Buyurtma №1090 — #aktiv
👨💻 Mavzu: Vebsayt funksionalini yaxshilash
📝 Vazifa: 1. 136ta Youtube roliklarini saytga joylash;
2. Google Ads reklamasi joylashuvini to'g'rilash kerak (ekrandagi yozuvlarni yopib qo'yapti);
3. Ba'zi sahifalar Google Search'da indeksatsiya bo'lmayapti, qarab to'g'rilash;
4. Support Us degan funksiyani q...
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda
#Sayttayyorlash #Webdasturlash

Buyurtma №1091 — #aktiv
👨💻 Mavzu: Olxga o'xshagan platforma uchun kategoriyalar qo'shish kerak
📝 Vazifa: Kategoriyalar nested bo'ladi, unga mos attributelar biriktirgan holda qo'shiladi
Bo'g'lanish: @juratbek_work
🕛 Muddati: 05.05.2025
💰 Narxi: 1 200 000 so'm
#Matnlarbilanishlash #Postmatnlari

😱2
Forwarded from Paiziev24
Биз маҳсулотимизни тушунтириш учун анимацион видео тайёрлайдиган мутахассисларни излаяпмиз. Бизга қуйидагига ўхшаш услубда платформамиз имкониятларини кўрсатувчи видео керак.
Агар шунга ўхшаш ишларингиз бўлса, илтимос, ушбу пост изоҳларида ёки nasim@numeo.ai манзилига айнан шундай услубдаги ишларингизга линк билан юборинг.
Намуна:
🔗 https://www.linkedin.com/posts/y-combinator_combinely-is-building-an-ai-coworker-for-activity-7323745518814187522-zB4G
@paiziev24

👍4
Forwarded from Aziz Axtamov
Agentlik qurishdagi ko'zga ko'rinmaydigan TOP xato
Bu — noto'g'ri mijoz segmentlarini tanlab, ular bilan ishlash.
Tasavvur qiling, siz marketing agentligingizni tizimlashtirdingiz.
TOP xodimlarni oldingiz.
To'liq ish jarayonlaringizni standartlashtirdingiz.
Endi, kengaymoqchisiz, o'smoqchisiz.
Hamma narsani iziga solgansiz, lekin sizga bitta ko'zga ko'rinmaydigan narsa halal beradi.
Bu — sizning "jonajon" mijozlaringiz.
Noto'g'ri mijoz o'zi nima degani?
* Ularda pul yo'q;
* Ularda tizim yo'q;
* Siz ularga yordam berish uchun narxingizni tushirasiz;
* O'zi arzon to'laydi, lekin "nedavolniy". Siz ulani rozi qilish uchun 2x ko'p energiya sarflaysiz.
* Ular esa aksincha, to'lagan arzon puliga sizdan ko'proq narsa talab qiladi;
* Siz endi natija olib kelaman deganingizda, ular ishlashni to'xtatadi;
* Noliydi, pulini qaytarib berishini so'raydi;
* Ularni o'rnini almashtirish uchun siz boshqa bir "bechora" mijozga xizmatizni sotasiz.
Va natijada, siz biznesdan zerikasiz, charchaysiz.
❌ Puli yo'q, tizimi yo'q, biznes egasida kengayish bo'yicha fikrlash ko'nikmasi yo'q bo'lganda siz nimalar yo'qotasiz:
* Yuqori "churn rate" (mijozlar siz kontrol qila olmaydigan sabablarga ko'ra, ketib qolaveradi = ulardagi tizimda muammo bor);
* Mijozni rozi qilish sizga ancha bosh og'riqlari keltiradi;
* Jamoa zerikadi kattaroq natija qila olmay;
* Daromadingiz stabil bo'lmaydi;
* Reputatsiyaga ta'sir qiladi;
* Eng yomoni --- o'smaysiz.
💡 Yechim: Boylar bilan ishlang.
Sizga kuchliroq jamoa kerak emas.
Sizga kuchliroq tizim kerak emas.
Sizga kuchliroq marketing kerak emas.
Sizga yaxshiroq, tizimliroq, o'sadigan mijozlar kerak.
Chunki, ular:
* Ko'proq to'laydi;
* Uzoqroq muddat ishlaydi;
* Vaqtingiz va energiyangizni hurmat qiladi;
* To'lovni kechiktirmaydi, ortidan yalinib yurmaysiz;
* Harakatlaringiz barakali natija olib keladi.
Ular haqiqiy professional biznes egalari. Va bu o'yinni hurmat qilishadi.
Xullas, har doim ham ayb o'zingizda bo'lmaydi.
Ba'zida ayb mijozda bo'ladi.
Sizdagi ayb esa shu mijoz bilan ishlaganingiz bo'ladi.
To'g'ri mijozlar bilan ishlang. O'zingizni hurmat qiling.

👍6👎2
Aziz Axtamov
Agentlik qurishdagi ko'zga ko'rinmaydigan TOP xato Bu — noto'g'ri mijoz segmentlarini tanlab, ular bilan ishlash. Tasavvur qiling, siz marketing agentligingizni tizimlashtirdingiz. TOP xodimlarni oldingiz. To'liq ish jarayonlaringizni standartlashtirdingiz.…
Azizbek fikrlariga o'zim qo'shilmayman, men mijozlarim hozir moliyaviy imkoniyatlari pastligini bilaman, lekin kelgusida ularni boy qilish mening vazifam ekanini tushunaman.
👍3
Eng boylar bu taniqli brendlar ular shundoq ham boy, ularga kreativ va innovatsion echimlar kerak emas, ularga mashxur byudjet o'zlashtirishga kallasi etadigan jamoalar kerak...
👍7👎1
Teamwork.uz (фриланс площадка) pinned «Frilanser (bu) - bir vazifani kompaniyada xodimdan ko‘ra tezroq va sifatliroq tayyorlab beradigan mustaqil shaxs. Frilanser odatda muammoni tez, sifatli qilib bajarishdan va buyurtmachini tezroq rozi qilishdan manfaatdor. Frilanserga odatda shu sababdan ham…»
Otabek Bakirovdan "startap" va venchur, davlat, bozor kabi mavzularda qiziqarli suhbat qilishibdi havola.
Har birimiz uchun imkoniyat
Men atrofimda qonimni qo'zg'atadigan va "kichik yomon pulslarni" keltirib chiqaradigan narsalarni ko'raman:
1. Biznes modellari. SaaS buzilmoqda: 500 ming dollarlik dasturiy ta'minotni beshda AI yordamida yaratish mumkin. 30 ta ishlab chiquvchi o'rniga ikkita + Kursorga obuna bo'lish kifoya qiladi.
2. Moliyaviy modellar. Natijalar uchun to'lov obunani yo'qotadi. AI avtomatik ravishda ishlaydi, ya'ni siz funktsiyalarni emas, balki yakuniy effektni sotishingiz mumkin. Misol uchun, Intercom bir yildan beri qo'llab-quvvatlash chatlari uchun emas, balki hal qilingan foydalanuvchi so'rovlari uchun haq oladi.
3. Marketing. Kreativlarni yaratish narxi va tezligi 100 barobar kamaydi. Kontent - matn, tasvirlar va hatto Pixar darajasidagi videolar - daqiqalar va o'nlab dollarlar ichida tayyorlanadi.
4. Tarqatish. Ijtimoiy tarmoqlar "aqlli" bo'ldi - ular har bir kishi uchun maksimal ko'rishlar sonini oladigan kontentni tanlaydi. Siz noldan reklamasiz auditoriyani yaratishingiz va keyin uni o'zingizning media kanallaringizga aylantirishingiz mumkin.
5. UX. Interfeyslar yo'qolib, o'rnini dialoglar egallaydi. Trening keraksiz bo'lib qoladi - mijozlar hatto murakkab mahsulotlardan ham darhol foydalanishlari mumkin.
6. Korporatsiyalar. Ular byudjetlarni an'anaviy dasturiy ta'minotdan sun'iy intellekt echimlariga qayta taqsimlashmoqda. Startaplar uchun sinov muddati qisqartirilmoqda.
7. Mahsulotlar. MVPlarning 99% ga venchur pul kerak emas. Siz ularni kechqurun Lovable yordamida yaratishingiz mumkin.
8. Bozor. Mikro nishalar qoidasi. Mahsulotlarni yaratish xarajati 100 barobarga qisqardi, ya'ni kichik segmentlarda ham xizmat ko'rsatish va pul ishlash mumkin. Ha, biznes unicorn bo'lmaydi, lekin u 10-20 ming dollar olib kelishi mumkin.
Hozir biz bir nechta texnologik va xulq-atvor siljishlari bir-biriga to'g'ri kelgan kamdan-kam hollardamiz. Va bu ilgari imkonsiz bo'lgan narsalarni yaratish imkoniyatidir.
Bu qisqa bo'ladi - bozorlar moslashadi, gigantlar reaksiyaga kirishadi. Va deraza yopiladi.
Ammo hozir, aniq tasavvur va harakatga tayyor bo'lgan holda, olti oy ichida olti yil ichida qilganingizdan ko'ra ko'proq narsani qilishingiz mumkin. Qisqa vaqt ichida biz barchamiz - startaplar va korporatsiyalar - bu o'yinda tenglashdik. Kelajak harakat qilganlarga tegishli.
Bu postni saqlab qo'ymang – biror narsa yarating va uni bozorga olib chiqing. Bu eng yaxshi mukofot bo'ladi.
@dindex kanali postining tarjimasi
@teamwork_uz

👍5❤1
Shunsha imkoniyat bo'lsa ham hovuchim kichkinaligi uchun zerikarli postlarni Google translateda tarjima qilib tashlab qo'yapman, shungayam hursandsizlar, biz albatta g'alaba qozonamiz...
👍7😁1
Forwarded from Odilxon
Depressiyada yashagandan ko‘ra ko‘ngilni ko‘tarib, motivatsiya bilan yashagan yaxshimikin?
Balki ana shu tushkunlik bizni jurʼatimizga bolta urib, qo‘llarimizga kishan solar?

👍10
Forwarded from Temurning PM Blogi
Salom, salom! 🌟
Yangi kompaniyaga qo’shilgandan so’ng ishga tezroq kirishib ketish uchun nima qilayotganim haqida qisqacha post yozmoqchiman.
Onboarding boshlandi, endi o’zim shug’ullanadigan productlarni o’rganishni boshladim. O’rganish jarayonini 4 ta bosqichga bo’ldim:
1. Kompaniya strategiyasi va chorakga (kvartal) qo’yilgan maqsadlar:
Kompaniyaning strategiyasini o’rganish, qaysi yo’nalishlarda rivojlanishni rejalashtirganini tushunish juda muhim. Bu ma’lumotlar, o’zim ishlaydigan productni rivojlantirish uchun qaysi tomonga ko’proq qarashimni aniqlashda yordam beradi.
2. Productni o’rganish:
Bu bosqichda qiladigan ishlarim:
- Productning CJM (Customer Journey Map) ni o’rganish.
- Productning user flow si bilan tanishish, foydalanuvchi qayerdan boshlaydi va qayerda tugatadi.
- Product va texnik dokumentatsiyalar bilan tanishish (texnik dokumentatsiya hali zarur emas, lekin kelajakda biron jinniroq g’oya kelganda, texnik tomondan tayyormizmi, yo’qmi, bilish uchun kerak).
- Qisqacha productning arxitekturasi bilan tanishish (bu ham asosiy ish emas, qo'shimcha).
3. Metrika va analitika:
- Dashboardlarni ko’rib chiqish, qaysi metrikalar bilan ishlashayotganini tushunish, voronkalarni o’rganish.
- O’zimga kerak bo’lgan lekin dashboardga aks etmagan metrikalarni ro’yxatini tuzish.
- Metrikalarda o’sish nuqtalarini belgilab chiqish.
4. Jamoa bilan tanishish:
- Dasturchilar, dizaynerlar, analitiklar va marketing jamoasi bilan birma-bir tanishish.
- Kim nima uchun javobgar, qarorlar qanday qabul qilinadi — bularni o’rganish.
- Kimga vazifa yuklanadi, kim bilan vazifalarni kelishish kerakligini tushunish.
Hammasi o’tilgandan so’ng, product bo’yicha o'rganishni yakunlab, roadmap tuzib, takliflar bilan chiqish niyatidaman.
Siz, Product manager sifatida yangi kompaniyaga o’tganingizda birinchi bo’lib nima ishdan boshlagansiz?
@temur_pm_blog

👍2👎2
Buyurtma №1092 — #aktiv
👨💻 Mavzu: Telegram боти учун техник топшириқ
📝 Vazifa: 🎯 Мақсад:
Фойдаланувчи Telegram орқали расм юборса, бот уни қабул қилиб, фонни автоматик ўчириб, тозаланган расмни қайта юбориши керак. Яъни, https://pixlr.com/ru/remove-background/ сайтидагига ўхшаш функционал.
🛠 Асосий функциялар:
📤 Фойдаланувчи бо...
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda
#Dasturlash #Telegrambotlar

🆒3
Forwarded from Allaev Uz
Муҳожирликни романтизатсия қилишда давом этмоқдамиз.
Биздан инсонлар ташқарига чиқиши, бошқа мамлакатда ўзини топиши, бирор соҳа мутахассиси бўлишини иқтисодий томондан яхши жараён деб биламан. Улар жўнатадиган пул оиласи ва мамлакат иқтисодиётига фойдали эканлигидан ташқари, маълум бир маънода бу тайёр экспертиза ва тажриба. Қанчадир миқдорда муҳожирлар барибир қайтади, улар ўзи билан тажрибасини олиб қайтади. Меҳнат бозори ва бизнес муҳити мафтункорроқ бўлса, қайтиш кўпаяди.
Кўпчилик ўйлайди: чет элга кетсам, ҳар ойда бир уй пул топаман. Лекин аслида ҳеч ким сени чемоданда пул кўтариб кутиб тургани йўқ. Аслида, пулсиз ҳам ҳеч ким кутиб тургани йўқ. Ҳатто иш жойи ҳам муаммо. Тилни билмасанг, орқага эмас – пастга қараб силжишинг мумкин. У ерда ҳам ҳаёт осон эмас, сиёсий популистлар у ерда ҳам бор ва аҳолининг бир қисмини муаммолар сан каби муҳожирлар сабаб эканлигига ишонтиришган. Мигрантмисан, ҳар куни бўлмаса ҳам ҳар замонда бегоналигингни ҳис қилдиришади, дискриминацияга ҳам чидайсан.
Буни кўтарсанг, меҳнат бозорига келганда ким эканлигинг эмас — нима қила олишинг муҳим бўлади. Очиқ бозор ва рақобат.
Муҳожирлик — бу қийин қарор, нони оғир. Янги жой, янги маданият, янги қоидалар. Кўчага чиқиб йўл сўраш ҳам қўрқинчли бўлиши мумкин. Оилангдан узоқда, бегоналар орасида, ҳар куни ўзинг учун курашишинг керак бўлади.
Бошида деярли ҳар ким юрагини тишлаб оғир ишларни қилади, кечаси шифтга қараб “шу тўғрими?” деб ўйлайди, қувонч, соғинч, ғурур, хўрликни бир пайтда ҳис қилади. Ўзбескитонда қайсидир биринчи дунё мамлакатига кетган одамни бой бўлиб кетди, маза қилиб юрибди деб мақтаб юришганда, у учма-уч пул етказиб, қарзга бўлсада уйга пул жўнатиб, ундан ташқари идиш-товоқ ювиб ёки юк ташиб юрган бўлиши мумкин. Меҳнатнинг ёмони йўқ. Муҳими муҳожирлик эртакдаги ҳаёт эмаслигини тушуниб етиш.
Аммо чидаган инсон мослашади. Меҳнаткаш бўлса, қадри билинади. Вақт ўтиб, орзу қилган ҳаёт эмас, ҳақиқатли ҳаётга эга бўлади.
Муҳожирлик хато эмас. Лекин оддий ҳам эмас. Бунга тайёр бўлмасанг, бориб ҳам йўқ бўлиб кетишинг мумкин.
Ким чет элда юриб, ўзини топган бўлса — у ҳақиқатдан ҳам нимадирда кучли одам.
Бугун ўз муаммоларидан қочиш учун суришни ўйлаётган инсонлар шуни тушуниб олиши зарур. Сурган билан муаммолар ечилмайди. Ҳар қандай ҳолатда ҳам сан шахс сифатида ўсишинг, ривожланишинг, қийналиб йиллар давомида меҳнат қилиб ўзингни қуришинг зарур. Шу қийинчиликларга тайёр бўлиб сурсанг ўзингни топасан.
Бир сирни айтаман, бу қийинчиликлардан ўтсанг, Ўзбекистонда ҳам зўр мутахассис бўлиб яхши даромадга чиқиб олишинг мумкин.
PS: Кунига 12-14 соат ишлаб қийналиб юрган муҳожирларимиз фойдасига фақат Ўзбекистондаги ижтимоий баҳо яхшиланиши бор. Кимдир биринчи дунё мамлакатига кетдими, автоматик уни бой, маза қилиб юрибди деб фараз қилишади.
#hayot #mulohaza
@allaevuzb

❤1
Forwarded from davletovuz
Workandtravel.pdf
802 KB
"Work and travel" дастурларида иштирок этувчи талабалар учун фоизсиз қарз (ссуда) ажратилади
Ҳукумат қарори билан 2025 йил 15 майдан "Work and travel" халқаро дастурлари доирасида ишлаш ва саёҳат қилиш учун хорижий давлатларга бориш ва келиш ҳамда бошқа харажатларни қоплаш мақсадида талаба ёшларга ссуда ажратиш тартиби жорий этилади.
Мазкур давлатларга Европа Иттифоқи давлатлари, Жанубий Корея, Япония, Буюк Британия, АҚШ, Канада, Австралия, Янги Зеландия киритилган.
Ҳар йили 2 000 нафаргача талаба ёшларга БҲМнинг 40 баравари (15 млн) миқдорида ссуда ажратилади.
Ссуда ажратиш ҳақидаги аризалар давлат хизматлари маркази ёки my.gov.uz орқали қабул қилинади.
Талаба ажратилган ссудани хорижий давлатдан келганидан сўнг 1 ой муддатда қайтариш мажбуриятини олади.

Forwarded from Boshqaruvchiga
G’ayrat, farosatiga qoldirma
Vazifa berdingmi — o’zing yozdirib qo’y.
Fidbek aytdingmi — tushunganini tasdiqlab ol.
Kelishuvni buzyaptimi — va’dasini bajarma.
Norozi bo’ldingmi — ochiq bildir.
Xullas, ishlarni odamlarning farosatiga qoldirma.
Farosatga qolgan ishlar ko’ngildek bitmaydi.
Keyin nolib yurasan “farosati yetmadi”, deb.
Va bu rahbar sifatida seni farosatsizliging bo’ladi.
@boshqaruvchiga

👍12❤2
#Vakansiya
Oʻzbekiston bozoriga kirayotgan bir IT Solution kompaniyaga PM (Project Management) uchun oʻzbek hodim kerak ekan. Talablari IT sohasida oʻqigan yoki ishlagan , oʻzbek va koreys tillarini yaxshi bilishi kerak.
Maosh suhbatdan keyin kelishiladi. Yaqin orada vatanga qaytayotganlar boʻlsa foydali boʻladi deb ulashyapman.
Men ham ish haqida bilganim shu ma’lumotlar holos. Batafsil ma’lumot uchun quyidagi akkaunt orqali bogʻlaning. Yuqoridagi talablarga mos kelsangiz shu telegram orqali rezyumeni yuborishingiz mumkin:
@nodirbek_0022

⚡1
Forwarded from Alisher Tojiyev
Startaplarni qoʻllab-quvvatlash uchun DON ishga tushurildi.
Ushbu havola orqali oʻtib kuzatib turinglar yaxshi yangiliklar boʻlmoqda.
Havola

Telegram
DON
Decentralized Opportunity Network
👎3😁2
Forwarded from Paiziev24
Instagram саҳифамизни юритиши учун логистика соҳасида ишлайдиган блогер-диспетчер ёки инглиз тилида равон гапирадиган диспетчерни ишга олмоқчимиз ($).
Агар танишларингиз бўлса, улашинг.
Қизиққувчилар ўзлари ҳақида 30 секундлик видеомурожаат ёзиб, akmal@numeo.ai манзилига юборишсин.

Ҳозирги замонда телеграмсиз мулоқотни тасаввур қилиб бўлмайди. Иш учун ҳам оила ва дўстлар билан ҳам асосий мулоқот турига айланиб бўлди.
Телеграмни бетартиб ишлатгани учун имкониятдан ёки муносабатдан қуруқ қолиб кетганларни жуда кўп учратаман.
Улар йўл қўядиган энг кўп хатоларни санаб қўймоқчиман, кимгадир фойдаси тегиб қолар:
1) Ҳамма исталган гуруҳига қўша олади. Бу яхшими? Ҳозир, йўқ чунки икки кундан кейин "Оптом кийимлар" ёки "Фалонжойликлар" гуруҳида пайдо бўлишингиз ҳеч гап эмас.
2) Муҳим суҳбатлар ва муҳим бўлмаган гуруҳлар аралашиб кетади. Телеграмда барча суҳбатларни бўлимларга саралаш мумкин. Масалан, "ишхона" , "чойхона" ва ҳ.к
3)"@Юзернейм" ишлатмайди. Муҳим гуруҳ суҳбатларда сизга таалуқли масала кўтарилганда шу орқали сизга билдиришлари ёки сизни осонгина топишлари мумкин.
4) Саҳифалар, гуруҳлар ва суҳбатларда барча медиани юклашни очиб қўйган. Бир ойга етмасдан телеграм қотиб ишлашни бошлайди кераксиз расм видеоларни юклайвергандан.
5) Барча гуруҳлардан билдиришнома келаверганидан, муҳимларини ўтказиб юборади. Фақат контактларга ва яна сизни ҳавола қилган гуруҳларга ёқиқ тургани маъқул.
6) Ҳаммани рақамини сақлаб қўяверади. Агар сизга "Ксерокопиячи" бир марта керак бўлса, шунчаки t(нуқта)me/ +998..... тарзида бир четга ёзинг ва устига босинг шунда уни бир умр историясини кўришдан қутуласиз
7) Кимгадир ёзиб жавоб кутади ёки ёзиши керак бўлган вақтни ўтказиб юборади. Эрталаб 8.00 да ёзишингиз керак бўлса, уни кечаси навбатга қўйиб шу вақтда борадиган қилиб ухласангиз ҳам бўлади.
8) Телеграмдан огоҳлантирмасдан тел қилманг, чунки бир нечта қурилмалардан қўнғироқ келади.
Hamid Isomov
@Teamwork_uz

🔥5⚡1