Strategic Focus: Middle East and North Africa
3.11K subscribers
889 photos
470 videos
17 files
822 links
Yaqin Sharq va Mag’ribdagi yangiliklarni bizda kuzating.

@stratfocusca - Markaziy Osiyo

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tehronda hukumatni qo‘llab namoyishga chiqqanlar Tramp va Netanyaxuning rasmlarini yoqmoqda.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🔥14👍7😁1
Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘yicha Strategic Focus ekspertlarining munosabati

M.Imomov
: Shavkat Mirziyoyevning Xavfsizlik kengashidagi nutqi O‘zbekiston nihoyat xavfsizlik masalasida illuziyalardan voz kechayotganini ko‘rsatdi. Bugun dunyoda xalqaro huquq emas, kuch, texnologiya va tezkorlik ishlayapti. Shu sharoitda mudofaani mustahkamlash - tanlov emas, majburiyat.

S.Pinxasova: Proaktiv yondashuvga o‘tish haqidagi signal - real vaziyatni ochiq tan olishdir: tahdidlar endi nazariy emas, ular tizimli va doimiy tus oldi. Markaziy Osiyo bir vaqtning o‘zida transmilliy ekstremizm, yirik davlatlar o‘rtasidagi raqobat va axborot-gibrid bosimlar kesishgan hududga aylangan. Hozirgi vaqtda mintaqada passiv pozitsiyada turish strategik xatodir.

A.Fayzullozoda: Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilishda raqamlashtirish va texnologik ustunlikka urg‘u berilishi - O‘zbekistonning “son bilan emas, sifat bilan himoyalanish” yo‘lini tanlaganidan dalolat. Bugungi urushlar maydonda emas, sensorlar, dronlar, sun’iy intellekt va boshqaruv algoritmlari orqali yutilmoqda.

K.Ametov: Mudofaa sanoatini rivojlantirish masalasi eng nozik, ammo eng muhim nuqta. O‘z qurolini, o‘z texnologiyasini ishlab chiqarmagan davlat oxir-oqibat boshqalarga qaram bo‘lib qoladi. Haqiqiy suverenitet faqat ishlab chiqarish zanjiri, texnologiya va muhandislik maktabi mamlakat ichida bo‘lgandagina shakllanadi.

D.Olimova: 1997-yilda qabul qilingan Milliy xavfsizlik konsepsiyasi hamda amaldagi Mudofaa doktrinasi bugungi geosiyosiy muhitda deyarli tarixiy hujjatlar darajasida qolib ketdi. Ular bir qutbli dunyo, tashqi xavfsizlik kafolatlariga tayanish mumkin bo‘lgan va global tartib nisbatan barqaror bo‘lgan davrda ishlab chiqilgan edi. Bugun esa mutlaqo boshqa reallik yuzaga chiqdi - ko‘p qutbli, beqaror va ochiq raqobat hukmron bo‘lgan dunyo. Shu bois bu hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish oddiy tahrir yoki texnik yangilanish emas, balki davlatning o‘zini qaysi strategik makonda yashayotganini anglab yetishi, ya’ni geosiyosiy tafakkurni tubdan yangilash masalasidir.

Strategic Focus: Central Asia
2👍1
🇸🇾🇪🇺Suriya prezidenti Damashqda Yevropa Ittifoqi rahbarlarini qabul qildi

Ahmad ash-Shara Damashqda Yevropa Kengashi Prezidenti Antonio Kosta va Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi.

Ular Suriyani qayta tiklash, gumanitar masalalar, qochqinlar, iqtisodiy hamkorlik va siyosiy muloqot masalalarini muhokama qilib, mamlakatning hududiy yaxlitligi muhimligini ta’kidlagan.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
7🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇱🇵🇸Isroil ko‘chmanchilari falastinlik qariyani ayovsiz kaltakladi

G‘arbiy Sohilda niqoblangan erkaklar mahalliy falastinliklarga hujum uyushtirib, 67 yoshli qariyani shafqatsizlarcha kaltaklagan. Basim Solih Yosin kar bo‘lgani uchun ogohlantirishni eshitmagan va ketishga ulgurmagan.

U hozir shifoxonada, uning qo‘l suyaklari singan, shuningdek yuz, ko‘krak va bel qismidan jarohatlar olgan.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤬18
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇱🇵🇸Isroil armiyasi kuchlari Quddus sharqidagi Al-Eyzariya shaharchasida to‘yxonaga bostirib kirib, uning ichiga gazli pirotexnikalarni otdi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤬9👎3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷Eron bo‘ylab dafn marosimlari o‘tkazildi

Eronliklar so‘nggi bir necha kun davomida qurolli tartibsizliklar paytida halok bo‘lgan xavfsizlik kuchlari a’zolari uchun ommaviy dafn marosimlarida qatnashgan.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
🕊8🔥2😢1
Tramp Eron aholisini namoyishlarni to‘xtatmaslikka chaqirdi

AQSH rahbari Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, Eronda namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlik to‘xtamaguncha Eron rasmiylari bilan barcha uchrashuvlarni bekor qilishini e’lon qilib, ular buning uchun katta tovon to‘lashini aytgan va “yordam yo‘l”daligini ham ta’kidlagan.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🖕111
Yevropa urushni tanladi va suverenitetdan voz kechdi!

NATO soyasida yo‘qolgan suverenitet, sanksiyalar ortidagi o‘zini-o‘zi yemirish va tashqi boshqaruvning ko‘rinmas mexanizmlari - bu materialda Yevropaning bugungi geosiyosiy holati ochiq va sovuqqon ko‘rib chiqiladi.

Batafsil: https://xn--r1a.website/stratfocusatlantic/1985
Ilon Mask Eronda internetga bepul kirish imkonini yaratdi

Bloombergning xabar berishicha, Ilon Maskga qarashli SpaceX kompaniyasi Erondagi bir necha kunlik internet uzilishidan so‘ng Starlink sun’iy yo‘ldosh xizmatini bepul qilib qo‘ygan va NetBlocks internet monitoring xizmati, Eronda norozilik namoyishlari boshlanganidan beri birinchi marta butun mamlakat bo‘ylab internet uzilganini endi e’lon qilgan.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🖕4
Isroil BMTga qarashli bir qator tashkilotlar bilan aloqalarni uzmoqda

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saarning ma’lum qilishicha, BMTning Isroilga nisbatan tarafkashligi tufayli uning bir nechta agentliklari va xalqaro tashkilotlari bilan aloqalarini uzadigan bo‘ldi.

Tashkilotning Bolalar va qurolli mojarolar bo‘yicha maxsus vakili idorasi, Gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirish bo‘yicha idorasi, Savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi, G‘arbiy Osiyo uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, Sivilizatsiyalar alyansi, Energetika komissiyasi, Migratsiya va rivojlanish bo‘yicha global forumi shular jumlasidandir.

Hozirda, vazirlik Isroilning BMTga tegishli boshqa agentliklari bilan aloqalarini o‘rganishda davom etmoqda.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
Eronga qarshi axborot urushi

M.Imomov, Strategic Focus eksperti

I. Ekspertlar hamjamiyati Eron atrofida shakllanayotgan axborot foniga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Rasmiy bayonotlar, mustaqil tuzilmalar va G‘arb OAVlari keltirayotgan ma’lumotlar o‘rtasidagi keskin tafovut real jarayonlar va ularning talqini o‘rtasidagi ziddiyatni ochib bermoqda.

II. Ekspertlar voqealar rivojidagi muhim signallarni qayd etmoqda.

Birinchidan, qurbonlar soni bo‘yicha tarqatilayotgan raqamlar o‘ta nomutanosib. Rasmiy manbalar yuzlab qurbonlar haqida gapirsa, ayrim huquqni himoya qiluvchi tuzilmalar bu ko‘rsatkichni bir necha baravar oshirmoqda, G‘arb OAVlari esa minglab va hatto o‘n minglab qurbonlar narrativini ilgari surmoqda. Ya’ni gap statistik aniqlikda emas, balki axborot eskalatsiyasida ketmoqda.

Ma’lumot uchun. Human Rights Activist News Agency hisob-kitoblariga ko‘ra, namoyishlarda 648 eronlik halok bo‘lgan; Reuters - 2 ming; The New York Times - 3 ming; Iran International - 12 ming; CBS News - 20 ming eronlik o‘ldirilgani haqida xabar bergan.


Ikkinchidan, bunday mexanizm ilgari ham qo‘llangan. Iroqdagi “kimyoviy qurol”, Liviyadagi Beng‘ozi voqealari yoki Suriyadagi “hisobsiz qurbonlar” haqidagi kampaniyalar bir xil mantiq asosida ishlagan: avval maksimal raqamlar, keyin hissiy bosim, so‘ng “tezkor choralar” talabi. Faktlar esa ko‘pincha vaqt o‘tgach va faqat cheklangan auditoriya e’tiboriga havola etilgan.

Uchinchidan, bugungi vaziyatda raqamlarning aynan hozir keskin oshirilishi tasodifiy emas. Tezkor ichki beqarorlashtirish ssenariysi ishlamagach, bosim axborot maydoniga ko‘chirilmoqda. Amalda esa maqsad voqealarni aniqlashtirish emas, balki tashqi auditoriyani bo‘lajak intervensiyaga psixologik jihatdan tayyorlashdir.

III. Ekspertlar mavjud dinamika yaqin muddatdagi ssenariyni belgilashini ta’kidlamoqda.

Yaqin istiqbolda axborot bosimi saqlanib qoladi va raqamlar siyosiy konyunkturaga mos ravishda o‘zgarishda davom etadi. Noaniqlik holati ataylab cho‘zilmoqda, bu esa siyosiy va diplomatik manevrlar uchun qulay fon yaratadi. Amalda esa vaziyatni aniqlashtirish emas, balki ta’sir o‘tkazish ustuvor bo‘lib qolmoqda.

Shu bilan birga, asosiy savol ochiq qolmoqda: harbiy eskalatsiya real ssenariymi yoki axborot bosimi bilan cheklanish rejalashtirilganmi. Bu noaniqlikning o‘zi jarayonning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda.

IV. Asosiy xavf - Eronni Iroq yoki Liviya bilan qiyoslashdir. G‘arbiy media tarqatayotgan narrativ mamlakatni tez parchalanadigan tizim sifatida ko‘rsatishga urinadi, biroq bu yondashuv Eron institutlarining saqlanib qolganini, uzoq yillik sanksiyalar sharoitida moslashuv shakllanganini va mintaqaviy ta’sir mexanizmlarini hisobga olmaydi.

V. Bugungi axborot manzarasi gumanitar vaziyatni xolis tahlil qilishdan ko‘ra, tashqi bosimni asoslashga qaratilgan axborot-psixologik tayyorgarlikni ko‘proq eslatmoqda. Raqamlar va sarlavhalar tez-tez almashadi, biroq strategik haqiqat o‘zgarmaydi: bu jarayonda hissiyotlar emas, balki sovuqqon hisob-kitob hal qiluvchi ahamiyatga ega. Savol shuki, axborot shovqini ortidan haqiqatan ham muvozanatli va oqilona qarorlar qabul qilinadimi?

Strategic Focus: Central Asia
3🤔2
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
🇺🇸🇮🇷🇵🇰 Трамп Теҳронга АҚШ Эронга зарба бермаслиги ҳақида хабар берди, деб маълум қилди республиканинг Покистондаги элчиси

Эроннинг Покистондаги элчиси Трамп Теҳронни мамлакатга зарба беришдан бош тортгани ҳақида хабардор қилганини ва кескинликка жавобан Эронни ўзини тутишга чақирганини айтди. Дипломатнинг сўзларига кўра, Трамп шунингдек, ҳарбий можаролардан қочишга умид билдирган ва урушни хоҳламаслигини таъкидлаган.

Strategic Focus: LIVE
😁21
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
🇺🇸🇮🇷 Трампнинг Эронга зарба бериш режаси йўқлиги ҳақидаги хабарларга жавобан, АҚШ сенатори Линдси Грем шундай деди:

"Ёвуз Эрон режимига қарши қатъий чоралар кўриш қарори Президент Трампнинг шахсий иродаси ёки қатъиятига боғлиқ эмас. Воқеаларнинг бу версияси бутунлай ёлғон. Аслида, бунинг акси ҳақиқат. Бизни кузатиб боринг."

Strategic Focus: LIVE
👎8😁1