❤15👍7👏5🤬1
Forwarded from Strategic Focus: Atlantic
AQSh razvedka rahbari Tulsi Gabbard Tramp ishonchini yo‘qotmoqda
Amerika OAVlari xabar berishicha, Trampning AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbardga munosabati keskin o’zgarmoqda. Asosiy sabab — Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha u bildirgan fikrlar Trampning pozitsiyasiga zid kelmoqda.
Yaqinda internetda Gabbard chiqishi aks etgan video tarqaldi. Unda u “siyosiy elita”ni yadro davlatlari o‘rtasida qo‘rquv va ziddiyatni kuchaytirayotganlikda aybladi. Tramp jamoasi bu chiqishni prezidentning o‘ziga qaratilgan yashirin tanqid deb qabul qilgan, ayniqsa Trampning Eron bo‘yicha keskin siyosatini hisobga olganda. Ta’kidlash joiz, Gabbard ilgari ham Trampni tanqid qilgan — xususan, AQShni Eron bilan yadro kelishuvdan chiqargani va 2020-yilda Qosim Sulaymoniyni o’ldirgani uchun.
Trampning atrofidagilari Gabbard “chiziqni bosib o‘tdi” degan fikrda — va u yaqin orada o‘z ta’sir kuchidan ayrilishi mumkin.
G’arbiy alyans

❤13👍7
Bugun kechasi AQSH Fordo obyektiga qarshi 6 ta bunkerbuzar bomba yo‘lladi.
Natanz va Isfahondagi yadro obyektlariga 30 ta “Tomahawk” raketasi uchirildi.
Tramp: Bugun kechasi biz katta muvaffaqiyatga erishdik. Endilikda Isroil ancha xavfsiz holatda.
@erontahlili

🤬27👎8❤2💩1
Saudiya Arabistonining radiatsiyani monitoring qilish bo‘yicha komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazining boshqa davlatlarida radiatsiya darajasida hech qanday o‘zgarish qayd etilmadi.
@erontahlili
@erontahlili
👍18❤4
22 IYUN, YAKSHANBA kuni, Tehron vaqti bilan taxminan tonggi soat 4 da AQSH Eronga hujum qildi. Shundan so‘ng esa Tramp Eronni tinchlikka chaqirdi. Ikkiyuzlamachilikning eng yorqin namunasidir.
GITLER ham SSSRga 1941-yil 22 iyun kuni erta tongda hujum qilgandi.
@erontahlili
GITLER ham SSSRga 1941-yil 22 iyun kuni erta tongda hujum qilgandi.
@erontahlili
❤21😡10🤬4😱3
💯26❤20🖕4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎14🤬11👍4❤2👏1😡1
Forwarded from Strategic Focus: Central Asia
Biz – O‘zbekiston – Markaziy Osiyoning, Turkistonning, Turonning markazidagi, yuragidagi davlatmiz, xalqmiz, millatmiz. Markaziy Osiyodagi to‘rtta (Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston) birodar, qo‘shni davlat va xalqlardan keyin, biz uchun qadrli, qimmatli bo‘lgan yana to‘rtta janubiy davlatlar borki, bu bizning xavfsizligimiz uchun, tinchligimiz va taraqqiyotimiz uchun eng muhim davlatlardir.
Bular – Turkiya, Eron, Afg‘oniston va Pokiston. Bu davlatlar – bizning tarixiy birodarlarimiz, qon-qardoshlarimiz. Tarixan, bu davlatlar va xalqlar bilan bitta madaniy makonda bo‘lganmiz. Bugungi global raqobatlar davrida, bitta sivilizatsion guruhdamiz. Bularning birontasining yiqilishi – biz uchun ham muammo yoki tahdid keltiradi. Bugun Eronning boshiga katta imtihonlar kelmoqda. G‘arb Eronni yiqitib, Isroil uchun qulay bo‘lgan katta koridor ochmoqchi.
Bundan keyin biz janubdagi to‘rtta qo‘shni davlatlarga g‘arb stereotiplari orqali qarashni to‘xtatishimiz kerak. Jamoatchilik fikrini ko‘p kuzatdim, O‘zbekiston jamoatchiligining 90% yoki undan ko‘prog‘i Eronni qo‘llab-quvvatlamoqda. Chunki xalqimiz Isroil–Eron to‘qnashuvlarida kim kim ekanligini yaxshi tushunib bo‘ldi. Dunya hamjamiyati ham kim jinoyatchi, kim genotsid qilayotgan davlat ekanligini yaxshi tushunib bo‘ldi. Xudodan Eronga nusrat so‘raymiz!
K.Rabbimov, siyosatshunos olim
Strategic Focus: Central Asia

❤33👍19💯4🤔1
❤35👍10🔥5❤🔥1👏1
AQSh Eronni yadro obyektlariga beriladigan tungi zarbalar haqida oldindan ogohlantirgan.
@erontahlili
@erontahlili
😁32🤔7🔥4
AQSh va Isroil Eronga hujum qilayotgan bir paytda, ayrimlar chiqib olib, bu urushni “turk dunyosining manfaatlari” deb ko‘rsatmoqchi bo‘lishyapti: go‘yo Eron — bizga dushman, unga qarshi chiqish esa bizning burchimiz ekan. Bunday gaplarni eshitib, odam hayron qoladi.
Axir qanday qilib turkiy o’zlik masalasini AQSh va Isroilning urushiga aralashtirish mumkin? Eron bilan turkiy xalqlar o‘rtasida muammo yo‘q-ku. Nega biz boshqalarning urushi uchun o‘zimizni qurbon qilishimiz kerak? Nega bizni boshqa davlatlarning manfaatlariga xizmat qiladigan qilib ko‘rsatishyapti?
To’g’ri, Eron ideal davlat emas, lekin bugun unga tashqaridan hujum bo‘lyapti. U o‘zini himoya qilmoqda. Biz esa, hech bo‘lmasa, betaraf bo‘lishimiz kerak. Ammo ba’zi “ziyolilar” turkiylikni niqob qilib, aslida o‘zlarining siyosiy nodonligini yoki dushman propagandasini yashirishmoqda.
Turkiy o’ziga xoslik kuchli va mustaqil bo‘lish, adolat tarafida turishni nazarda tutadi. Boshqalarning buyrug‘i bilan birodar musulmon xalq ustiga bombalar otish biz bilgan turkiylar manfaatiga zid. Asl turkiylar hech qachon tajovuzkorning yonida bo‘lmaydi.

❤42👍19💯12🔥6👎3🤬1
Aroqchi: Eron mustaqilligi va suvereniteti masalasida hech qachon murosaga bormaymiz
Eron Islom Respublikasi o‘z hududi, suvereniteti va xalqini himoya qilishni davom ettiradi. Bu haqda Eronga qarshi AQSh va sionist rejim tomonidan amalga oshirilgan yadroviy obyektlarga hujumlar yuzasidan Istanbulda matbuot anjumani o‘tkazgan Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bayonot berdi.
“Biz mustaqillik va suverenitet masalasida hech qanday murosani qabul qilmaymiz. AQShning Eronning tinch yadroviy inshootlariga harbiy bostirib kirishi xalqaro huquq normalarining misli ko‘rilmagan va ochiqchasiga buzilishidir. Qonunlarni pisand qilmaydigan bu tajovuzkor hukumat yuzaga kelgan xavfli oqibatlar va zarar uchun to‘liq javobgardir”, — dedi vazir.

🔥22❤10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eron prezidenti AQSh tajovuziga qarshi norozilik bildirayotgan namoyishchilarga qo‘shildi.
Odamlar Pezeshkian ishtirokida “Qasos!” deb hayqirmoqda.
@erontahlili
Odamlar Pezeshkian ishtirokida “Qasos!” deb hayqirmoqda.
@erontahlili
👍40❤10🔥5❤🔥3👎3
Eron tashqi ishlar vaziri Aroqchi Moskvaga keldi. Bugun Putin bilan uchrashuv rejalashtirilgan.
@erontahlili
@erontahlili
🔥18❤7👍3
Forwarded from Muhrim / Муҳрим
Trampning Eronni bombardimon qilish haqidagi qarori, menimcha, Putinning Ukrainaga bostirib kirish haqidagi qaroridan ham yomonroq narsa bo‘ldi. Trampning bu qarori endi Putin va unga o‘xshash (yoki o‘xshagisi keladigan) boshqa prinsipsiz qonxo‘rlarning yanada avjiga chiqishiga bir bahonai sabab, o‘z razil xatti-harakatlarini oqlash uchun zo‘r vosita bo‘ladi.
Ha, Tramp boshqarayotgan mamlakat xalqaro huquqni birinchi marta oyoqosti qilmayapti. Dunyo siyosatining bugungidek boshi berk ko‘chaga kirib qolishi ibtidosi 1999-yilgi Yugoslaviya bombardimonlari yoki 2003-yilgi Iroqqa bosqindan boshlanadi, deganlar, ehtimol, bugun haqdir ham. Lekin shundan beri qandaydir bir muvozanat bor edi-da, go‘yo. Endi shu ham yo‘q.
Huquq ishlamayapti, madaniy qonun-qoidalar ishlamayapti. Dunyo odam qiyofasidagi maymunlar boshqaruvida qolib ketgan qandaydir jungliga aylanib qolgandek. Bu maymunlar odam tilini tushunmaydi, faqat kuchni tan oladi. Va bu aql kuchi emas, qurol kuchi. Endi, qanchalik g‘alati eshitilmasin, sen ham huv anavi Shimoliy Koreyadek “kuchli” bo‘lishga majbursan.
To‘g‘risi-da - hozir juda ko‘pchilikda bir xil xulosa: shunday bo‘lib chiqyaptiki, hozir Eronning “yagona aybi” shu vaqtgacha bitta bo‘lsa-da yadro quroliga ega bo‘lib ulgurmagani. Bitta bo‘lsa ham shunday quroli bo‘lganida, Isroil ham, AQSh ham Eronga nisbatan hozirgidek bezbetlik qila olmagan bo‘lardi.
O‘z-o‘zidan, Ukraina ham 1991-yildan keyin o‘z ixtiyorida qolgan ulkan yadroviy zaxiradan hech yo‘g‘i bitta bombani saqlab qo‘yganida, ehtimol, 2022-yildan beri davom etayotgan urush ham boshlanmagan bo‘lardi, Rossiyaning haddi sig‘masdi Ukrainaga bostirib kirishga. Axir Rossiyaning boshida o‘tirgan jinni ham baribir g‘irt jinni emas (degan umid bor).
Xullas, hozir dunyoning eng tinch mamlakati - bu Shimoliy Koreya. U shuncha sanksiyalar ostida qolib-da xalqaro maydonda bilgan rasvogarchiligini qilishi mumkin - imkoni boricha qirg‘in qurollari, kerak bo‘lsa, 15 minglab askarini ham sotadi. Birov bir narsa qila olmaydi. Aksincha, kerak bo‘lsa, AQSh prezidenti Kim Chen In bilan yana kulishib ko‘rishishi mumkin.
Shimoliy Koreyadek tinch yashashni xohlasang, Shimoliy Koreyadek kuchli bo‘l. Rossiyaga qo‘shni bo‘lishdek bebaxtlik chekingga tushgan bo‘lsayu, Ukrainadek kuymaslikni xohlasang, Shimoliy Koreyadek kuchli bo‘l. AQSh seni bombardimon qilishini xohlamasang, Shimoliy Koreyadek kuchli bo‘l. Kuchli bo‘lishga Shimoliy Koreyadek ulgurib qol.
2025-yilning 22-iyunigacha ham bunaqa fikr, bunday xulosa yo‘q edi. Afsus.
PS. Bo‘layotgan rasvo ishlar mana shunaqa rasvo fikrlarni uyg‘otadi. Yana bir rasvo fikr: O‘zbekiston ham o‘z yadroviy quroliga ega bo‘lishga intilsa, endi bu borada Rossiyadan yordam ololmasa kerak. Har holda, Rossiya o‘zi bosib olishga intiladigan mamlakatlarning yadro quroliga ega bo‘lishini xohlamasa kerak.
PPS. Qani endi hamma atom bombalar bir kechada yo‘q bo‘lib qolsa. Urushlar tugasin, urushlar bo‘lmasin!
#DivandagiXayollar

❤17👍10💯5
K.Ametov: AQSh Isroil tomonida turishni xohlamayapti
Ko‘rinishicha, AQShda Isroilga bo‘lgan munosabat asta-sekin o‘zgarib bormoqda. Eronning Qatardagi AQSh harbiy bazasiga qarshi zarbadan so‘ng, Tramp Tehronni zarba haqida oldindan ogohlantirgani uchun minnatdorlik bildirdi. Natijada hech kim halok bo‘lmadi. Tramp hatto Eron endi mintaqaga “tinchlik va uyg‘unlik” olib kelishi mumkinligini qayd etdi. Va eng qizig‘i - u Isroilni ham shunday qilishga “ishtiyoq bilan da’vat qilishini” aytdi.
Bu oddiy gap emas — bu signal. AQSh endi faqat Isroil tomonida turishni xohlamayapti. Amerikadagi ayrim radikal-xristian doiralarda Isroilni katta kelishuvga, ya’ni AQSh va Eron o‘rtasidagi tinchlikka xalaqit berayotgan omil sifatida ko‘ra boshlashdi.
Avvallari Isroil AQShning Yaqin Sharqdagi eng muhim ittifoqchisi edi. Endi esa uni tobora ko‘proq “ortiqcha o’yinchi” sifatida tilga olishyapti (ya’ni mintaqada yangi tartib o‘rnatish uchun Isroil kerak emas degan fikr kuchaymoqda).
Shunday qilib, katta siyosiy o‘yin qayta boshlanyapti. Va bu safar Isroil eski o‘rnini saqlab qola olmasligi mumkin.

❤11🤮6
Forwarded from Strategic Focus: Atlantic
A.Fayzullozoda: AQSh Isroildan uzoqlashmoqda
Isroil so‘nggi keskinlikni bekorga boshlamadi. Uning asosiy maqsadi - AQSh va Eron o‘rtasida tinchlik kelishuvi tuzilishiga yo‘l qo‘ymaslik. Netanyaxu va uning jamoasi hokimiyatda ekan, Isroil Tehron va Vashington yaqinlashuviga qarshi kurashni davom ettiradi.
Ammo endi vaziyat o‘zgarayapti. Eron o‘z olimlari va harbiylarining o‘ldirilishini unutmaydi va bunga javob beradi. Eng qizig‘i shundaki, AQSh bunga aralashishni istamayotgandek ko‘rinmoqda. AQSh mudofaa vaziri ochiqchasiga aytdi: amerikalik harbiylar Eronga hujum qilmagan, ular faqat yadro potensialga qarshi harakat qilgan. Bu esa muhim signal: Vashington Isroilni himoya qilish uchun Eron bilan to‘qnashishni xohlamayapti.
Natijada, Isroil endi AQSh va Eron o‘rtasidagi muloqotda asosiy o‘yinchi emas. Hatto Tramp ham Eron bilan kelishuv haqida gapirganda, Isroilga urg‘u bermayapti. Bu esa AQSh va Isroil o‘rtasidagi aloqalarda yangi sovuq davr boshlanishidan darak berishi mumkin.

👏10🤮5
Forwarded from Strategic Focus: Central Asia
M.Imomov: Netanyaxuni yangi muammolar kutmoqda
“Buyuk g‘alaba” (Eron olimlarining va yadro infratuzilmasining yo‘q qilinishi) haqidagi balandparvoz bayonotlariga qaramay, Netanyaxuni yaqin orada yangi siyosiy muammolar kutmoqda. Tashqi siyosiy keskinlik fonida to‘xtab qolgan ichki norozilik namoyishlari yana faollashadi. Xususan, hozirgi vaqtda Netanyaxuning so‘nggi ikki yildagi faoliyatiga bo‘lgan e’tibor ham kuchayib bormoqda — yaqin orada u haqidagi tergov ishlarining faollashuvi kutilmoqda.
O’z navbatida, Eron ichkarisida ham jiddiy transformatsiyani kuzatish mumkin. G’arb ekspertlari taxmin qilgan ommaviy noroziliklar o’rniga Isroil va G‘arb razvedka tarmoqlarining tizimli tozalanish ishlari boshlanadi. Tehron kontrrazvedka orqali javob zarbasini berishga tayyorlanmoqda.
Shu tariqa, mintaqaviy keskinlik fonida ikki yo‘nalishda bosim kuchaymoqda: Netanyaxu ichki siyosiy zaiflashuv bilan yuzlashayotgan bir paytda, Eron o‘z institutlari ustidan suveren nazoratni qayta tiklash amaliyotini boshlamoqda. Bu — o‘yin yakuni emas, balki uning boshlanishidir.

❤16🔥5👍4🤮2
Eron Isroilni magʻlub etib, uni magʻlubiyatini tan olishga va agressiyani bir tomonlama toʻxtatishga majbur qildi, — Eron Xavfsizlik Kengashi.
@erontahlili
@erontahlili
❤30😁15🤮5💯1
Tehron larzaga keladi – Bezazil Smotrich
Isroil moliya vaziri Erondan raketa uchirilgani haqidagi xabarlar fonida o‘zining X sahifasida mana shunday post qoldirdi.

🤮20💩10❤2👎1