Bu boradagi hisobotlarni soliq ma’lumotlari bilan solishtirib, tizimli monitoring olib borish, ishga joylashgan yoshlarga, ayniqsa chekka hududlarda zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Mahalliy Kengashlar ushbu masalani doimiy nazoratda tutib, o‘rganishlar va tahlillar orqali samarali ish olib borishi kerak. Bu jarayonda nafaqat davlat tashkilotlari, balki xususiy sektor bilan ham hamkorlikni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
#senat
#yalpimajlis13
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍8🤝4👏1
Bu borada, eng avvalo, aliment to‘lovchilarning mas’uliyatini kuchaytirish muhim. Aliment nizolariga sabab bo‘layotgan omillarni chuqur tahlil qilish, javobgar shaxslarni mahallalar kesimida aniqlab, ular bilan manzilli va tizimli ishlash zarur.
Shu bilan birga, ijro uchun mas’ul bo‘lgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Chunki ushbu masala markazida farzandlarimizning ijtimoiy himoyasi va kelajagi turibdi.
#senat #yalpimajlis13 #BolalarHuquqlari #IjtimoiyHimoya
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2❤1
O‘tgan bir yil davomida yosh hamkasblarimiz o‘z tengdoshlarining manfaatlarini parlament minbariga olib chiqish, qonun ijodkorligi jarayoni hamda davlat dasturlarini hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etib, muhim institut sifatida shakllanib bormoqda. Yoshlar parlamenti o‘z fikriga ega va tashabbus ko‘rsata oladigan yoshlar uchun muhim maydonga aylanib bormoqda.
Ochiq muloqot davomida yoshlarning yangi va kreativ tashabbuslarini tingladik. Ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish, texnologiyalar va sun’iy intellekt asoslarini o‘rganish, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik loyihalarini ilgari surish hamda velosportni qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar kelgusida o‘z samarasini berishiga ishonamiz.
Kelajak — bugun harakat qilayotgan yoshlar qo‘lida. Barcha yoshlarimizga o‘z tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etishda muvaffaqiyat, qat’iyat va omad tilayman!
#YoshlarParlamenti
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤18🥰8👏8🔥3🤝3