Strategic Focus: Middle East and North Africa
3.1K subscribers
889 photos
470 videos
17 files
822 links
Yaqin Sharq va Mag’ribdagi yangiliklarni bizda kuzating.

@stratfocusca - Markaziy Osiyo

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Download Telegram
Eronda hozir soat 19:34. Hech qanday norozilik namoyishlari kuzatilmayapti.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
👏192👎1😐1
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronga xalqaro reyslar bosqichma-bosqich qayta yo‘lga qo‘yilmoqda.

Lufthansa 16-yanvardan boshlab Tehronga aviareyslarni qayta tiklaydi.

Shuningdek, AnadoluJet va flydubai ham joriy hafta davomida Tehronga parvozlarni qayta boshlaydilar.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
👍32👎1
Erondagi inqiroz nihoyasiga yetdi

Hukumat o‘z tarafdorlarini ommaviy yurishlarga safarbar qildi, butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan marshlarda kamida 6 milliondan ortiq kishi qatnashdi.

Amerikadagi xoin shahzoda R.Pahlaviy bugun o‘z tarafdorlariga murojaat qilmadi. Aksincha, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSh prezidentiga tvit yo‘lladi.

Umuman olganda, ushbu inqiroz yakunlangan deb baholanishi mumkin.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
👍22🕊53👎2
⚡️ Aytishlaricha, bugun kechqurun AQSh Eronga zarba berishi kutilmoqda.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
😱14👎4👀4👍1🤬1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yigirmaga yaqin isroillik ko‘chmanchilar 8-yanvar kuni bosib olingan G‘arbiy Sohildagi bir qishloqqa hujum uyushtirdi. Videoda bir nechta mashinalarga o‘t qo‘yilgani va bir keksa kar odamga shafqatsizlarcha hujum qilinganini ko‘rish mumkin.

Jabrlangan odam 67 yoshda bo‘lib, nogironligi tufayli ko‘chmanchilarning kelayotganini eshitmagan va qochishga ulgurmagan. Hozirda erkak shifoxonada qo‘l va jag‘ suyaklarining sinishidan davolanmoqda.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤬26
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tehronda hukumatni qo‘llab namoyishga chiqqanlar Tramp va Netanyaxuning rasmlarini yoqmoqda.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🔥14👍7😁1
Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘yicha Strategic Focus ekspertlarining munosabati

M.Imomov
: Shavkat Mirziyoyevning Xavfsizlik kengashidagi nutqi O‘zbekiston nihoyat xavfsizlik masalasida illuziyalardan voz kechayotganini ko‘rsatdi. Bugun dunyoda xalqaro huquq emas, kuch, texnologiya va tezkorlik ishlayapti. Shu sharoitda mudofaani mustahkamlash - tanlov emas, majburiyat.

S.Pinxasova: Proaktiv yondashuvga o‘tish haqidagi signal - real vaziyatni ochiq tan olishdir: tahdidlar endi nazariy emas, ular tizimli va doimiy tus oldi. Markaziy Osiyo bir vaqtning o‘zida transmilliy ekstremizm, yirik davlatlar o‘rtasidagi raqobat va axborot-gibrid bosimlar kesishgan hududga aylangan. Hozirgi vaqtda mintaqada passiv pozitsiyada turish strategik xatodir.

A.Fayzullozoda: Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilishda raqamlashtirish va texnologik ustunlikka urg‘u berilishi - O‘zbekistonning “son bilan emas, sifat bilan himoyalanish” yo‘lini tanlaganidan dalolat. Bugungi urushlar maydonda emas, sensorlar, dronlar, sun’iy intellekt va boshqaruv algoritmlari orqali yutilmoqda.

K.Ametov: Mudofaa sanoatini rivojlantirish masalasi eng nozik, ammo eng muhim nuqta. O‘z qurolini, o‘z texnologiyasini ishlab chiqarmagan davlat oxir-oqibat boshqalarga qaram bo‘lib qoladi. Haqiqiy suverenitet faqat ishlab chiqarish zanjiri, texnologiya va muhandislik maktabi mamlakat ichida bo‘lgandagina shakllanadi.

D.Olimova: 1997-yilda qabul qilingan Milliy xavfsizlik konsepsiyasi hamda amaldagi Mudofaa doktrinasi bugungi geosiyosiy muhitda deyarli tarixiy hujjatlar darajasida qolib ketdi. Ular bir qutbli dunyo, tashqi xavfsizlik kafolatlariga tayanish mumkin bo‘lgan va global tartib nisbatan barqaror bo‘lgan davrda ishlab chiqilgan edi. Bugun esa mutlaqo boshqa reallik yuzaga chiqdi - ko‘p qutbli, beqaror va ochiq raqobat hukmron bo‘lgan dunyo. Shu bois bu hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish oddiy tahrir yoki texnik yangilanish emas, balki davlatning o‘zini qaysi strategik makonda yashayotganini anglab yetishi, ya’ni geosiyosiy tafakkurni tubdan yangilash masalasidir.

Strategic Focus: Central Asia
2👍1
🇸🇾🇪🇺Suriya prezidenti Damashqda Yevropa Ittifoqi rahbarlarini qabul qildi

Ahmad ash-Shara Damashqda Yevropa Kengashi Prezidenti Antonio Kosta va Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi.

Ular Suriyani qayta tiklash, gumanitar masalalar, qochqinlar, iqtisodiy hamkorlik va siyosiy muloqot masalalarini muhokama qilib, mamlakatning hududiy yaxlitligi muhimligini ta’kidlagan.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
7🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇱🇵🇸Isroil ko‘chmanchilari falastinlik qariyani ayovsiz kaltakladi

G‘arbiy Sohilda niqoblangan erkaklar mahalliy falastinliklarga hujum uyushtirib, 67 yoshli qariyani shafqatsizlarcha kaltaklagan. Basim Solih Yosin kar bo‘lgani uchun ogohlantirishni eshitmagan va ketishga ulgurmagan.

U hozir shifoxonada, uning qo‘l suyaklari singan, shuningdek yuz, ko‘krak va bel qismidan jarohatlar olgan.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤬18
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇱🇵🇸Isroil armiyasi kuchlari Quddus sharqidagi Al-Eyzariya shaharchasida to‘yxonaga bostirib kirib, uning ichiga gazli pirotexnikalarni otdi.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🤬9👎3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷Eron bo‘ylab dafn marosimlari o‘tkazildi

Eronliklar so‘nggi bir necha kun davomida qurolli tartibsizliklar paytida halok bo‘lgan xavfsizlik kuchlari a’zolari uchun ommaviy dafn marosimlarida qatnashgan.


Strategic Focus: Middle East and North Africa
🕊8🔥2😢1
Tramp Eron aholisini namoyishlarni to‘xtatmaslikka chaqirdi

AQSH rahbari Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, Eronda namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlik to‘xtamaguncha Eron rasmiylari bilan barcha uchrashuvlarni bekor qilishini e’lon qilib, ular buning uchun katta tovon to‘lashini aytgan va “yordam yo‘l”daligini ham ta’kidlagan.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🖕111