Teamwork.uz (фриланс площадка)
9.07K subscribers
187 photos
46 videos
17 files
1K links
Tez, oson va hamyonbop IT bo'yicha mutaxassislar va vazifalar topish platformasi.
===
Платформа для поиска удаленных исполнителей и задач.

Topshiriq berish bo'yicha:
Teamwork.uz

Reklama joylashtirish bo'yicha:
@teamwork_support
@shohruh_mir2
Download Telegram
⚡️ Sun’iy intellektga asoslangan IELTS Mock platformasi orqali IELTS dan kerakli ballni qo'lga kiriting.

Bu platformada foydalanuvchilar IELTSning har to‘rtala — Listening, Reading, Writing hamda Speaking qismlarida test topshiradilar va taxminiy IELTS darajalarini bilib olishlari mumkin.

Platforma afzalliklari:
▫️birinchi urinish mutlaqo bepul;

▪️testni to‘liq yoki har bir qismni alohida topshirish mumkin;

▫️natijalar 1 daqiqa ichida ma’lum bo‘ladi;

▪️xatolarni ko‘rish va tavsiyalar olish;

▫️istalgan joydan turib kompyuter yoki telefonda test topshirish imkoniyati bor.

📹 Examy.uz dan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma bu yerda👈
This is me... Trying to keep the light on. 🙂
Let's get to the point right away.
I am getting a bit too busy lately and need a personal assistant.
Because I work for the community full-time for free, I have no budget to pay for this role and need another crazy volunteer like myself to help me out. 🙂
The role:
You would need to assist me with managing projects, participating in discussions, taking notes, entering information into our Notion, sending requests on my behalf, planning and scheduling, etc.
The requirements:
You need to speak and write English, Uzbek, and Russian fluently. You need to know or quickly learn Notion (the productivity tool), you need to be responsible, punctual, and available to get things done.
Time needed:
It won't be taking more than 14 hours a week from you, there are no fixed hours, but I need someone who would do things within 1-2 hours after those are requested.
What you get in return:
Seeing and learning things I do at the very top level of our community, meeting super-interesting people online and offline, accompanying me at various conferences, accessing some of my global connections, learning quite a few things directly from me, and an opportunity to be hired full-time for this role once we have budget for it.
To apply:
Simply send me a private message on TG (@pulsopros) confirming every single requirement above one by one, telling me why you want to do this, and committing 100% to this role for at least 3 months. I can only choose 1 (maximum 2 people), so some really good fit might still not make it.
Thanks
Shavkat
Forwarded from Sadriddin Abdurahimov
"Najot Ta'lim"dan robototexnikaga oid yangi loyiha. Tez kunda start beriladi. Hozir Marketing jamoasi yig'ilyapti. Shu sohada o'saman degan yigit-qizlar bo'lsa, tavsiya qilaman.

Formani to'ldiring
Buyurtma №1063#aktiv
👨‍💻 Mavzu: TARJIMA QILISH
📝 Vazifa: PHP da yozilgan loyihaning tekstlarini rus va ingliz tiliga tarjima qilish
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Tarjimalar #Texniktarjima
Buyurtma №1064#bajarilmoqda
👨‍💻 Mavzu: JSON formatdan excelga ma'lumotlarni yozish kerak. Telegram: @juratali
📝 Vazifa: JSON formatda ma'lumolar keladi va uni excel formatiga quyidagi yuklangan namuna kabi yozish kerak. Telegram: @juratali

1. https://teamworkplatform.s3.eu-central-1.amazonaws.com/2024-04-03/1712165285292_Sample-view.xlsx

🕛 Muddati: 05.04.2024
💰 Narxi: 100 000 so'm

#Dasturlash #Back-enddasturlash
Firibgarlik haqida

Bir nechta maslahatlar firibgarlar changaliga tushib qolmaslikka yordam beradi deb umid qilaman:

1. Hech kimga ishonmang . Agar sizga do'stingiz qo'ng'iroq qilayotgandek tuyulsa ham. Qo'ying va o'zingizga qo'ng'iroq qiling. Telegramdagi matnlarga ishonmang - hisobni soxtalashtirish oson, telefon raqamiga ishonmang - uni almashtirish oson. Ular sizga yordam berishni xohlashlariga ishonmang - bu odatda aksincha bo'ladi. Telefon orqali qo‘ng‘iroq qilgan ma’qul – Telegram’da ovozli xabarlarni soxtalashtirish unchalik qiyin emas, ular hatto videoxabarlarni qalbakilashtirishni ham o‘rganganliklarini aytishadi, biroq ular telefon qo‘ng‘iroqlarini qanday ushlab qolishni aniq bilishmaydi.

2. Sizdan so'ragan narsani bajarishga shoshilmang . Ular sizga yaqinlaringiz yoki qarindoshlaringiz xavf ostida ekanligi, sizning pulingizni o'g'irlamoqchi bo'lganliklari, sizning nomingizdan qarz berilganligi... va boshqa ko'p narsalarni aytib berishlari mumkin, keyin sizdan buni qilishni so'raydilar. biror narsa - shaxsiy ma'lumotlarni, pasportingizning nusxasini, login va parolni, SMS-dan kodni topshirish, kurerga pul o'tkazish va hokazo. Bularning hech birini qilishga shoshilmang, birinchi maslahatni qayta o'qib chiqish yaxshiroqdir.

3. Barcha pullaringizni bitta kartada saqlamang . Endi onlayn depozitni ochish va istalgan vaqtda onlayn to'ldirish va undan debet qilishning ko'plab onlayn usullari mavjud, yana bir variant - ikkinchi kartani olish (boshqa bankdan yaxshiroq) va mablag'larning bir qismini u erda saqlash. Albatta, siz ushbu ikkinchi karta ma'lumotlarini baham ko'rmasligingiz kerak.

4. Vaqtingizni oling. SMS-xabarlarda odatda kodni hech kim bilan bo'lishish mumkin emasligi aytiladi. Va uni har qanday shaklda etkazing - ayting, yozing, oldinga. Lekin, odatda, shoshqaloqlik bilan biz SMSni o'qimaymiz, raqamlarni ko'zimiz bilan topamiz va ularni ovozli qilamiz. Agar biror kishi sizga yordam berishni xohlasa, u sizning javobingizni kutadi. Shuning uchun, SMS matnini qayta o'qing. Xo'sh, umuman olganda, rasmiy organlardan (yoki banklardan) necha marta kimdir sizga chin dildan yordam berishni xohlaganligini eslang, ayniqsa telefon orqali. Aynan shunday! Shuning uchun, agar ular sizdan juda xavotirda bo'lsa va yordam berishni xohlasa, ularning 95% scammers (kechirasiz).

Naqd pulda yoki kartada bo'lishidan qat'i nazar, mablag'laringiz xavfsizligi sizning qo'lingizda ekanligini unutmang . Shuning uchun, pulingizni noto'g'ri qo'llardan uzoqroq tuting.

Do'stlaringiz va oilangiz bilan baham ko'rishni unutmang, ular firibgarlar qurboniga aylanmasliklari uchun.

#xavfsizlij #firibgarlar

@KurbanoffNet
Buyurtma №1065#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Internet do'kon uchun tayyor yechim kerak.
📝 Vazifa: Asaxiy internet do'koni kabi web site va mobil ilovalari mavjud tayyor yechim, loyiha kerak. Nodejs da qilingan bo'lsa afzal hisoblanadi. Sizdan tayyor yechimni sotib olib, o'zimizni jamoa bilan uni ustida ishlab rivojlantirmoqchimiz. Biz asosan elektr texnikalari savdosi bilan shug'ullanamiz. Narxlar, tayyor loyihangiz haqida ma'lumot, web sayti bormi, ilovalar bormi va kontaktlaringizni shaxsiy xabarda qoldiring: @Sirojiddin_h111
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #ecommerce
Buyurtma №1065 — #bajarilmoqda
👨‍💻 Mavzu: Sifatlik Telegram bot yasash kere
📝 Vazifa: Telegram bot yasash kere, tez ishlidigan, keyinchalik content qulay o'zgartirish imkoni bo'lishi kere. 5-6 ta razdel bo'ladi. Tajribali mutaxassis kerak, iltimos qilingan botlarni yuboring, ko'rib chiqamiz. Aloqa: #bajarilmoqda Rahmat.
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #Telegrambotlar
Buyurtma №1066 #aktiv
👨‍💻 Mavzu: Apteka uchun dastur
📝 Vazifa: Dori-darmon uchun dastur;
Ma'lumotlar bazasining hajmi cheklanmagan bo'lishi kerak
Dorixonaning dasturi parol bilan himoyalangan bo'lishi kerak;
Robot dorixonaning buxgalteriya bo'limini va hujjat aylanishini o'z zimmasiga olishi kerak.
Elektron yor...

1. https://teamworkplatform.s3.eu-central-1.amazonaws.com/2024-04-05/1712302713291_1c-dlya-apteki-kupit.png

🕛 Muddati: 10.04.2024
💰 Narxi: 1 000 000 so'm

#Dasturlash #Desktopdasturlar
Buyurtma №1067#aktiv
👨‍💻 Mavzu: after effect ва иллюстор да мавжуд видеомошн анимацияни қайта териб чиқиш керак.
📝 Vazifa: Олдин қилинган видео мошн бор шунга қараб янгисини маълумотлари янгиланадиганини яратиш керак. @lazokat_yurevna
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#AudioVideo #Videomontaj
Buyurtma №1068#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Разработка ПК версии ситемы С#
📝 Vazifa: Нужно написать ПК версию системы. Прошу отправить ваше портфолио и написать об опыте работы для сотрудничества.
🕛 Muddati: 07.05.2024
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #Desktopdasturlar
Buyurtma №1069#aktiv
👨‍💻 Mavzu: мини фриланс платформа
📝 Vazifa: Кириш

Шартлари

Сўмга ишлай оладиган платформа ясаш.
Вазифалар бажарилганидан сўнг, тасдивланса буюртмачи томонидан, пул жўнатилиши.

1. Асосан смм вазифалар



🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #Backenddasturlash
Buyurtma №1070#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Loyihani Frontend qismini yozish
📝 Vazifa: 3-4 ta API bilan ishlash kere, API la sodda va murakkab emas
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Sayttayyorlash #Webdasturlash
Forwarded from Xushnudbek.uz
IT sohasida bepul o‘qish mumkinmi? Ha, mumkin, sizda faqat xohish bo‘lsa bas

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov IT sohasida bepul ta’lim olish uchun bir nechta imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Prezident qaroriga asosan, 1-martdan boshlab bitiruvchilarini aynan IT xizmatlari eksporteriga ishga joylanishiga erishgan o‘quv markazlari uchun 25 million so‘mgacha, agar bitiruvchining nogironligi bo‘lsa 35 million so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilandi. Ya’ni o‘quv markazlari shunchaki yoshlarni yaxshilab o‘qitib, keyin ularni ishga joylashtirib, daromad qilishi mumkin. Davlat buning uchun yaxshigina pul to‘lab beradi.

Shu sababli o‘quv markazlari orasida "IT sohasida bepul o‘qitamiz", degan e’lonlar ko‘payib qoldi.

Masalan, Samarqanddagi School21 markazi nafaqat bepul o‘qitaman, balki yotoqxona bilan ham ta’minlayman, deyapti.

Sal avvalroq "Najot ta’lim" hamda "Cambridge LC" o‘quv markazlari Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati yoshlari uchun qiymati 3,5 mlrd so‘mlik "Kelajak yoshlari" ta’lim grantini e’lon qilgan edi. Grant g‘oliblari dasturlash, dizayn va ingliz tili bo‘yicha 1 yil bepul o‘qishi mumkin. Lekin bu grantga hujjat topshirish muddati kecha tugagan. Balki tashkilotchilar arizalar qabulini yana uzaytirar, ularning sahifasini kuzatib borishingiz kerak.

Shuningdek, Toshkentdagi MAAB Innovation IT Akademiyasi esa Business Intelligence mutaxassisligini 10 oy bepul o‘qish imkoniyatini taqdim etyapti.

Aytgancha, IT yo‘nalishidagi talabalar uchun onlayn bepul ta’lim imkoni ham bor. Bunda ariza to‘ldirgan holda jahonga mashhur “Coursera” platformasidagi 49 dollardan 400 dollargacha bo‘lgan kurslarda bepul o‘qish va hatto sertifikat olish imkoniga egasiz.

Xullas, o‘qiyman desa, ko‘ngilda xohish va bilim olishga intilish bo‘lsa, bemalol imkon topish mumkin. Yaxshi o‘qish esa, yaxshi ish joyi va zo‘r daromad degani. Ayniqsa, IT sohasida talab yetarlicha.

Foydalanmaysizlarmi?


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Alisher Tojiyev
Hozirgi 20-24 yoshli maqsadi bor, lekin juuuuuuuuuuda sekin natijalarga erishayotgan uka-singillarga bir gap!

Ustoz tuting, bilimlarizni oshirish va mustahkamlash ustida ikki barobar ishlang, robot yoki qulday ishlayapman degan tushunchani miyyangizdan chiqaring.

Vaqt sizlarni ayamaydi, hozirgi vaqtingiz ham energiyangiz ham nisbiy!

Manzilga yaqin qolgansiz, yagona kalit bu ustoz!

Sizlardagi bu tushkunlik muvaffaqqiyatsizlik emas, energiya yetishmasligi ham emas, bu shunchaki ruhiyat, ha sizni ildamlaydigan, koyib turadigan, “ping”lab turadigan, maqtab turadigan va Sizni eng zoʻr mutaxassis boʻlishizga ishonadigan Ustoz kerak!

Tutayotgan roʻzalaringiz qabul boʻlsin azizlar! Biz baxtli davrada tugʻildik, roʻza tutmoqdamiz, biz omadga erishmoqdamiz, sizlarga ham juuuuuuuda ozgina qoldi.

@AkhmatovichUz
Forwarded from Alisher Tojiyev
Alisher Tojiyev
Hozirgi 20-24 yoshli maqsadi bor, lekin juuuuuuuuuuda sekin natijalarga erishayotgan uka-singillarga bir gap! Ustoz tuting, bilimlarizni oshirish va mustahkamlash ustida ikki barobar ishlang, robot yoki qulday ishlayapman degan tushunchani miyyangizdan chiqaring.…
Bismillah deb bir chellenj boshlaymiz.

Shartlari qiyin, lekin soʻnggida ikkita ustoz topib beraman biri oʻzim biri mutaxassisligingiz boʻyicha boʻladi.

Ustozni oddiyi yoki zoʻri boʻlmaydi, lekin tajribasi 10+ yil boʻlganlarni rozi qilib beraman Inshaalloh.

- Shartlar qiyin deganim bilan unchalik qiyin emas, shunchaki oʻzingizni xohishingizga qarshi chiqishga odatlanasiz, gʻoliblarni roʻyxat boʻyicha saralab 50 kishi olinadi.

- Chellenj davomida doimiy rejalashtirilgan onlayn/oflayn suhbatlarda ishtirok etish shart boʻladi.(bunda, chekka hududlardagi ishtirokchilar kela olmasa oʻzim borib kelaman)

- Oʻzbekistonlik boʻlishi shart

- Dasturlash boʻyicha boshlangʻich bilimlari boʻlishi lozim

- Ingliz tilida (general english) pre-intermediate darajasida boʻlishi kerak

Chellenj soʻnggida 5-12 kunlik lager ham reja qilganman. Birga yotib birga turamiz(faqat oʻgʻil bolalar ishtirok eta oladi, ayolim juda rashkchi😎)

Hozircha ushbu xabarni kelajakda oʻzini oʻrni boʻlishini xohlagan, orzulari kaaaaaatta, tinimsiz mehnatga tayyor, 35-40 yoshdan keyin pensiyaga chiqib faqat sayohat qilishni niyyat qilgan, istalgan vaqtda qarindoshiga yoki yaqinlariga yordam bera oladigan, passiv daromadi oyiga 10ming dollar va undan yuqori boʻlishini xohlaganlarga yuborib qoʻying.


Chellenj haqidagi barcha ma’lumot shu kanalda e’lon qilib boriladi.

@AkhmatovichUz
У пайтларда компьютерим ҳам йўқ эди. Компьютери, айниқса ноутбуки бўлиш катта обрў саналарди. Таҳририятдаги компьютерда материалларни тайёрлаб, дискетага (атиги 1,44 Мб маълумот сиғарди) кўчириб, интернет кафега борар ва ўша ерда бутунжаҳон тўрига жойлар эдим. У пайтлар ҳали ADSL ҳам йўқ, 31 кбит/с тезликка эга Dialup интернет кафедаги 6 та компьютерга бўлинарди. Интернет нархи ҳам жуда қиммат: соати 5000 сўм эди. Ўзим эса 12000 сўм стипендия олардим.

2005 йили грант асосида журналистикадан малака ошириш учун Польшада бўлдим. Энг яхши қатнашган иштирокчи сифатида ноутбук совға қилишди. Жуда хурсанд бўлдим. Бу Wi-Fi адаптер уланган илк ноутбуклардан бири эди. Навоий кўчага (ўша пайтлар электроника товарлари ярмаркаси шу кўчада бўларди) нимадир олиш учун борганимда ўша ноутбукни кўрсатдим, сотувчилар 2800$ га баҳолашди. Ўша пайтлари бу пулга яна озгина қўшилса, квартира берарди. Сотмадим.

Шу йили прописка муддати (университетдан 4 йилга прописка қилиб берарди) тугагани учун газетадаги ишимдан айрилдим. Магистратурага кирдим. Ярим йилча ишсиз қолдим. Шунда ноутбук иш берди. Шу орқали озроқ тирикчилик қилиб, ҳам сайтни юритиб турдим.

Кейин телефони бор ижара-квартирага кўчиб ўтдим. Уйдан интернетга уланиб, сайт ишларини бажара бошладим. Dialup тизимида телефон орқали провайдерга уланиб, интернетга кирилган пайт телефон линияси банд бўлар ва телефон учун ҳам компания ҳақ оларди. Кейин Callback хизмати чиқди. Унда интернет провайдери сизга қўнғироқ қилиб, интернетга улаб берарди.

Аввал-бошда бу ишимга яқинларим, айрим устозлар ҳам қарши бўлди. Уларга интернетнинг афзалликлари ва имкониятларини тушунтиришга ҳаракат қилдим. “Умид билан суқилган таёқ бир кун берар меваю япроқ” деганлари тўғри экан, бир-икки йилда сайт анча кўзга кўриниб қолди, илк ҳосил бера бошлади. Портал, айниқса, чет элдаги миллатдошларимиз учун айни муддао бўлган эди. Шунингдек, ўзбек тилини тадқиқ этаётган олимлар ҳам сайтга тез-тез мурожаат қиладиган бўлди. Бу орада хориж давлатлари адабий ва илмий нашрлари билан алоқаларни йўлга қўйдим.

Ziyouz.com кутубхонасидаги баъзи китобларни киритишга 1 кунлаб вақт кетган. Интернет тезлиги бу пайтда 56 кбит/с га етган, 20-30 Mb китобни юклаш учун кечқурун upload га қўяр, кечаси телефон узилиб қолмаса, сахаргача юклаш тугарди. Агар техник носозлик (телефон кўп узилиб қоларди) бўлса, яна қайта юклашга тўғри келарди.

2005 йилда сайтда форум (ушбу форум ўзбек тилидаги илк форумлардан бири эди) ишлай бошлади. «Янгиликлар», «Ислом», «Иқтисод», «Сиёсат», «Маърифат», «Ажойиботлар» бўлимларида 1000 га яқин мақола жамланди. 2006 йил, 25 январь куни «Халқ сўзи» газетасида чоп этилган «Айб фақат ёшлардами?» мақоласида сайтимиз ҳақида илиқ фикрлар билдирилди. Ушбу мақола порталимиз ҳақида расмий оммавий ахборот воситаларида эълон қилинган илк хабар эди.

Дастлаб ruweb.net’дан олинган хостинг 50 Мб ҳажмда эди. Ойига 1000 Мб трафик бериларди. Бу трафик эса ойнинг 10-15 кунида тугаб қолар, қолган кунлари сайт ишламай турарди. Китоблар бошқа бепул серверга жойланарди. Кейинчалик хостингни бир неча марта ўзгартирдим… Сайтни ясаш, дизайн қилиш, жойлаш, кичик техник муаммоларни ҳал қилишни ўзим ўрганиб бажарардим. Бу борада Шуҳрат Деҳқонов катта кўмак бериб турди. Сўнгги йилларда Шавкат Ҳомиджонов беминнат ёрдам бермоқда. Уларга алоҳида раҳмат айтаман.

Бир неча ўн материалдан иборат мўъжаз сайтни росмана порталга айлантириш осон кечмаган, албатта. Мен иш бошлаган даврда интернетда ўзбек тилидаги материаллар жуда кам эди. Шу бўшлиқни тўлдириш мақсадида даставвал кўпроқ матнли материалларни жамлашга ҳаракат қилдим. Оз сондаги тайёр файлларни газета, журнал ва нашриёт таҳририятларидан олардим. Аста-секин муаллифларнинг ўзлари ҳам тайёр матнларни тақдим эта бошлади. Лекин асосий бисотни ўзим электронлаштириб, жойлашимга тўғри келди.
1
ChatGPT
Mirzokhid Shavkatov - Loyiha Boshqaruvi
ChatGPT project managerlarga qanday yordam bera oladi?

- Loyiha uchun texnik vazifa (TZ) yozishda;
- Izlanish (research)larda;
- Ma’lumotlarni strukturalashda;
- Shunchaki shaxsiy maslahatchi sifatida yordam bera oladi.

ChatGPT - internetda bor hamma narsani biladigan suhbatdosh. Undan nafaqat PMlar, balki boshqa ko’p kasb egalari ham manfaatli foydalanishi mumkin.

Agar ma'lumotlar foydali bo'lgan bo'lsa, reaksiya qoldiring. Agar fikrlaringiz bo'lsa, izoh qoldiring 👇
Forwarded from Aziz Rahimov
Ramazon hayiti bir boshqacha kun.

Bu kun siz albatta yoshlikni eslaysiz. Necha yosh bo’lsangiz ham. Hayit namozi, shirinliklar, qarindoshlarni yo'qlash, kelin-salom, hamma hammasi yoshlikni eslatadi.

Bu kun siz kunni yarmini tabriklash va tabriklarni qabul qilish bilan o’tkazasiz.

Bu kun sizga yaqin va uzoq insonlarni ajratib olasiz. Birinchilar tabriklash uchun shaxsiy xabar yozib yoki qo'ng'iroq qilsa, ikkinchilar shablon tabrik yoki rasm jo'natishadi.

Bu kun siz aslida qancha qarindoshingiz borligini bilib oladigan kun.

Bu kun sizni asl hayotiy qadriyatlarga qaytaradi: Oila, silai rahm, ehson, namoz. Deyarli hech kimni ish haqida gapirganini ko’rmaysiz.

Bu kun biron narsa yeyishdan oldin, har safar ikkilanib, o’zingizdan "Ro'zamasmidim o'zi? " deb so'raydigan kun. 😊

Bu kunni hamma yaxshi ko'radi, yosh bolalar ham, kattalar ham ,qariyalar ham. Biz ham bu kunni yaxshi ko'ramiz. Ramazon hayitini yaxshi ko'rganlarga hayit muborak aziz do’stlar!

@azizrakhimov_blog