Strategic Focus: Middle East and North Africa
4.34K subscribers
927 photos
497 videos
17 files
894 links
Yaqin Sharq va Mag’ribdagi yangiliklarni bizda kuzating.

@stratfocusca - Markaziy Osiyo

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Download Telegram
🚀 Strategic Focus guruhlariga qo‘shiling!

🔹 Markaziy Osiyo: https://xn--r1a.website/StratFocusCAchat
🔹 Yaqin Sharq: https://xn--r1a.website/stratfocusmenachat
🔹 AQSh va Yevropa: https://xn--r1a.website/stratfocusatlanticchat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Epshteyn hujjatlari: G‘arbcha “ochiqlik” qanday qilib javobgarlikdan qochish vositasiga aylandi

Yahyo Karimov, Strategic Focus kuzatuvchisi

Epshteyn hujjatlarining e’lon qilinishi zamonaviy G‘arb siyosiy tizimidagi bir chuqur muammoni ochib berdi. Xususan, rasmiy shaffoflik haqiqiy javobgarlik o‘rnini egallab bormoqda. Ya’ni, hujjatlar ochildi, ammo bu jamiyatni haqiqatga yaqinlashtirmadi - aksincha, uni yanada chalkashtirdi.

G‘arb demokratiyalari uzoq yillar davomida axborot ochiqligi avtomatik ravishda adolatni ta’minlaydi, degan da’voni ilgari surib keldi. Epshteyn ishi esa buning aksini ko‘rsatdi. Millionlab sahifalar izohsiz, tizimsiz va tahliliy vositalarsiz e’lon qilindi. Natijada asosiy savollar javobsiz qoldi: 1) jinoyat tarmog‘ini kim tashkil etgan, 2) uni kimlar himoya qilgan va 3) nega nufuzli shaxslar hanuzgacha javobgarlikka tortilmadi?

AQSh davlat institutlari rasmiy jihatdan “o‘z vazifasini bajargan”: hujjatlar ochildi va xalqqa taqdim etildi. Ammo asosiy ish (mazmunni ajratib ko‘rsatish va tizimli tushuntirish) bajarilmadi. Shu tariqa javobgarlik jamiyat zimmasiga yuklandi: “hujjatlar mana, o‘zingiz tahlil qiling”. Bu esa ta’sirli siyosiy va moliyaviy elitalarni himoyalovchi qulay pozitsiyadir.

Tizimli tergov o‘rniga axborot shovqini yuzaga keldi. Tasodifiy ism-shariflar, ahamiyatsiz elektron xatlar, fitna nazariyalari muhokama markaziga chiqdi. O‘zbek segmentida ham ko‘plab qizlar va keraksiz narsalar qizg‘in muhokama qilinmoqda. Asosiy masala - tashkillashtirilgan jinsiy zo‘ravonlik va odam savdosi - esa ikkinchi planga surildi. Natijada betartiblik senzura bilan bir xil vazifani bajarmoqda, faqat u “demokratik” va “ochiq” ko‘rinishda bo‘lmoqda.

G‘arb davlatlari ko‘pincha boshqa mamlakatlarni “yopiqlik” va “axborotni yashirish”da ayblab keladilar. Epshteyn ishi esa boshqa mexanizmni ko‘rsatdi: faktlarni yashirmay, aksincha ularni haddan tashqari ko‘p ma’lumot ichida cho‘ktirib yuborish chorasi ko‘rildi. Bu usul tizimning o‘zini saqlab qolishiga, elitalarni zarbadan himoya qilishga va siyosiy barqarorlikni buzmaslikka xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytsak, Epshteyn keysi bu shunchaki jinoiy ish yoki navbatdagi media shov-shuv emas. Bu G‘arb boshqaruv modelidagi tizimli inqiroz belgisidir. Unda axborot erkinligi javobgarlikni ta’minlamaydi, institutlar jabrlanuvchilardan ko‘ra o‘zini ko‘proq himoya qiladi, demokratiya esa tobora haqiqatni topish emas, balki keskinlikni pasaytirish texnologiyasiga aylanmoqda.

📨 O‘z tahliliy maqolangizni kanalda chiqarishni istasangiz, materialni @sfca_admin ga yuboring. Barcha maqolalar jamoamiz tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Strategic Focus: Central Asia
👍81
🇮🇷Eronda Nobel mukofoti sohibasi 7,5 yilga qamaldi

Eronlik inson huquqlari himoyachisi va 2023-yilgi Nobel tinchlik mukofoti laureati Nargiz Muhammadiy 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 53 yoshli faol “jinoyat sodir etish maqsadida yig‘ilishlarda qatnashish va fitna uyushtirish” ayblovi bilan 6 yil, shuningdek, “targ‘ibot olib borish” uchun 1,5 yil qamoq jazosiga hukm qilingan.

Bundan tashqari, u ozodlikka chiqqanidan so‘ng ikki yil davomida mamlakatdan chiqib ketish huquqidan mahrum etilgan.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokistonni birlashtirgan “sunniy harbiy blok” hozirgi tektonik geosiyosiy o‘zgarishlar fonida qanchalik mustaqil kuch markazi bo‘la oladi?

Farid Jabborov, Strategic Focus kuzatuvchisi

So‘nggi vaqtlarda dunyo bo‘ylab siyosiy ekspertlar sahna ortidan kelayotgan manbalarga tayanib Turkiya jumhuriyati Saudiya Arabistoni va Pokiston harbiy paktiga qo‘shilish uchun final kelishuvlar bo‘sag‘asida turgani haqida yozishmoqda. Siyosatshunoslar buni qisqa qilib “sunniy blok” deb atashdi. Xo‘sh, pirovardida Isroilning yozgi Qatar poytaxti Dohada XAMAS yetakchilariga qarshi qiruvchi samolyotlar bilan harbiy operatsiya o‘tkazishi ortidan Saudiya Arabistonining AQSh harbiy zontigi - himoyasidan xafsalasi pir bo‘lib yadroviy qurolga ega yagona musulmon davlati - Pokiston bilan harbiy pakt tuzishiga undagan bu “sunniy blok” kelajakda mustaqil kuch markazi bo‘la oladimi?

Bu blokning paydo bo‘lishi avvalo AQSh va Xitoy qarama-qarshiligi prizmasidan qaraydigan bo‘lsak Xitoy manfaatiga qo‘l keladi desak mubolag‘a bo‘lmas, chunki Turkiya va Saudiya Arabistoni doim AQShning Yaqin Sharq mintaqasidagi ittifoqdoshlari bo‘lib kelgan. Bu ikki davlatning mustaqil harbiy blok sari dreyf qilishi albatta AQSH taʼsir orbitasidan uzoqlashuvni anglatadi. Agar bu dreyf Pokiston sari bo‘lsa bu Xitoy uchun yanayam asqotadi. Pokiston va Xitoy aloqalari oddiy qo‘shnichilikdan har sohada strategik ittifoqchilikka chiqqaniga ancha yillar bo‘ldi. Shuning uchun bu blokning paydo bo‘lishi albatta AQSHga yoqmasligi aniq. Donald Tramp maʼmuriyatining tashqi siyosatdagi xatti-harakatlarini qandayligini bilsak, ular bu harbiy blokning kengaymasligi uchun nimalar qilishini taxmin etish oson.

Keyingi qarshilik esa Isroil va uning Yaqin Sharqdagi ittifoqchisi Birlashgan Arab Amirliklaridan keladi, chunki Isroil bu “sunniy blok”ni avvalo mintaqadagi kuch muvozanatini tubdan o‘zgartirib yuboradigan kuch deb o‘ylaydi va bu o‘zgarish aslo Isroil foydasiga bo‘lmasligini yaxshi biladi. Shuning uchun Isroil bu blokning rasmiy paydo bo‘lmasligi va kengaymasligi uchun butun salohiyati bilan qarshilik qiladi. Bu qarshilikning namunasi o‘laroq yaqinda BAA va Hindiston o‘rtasida imzolangan o‘zaro chuqur harbiy hamkorlik va ittifoqchilik shartnomasini keltirish mumkin. Tahlilchilar bu ikki davlatning uchinchi o‘zani Isroilga borib taqalishini va bu uchlik shartnomasi Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston uchligiga qarshi ekanini taʼkidlaydilar.

Xo‘sh bunday murakkab vaziyatda yangi shakllanayotgan “sunniy harbiy blok” mustaqil kuch markazi bo‘la oladimi? Bu savolning javobi bu uchlikdagi davlat rahbarlari va siyosiy elitaning bu mustaqillikka ne chog‘lik tayyor ekani, tashqi va ichki bosimlarga dosh bera olishi va siyosiy iroda ko‘rsatishiga bog‘liq. Agar shunday mustaqil kuch paydo bo‘lsa, bu albatta O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari uchun boshqa mustaqil kuch markazlariga nisbatan tarixiy birlik, jug‘rofiy yaqinlik, madaniy va diniy hamohanglikdan kelib chiqib jozibaliroq, ishonchliroq ko‘rinishi tabiiy hol. Kuzatishda davom etamiz.

📨 O‘z tahliliy maqolangizni kanalda chiqarishni istasangiz, materialni @sfca_admin ga yuboring. Barcha maqolalar jamoamiz tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Strategic Focus: Central Asia
🇮🇷🇮🇱🇺🇸Xomanaiyning nabirasi Isroil va AQSHga tahdid qildi

Oyatulloh Ali Xomanaiyning nabirasi Ali Ahmad Xomanaiy Isroil va Qo‘shma Shtatlarga qarata tahdidli bayonotlar bilan chiqqan. U isroilliklar agar biror islomiy davlat Isroilni raketalar bilan o‘qqa tutish va uni yo‘q qilish imkoniga ega bo‘lsa, ular Isroilga HAMAS qilganidek munosabatda bo‘lishini aytgan.

Xomanaiyning ta’kidlashicha, hozirda Isroilga qarshi chiqmayotgan mintaqa davlatlari ham buni qila olmasligini tan olayotganini bildirgan.

Uning aytishicha, Fors ko‘rfazi mamlakatlari ham qo‘shilgan holda barcha musulmon davlatlari, imkoniyat paydo bo‘lishi bilan Isroilni bombardimon qiladi. Shuningdek, u musulmonlar “ulardan (isroilliklardan) umuman qo‘rqmaydi” deya qo‘shimcha qilgan. Amerikaliklarga murojaat qilar ekan, Xomanaiy keskin ogohlantirish bergan.

“Siz bizning xo‘rlanishimizni ko‘rgandan ko‘ra, o‘lishingiz ehtimoli kattaroq”, degan u.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
👍51
AQSH nega Eronga hujum qilishga shoshilmayapti?

Himoyiddin O‘ralivich, Strategic Focus kuzatuvchisi

So‘nggi haftalarda eng jadal rivojlanayotgan geosiyosiy qarama-qarshiliklardan biri - AQSH - Isroil va Eron o‘rtasidagi taranglikdir. Isroil tomoni bosimni oshirayotgan bir paytda, Vashington ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda. Xo‘sh, AQSH nega shoshilmayapti?

Buning bir nechta fundamental sabablari bor:

1. Mintaqaviy urush xavfi. AQSH Eronga to‘g‘ridan - to‘g‘ri zarba bersa, bu cheklangan mojaro bo‘lib qolmasligi aniq. Eron AQSH hududiga bevosita hujum qila olmasligi mumkin, biroq Fors ko‘rfazi va Iroqdagi AQSH harbiy bazalari uning nishoniga aylanishi ehtimoli juda yuqori.

Bundan tashqari, Eronning mintaqaviy ittifoqchilari: Hizbulloh (Livan), Husiylar (Yaman), Iroqdagi shi’a qurolli guruhlar faollashadi. Bu esa Yaqin Sharqda zanjirli urushni boshlab yuboradi. AQSH hozir bir vaqtning o‘zida shunday yirik va murakkab frontni ochishga tayyor emas.

2. Neft bozori va global iqtisodiyot. Eron - neft bozoriga bevosita ta’sir qila oladigan davlat. Eng muhim nuqta - Ho‘rmuz bo‘g‘ozi. Agar Eron ushbu bo‘g‘ozni yopsa, dunyo bo‘yicha neft oqimining 20-25 foizi xavf ostida qoladi.

Bunday ssenariy: a) neft narxlarining keskin oshishiga, b) global inflyatsiyaning kuchayishiga, d) AQSH ichki siyosatida jiddiy bosim paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu esa Vashington uchun strategik jihatdan o‘ta noqulay.

3. Rossiya va Xitoy omili. Eron bilan bog‘liq qarama - qarshilikda Rossiya va Xitoy omilini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. So‘nggi davrda Eronga harbiy texnika va texnologiyalar yetkazib berilgani haqida ma’lumotlar mavjud.

AQSH bunday vaziyatda Rossiya, Xitoy, va Eron kabi uchta geosiyosiy raqib bilan bir vaqtning o‘zida ochiq mojaro qilishni istamaydi. Bu global kuchlar muvozanatini izdan chiqarishi mumkin.

4. Isroil bosimi va AQSHning cheklangan strategiyasi. Isroil Eronga nisbatan doimiy bosim tarafdori. Biroq AQSH, Isroilni siyosiy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlasa-da, urushni shaxsan o‘zi boshlashni istamaydi. Vashingtonning asosiy uslubi: cheklangan zarbalar, sanksiyalar, diplomatik va iqtisodiy bosim.

5. Isroilning mustaqil zarba ehtimoli. The Jerusalem Postning 8-fevral kungi xabariga ko‘ra, Isroil AQSHni Eronga qarshi yakka tartibda zarba berishga tayyorligi haqida ogohlantirgan. Bu esa AQSH uchun qo‘shimcha bosim bo‘lsa-da, Vashington hali ham vaziyatni nazorat ostida ushlab turishga urinmoqda.

Xulosa qilib aytganda, AQSH Eronga hujum qilish oqibatlarini yaxshi tushunadi. Harbiy zarba: mintaqaviy urush, energetik inqiroz, ichki siyosiy beqarorlik kabi jiddiy xatarlarni keltirib chiqaradi. Shu sababli hozircha Vashington vaziyatni kuzatmoqda va hisob-kitob qilmoqda. Isroil hujum bo‘lishiga umid qilmoqda. Eron esa ochiq ogohlantirmoqda: agar hujum bo‘lsa, javob bo‘ladi.

📨 O‘z tahliliy maqolangizni kanalda chiqarishni istasangiz, materialni @sfca_admin ga yuboring. Barcha maqolalar jamoamiz tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🔥21137👏3💘2👍1🥰1😇1
Eronda namoyishlarda qoʻlga olinganlar afv etilmaydi

Eron sud hokimiyati rahbari norozilik namoyishlari chog‘ida ushlanganlar 1979-yilgi Islom inqilobi yilligiga bag‘ishlab har yili o‘tkaziladigan afv dasturlariga kiritilmasligini ma’lum qildi.

“Xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha mahkumlarning ismlarini afv ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ko‘rsatma berdim”, dedi Eron sud hokimiyati rahbari G‘ulomhusayn Muhseni-Ejeyi.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
👎2
Iroqqa ISHIDning 2,2 ming nafar jangarisi olib kelindi

“Iroq Suriyadagi qamoqxonalar va lagerlardan ko‘chirib kelingan 2 250 nafar ISHID terrorchisini qabul qilib bo‘ldi”, dedi Iroq xavfsizlik xizmatlari matbuot markazi rahbari, general-leytenant Saad Maan.


Qayd etilishicha, ular orasida 40 dan ortiq davlatning fuqarolari bor. Iroq hukumati ISHID a’zolariga nisbatan huquqiy jarayonlarni boshlagan.

Tergov muddati 4–6 oy etib belgilangan bo‘lib, ish materiallarida kimyoviy qurol qo‘llash hamda genotsid jinoyatlari bo‘yicha ayblovlar mavjud. Tergovlar to‘liq yakunlangunga qadar ekstraditsiya masalasi ko‘rib chiqilmaydi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Livanda turar joy binosi qulab tushishi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
😢1
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston yo‘llarini ta’mirlab, ta’limini rivojlantirmoqchi

8-fevral kuni Saudiya Arabistonining Al-Ula shahrida Ikkinchi AlUla Konferensiyasi (Rivojlanayotgan Bozorlar Iqtisodiyoti) doirasida Islom Taraqqiyot Banki Prezidenti Muhammad Al Jasur va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari hamda Iqtisodiyot va Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov muhim infratuzilma va ijtimoiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida moliyalashtirish shartnomalarini imzolagan.

Birinchi shartnoma – bu 4R40 Dashtobod–Zomin–Baxmal–G‘allaorol Yo‘lini Qayta Qurish Loyihasi uchun bankning jami 192 mln AQSH dollarlik mablag‘ ajratish majburiyatining 70 mln dollarlik bosqichi.

Ikkinchi shartnoma – SmartEd loyihasi uchun ITBning jami 160,25 mln dollarlik hissasining 94,06 mln dollarlik bosqichini rasmiylashtiradi. SmartEd loyihasi O‘zbekiston bo‘ylab 58 ta yangi ta’lim muassasasini qurish va jihozlash hamda mavjud maktablarga 2,431 sinf xonasi qo‘shishni nazarda tutadi.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
👍8
🇮🇱🇵🇸Isroil falastinliklarni Somalilendga ko‘chirmoqchi

Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmud mamlakatidan yaqinda ajrab chiqqan Somalilend Isroil 3 ta asosiy masala bo‘yicha kelishib olgani haqida ma’lum qilgan. Uning aytishicha, uchta kelishuv falastinliklarni ko‘chirish, harbiy baza joylashtirish va Somalilendning Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilishidan iborat.

Shayx Mahmud ko‘proq harbiy baza qurilishidan xavotirda, chunki Isroilning harbiy baza qirishi qaysidir davlatga hujum qilish ehtimoli borligini anglatadi.

“Hozircha Somalida Isroil xavfsizlik kuchlari yo‘q, va biz yaqin kelajakda ularning paydo bo‘lishini kutmayapmiz. Ammo agar bu sodir bo‘lsa, bu boshqa kun va boshqa muhokama bo‘ladi. Biz imkoniyatlarimiz doirasida kurashamiz, albatta o‘zimizni himoya qilamiz. Biz bunga qarshimiz va buni hech qachon qabul qilmaymiz”, degan Prezident.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
3
🇮🇷🇮🇱Eron Isroilni ehtimoliy hujum bilan qo‘rqitdi

Tehrondagi mashhur Falastin maydonida ulkan banner o‘rnatilgan. Unda Gush-Dan hududi (Katta Tel-Aviv) atrofidagi ehtimoliy nishonlar xaritasi tasvirlangan, shuningdek, ibroniy tilida ogohlantirish yozuvi keltirilgan.

“Raketalar yomg‘iri qarshisida – bu juda kichik hudud”, deyilgan yozuvda.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
14👍4🔥1😁1🥴1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇱🇾Liviyada vertolyot qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Kecha, 9-fevral kuni Al-Kufra shahridan 300 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan As-Sara bazasida sanitariya aviatsiyasiga tegishli vertolyot qulab tushishi oqibatida besh kishi halok bo‘lgan.

Vertolyot yo‘l-transport hodisasida jarohat olgan Liviya Milliy armiyasining batalyonlaridan biriga mansub askarni evakuatsiya qilayotgan bo‘lgan.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
1
🇺🇸🇯🇴AQSH Iordaniyadagi Muvaffaq Salti aviabazasida THAAD tizimlarini to‘liq joylashtirdi

Xitoy sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tizimning to‘liq joylashtirganini ko‘rsatmoqda.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— Туркия ядровий қуролга эга бўлиши керакми?

— Ҳоқон Фидан: :)

👉@suhrob_buranov👈
😁93👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇱🇮🇷 Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu TikTok da Eronga hujum qilishning ehtimoliy ssenariysi muhokama qilingan videoni e’lon qildi.

Unda hozirda Arabiston dengizida joylashgan «USS Abraham Lincoln” aviatashuvchi kemasi va uning aviatsiya guruhidan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤬8💩6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷🇮🇱🇺🇸 Bu esa Eronning javobi.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan bog‘liq kanallar, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan videoni e’lon qilishdi, unda Arab dengizidagi CVN 72 Abraham Linkoln aviatashuvchi kemasi va uning zarba beruvchi guruhiga dronlar, artilleriya qayiqlari, raketalar va suv osti kemalari yordamida hujum ko‘rsatilgan ko‘rinadi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🔥104🥴1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turkiya parlamentida yangi adliya vazirining qasamyodi vaqtida deputatlar mushtlashdi

Muxolifatdagi deputatlar uning tayinlanishini “qonun ustuvorligiga hujum” deb baholadi. Yangi adliya vaziri Akin Gurlek Istanbul bosh prokurori lavozimida ishlagan. U 2025-yil mart oyida Istanbul meri Akrom İmamo‘g‘lini hibsga olishga order bergan edi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
👌5