф қилинишини кутиб ётибди».

Яқинда Ўзбекистонликлар фильмини кўриб юртдошларимиздан жуда фахрландим. Лекин, афсуски четга кетаётган юртдошларимизнинг ҳам кўп қисми оддий ўзбекка мос тирикчиликдан ортишолмаяпти. Бир вақтнинг ўзида бизга ўхшаган Ҳиндистонлик, Эронлик йигит ва қизлар Ғарб меҳнат бозорида революциялар қилишяпти.

Айтмоқчи бўлганим, маррани каттароқ олаверайлик, аниқ уддалаймиз. Биз шунчаки уй ва машинани ўйлаб ўлиб кетиш учун туғилмаганмиз. Каттароқ нарсани орзу қилайлик ва у сари ҳаракат қилайлик, эришсак яхши, эришмасак камида ҳаётимизни каттароқ орзу йўлида ўтказган бўламиз.

@allaevuzb
Forwarded from Bektosh Khatamov
Эҳтиёт бўлинг фирибгарлар.

Янгича фирибгарлик чиқди, бировнинг аккаунти олинади, унинг барча танишларига картамга пул ташлаб туринг деб ёзиб чиқади, улар орасида кимдир пулни кўчириб беради, кўчириб берган одамдан иложи бўлса яна керак бўлиб қолди деб яна пул тушириб беришни илтимос қилади.

Карта ўлган одамнинг ёки бирор бомжнинг номида бўлади! Секин пул ечиб олинади, шу билан пулга ухладингиз. Ҳозиргина бизнинг шогирдлар шунга тушиб қолишибди. Ҳа, овозни ўхшатиб телефон қилишлари ҳам мумкин, буни сунъий интеллект бажариб беряпти.

Овоз бирга бир, бирданига пул кўчириб берманг. Шахсий савол берсангиз, бирданига тутилиб қолади.

@bektoshkhatamov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Вы все еще берете на работу людей?»

Стартап Blend AI креативно прорекламировал своих голосовых ИИ-ботов: для этого они разместили билборд с номером телефона и предложили всем желающим пообщаться с ИИ. Так стартап хочет показать, что технологии уже могут заменить кожаных сотрудников в колл-центре, которые все равно разговаривают «по скриптам».

Работяги из службы поддержки вряд ли обрадуются.
Forwarded from Venchur kundaligi
Butun dunyoga mashxur bo'lgan Y combinator venchur fondi haqida ko'pchilik eshitgan bo'lsa kerak. Ushbu tashkilotning bosh direktori Michael Seibeldan Startap egasi birinchi 10ta mijozni qanday topish bo'yicha maslahatlari:

№1. Ko'nglingiz taskin topishi uchun aynan siz berayotgan yechim muammosi bilan to'qnash kelgan bir necha insonlarni shaxsan o'zingiz tanishingiz kerak.

Katta reklama kompaniyalarini jalb qilish va marketing uchun pul sarflashdan avval hech bo'lmaganda 10 ta mijozga o'zingiz maxsulotingizni sotib ko'rishingiz kerak.

№2 Sizning maxsulotingizga taklif sifatida qaraydigan mijozni jalb qilishdan hech qanday foyda yo'q. Uning o'rniga sizning produktingiz hatto mvp holatida bo'lsa ham foydalanishga tayyor bo'lgan og'rig'i bor mijozni toping.

№3 MVP holatida bo'lsa ham boshidan pulga sotishni boshlang va buni signal sifatida qabul qiling. Mijozingiz muammoga yechim topish uchun sizni xizmatingizdan qay darajada tayyorligini bilib olasiz. Agar mijozlaringiz xizmatingizdan faqat bepul bo'lgani uchungina foydalansa bu yomon!

№4 Va eng muhimi, siz mijozga berishingiz mumkin bo'lgan 4-5 ta aniq savollarni tayyorlang, shunda siz o'z mijozlaringizni shunchaki qiziqqan va hech narsa sotib olishni istamaydiganlardan ajratib olishingiz mumkin bo'ladi. Bundan tashqari ushbu savollar ularning muammosi qanchalik dolzarbligi va ular sizning maxsulotingizni sotib olish uchun qanday reaksiya qilishlarini aniqlashga kerak bo'ladi.

Faqatgina sizning savolingiznga to'g'ri javob bergan ya'ni siz xoxlagandek javob berganlargagina fokusingizni qarating. Qolganlarni esa, keyinroqqa olib qo'ying - Micheal Seibel.
Kecha bir kursdoshim yozdi. Online firibgarlarga ishonib $1 200 yo'qotibdi, afsuski.
[Boshqalar aldanishining oldini olish uchun tarqating]
[Kirillda izohlarda]
Sxema qanday bo'lgan?
Onlayn tarjimonlik ishi uchun "test vazifa" berilgan va uni bajarish uchun $2 400 taklif qilishgan.
Vazifani qabul qilishganidan keyin "pulni sizga o'tkazishimiz uchun kerak bo'ladi" deb unga-bunga pul o'tkazdirishgan.
Hali yana $1 500 ga aldamoqchi bo'lgan vaqtida kursdoshim yozib qoldilar. Muloqotni to'xtatishni, pulni qaytarish iloji yo'qligini aytdim.
===
Yaxshilar, kompyuter va onlayn ishlar bo'yicha savodxonlikni oshiring. Firibgarlar nayranglarning har turini ishlatib chuv tushirib ketishi mumkin.
Ularning ish sxemalarini o'rganish uchun maqola o'qib chiqishingiz shart emas. Bir nechta kino va seriallar bor. Ham sifatli kino ko'rasiz, ham o'zingizni noxush holatlardan saqlaysiz.
Vaqt ajratib ko'rib chiqing, tanishlaringizga ham tavsiya qiling. Onlayn firibgarlikda ketgan pulni topish imkonsiz.
1. Мошенники - Qozog'istonda ishlangan serial. Bir qancha turdagi firibgarliklar qanday ishlashi haqida.
2. Объект преследования - Koreya filmi. OLX kabi saytlarda kuzatilishi mumkin bo'lgan firibgarlik mavzusi atrofida qiziqarli syujetli.
3. Грязные миллионы - Koreya filmi. Sobiq politsiya zobiti o'z oilasi firibgarlarga duch kelganda ishning tagiga yetib ularni fosh qilish uchun qilgan harakatlari haqida.
Bu kino va seriallarni ko'rish mumkin bo'lgan linklarni izohda qoldiraman.

Muhammadjavohirbek Sur'atov

@teamwork_uz
Buyurtma №1075#bajarilmoqda
👨‍💻 Mavzu: Web telegram bot loyihani davom etirish kerak
📝 Vazifa: Figmasi bor apilari tayyor agarda apilarda kamchilig bo'lsa qilib beriladi


https://www.figma.com/design/Dg7eSOiXziVEsLSQks0ait/PaidSub-2?node-id=53%3A976&t=XfBDEG0zYxUlLnnM-1

Figmada barchasi ko'rsatilgan, lekin bu yerda ko'p joyi qilingan, 4/5 p...
🕛 Muddati: 27.05.2024
💰 Narxi: 8 500 000 so'm

#Dasturlash #Telegrambotlar
Forwarded from Aziz Rahimov
Ba’zilar tepalikka yurayotgan bo’ladi

O’g’lim bilan samokat uchyapman. Pastlik va tekisliklarda oson uchib o’tdik. Tepalikka qiynalishni boshladi.

-Tepalikka chiqish qiyin bolam. O’sha kuch bilan chiqa olmaysan. Bu pastlikka tushish emas.

Tushuntirdim-ku, o’zim ham bir narsani tushunib qoldim.

Harakat = natija deb o’ylaymiz. Natijasizlarni harakatsizlikda ayblaymiz.

Ikkita odam bir xil harakat qiladi. Natija har xil bo’ladi.

Bizga ko’rinmaydigan joyi - kimnidur yo’li tekis, pastlik. Ozgina harakat bilan uzoqlarga yetib oladi.

Kimdadur tepalik. Kam harakat qilsa joyida turadi. Ko’p harakat qilsa - ozgina yuradi.

Daromadingiz yildan yilga faqat oshayotgani - O’zbekiston iqtisodi tez o’sayotganidan bo’lishi mumkin. [1], [2]

Kuzatuvchilaringiz ko’payib ketayotgani - instagramga 5 million yangi odam qo’shilganidan bo’lishi mumkin.

Sizni yuqori qadrlashayotgani - shunchaki yaxshi kadr yetishmayotganidan bo’lishi mumkin.

Tekis yo’lda tezlashib olishda muammo yo’q. Aqlli odam shunday qiladi.

Yurayotgan yo’lini tushunmagan esa - omad bilan erishgan narsasiga kibrlanib yuradi.

@azizrakhimov_blog
Forwarded from Venchur kundaligi
1. “Sohta Stiv Jobs”. Bu atamani Y combinator rahbari Micheal Siebel o’ylab topgan. Hozir bu atama haqida batafsil gaplashamiz.

2. Y combinator rahbari aytishicha ularga judayam ko‘p asoschilar huddi Stiv Jobs kabi mukammal product yaratishmoqchi ekanligini davo qilib kelishar ekan. Lekin aynan Iphone’ning birinchi versiyalarida na copy/paste bo’lgan na Appstore bo’lgan, unda hattoki 3G ham bo’lmagan ekan.

3. Lekin ushbu mobil telefonda qo’l bilan boshqarsa bo’ladigan katta ekran bo’lgan va aynan Iphonning ushbu hislati revolutsiya qilishiga sabab bo’lgan.

4. Qandaydir maxsulot revolutsiya qilishi uchun u albatta mukammal bo’lishi shart emas, lekin revolutsiya qila olishi uchun unda bir nechta hislatlari bo’lishi kerak albatta.

5. Haqiqiy Stiv Jobs Iphonni kamchiliklari bilan chiqarib ham muvaffaqiyatga erisha olishini bilgan, “Feyk” Stiv Jobslar esa doim mukammal maxsulot haqida orzu qilib yurishadi yoki haligacha qandaydir mukammal maxsulot ishlab chiqish bilan band.

6. Maxsulotingizni kelajakda qanday hislatlari bo’lishini yozib chiqing va undan foydalanmasangiz ham maxsulot ishga yaraydigan hislatlarini qoldiring. Bu ishlarni bajarib bo’lganingizdan keyin esa ushbu maxsulot bilan o’rtoqlashing. O’chirib tashlagan maxsulotingiz hislatlari qolib ketadi degani emas, ularni albatta keyinchalik maxsulotingizga qo’shib ketaverasiz. Ishoning bu eng yaxshi yo’l (Shaxsiy tajribadan kelib chiqqan, u haqida sal keyinroq gaplashamiz)

7. Maxsulotingizni o’chirib tashlash mumkin bo’lgan hislatini topa olmadingizmi? Demak siz “Feyk Stiv Jobs”likka da’vo qilyapsiz ekan😊

8. Maxsulotingizni faqat bir ikki hislatlari qoldimi? Ular revolutsiya qilishiga ishonasizmi? Demak siz haqiqatdan ham ajoyib maxsulot o’ylab topgansiz.

9. Agar maxsulotingiz ushbu kam sonli lekin judayam muhim hislatga egami? Demak siz haqiqiy Stiv Jobs ekansiz 😉

Startaplar haqida qiziqarli maqolalarni @ayakubofff kanalida o’qib borishni unutmaganingiz uchun rahmat)
👍1
Forwarded from Abdulloh Shamsutdinov
O‘lchovlar boshqa

Bu mavzuda avval ham yozgandim, hozir farqli yondashuv, xulosam:

Kimnidir boy, mashhur ekanligi faqat qattiq mehnati sababidan emas.

Kimnidir esa kambag‘al, qadri pastligi faqat harakati kamligidan ham emas.

Biz tug‘ilib o‘sgan joy, ota-onamiz, ularning resurs va yondashuvlari ko‘p narsani hal qilib qo‘yadi.

Buni kimdir omad deydi, boshqamiz taqdir. Masala kim nimani muhokama qilishida.

Ba’zilar doim boshqa insonlar harakatini muhokama qiladi, kelajagi bor kishilar bo‘lsa ko‘pincha o‘z harakatlarini va yondashuvlarini.

Omadga ta’sirimiz faqat shu yo‘l bilan bo‘lsa kerak. Siz-chi, kimni ko’proq muhokama qilyapsiz?

@abdulloh_shamsutdinov
Forwarded from Allaev Uz
Bugun ertalabdan Asaxiy jamoasiga murojaat yozgandim. Biznes egalariga qiziq bo'lsa kerak, xatda kompaniyaga doir sir yo'q uchun bu yerda ham e'lon qilaman. Tiliga e'tibor bermang, xodimlarga tushinarli bo'lishi uchun yozilgan:

Hurmatli xodimlar,

Oxirgi o'n kunda men bizning kompaniyamizning kelajagi haqida ko'p o'yladim. O'qidim, maslahat oldim, ko'rdim va xulosa qildim: Hamma narsa klientdan boshlanadi va hammasi klient uchun bo'lishi kerak.

Biz buyuk kompaniya bo'lishni xohlaymizmi? Unda raqobatga yoki boshqa mamlakatdagi muammolarga emas, balki klientga bor e'tiborimizni qaratishimiz kerak. Bizning birlamchi maqsadimiz doimo klientlarga arzonroq, qulayroq va tezroq xizmat taklif qilish bo'lishi kerak. Klient bizga emas, biz klientga xizmat ko'rsatamiz. Biz pulni ishlab topmaymiz, klient bizga pul beradi. Kompaniya klientlar sabab bor. Klientlarimizdan pul kelmasa, biz faoliyatimizni bir oy ham davom ettira olmaymiz.

Shuning uchun sizlardan har biringizdan iltimos qilaman: ishingizni klient tomondan ko'rishga harakat qiling. Har doim "Nima qilsam klient uchun yaxshi bo'lardi?" degan savolni qo'ying. Bu fikrlash usuli bizni to'g'ri yo'lga olib boradi. Ishda o'zaro munosabatlarni ochiqlash, hisobotlarni yoki shaxsiy ko'rsatkichlarni emas, klientning manfaati eng muhimi bo'lishi kerak.

Kompaniyaning katta planda har doim "Klient uchun yana qanday xizmat taklif qilsam ekan?", "Yana qanday tovar sotsam ekan?", "Yana qanday qulaylik yaratsam ekan?" degan savollar doimiy e'tiborda bo'lishi kerak.

Agar biz klientlar uchun eng qulayi bo'lsak, katta marketing kampaniyalari ham shart emas bo'ladi. Klientlar o'zlari bizni reklama qilishadi va bizning elchilarimiz bo'lishadi.

Biz har doim yanada arzonroq, yanada qulayroq, yanada tezroq bo'lishimiz zarur. Klient faoliyatimiz markazida bo'lishi kerak, shuni hech qachon esdan chiqarmang.

Hurmat bilan,
Firuz


@allaevuzb
Forwarded from Foydali Moliya
Dangasalik turlari!

Bizdagi dangasalik turli xil sabablar tufayli bo'ladi va biz deyarli barcha turini umrimiz davomida boshimizdan o'tkazamiz.

Charchoq dangasaligi
Odatda jismoniy yoki aqliy toliqish tufayli keladigan dangasalik.

Afsus dangasaligi
Tarixda bo'lgan afsuslaringiz kelajakda qilmoqchi bo'lgan ishingizga ta'sir qilish orqali keladigan dangasalik

Ijtimoiy dangasalik
Bir ishni qilib boshqalar oldida uyalib qolish ortidan keladigan dangasalik

Noaniqlik dangasaligi
Bir ishni bajarayotgan paytda noaniqlikka duch kelish ortidan keladigan dangasalik

Befarqlik dangasaligi
Ish insonga yoqmasdan befarq bo'lib qolish ortida keladigan dangasalik

Dangasalik turlari judayam ko'p va u turli xil sabablar tufayli bo'ladi. Hayotimizga olib keladigan salbiy ta'sirini kamaytirish mumkin, lekin undan butunlay qutilish imkonsiz deb o'ylayman...

© Shahboz Dolimov

🔝 @foydali_moliya birgalikda o'samiz!