Teamwork.uz (фриланс площадка)
9.07K subscribers
187 photos
46 videos
17 files
1K links
Tez, oson va hamyonbop IT bo'yicha mutaxassislar va vazifalar topish platformasi.
===
Платформа для поиска удаленных исполнителей и задач.

Topshiriq berish bo'yicha:
Teamwork.uz

Reklama joylashtirish bo'yicha:
@teamwork_support
@shohruh_mir2
Download Telegram
Buyurtma №1074#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Travel payouts bilan apil lari bilan ishlay oladigan mutaxasis kerak
📝 Vazifa: Mobil ilovani travel payouts apilari to'liq bog'lash bo'yicha yordam kerak kod yozishi shart emas shunchaki yordam va maslahat bersa bo'ldi
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #Mobililovalar
Есть кто пользуется Yandex трекером. Не могу разобраться с некоторыми фичами, нужна консультация. Тех поддержка не работает.
_

Ya
ndex trekeridan foydalanadigan odamlar bormi. Men ba'zi imkoniyatlarini aniqlay olmayapman, maslahat kerak. Texnik qo'llab quvvatlash ishlamayapti.

@elbek_bakhromov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Жуда долзарб мавзу экан

Дўстларга улашинг

@teamwork_uz
Савдо Ўзбекистонда аҳоли энг кўп банд бўлган секторлардан бири ҳисобланади. Нафақат тадбиркорлик, халққа хизмат кўрсатадиган барча соҳалар, шу жумладан давлат ишхоналарида ҳам савдо сирларини билиш ас қотади, яхшироқ хизмат кўрсатилади.

«Asaxiy Books» нашриёти «Халқ банки» билан ҳамкорликда шу муҳим соҳа учун машҳур китобни ўзбек тилига таржима қилибди. Гранд Кардоннинг «Савдо санъати» китоби айнан сотувни ўргатади.

Тадбиркорлар, уларнинг ходимлари, хизмат соҳасидаги ҳаммага тавсия қилинади.

Китобни харид қилиш: asaxiy.uz/u/savdosanati

Реклама
Ta'lim siyosatiga befarq bo'lmagan pedagoglarga tavsiya qilamiz

Bu safargi "Tanaffus" podkastning navbatdagi sonida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining sobiq deputati Rasul Kusherbayev bilan ta'lim siyosatiga oid juda ko'plab masalalarni muhokama qilgandik.

Quyidagi havolalardan birini bosib, eng aktual mavzularda bildirilgan fikrlarni bilib olishingiz mumkin:

O‘qituvchining jamiyatdagi o‘rni qanday bo‘lishi kerak?


Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonundan nega imtiyozlar chiqarib tashlandi?

Bizning moliya-iqtisodiyotdagi kadrlarimizning shunday boshqaruv tizimi bo‘lsa, o‘qituvchiga imtiyoz bo‘lmaydi

Parlamentda o‘qituvchilardan vakil bor, lekin jur’at yetishmaydi ularda

O‘qituvchini tekshirmagan kim qoldi o‘zi?

O‘qituvchilar oyligini oshirish shu darajada qiyin ishmi?

Pedagoglarga ularning qurbi yetadigan imtiyozlar berish kerak

Xususiy maktablar ko‘payishi kerak

Prezident maktablari ta’limning tabaqalanishiga olib kelmaydimi?

Repetitor xizmati bizga kerakmi?

Bu oylik maosh bilan pedagoglardan sifat talab qilmaslik kerak

Rasul Kusherbayev vazir bo‘lganida ta’limda qanday islohotlar qilgan bo‘lardi?

Attestatsiyadan o‘tayotgan pedagoglarga murojaat

Boshqa soha vakillari bir kun bo‘lsa ham o‘qituvchi bo‘lib ko‘rishi kerak

O‘qituvchilar "OpenBudget"ga jalb qilinishi to‘g‘rimi?

Maktab "remonti" uchun kim pul ajratishi kerak?

O‘quvchilar hech qanday qiyinchiliksiz sinfdan-sinfga o‘tishi to‘g‘rimi?

Qaysi vazir davrida ta’limda yaxshi islohotlar bo‘ldi?

Ta’lim tizimiga umumiy baho

▶️To'liq videohttps://youtu.be/2_KbBAdTbCw

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buyurtma №1075#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Нужен UI/UX дизайнер
📝 Vazifa: Требуется хард жуниор/миддл UI/UX веб-дизайнер. Неважно, наши или релоканты. Главные критерии - понимание русского языка, креативный специалист, кто понимает что такое графика, цветовая гамма, красивый шрифт... Отправьте по телеграм ваше портфолио и CV
🕛 Muddati: Uzoq muddatli
💰 Narxi: ~500$
👨‍💼 Murojaat: @madinakhan_yusupova

#Dizayn #UIUXdizayn
Korporativ madaniyat: Ofis dasturlari va email yozish
Xujjatlar bilan ishlash
Jamoaviy faoliyatda xoh u kompaniya bo’lsin yoki unversitet ofis dasturlari Word, Excel, Power Point, Microsoft Team yoki Google docs kabi dasturlardan foydalanishga to’g’ri keladi. Ayniqsa unversitetda o’qiyotgan do’stlarimiz yaxshi bilishadiki ofis dasturidan foydalanish, kompyuterda tez yozish kabi bilimlarni koreys talabalari boshlang’ich maktab davridanoq yaxshi o’zlashtiriladi. Bu masalada bizda kamchilik borligini tan olmay ilojimiz yo’q. Shu sababli chet elga o’qishga tayyorgarlik davomida yoki shuyerda til kursida o’qish paytida bo’sh vaqt ko’pligi uchun oldindan kerakli kompyuter boshlang’ich bilimlarini o’rganib qo’yish foydalidir. Bu bilimlarni esa YouTube platformasi orqali tekinga o’rganish mumkin. Qolaversa Microsoft ofis dasturlarini bilish darajasini belgilaydigan sertifikatlarni olib qo’yish ishga va o’qishga kirishda qo’shimcha bonus sifatida yordam beradi.
Ishdagi faoliyatda ushbu ofis dasturlarini yaxshi bilish talab etiladi va ayrim sohalarga qarab bu bilimlar 필수(eng muhim) sifatida qaraladi. Chunki haftalik, oylik yoziladigan 보고서 lar, 제안서 va shu kabi muhim xujjatlar Word yoki Excel dasturida yoziladi. Yoki bir xujjatni onlayn tarzda jamoa bo’lib qismlarga ajratib yozib boriladi. Shu sababli boshlang’ich bilimlarni bilish oq’ish davrida va ishdagi faoliyatda katta foyda beradi.
To’g’ri email yozish.
Emailni imloviy xatolarsiz, qisqa va muhimi tushunarli qilb yozish muhim. Unversitetda o’qish davomida professorlarga email yozishga to’g’ri keladi. Emailni toʻgʻri yozish ishdagi faoliyatda ham eng muhim ko’nikma hisoblanadi. Afsuski o’zimizning davlat idoralarida ham emailni noto’g’ri yozish, imloviy xatolar bilan, tushunarsiz qilib yozilish holatlarini guvohi bo’lganman. Bu esa tashqaridan juda qo’pol va ishonchsiz ko’rinadi. Email yozish xar bir kompaniya va tashkilotga, yozayotgan hodimga bog’liq bo’lsada , odatda rasmiy emaillar rasmda keltirilgan shablon orqali yoziladi.
Email yozganda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
- salom berish va o’zini tanishtirish
- yozishdan maqsadni to’g’ri va qisqa bayon qilish
- o’q’ishga qulay bo’lgan fontdan foydalanish
- uchrashuv yoki vaqt belgilash kerak bo’lganda vaqtni va joyni aniq yozish
- agar email orqali fayl yuborish kerak bo’lganda uni hajmini qisqartirib yuborish
- qo’shimcha link ham kiritilgan bo’lsa u haqida qisqacha tushuntirish
- email qabul qiluvchidan javob kelmasa yoki muhim email yuborilganda qabul qilgan yoki qilmaganligini telefon qilib tekshirish kerak. Chunki spam ro’yxatiga tushib qolishi ham mumkin.
Shaxsan o’zim uchun ham koreys va ingliz tilida email yozish doim muammo bo’lgan. Shu sabab o’zim foydalanadigan usulni aytib o’taman. Birinchi o’zbek tilida yaxshi , tushunarli qilib yozib olaman. Keyin uni kerakli tilga o’giraman va ChatGPT ga o’xshash AI dasturlariga imloviy va grammatik xatolar bor yoki yo’qligi haqida tekshirib berishligini so’rayman. U tuzatib bergan versiyani tekshirib keyin yuboraman. ChatGPT mening vaqtimni ancha tejaydi.
Loyihani boshqarish va boshqa dasturlar
Qolaversa kompaniyalar holatiga qarab ichki chat va Project Management uchun turli xil Flow, Notion, OneDrive, Slack, Office Team, Confluence, GitHub, Jira va boshqa dasturlardan foydalanadi. Ishga kirganda ushbu dasturlarni yaxshi o’rganib olish vaqtimizni ancha tejashga yordam beradi.
Azamat Rashidov

@teamwork_uz
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ukamning iqroridan topilgan hikmat: biznesini kattalashtirmoqchi bo'lganlar uchun ishlarni taqsimlab o'z egalariga topshirish vaqti kelgan.

📌 @javharuz 📌
#Andijonda ISH
IT PARK Andijon filialida ishlaydigan shogirdim yonimga keldi. "Domla, logistika sohasida ishlash uchun yigitlar kerak, IELTS 6.5, Andijon shahrida yashovchi bo`lishi kerak. Oylik 350$ dan boshlanib, 2000$ gacha chiqa oladi. Iltimos, tanishlariz bo`sa, tavsiya qiling" dedi.
Mabodo qiziqqanlar bo`sa, aloqaga chiqinglar. Senkyu! Oyatullo Korabayev +998999021938

@teamwork_uz
Hozir va kelajak haqida fikr qiladigan, qayg'uradigan insonlar va tengdoshlarim uchun Nazira Inoyatova ning 102 TV loyihalarining navbatdagi Alisher Sadullaev bilan bo'lgan sonini ko'rishni tavsiya etgan bo'lar edim.
Ayni davrda O'zbekistonda yoshlar uchun imkoniyatlar, loyihalar turli tuman, har bir ijtimoiy qatlam uchun mos keladigan ko'plab tashabbuslar qo'llab-quvvatlanmoqda. Bulardan albatta, yaqinlarimizni, uka-singillarimizni habardor qilish, ularga foydali manbaalarni ilinish vazifamiz deb bilaman.
Shaxsan, men ham bu loyihalarda faol ishtirok etayotgan tengdoshlarimning iznalishlaridan, muvaffaqiyatlaridan faxrlanaman.
Podkastni esa ko'rishni tavsiya qilaman, ko'p yangiliklar fikrlar ulashilgan. Sizga ham ilindim!
Mirjalol Mirsabitov

@teamwork_uz
👍1
Forwarded from Allaev Uz
Кўринишидан ўзимиздаги оддий мактаб ўқитувчисини эслатувчи мана бу инсоннинг исми Бабақ Парвиз. У Эронда туғилиб ўсган.

Бу инсон ҳақида ажойиб бир китобда ўқиб қолдим ва тарихи билан қизиқдим. У бугунги кунда АҚШдаги энг муҳим менежерлардан биридир. Ўзи илм-фан одами бўлганлиги учун бизнес ва илм-фанни улаб турадиган муҳим бир шахсга айланган. У 2014 йилгача Google Х тадқиқотлар марказини бошқарган. Google Х тадқиқотлар маркази Google шамол генератори, Google Glass ақлли кўзойнаги, электромобиллар устида иш олиб борган.

2014 йилда уни Безос Амазонга таклиф қилади. У ҳозирда Амазоннинг Grand Challange илмий-тадқиқотлар марказини бошқаради. Олдин ҳам бир неча марта ёзганман, Амазоннинг илмий тадқиқотлар ва ишланмаларга ажратадиган йиллик инвестиция 28 миллиард АҚШ долларига тенг. Илмий-тадқиқот марказига йирик кашфиётлар қилиш, инсоният олдидаги глобал муаммоларга ечим топиш вазифаси қўйилган. Масалан, Парвиз жамоаси бугун Амазонни медицина бозорига олиб кириш ва тиббий хизматлар нархини бир неча маротабага пасайтириш устида ишлаяпти. Grand Challange маркази киришида Карл Саганнинг қуйидаги сўзлари ёзилган экан: “Қаердадир катта нимадир ўзининг кашф қилинишини кутиб ётибди».

Яқинда Ўзбекистонликлар фильмини кўриб юртдошларимиздан жуда фахрландим. Лекин, афсуски четга кетаётган юртдошларимизнинг ҳам кўп қисми оддий ўзбекка мос тирикчиликдан ортишолмаяпти. Бир вақтнинг ўзида бизга ўхшаган Ҳиндистонлик, Эронлик йигит ва қизлар Ғарб меҳнат бозорида революциялар қилишяпти.

Айтмоқчи бўлганим, маррани каттароқ олаверайлик, аниқ уддалаймиз. Биз шунчаки уй ва машинани ўйлаб ўлиб кетиш учун туғилмаганмиз. Каттароқ нарсани орзу қилайлик ва у сари ҳаракат қилайлик, эришсак яхши, эришмасак камида ҳаётимизни каттароқ орзу йўлида ўтказган бўламиз.

@allaevuzb
Forwarded from Bektosh Khatamov
Эҳтиёт бўлинг фирибгарлар.

Янгича фирибгарлик чиқди, бировнинг аккаунти олинади, унинг барча танишларига картамга пул ташлаб туринг деб ёзиб чиқади, улар орасида кимдир пулни кўчириб беради, кўчириб берган одамдан иложи бўлса яна керак бўлиб қолди деб яна пул тушириб беришни илтимос қилади.

Карта ўлган одамнинг ёки бирор бомжнинг номида бўлади! Секин пул ечиб олинади, шу билан пулга ухладингиз. Ҳозиргина бизнинг шогирдлар шунга тушиб қолишибди. Ҳа, овозни ўхшатиб телефон қилишлари ҳам мумкин, буни сунъий интеллект бажариб беряпти.

Овоз бирга бир, бирданига пул кўчириб берманг. Шахсий савол берсангиз, бирданига тутилиб қолади.

@bektoshkhatamov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Вы все еще берете на работу людей?»

Стартап Blend AI креативно прорекламировал своих голосовых ИИ-ботов: для этого они разместили билборд с номером телефона и предложили всем желающим пообщаться с ИИ. Так стартап хочет показать, что технологии уже могут заменить кожаных сотрудников в колл-центре, которые все равно разговаривают «по скриптам».

Работяги из службы поддержки вряд ли обрадуются.
Forwarded from Venchur kundaligi
Butun dunyoga mashxur bo'lgan Y combinator venchur fondi haqida ko'pchilik eshitgan bo'lsa kerak. Ushbu tashkilotning bosh direktori Michael Seibeldan Startap egasi birinchi 10ta mijozni qanday topish bo'yicha maslahatlari:

№1. Ko'nglingiz taskin topishi uchun aynan siz berayotgan yechim muammosi bilan to'qnash kelgan bir necha insonlarni shaxsan o'zingiz tanishingiz kerak.

Katta reklama kompaniyalarini jalb qilish va marketing uchun pul sarflashdan avval hech bo'lmaganda 10 ta mijozga o'zingiz maxsulotingizni sotib ko'rishingiz kerak.

№2 Sizning maxsulotingizga taklif sifatida qaraydigan mijozni jalb qilishdan hech qanday foyda yo'q. Uning o'rniga sizning produktingiz hatto mvp holatida bo'lsa ham foydalanishga tayyor bo'lgan og'rig'i bor mijozni toping.

№3 MVP holatida bo'lsa ham boshidan pulga sotishni boshlang va buni signal sifatida qabul qiling. Mijozingiz muammoga yechim topish uchun sizni xizmatingizdan qay darajada tayyorligini bilib olasiz. Agar mijozlaringiz xizmatingizdan faqat bepul bo'lgani uchungina foydalansa bu yomon!

№4 Va eng muhimi, siz mijozga berishingiz mumkin bo'lgan 4-5 ta aniq savollarni tayyorlang, shunda siz o'z mijozlaringizni shunchaki qiziqqan va hech narsa sotib olishni istamaydiganlardan ajratib olishingiz mumkin bo'ladi. Bundan tashqari ushbu savollar ularning muammosi qanchalik dolzarbligi va ular sizning maxsulotingizni sotib olish uchun qanday reaksiya qilishlarini aniqlashga kerak bo'ladi.

Faqatgina sizning savolingiznga to'g'ri javob bergan ya'ni siz xoxlagandek javob berganlargagina fokusingizni qarating. Qolganlarni esa, keyinroqqa olib qo'ying - Micheal Seibel.
Kecha bir kursdoshim yozdi. Online firibgarlarga ishonib $1 200 yo'qotibdi, afsuski.
[Boshqalar aldanishining oldini olish uchun tarqating]
[Kirillda izohlarda]
Sxema qanday bo'lgan?
Onlayn tarjimonlik ishi uchun "test vazifa" berilgan va uni bajarish uchun $2 400 taklif qilishgan.
Vazifani qabul qilishganidan keyin "pulni sizga o'tkazishimiz uchun kerak bo'ladi" deb unga-bunga pul o'tkazdirishgan.
Hali yana $1 500 ga aldamoqchi bo'lgan vaqtida kursdoshim yozib qoldilar. Muloqotni to'xtatishni, pulni qaytarish iloji yo'qligini aytdim.
===
Yaxshilar, kompyuter va onlayn ishlar bo'yicha savodxonlikni oshiring. Firibgarlar nayranglarning har turini ishlatib chuv tushirib ketishi mumkin.
Ularning ish sxemalarini o'rganish uchun maqola o'qib chiqishingiz shart emas. Bir nechta kino va seriallar bor. Ham sifatli kino ko'rasiz, ham o'zingizni noxush holatlardan saqlaysiz.
Vaqt ajratib ko'rib chiqing, tanishlaringizga ham tavsiya qiling. Onlayn firibgarlikda ketgan pulni topish imkonsiz.
1. Мошенники - Qozog'istonda ishlangan serial. Bir qancha turdagi firibgarliklar qanday ishlashi haqida.
2. Объект преследования - Koreya filmi. OLX kabi saytlarda kuzatilishi mumkin bo'lgan firibgarlik mavzusi atrofida qiziqarli syujetli.
3. Грязные миллионы - Koreya filmi. Sobiq politsiya zobiti o'z oilasi firibgarlarga duch kelganda ishning tagiga yetib ularni fosh qilish uchun qilgan harakatlari haqida.
Bu kino va seriallarni ko'rish mumkin bo'lgan linklarni izohda qoldiraman.

Muhammadjavohirbek Sur'atov

@teamwork_uz
Buyurtma №1075#bajarilmoqda
👨‍💻 Mavzu: Web telegram bot loyihani davom etirish kerak
📝 Vazifa: Figmasi bor apilari tayyor agarda apilarda kamchilig bo'lsa qilib beriladi


https://www.figma.com/design/Dg7eSOiXziVEsLSQks0ait/PaidSub-2?node-id=53%3A976&t=XfBDEG0zYxUlLnnM-1

Figmada barchasi ko'rsatilgan, lekin bu yerda ko'p joyi qilingan, 4/5 p...
🕛 Muddati: 27.05.2024
💰 Narxi: 8 500 000 so'm

#Dasturlash #Telegrambotlar