Strategic Focus: Middle East and North Africa
4.34K subscribers
927 photos
497 videos
17 files
894 links
Yaqin Sharq va Mag’ribdagi yangiliklarni bizda kuzating.

@stratfocusca - Markaziy Osiyo

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Al Jazeera Tel-Avivga qaratilgan Eron raketasi zarbasi lahzasini namoyish etdi.

@erontahlili
24👍6
Manbalarga ko’ra, agar AQSh Eronni to‘g‘ridan-to‘g‘ri nishonga olsa, “Qarshilik o‘qi” hech qanday sharoitda Fors ko‘rfazi mintaqasidan energetika resurslarining eksport qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi.

@erontahlili
👏338
Iroqdagi AQSh elchixonasi xodimlari Bag’doddan evakuatsiya qilinmoqda.

@erontahlili
Eron: rejim almashinuvi yoki davlat parchalanishi

N.Smagin, sharqshunos jurnalist

Eron xavfli burilish nuqtasida turibdi — u zo‘ravonlik orqali hokimiyat almashinuvi va “failed state” holatiga tushib qolish ssenariylari o‘rtasida muvozanat saqlamoqda. Ko‘rinib turibdiki, Isroil Eron bo‘yicha o‘z strategiyasini ikki yo‘nalishda qurmoqda.

Kichik strategik vazifa — Eronning yadro quroli ishlab chiqarish imkoniyatini yaqin istiqbolda butunlay yo‘q qilish. Bu vazifani Isroil, katta ehtimol bilan, allaqachon bajargan yoki muvaffaqiyatga juda yaqin.

Ammo Isroil uchun asosiy tahdid — bu faqat yadro salohiyati emas, balki Eronning «katta Yaman»ga aylanishi (zaiflashgan, ammo yanada tajovuzkor). Bunday holatda mintaqa doimiy keskinlik va zarba almashinuvlari rejimida yashaydi.

Shu sababli kun tartibida asosiy maqsad — rejimni almashtirish masalasi paydo bo‘lmoqda. Islomiy Respublika mavjud ekan, u Isroilga qarshi kurashni davom ettiradi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan hujum esa bu qarshilikka motivatsiya qo’shmoqda.

Isroil ichkaridan bosim o‘tkazish uchun resurslarga ega: Eron ichida ayg’oqchilarning keng tarmog‘i, shuningdek separatist harakatlar — belujlar, kurdlar, arablar bilan ishlash imkoniyati bor. Siyosiy rahbariyatni jismonan yo‘q qilish ssenariysi ham istisno qilinmaydi. Ammo bunday yondashuv faqat iroda emas, balki yaxshi muvofiqlashtirilgan tizimni talab qiladi (faqat armiya yoki maxsus xizmatlar darajasidagina emas).

Agar rejimni almashtirish imkonsiz bo‘lsa, boshqa yo‘l qoladi — Eronni ichki beqarorlik orqali asta-sekin zaiflashtirish. Infratuzilmalarni vayron qilish, harbiy boshqaruv markazlariga zarbalar va ichki bosimning oshishi natijasida mamlakat boshqaruv qobiliyatini yo‘qotishi va parchalanish jarayoni boshlanishi mumkin.

“Parchalanish” ssenariysi to‘liq inqilobdan ko‘ra osonroq amalga oshadi. U kamroq resurs talab qiladi, ammo xuddi shunday natijaga olib keladi — Eron qudrat markazi mavqeini yo’qotib, o’z ichki muammolari bilan qolib ketadi.

@erontahlili
🤬1210🖕1
The Wall Street Journalning yozishicha, Eron bilan harbiy to‘qnashuv Isroil iqtisodiyotiga ulkan zarar yetkazmoqda.

Eng katta xarajatlar havo hujumidan mudofaa tizimlaridan foydalanish bilan bog‘liq — faqat raketalarni tutib qoluvchi raketalar kuniga 200 million dollargacha turishi mumkin.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday darajadagi sarf-xarajatlar, ayniqsa mojaro cho‘zilgan taqdirda, Isroil iqtisodiyoti uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

@erontahlili
22👍10🎉5🤯1
AQSh razvedka rahbari Tulsi Gabbard Tramp ishonchini yo‘qotmoqda

Amerika OAVlari xabar berishicha, Trampning AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbardga munosabati keskin o’zgarmoqda. Asosiy sabab — Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha u bildirgan fikrlar Trampning pozitsiyasiga zid kelmoqda.

Yaqinda internetda Gabbard chiqishi aks etgan video tarqaldi. Unda u “siyosiy elita”ni yadro davlatlari o‘rtasida qo‘rquv va ziddiyatni kuchaytirayotganlikda aybladi. Tramp jamoasi bu chiqishni prezidentning o‘ziga qaratilgan yashirin tanqid deb qabul qilgan, ayniqsa Trampning Eron bo‘yicha keskin siyosatini hisobga olganda. Ta’kidlash joiz, Gabbard ilgari ham Trampni tanqid qilgan — xususan, AQShni Eron bilan yadro kelishuvdan chiqargani va 2020-yilda Qosim Sulaymoniyni o’ldirgani uchun.

Trampning atrofidagilari Gabbard “chiziqni bosib o‘tdi” degan fikrda — va u yaqin orada o‘z ta’sir kuchidan ayrilishi mumkin.

G’arbiy alyans
13👍7
Bugun kechasi AQSH Fordo obyektiga qarshi 6 ta bunkerbuzar bomba yo‘lladi.

Natanz va Isfahondagi yadro obyektlariga 30 ta “Tomahawk” raketasi uchirildi.

Tramp: Bugun kechasi biz katta muvaffaqiyatga erishdik. Endilikda Isroil ancha xavfsiz holatda.

@erontahlili
🤬27👎82💩1
Saudiya Arabistonining radiatsiyani monitoring qilish bo‘yicha komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazining boshqa davlatlarida radiatsiya darajasida hech qanday o‘zgarish qayd etilmadi.

@erontahlili
👍184
22 IYUN, YAKSHANBA kuni, Tehron vaqti bilan taxminan tonggi soat 4 da AQSH Eronga hujum qildi. Shundan so‘ng esa Tramp Eronni tinchlikka chaqirdi. Ikkiyuzlamachilikning eng yorqin namunasidir.


GITLER ham SSSRga 1941-yil 22 iyun kuni erta tongda hujum qilgandi.

@erontahlili
21😡10🤬4😱3
G’arb elitalariga umuman ishonch qolmadi.

@erontahlili
💯2620🖕4
🚨🇺🇸🇮🇷AQSH ERON BILAN URUSHGA KIRDI

​​📃 THE NEW YORK TIMES: Qo'shma Shtatlar Eron bilan urushga kirdi. Ayni paytda 40 000 amerikalik askar Eronga zarba berish masofasida joylashgan.

🇺🇸 AQSh Erondagi yadroviy obektlarga zarba berdi. Jumladan, Natanz, Isfahon hamda Fordo yadroviy zavodiga hujum uyushtirdi. AQSh Eron yadro obektlariga zarba berishda B-2 strategik bombardimonchi samolyotlaridan foydalandi. Hujumdan so'ng D.Tramp Eronga qilingan muvaffaqiyatli operatsiya bilan barchani tabriklab, "Endi Yaqin Sharqda tinchlik o'rnatiladi" deya izoh berdi....

🇾🇪 🇾🇪 O'z navbatida, Yaman Qurolli kuchlari matbuot kotibi brigada generali Yahyo Sari, agar AQSh Eron bilan urush boshlasa, husiylar Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozidagi barcha AQSh harbiy va tijorat kemalariga zarba berishini tasdiqladi.

🇺🇸Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, Qo'shma Shtatlar dengiz floti tomonidan hududga joylashtirilgan barcha mavjud kuchlardan foydalangan holda Yamandagi husiylarga qarshi muvofiqlashtirilgan zarbalar berishi kutilmoqda . Zarbalarning birinchi to'lqini hech qanday ogohlantirishsiz boshlanadi, bombardimonchi samolyotlar va dengiz kuchlari Eronning har qanday javob qobiliyatini yo'q qiladi, deyiladi manbada.

🇮🇷Kanalga obuna bo'ling:
➡️@Afghanistan_analysis
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎14🤬11👍42👏1😡1
Biz – O‘zbekiston – Markaziy Osiyoning, Turkistonning, Turonning markazidagi, yuragidagi davlatmiz, xalqmiz, millatmiz. Markaziy Osiyodagi to‘rtta (Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston) birodar, qo‘shni davlat va xalqlardan keyin, biz uchun qadrli, qimmatli bo‘lgan yana to‘rtta janubiy davlatlar borki, bu bizning xavfsizligimiz uchun, tinchligimiz va taraqqiyotimiz uchun eng muhim davlatlardir.

Bular – Turkiya, Eron, Afg‘oniston va Pokiston. Bu davlatlar – bizning tarixiy birodarlarimiz, qon-qardoshlarimiz. Tarixan, bu davlatlar va xalqlar bilan bitta madaniy makonda bo‘lganmiz. Bugungi global raqobatlar davrida, bitta sivilizatsion guruhdamiz. Bularning birontasining yiqilishi – biz uchun ham muammo yoki tahdid keltiradi. Bugun Eronning boshiga katta imtihonlar kelmoqda. G‘arb Eronni yiqitib, Isroil uchun qulay bo‘lgan katta koridor ochmoqchi.

Bundan keyin biz janubdagi to‘rtta qo‘shni davlatlarga g‘arb stereotiplari orqali qarashni to‘xtatishimiz kerak. Jamoatchilik fikrini ko‘p kuzatdim, O‘zbekiston jamoatchiligining 90% yoki undan ko‘prog‘i Eronni qo‘llab-quvvatlamoqda. Chunki xalqimiz Isroil–Eron to‘qnashuvlarida kim kim ekanligini yaxshi tushunib bo‘ldi. Dunya hamjamiyati ham kim jinoyatchi, kim genotsid qilayotgan davlat ekanligini yaxshi tushunib bo‘ldi. Xudodan Eronga nusrat so‘raymiz!

K.Rabbimov, siyosatshunos olim

Strategic Focus: Central Asia
33👍19💯4🤔1
Mambalarga ko’ra, Fordodagi yadro majmuasi AQSH zarbalaridan zarar ko‘rmagan.

@erontahlili
35👍10🔥5❤‍🔥1👏1
AQSh Eronni yadro obyektlariga beriladigan tungi zarbalar haqida oldindan ogohlantirgan.

@erontahlili
😁32🤔7🔥4