Eron: rejim almashinuvi yoki davlat parchalanishi
N.Smagin, sharqshunos jurnalist
Eron xavfli burilish nuqtasida turibdi — u zo‘ravonlik orqali hokimiyat almashinuvi va “failed state” holatiga tushib qolish ssenariylari o‘rtasida muvozanat saqlamoqda. Ko‘rinib turibdiki, Isroil Eron bo‘yicha o‘z strategiyasini ikki yo‘nalishda qurmoqda.
Kichik strategik vazifa — Eronning yadro quroli ishlab chiqarish imkoniyatini yaqin istiqbolda butunlay yo‘q qilish. Bu vazifani Isroil, katta ehtimol bilan, allaqachon bajargan yoki muvaffaqiyatga juda yaqin.
Ammo Isroil uchun asosiy tahdid — bu faqat yadro salohiyati emas, balki Eronning «katta Yaman»ga aylanishi (zaiflashgan, ammo yanada tajovuzkor). Bunday holatda mintaqa doimiy keskinlik va zarba almashinuvlari rejimida yashaydi.
Shu sababli kun tartibida asosiy maqsad — rejimni almashtirish masalasi paydo bo‘lmoqda. Islomiy Respublika mavjud ekan, u Isroilga qarshi kurashni davom ettiradi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan hujum esa bu qarshilikka motivatsiya qo’shmoqda.
Isroil ichkaridan bosim o‘tkazish uchun resurslarga ega: Eron ichida ayg’oqchilarning keng tarmog‘i, shuningdek separatist harakatlar — belujlar, kurdlar, arablar bilan ishlash imkoniyati bor. Siyosiy rahbariyatni jismonan yo‘q qilish ssenariysi ham istisno qilinmaydi. Ammo bunday yondashuv faqat iroda emas, balki yaxshi muvofiqlashtirilgan tizimni talab qiladi (faqat armiya yoki maxsus xizmatlar darajasidagina emas).
Agar rejimni almashtirish imkonsiz bo‘lsa, boshqa yo‘l qoladi — Eronni ichki beqarorlik orqali asta-sekin zaiflashtirish. Infratuzilmalarni vayron qilish, harbiy boshqaruv markazlariga zarbalar va ichki bosimning oshishi natijasida mamlakat boshqaruv qobiliyatini yo‘qotishi va parchalanish jarayoni boshlanishi mumkin.
“Parchalanish” ssenariysi to‘liq inqilobdan ko‘ra osonroq amalga oshadi. U kamroq resurs talab qiladi, ammo xuddi shunday natijaga olib keladi — Eron qudrat markazi mavqeini yo’qotib, o’z ichki muammolari bilan qolib ketadi.
@erontahlili

🤬12❤10🖕1
The Wall Street Journalning yozishicha, Eron bilan harbiy to‘qnashuv Isroil iqtisodiyotiga ulkan zarar yetkazmoqda.
Eng katta xarajatlar havo hujumidan mudofaa tizimlaridan foydalanish bilan bog‘liq — faqat raketalarni tutib qoluvchi raketalar kuniga 200 million dollargacha turishi mumkin.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday darajadagi sarf-xarajatlar, ayniqsa mojaro cho‘zilgan taqdirda, Isroil iqtisodiyoti uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

❤22👍10🎉5🤯1
❤15👍7👏5🤬1
Forwarded from Strategic Focus: Atlantic
AQSh razvedka rahbari Tulsi Gabbard Tramp ishonchini yo‘qotmoqda
Amerika OAVlari xabar berishicha, Trampning AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbardga munosabati keskin o’zgarmoqda. Asosiy sabab — Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha u bildirgan fikrlar Trampning pozitsiyasiga zid kelmoqda.
Yaqinda internetda Gabbard chiqishi aks etgan video tarqaldi. Unda u “siyosiy elita”ni yadro davlatlari o‘rtasida qo‘rquv va ziddiyatni kuchaytirayotganlikda aybladi. Tramp jamoasi bu chiqishni prezidentning o‘ziga qaratilgan yashirin tanqid deb qabul qilgan, ayniqsa Trampning Eron bo‘yicha keskin siyosatini hisobga olganda. Ta’kidlash joiz, Gabbard ilgari ham Trampni tanqid qilgan — xususan, AQShni Eron bilan yadro kelishuvdan chiqargani va 2020-yilda Qosim Sulaymoniyni o’ldirgani uchun.
Trampning atrofidagilari Gabbard “chiziqni bosib o‘tdi” degan fikrda — va u yaqin orada o‘z ta’sir kuchidan ayrilishi mumkin.
G’arbiy alyans

❤13👍7
Bugun kechasi AQSH Fordo obyektiga qarshi 6 ta bunkerbuzar bomba yo‘lladi.
Natanz va Isfahondagi yadro obyektlariga 30 ta “Tomahawk” raketasi uchirildi.
Tramp: Bugun kechasi biz katta muvaffaqiyatga erishdik. Endilikda Isroil ancha xavfsiz holatda.

🤬27👎8❤2💩1
Saudiya Arabistonining radiatsiyani monitoring qilish bo‘yicha komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazining boshqa davlatlarida radiatsiya darajasida hech qanday o‘zgarish qayd etilmadi.
@erontahlili
@erontahlili
👍18❤4
22 IYUN, YAKSHANBA kuni, Tehron vaqti bilan taxminan tonggi soat 4 da AQSH Eronga hujum qildi. Shundan so‘ng esa Tramp Eronni tinchlikka chaqirdi. Ikkiyuzlamachilikning eng yorqin namunasidir.
GITLER ham SSSRga 1941-yil 22 iyun kuni erta tongda hujum qilgandi.
@erontahlili
GITLER ham SSSRga 1941-yil 22 iyun kuni erta tongda hujum qilgandi.
@erontahlili
❤21😡10🤬4😱3
💯26❤20🖕4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎14🤬11👍4❤2👏1😡1
Forwarded from Strategic Focus: Central Asia
Biz – O‘zbekiston – Markaziy Osiyoning, Turkistonning, Turonning markazidagi, yuragidagi davlatmiz, xalqmiz, millatmiz. Markaziy Osiyodagi to‘rtta (Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston) birodar, qo‘shni davlat va xalqlardan keyin, biz uchun qadrli, qimmatli bo‘lgan yana to‘rtta janubiy davlatlar borki, bu bizning xavfsizligimiz uchun, tinchligimiz va taraqqiyotimiz uchun eng muhim davlatlardir.
Bular – Turkiya, Eron, Afg‘oniston va Pokiston. Bu davlatlar – bizning tarixiy birodarlarimiz, qon-qardoshlarimiz. Tarixan, bu davlatlar va xalqlar bilan bitta madaniy makonda bo‘lganmiz. Bugungi global raqobatlar davrida, bitta sivilizatsion guruhdamiz. Bularning birontasining yiqilishi – biz uchun ham muammo yoki tahdid keltiradi. Bugun Eronning boshiga katta imtihonlar kelmoqda. G‘arb Eronni yiqitib, Isroil uchun qulay bo‘lgan katta koridor ochmoqchi.
Bundan keyin biz janubdagi to‘rtta qo‘shni davlatlarga g‘arb stereotiplari orqali qarashni to‘xtatishimiz kerak. Jamoatchilik fikrini ko‘p kuzatdim, O‘zbekiston jamoatchiligining 90% yoki undan ko‘prog‘i Eronni qo‘llab-quvvatlamoqda. Chunki xalqimiz Isroil–Eron to‘qnashuvlarida kim kim ekanligini yaxshi tushunib bo‘ldi. Dunya hamjamiyati ham kim jinoyatchi, kim genotsid qilayotgan davlat ekanligini yaxshi tushunib bo‘ldi. Xudodan Eronga nusrat so‘raymiz!
K.Rabbimov, siyosatshunos olim
Strategic Focus: Central Asia

❤33👍19💯4🤔1
❤35👍10🔥5❤🔥1👏1
AQSh Eronni yadro obyektlariga beriladigan tungi zarbalar haqida oldindan ogohlantirgan.
@erontahlili
@erontahlili
😁32🤔7🔥4
AQSh va Isroil Eronga hujum qilayotgan bir paytda, ayrimlar chiqib olib, bu urushni “turk dunyosining manfaatlari” deb ko‘rsatmoqchi bo‘lishyapti: go‘yo Eron — bizga dushman, unga qarshi chiqish esa bizning burchimiz ekan. Bunday gaplarni eshitib, odam hayron qoladi.
Axir qanday qilib turkiy o’zlik masalasini AQSh va Isroilning urushiga aralashtirish mumkin? Eron bilan turkiy xalqlar o‘rtasida muammo yo‘q-ku. Nega biz boshqalarning urushi uchun o‘zimizni qurbon qilishimiz kerak? Nega bizni boshqa davlatlarning manfaatlariga xizmat qiladigan qilib ko‘rsatishyapti?
To’g’ri, Eron ideal davlat emas, lekin bugun unga tashqaridan hujum bo‘lyapti. U o‘zini himoya qilmoqda. Biz esa, hech bo‘lmasa, betaraf bo‘lishimiz kerak. Ammo ba’zi “ziyolilar” turkiylikni niqob qilib, aslida o‘zlarining siyosiy nodonligini yoki dushman propagandasini yashirishmoqda.
Turkiy o’ziga xoslik kuchli va mustaqil bo‘lish, adolat tarafida turishni nazarda tutadi. Boshqalarning buyrug‘i bilan birodar musulmon xalq ustiga bombalar otish biz bilgan turkiylar manfaatiga zid. Asl turkiylar hech qachon tajovuzkorning yonida bo‘lmaydi.

❤42👍19💯12🔥6👎3🤬1
Aroqchi: Eron mustaqilligi va suvereniteti masalasida hech qachon murosaga bormaymiz
Eron Islom Respublikasi o‘z hududi, suvereniteti va xalqini himoya qilishni davom ettiradi. Bu haqda Eronga qarshi AQSh va sionist rejim tomonidan amalga oshirilgan yadroviy obyektlarga hujumlar yuzasidan Istanbulda matbuot anjumani o‘tkazgan Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bayonot berdi.
“Biz mustaqillik va suverenitet masalasida hech qanday murosani qabul qilmaymiz. AQShning Eronning tinch yadroviy inshootlariga harbiy bostirib kirishi xalqaro huquq normalarining misli ko‘rilmagan va ochiqchasiga buzilishidir. Qonunlarni pisand qilmaydigan bu tajovuzkor hukumat yuzaga kelgan xavfli oqibatlar va zarar uchun to‘liq javobgardir”, — dedi vazir.

🔥22❤10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eron prezidenti AQSh tajovuziga qarshi norozilik bildirayotgan namoyishchilarga qo‘shildi.
Odamlar Pezeshkian ishtirokida “Qasos!” deb hayqirmoqda.

👍40❤10🔥5❤🔥3👎3