Xabarlarga ko’ra, Buyuk Britaniya Ukraina uchun 2026-yil apreliga qadar 100 000 dona dron yetkazib berishni va’da qildi. Ta’kidlash joiz, o‘tgan yil Britaniya Ukrainaga atigi 10 000 dona dron yetkazgan edi. Ushbu loyiha 350 million funt sterling (474 million AQSh dollari)ga tushadi va bu Buyuk Britaniyaning joriy yilda Kiyevga 4,5 milliard funt miqdorida harbiy yordam ko‘rsatish majburiyatining bir qismi hisoblanadi.
G’arbiy alyans
G’arbiy alyans
👍7❤2
Rossiyaning pozitsiyasi: NATO mashqlari — urushga tayyorgarlik signali
Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko NATOning Boltiq dengizidagi harbiy mashqlarini “Rossiyaga qarshi ehtimoliy to‘qnashuvga tayyorgarlik” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashqlarning ko’lami, ishtirokchi kuchlar tarkibi va vazifalari — bularning barchasi alyansning “teng kuchga ega dushman bilan urush”ga tayyorlanayotganini ko‘rsatadi.
3-iyunda boshlangan mashqlarda NATOga a’zo 16 davlatdan 40 ta harbiy kemalar, 25 ta harbiy samolyot va 9 mingdan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda.
Moskva bu jarayonni keskin tanqid ostiga olgan holda, alyansning Boltiqbo‘yi mintaqasida kuchlar muvozanatini buzayotganini va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotganini ta’kidlamoqda.
O’z navbatida, NATO bu mashqlarni o‘z a’zolari xavfsizligini ta’minlash va kollektiv mudofaa doirasidagi normal amaliyot sifatida tasvirlamoqda.
Shu bilan birga, Rossiya ham Boltiq dengizida harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Mashqlarda Rossiyaning Boltiq floti, Shimoliy floti va kosmik kuchlari ishtirok etmoqda. Taxminan 20 ta harbiy kema, 25 ta samolyot va vertolyot, 3 mingga yaqin harbiy xizmatchi hamda 70 tagacha harbiy va maxsus texnika jalb qilingan.

❤7👍4🥴1
Trampning Mask bilan munosabatlarni tiklash istagi yo‘q. Bu munosabatlar yakunlangan, — deb xabar bermoqda NBC News.
Shuningdek, AQSh prezidenti agar Mask Demokratlar partiyasi nomzodlarini moliyalashtirishni boshlasa, u juda jiddiy muammolarga duch kelishini qo‘shimcha qilgan.

👍5🔥3👎2
Forwarded from Strategic Focus: Central Asia
Qirg’izlar Lenin bilan xayrlashmoqda
7-iyun kuni Qirg‘izistonning aholi soni bo‘yicha ikkinchi yirik shahri — O‘shda, Markaziy Osiyodagi eng yirik Lenin haykali demontaj qilindi. Rasmiylarga ko‘ra, bu faqat “ko‘chirish” bo‘lsa-da, voqeaning mohiyati nafaqat me’moriy, balki mafkuraviy o‘zgarishni ham anglatadi.
Ushbu haykal 1975-yilda shahar va viloyat hokimligi binosi oldida o‘rnatilgandi. Uning olib tashlanishi Qirg‘izistonda kuchayib borayotgan tarixiy merosni qayta ko‘rib chiqish va milliy o‘zlikni mustahkamlashga qaratilgan umumiy tendensiyaga to‘liq mos tushadi.
Bugungi kunda respublikada sovet ramzlari tobora ko‘proq milliy qahramonlar haykallari bilan almashtirilmoqda, ruscha joy nomlari esa asl qirg‘izcha nomlarga o‘zgartirilmoqda. Bu jarayon jamiyatni mustamlakachilikdan tozalashga intilishni, shu bilan birga, tarixiy xotirani mustaqil ravishda shakllantirish istagini aks ettiradi.
Qiziq tomoni shundaki, O‘sh hokimiyati haykalni olib tashlash “siyosiy harakat emas”, deb bayonot berdi va Rossiyadagi shunga o‘xshash holatlarni misol sifatida keltirdi. Biroq ayni vaqtda Rossiya mutlaqo qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qilmoqda — geosiyosiy izolyatsiya va Ukraina urushi sharoitida mamlakatda sovet “yetakchilari” obrazlari faol tiklanmoqda. Masalan, yaqinda Vologda viloyatida Iosif Stalin haykalining ikkinchisi o‘rnatildi.
Demak, O‘shdagi Lenin haykalining demontaji oddiygina estetika yoki shaharning obodonlashtirilishi bilan bog‘liq emas. Bu — postsovet davlatlarida o‘zlikni qayta anglash va ramziy suverenitet sari intilishni aks ettiruvchi siyosiy-madaniy ishoradir.
Strategic Focus: Central Asia

👍19❤5👎1
Kreml Ukrainada yangi “referendumlar”ga tayyorlanmoqda
Moskva hukumat doiralarida yana Ukraina hududlari ustidan nazoratni kengaytirish g‘oyasi faol muhokama qilinmoqda. Aytishlaricha, Rossiya rahbariyati Sumi va Xarkov viloyatlarida “bufer zonalari”ni yaratishga urinmoqda. Agar Kiyev bilan muzokaralar yana cho‘zilsa, Rossiya yangi “referendum”lardan o‘z foydasiga dalil sifatida foydalanishi mumkin (kamida ichki auditoriya va do‘stona mamlakatlar uchun).
Gap ilgari tanish bo‘lgan ssenariylarning davomiyligi haqida emas, balki ularning yangilanayotgan shakli haqida bormoqda. Kreml avvalgi tajribaga tayanyapti: viloyat markazi nazorat qilinmagan sharoitda referendum o‘tkazish. Avvalroq, bunday referendum Zaporojeda amalga oshirilgan. Ya’ni hududiy nazorat ikkinchi darajada qolmoqda, asosiy maqsad - ichki va xalqaro iste’molchilar uchun o’zini kuchli va ko’proq viloyatlarni nazorat qilayotgandek ko’rsatish.
“Nazoratdagi hududlar sonini” to‘rttadan oltitagacha oshirishga qaratilgan urinish Medinskiyning Stambuldagi bayonotlariga bevosita ishora qiladi. Ruslar tinchlikka intilmagan, ular har doim ko’proq hududlarni qo’lga kiritishni maqsad qilgan. Bu kabi yondashuv ta’sir zonalarini asta-sekin kengaytirishga imkon beradi.
Shu tariqa, yaqin oylarda soxta referendumlar yana sahnaga chiqishi mumkin (bosim vositasi, strategik signal va harbiy yutuqlarga huquqiy niqob berish urinishlari sifatida).

❤9👍5🔥2👎1😢1
So‘nggi oylar ichida Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar yana xalqaro kun tartibining markaziga chiqdi. Tramp administratsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlov fonida Moskva va Kiyev o‘rtasidagi bevosita muzokaralarning qayta boshlanishi Rossiya tomonidan mojaroni o‘z foydasiga burish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Biroq Kreml harbiy va siyosiy pozitsiyasidan voz kechishga tayyor emas.
Rossiya boshidan beri bevosita muloqotga tayyor edi va 2022 yilda to‘xtab qolgan aloqalarni davom ettirish sifatida Istanbulda muzokaralarni qayta boshlashni taklif qildi. Moskvaning pozitsiyasi aniq: ruslar fikricha, hech qanday kafolatsiz qisqa muddatli sulh G‘arbga vaqt yutish, Ukrainani qurollantirish va urushni cho‘zish imkonini beradi. Shuning uchun Rossiya bunday tanaffuslarni foydasiz deb hisoblaydi. Ukraina NATOga qo‘shilish rejalaridan voz kechsa, harbiy salohiyatini cheklasa va hududiy o‘zgarishlarni tan olsagina qisqa muddatli pauzaga erishsa bo’ladi.
Rossiyada AQSh bilan munosabatlarni normallashtirish uchun imkoniyat oynasi qisqa bo‘lishi mumkinligi haqidagi tushuncha kuchaymoqda. Tramp administratsiyasi Moskvada pragmatik hamkor sifatida qabul qilinmoqda — u ideologik bosimni kamaytirishga, “demokratiyani targ‘ib qilish” tuzilmalarining ta’sirini cheklashga va Yevropadagi AQSh harbiy mavjudligini qisqartirishga tayyor. Bu signallar Rossiya ekspert doiralarida ijobiy baholanmoqda. Ammo ayni vaqtda boshqa yo‘nalish ham mavjud: Kiyevga bosim o‘tkazib, imkon qadar ko‘proq yon berishlarga majbur qilish.
Kreml muzokaralar faqat kuch pozitsiyasidan olib borilishiga ishonadi. Shuning uchun asosiy e’tibor — Ukrainaning harbiy mustaqilligini kamaytirish. Moskvada bu jarayonni qanday nazorat qilish yaxshiroq bo‘lishi ustida bahslar bor: ichki qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni cheklash orqali yoki G‘arb mudofaa kompaniyalari bilan hamkorlikni taqiqlash orqali. Har qanday holatda ham Kreml kelajakda, hatto 10–15 yildan keyin ham, Ukrainaning qayta qurollanishiga yo‘l qo‘ymaslikka intilmoqda.
Strategik darajada Rossiya Yevroatlantik birdamlik modelini yemirishga harakat qilmoqda. Yevropa Ittifoqi hamkor sifatida emas, balki aniq pozitsiyasi bo‘lgan, Rossiyaga qarshi yuritilayotgan byurokratik tizim sifatida ko‘rilmoqda. Biroq Moskva ayrim Yevropa davlatlari bilan ikki tomonlama, pragmatik munosabatlarni saqlab qolishga tayyor. Rossiya siyosiy ritorikasida Yevropadagi “elitalar almashinuvi” g‘oyasi tobora ko‘proq yangramoqda.
Rossiya, shuningdek, Ukraina mojarosidan tashqarida AQSh bilan umumiy manfaatlar topishga intilmoqda. Masalan, Yaqin Sharqdagi xristianlarni himoya qilish, energetika sohasidagi hamkorlik (jumladan, Arktikada) va G‘arbning progressiv kun tartibiga tanqidiy munosabat — bularning barchasi Rossiya va AQSh o‘rtasida umumiy mavzularga aylanishi mumkin. “Sivilizatsion davlat” g‘oyasi Rossiyada ideologik globallashuvga muqobil sifatida ilgari surilmoqda va AQShdagi respublikachilar ritorikasi bilan ma’naviy jihatdan uyg‘unlik kasb etmoqda.
Shu bilan birga, Moskvada hali ham shubhalar saqlanib qolmoqda: Tramp olib borayotgan siyosat qancha davom etadi? Yangi administratsiya bu kursni qayta ko‘rib chiqmaydimi? Aniq javob yo‘q. Shuning uchun Rossiya diplomatiyasi ehtiyotkorona harakat qilmoqda: muzokaralarga tayyorligini bildiradi, ammo hech qanday kafolatlarsiz yaqinlashuvga katta umid bog‘lamaydi. Shu fonda Kiyevga bosim saqlanmoqda — asosiy strategik maqsadlar Tramp davrida erishilib qolishi lozim, chunki AQSh omili har doim o‘zgaruvchan.
Xulosa qilib aytganda, Rossiya G‘arb bilan to‘liq uyg‘unlikka intilmayapti, ammo manfaatlar muvozanatini topishga tayyor. Agar Vashington quruq gapdan amaliy harakatlarga o‘tsa va yangi shakldagi munosabatlarga tayyorligini ko‘rsatsa, Moskva muzokara stoliga o‘tirishi mumkin.

❤7👎3
Forwarded from Strategic Focus: Central Asia
C5+1 — deklaratsiyalardan real mexanizmlargacha
Eldaniz Gusseinov, siyosiy ekspert
Markaziy Osiyo mamlakatlari va ularning tashqi hamkorlari o‘rtasidagi C5+1 formati tobora ko‘proq savollarni keltirib chiqarmoqda. Qator sammitlar va “hududga yangi e’tibor bosqichi” haqidagi chiroyli bayonotlarga qaramay, dabdabali diplomatiya pardasi ortida ushbu formatni zaif va oldindan aytib bo‘lmaydigan holga keltirayotgan chuqur muammolar yashiringan.
Birinchi va eng aniq muammo — tashqi kun tartibiga bog‘liqlik. Sammitlar ko‘pincha Markaziy Osiyo davlatlari tashabbusi bilan emas, balki hamkor mamlakatlardagi siyosiy vaziyat o‘zgargani sababli kechiktiriladi yoki butunlay bekor qilinadi. Yaponiya, Hindiston yoki Fors ko‘rfazi arab davlatlari bilan sammitlar faqat “plus” tomon uchun qulay bo‘lsa, o‘tkaziladi. Bu esa Markaziy Osiyo davlatlarini xalqaro diplomatiya taqvimiga qaram qiladi — bu yerda mintaqa teng huquqli subyekt emas, balki passiv obyektga aylanmoqda.
Ikkinchi muammo — institutsional zaiflik. C5+1 formati muvofiqlashtirish ishlari o’ta zaif (“Xitoy – Markaziy Osiyo” formati bundan mustasno). Besh davlat ichida ham birlik yo‘q: masalan, Turkmaniston har qanday doimiy ko‘p tomonlama tuzilma tashkil etilishiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqmoqda. Transport kelishuvidagi kabi alohida institutsionalizatsiya urinishlari parchalanib qolmoqda va tizimli shaklga ega emas.
Uchinchi zaif nuqta — formatning noaniqligi. Hozirgi C5+1 odatda davlat rahbarlari yoki vazirlar uchrashuvlari bilan cheklanadi, holbuki barqaror hamkorlik doimiy va tizimli “ikkinchi darajali diplomatiya” — elchixonalar, tahliliy markazlar va ekspert hamjamiyati orqali quriladi. Brussel, Vashington yoki Pekindagi har kunlik diplomatik faollik bo‘lmasa, format yuzaki uchrashuvlar doirasida qolib ketishi mumkin.
To‘rtinchi muammo — kelishilgan ustuvor yo‘nalishlarning yo‘qligi. Kun tartibi global yangiliklarga qarab o‘zgaradi: bir yili Afg‘oniston, keyingi yili — nodir metallar. Strategik uzoq muddatli yondashuv bo‘lmasa, format reaktiv tus oladi, ya’ni tashabbuskorlik yo’q bo’lib qolaveradi va kun tartibi asosan global jarayonlarga reaksiya sifatida shakllanadi. Aniq maqsadlar va ularni amalga oshirish mexanizmlarisiz, C5+1 yakka-yakka tashabbuslar uchun maydonga aylanib qoladi.
Va nihoyat, beshinchi va eng xavfli masala — manfaatlarning o‘zgaruvchanligi. C5+1 faolligi odatda yirik global inqirozlarga bog‘liq: Ukrainadagi urush, AQSh-Xitoy savdo qarama-qarshiligi, Afg‘onistondagi beqarorlik. Ammo inqirozlar kun tartibidan chiqarilgach, tashqi hamkorlarning qiziqishi so‘nadi. Bu formatni barqaror bo‘lishi imkonsizligidan darak beradi — u nafaqat “plus” ga, balki global geosiyosiy silkinishlarga ham bevosita bog‘liq.
Agar Markaziy Osiyo C5+1 ni chiroyli nomdan haqiqiy ishlaydigan mexanizmga aylantirmoqchi bo‘lsa, deklaratsiyalardan amaliy qadamlarga o‘tish kerak: 1) 3–5 kishidan iborat mintaqaviy kichik kotibiyat tashkil etish (hech qanday “plus”siz); 2) uch yillik yo‘l xaritasini belgilash (logistika, yashil energetika, suv, oziq-ovqat xavfsizligi) va 3) asosiy diplomatik poytaxtlarda (Brussel, Vashington, Pekin) choraklik uchrashuvlar joriy etish — bu boradagi dastlabki va zaruriy qadamlar bo‘lishi mumkin.
C5+1 formati Markaziy Osiyo uchun kuchli tashqi siyosiy pozitsiyalash vositasiga aylanishi mumkin. Ammo bu faqatgina mintaqa o‘zi o‘yinning qoidalarini belgilashga jur’at qilgan taqdirdagina amalga oshadi. Illyuziyalarsiz, ammo aniq hisob-kitob va strategik tafakkur bilan harakat qilish kerak.

❤4
Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoning O‘zbekistonga rasmiy safari haqida “Axborot”ni ko‘ryapman. Har doimgidek, strategik hamkorlik kelajagi haqida og‘iz ko‘pirtirilyapti, lekin kontekst yo tahlil yo‘q. Slovakiya o‘zi iqtisodiy jihatdan hamkorlik qilsa arziydigan, ishlab chiqarishi kuchli davlat, mingdan oshiq o‘zbeklar o‘tgan yil u yerga ishlashga ham boribdi. Uning ustiga bu Yevropa Ittifoqi a’zosi bilan qo‘rqmay hamkorlik qilaversak bo‘ladi — ertaga Putin darrov Matviyenko yo Lavrovni yubormaydi Toshkentdagi tanoblarni tortib qo‘yish uchun.
Chunki, janob Fitso — Putinning muxlisi. Rossiyadagi 9 may paradiga Yevropa Ittifoqidan kelgan yagona lider ham Fitso bo‘ldi. O‘shanda Bratislavada minglab odamlar “O‘sha yerda qolib ket!”, “Slovakiya — Yevropa”, “Fitsodan to‘ydik!” degan shiorlar bilan ko‘chalarga chiqdilar. Kecha esa Fitso Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalariga veto qo‘yishini bildirdi. Yaqinda Fitso Ukrainaga harbiy yordamni ham to‘xtatdi. Slovakiyada nohukumat tashkilotlar, sudlar vakolatlarini cheklash kabi turli nodemokratik qonunlar ham qabul qilinyapti.
Xullas, Slovakiyani Yevropa Ittifoqi a’zosi deya unchalar ham olqishlash shart emas, shekilli. Nazariy a’zo bo‘lsa-da, mohiyatan boshqacha davlat.
Ibrat Safo

👍8🔥3🫡2
2025-yil 9-iyun kuni Rossiya kuni munosabati bilan o‘tkazilgan qabul marosimida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov o‘zining diplomatik missiyasi yakunlanganini rasman e’lon qildi. Elchi xayrlashuv nutqida kutilganidek, Rossiyaning “ming yillik uzluksiz tarixini”, mamlakat iqtisodiyoti va mudofaa qobiliyatining “barqarorligini”, shuningdek, o‘zbek va rus xalqlari o‘rtasidagi “ma’naviy yaqinlik”ni ta’kidladi. U O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi asosiy hamkor deb atab, ikki tomonlama munosabatlar bundan keyin ham mustahkamlanishiga ishonch bildirdi va O‘zbekiston bilan xalqaro maydonlardagi hamkorlik darajasi yuqoriligini qayd etdi (BMT, ShHT, MDH va YOII doirasidagi hamkorlik).
Ammo rasmiy bayonotlar fonida bir muhim jihat tahlilchilarimiz e’tiborini tortdi: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ketayotgan elchi bilan uchrashmadi. Bu holat odatdagi protokolga zid. O‘zbekistonda diplomatik an’anaga ko‘ra, davlat rahbari mamlakat uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan davlatlar — jumladan Rossiya, AQSh va Xitoy elchilari bilan ularning missiyasi yakunida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazgan.
Bunday uchrashuvning bo‘lmagani tasodif emasdek ko‘rinadi. Diplomatiyada nafaqat so‘zlar, balki ramziy ishoralar ham katta ahamiyatga ega. Shunday qilib, Toshkent va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarda ehtiyotkorlik bilan masofa saqlanayotgani guvohi bo’lyapmiz.

👍14👏7❤4👎3
Taxminlarimiz tasdiqlandi.
Rus muzokara guruhi rahbari V.Medinskiy Ukraina muloqotga tayyor emasligini bildiridi. Unga ko’ra, Kiyevning muzokaralardan bosh tortishi boshqa hududlarning yo’qotilishiga olib kelishi mumkin.

❤10🔥5👎3
Germaniya razvedkasi (BND)ning yangi rahbari Germaniyaning Ukrainadagi amaldagi elchisi Martin Yeger bo‘ladi.
Ukrainaga elchi etib tayinlanishidan oldin Yeger Germaniyaning Afg‘oniston va Iroqdagi diplomatik vakolatxonalariga rahbarlik qilgan.

👍8👎1
Forwarded from Strategic Focus: Central Asia
Rossiyadagi bosim kuchaymoqda: rasmiy Toshkent qanday harakat qilishi kerak?
S.Pinxasova, mustaqil ekspert
Markaziy Osiyolik, jumladan O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari bilan bog‘liq vaziyat Rossiyada tobora xavotirli tus olmoqda. So‘nggi haftalarda Rossiya huquq-tartibot idoralari yanada qattiqqo‘l harakat qila boshladi — ommaviy reydlar, qo‘lga olishlar ko‘paydi, migrantlar ishtirokidagi biznes egalariga bosim kuchaymoqda. Bularning barchasi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa, Pravoslav cherkovi va “Tsargrad” telekanaliga yaqin bo‘lgan ultrakonservativ doiralar tomonidan ksenofobik chiqishlar bilan birga olib borilmoqda.
Ekspertlar aytishicha, Rossiya kuch tuzilmalari Trampning “qattiq migratsion siyosati”dan ruhlanib harakat qilmoqda: ular muammoni faqat kuch orqali hal qilish mumkin, degan fikrdalar. Biroq, Rossiya Ichki ishlar vazirligidagi ichki tartibsizlik (tuzilmadagi islohotlar va kadrlar almashinuvi) tufayli bu masala shaxsiy tashabbuslar asosida hal qilinmoqda. Kim balandroq gapirsa, o‘sha haq. Natijada oddiy migrantlar jabrlanayotgan tartibsizlik yuzaga kelmoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi allaqachon reaksiya bildirdi — Moskvaga rasmiy norozilik notasi yuborilib, ksenofobik chiqishlarga barham berish va Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash talab qilindi. Rossiya tomoni mojaroning oldini olish uchun maxsus xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini bildirdi. Ammo hozirda migratsion masalalarda kuch tizimlari amalda asosiy rolni o‘ynayotgani sababli, bu muammo yaqin orada hal bo‘lishiga ishonish juda qiyin.
Vaziyat xavfli tus olishi oqibatida davlatlararo munosabatlar ham yomonlashishi mumkin. Bunday tendensiya allaqachon kuzatilmoqda: Ozarbayjonda ham Rossiyaga qarshi tanqidlar kuchaymoqda va mahalliy rasmiylar o‘z fuqarolariga nisbatan har qanday tazyiqqa keskin javob berilishini bildirmoqda. Rossiyaning o‘zida ham elitalar orasida ziddiyat bor — kimdir yumshoq yondashuv tarafdori (TIV, biznes elitalar), boshqalar (kuch ishlatar tuzlimalar) kuch ishlatishni yoqlab chiqmoqda.
Bu sharoitda O‘zbekiston nima qilishi kerak? Eng avvalo — faqat diplomatik notalar bilan cheklanmaslik zarur.
Bundan tashqari:
a) Rossiya TIV bilan emas, balki Moskva hokimyati, Federal Kengash va holatga real ta’sir ko‘rsata oladigan boshqa tuzilmalar bilan faol ishlash;
b) Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini monitoring qilish bo‘yicha doimiy guruh tuzish va har oylik hisobotlar e’lon qilib borish;
d) Migrantlarga huquqiy yordam ko‘rsatuvchi diasporalar va tashkilotlar tarmog‘ini kengaytirish;
e) Rossiyaga yangi migratsion hamkorlik formati taklif qilish — bu formatda diplomatlar bilan bir qatorda inson huquqlari himoyachilari va kuch tuzilmalari ham ishtirok etishi lozim;
f) Mehnat migrantlarini muhofaza qilish va mintaqaviy yondashuvni ishlab chiqish bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari sammitini o‘tkazish kerak.
Migratsiya endi faqat iqtisodiy emas, balki xavfsizlik va xalqaro nufuz masalasidir. O‘zbekiston qat’iyat bilan harakat qilib, fuqarolarini himoya qilishi va tizimli yechimlar taklif etishi lozim.

🔥11🤬8❤3
2023-yil oktabr oyida G‘azo sektorida boshlangan Isroil agressiyasidan so‘ng, arab mamlakatlari aholisining Isroil bilan aloqalarni normallashtirishga bo‘lgan munosabati keskin salbiylashdi. Butun mintaqada namoyishlar, boykotlar va G‘arb davlatlariga nisbatan ishonchsizlik kuchaydi. Bu holat Falastin masalasining yana arab siyosatining markaziga qaytganini ko‘rsatmoqda. Arab hukumatlari ehtiyotkor siyosat yuritayotgan bo‘lsalar-da, xalq bosimi Ibrohim kelishuvlarining kengayishini to‘xtatib qo‘ydi va Isroilning mintaqaga integratsiyalashish istiqbolini so‘roq ostiga qo‘ydi.
Batafsil: https://xn--r1a.website/erontahlili/1089

👍9❤4🔥2
Eronning bayonotiga ko‘ra, Isroil barcha “qizil chiziqlar”ni bosib o‘tdi va endi Tehron uchun javob zarbasi berishda hech qanday cheklov qolmadi.
Ammo “qizil chiziqlar” degan ibora aytilgach, hammasi darhol tushunarli bo‘ldi. Ular yana bayroqlarni ko‘tarishadi, tahdid qilishadi, shunchaki ko‘rsatish uchun raketa va dronlarni uchirishadi. So‘ng esa tezda ortga chekinishadi.

😁18👍8🔥2
👎21💩12👏7😁1🤮1
Ko’rib turganimizdek Isroil Eronning yadroviy obyektlariga keng ko‘lamli hujum boshladi. Bu hodisa Yaqin Sharq tarixida burilish nuqtasiga aylanishi mumkin: u katta urushning boshlanishini anglatishi va Tehronni yadroviy qurol yaratishga undashi mumkin yoki aksincha qarama-qarshi natijaga olib keladi.
Hozircha bu hujumning yakuniy oqibatlarini baholash qiyin. Harbiy harakatlar davom etmoqda, mutaxassislar hali zarar ko‘lamini to‘liq baholay olishmayapti. Shunga qaramay, Isroil Eronning yadroviy dasturi uchun muhim bo‘lgan infratuzilma elementlarini — elektr stansiyalari, ilmiy markazlar va logistika tarmoqlarini — yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgani allaqachon ayon. Yadro bo‘yicha yetakchi olimlar va harbiylar nishonga olingan. Isroil, shuningdek, Eron hududiga havo hujumlarini erkin amalga oshirishga qodirligini ko‘rsatdi. Ammo bu yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Eronning boyitilgan uran zaxiralari, yashirilgan sentrifugalar va uranni qurol darajasiga yetkazadigan uskunalari hanuzgacha mavjud bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, mamlakatda yadro sohasi mutaxassislari mavjud bo‘lib, ular yo‘qotilgan quvvatlarni tezda tiklashga qodir. Agar bu tizimning kamida bir qismi saqlanib qolgan bo‘lsa, Eron yadroviy dasturi bir necha hafta ichida qayta tiklanishi mumkin.
Ammo masala faqat yo‘q qilingan obyektlarda emas, balki Tehronning maqsadi o‘zgaradimi yoki yo‘q — shunda. Eron rahbariyati vaziyatni yumshatishga va diplomatik muloqotga tayyormi — yoki bu hujumni yadroviy qurol yaratishga yakuniy signal sifatida qabul qiladimi? Isroil bosimni kuchaytirish uchun hujumlarni, jumladan, Eronning neft-gaz infratuzilmasiga qarshi ham davom ettirishi mumkin. Ammo bombalar ostida Eronni murosa qilishga majbur etish — bu juda shubhali strategiya. Hatto muzokaralar natijasida kelishuv imzolansa ham, uning halol bajarilishiga hech qanday kafolat yo‘q.
Vaziyatni yanada murakkablashtiradigan jihat shundaki, hujum Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar qayta boshlanishiga atigi bir necha kun qolganda amalga oshirildi. Isroilni tinchlik imkoniyatini yo‘qqa chiqargan tajovuzkor davlat bo’lib qoldi. Hujumni prezident Tramp ochiq qo‘llab-quvvatlagani esa diplomatik jarayonni yana ham murakkablashtiradi.
Xulosa qilib aytganda, Isroil operatsiyasi taktik jihatdan muvaffaqiyatli ko‘rinadi, ammo strategik nuqtai nazardan xavfli. U Eronning yadroviy dasturini to‘xtatishi mumkin — yoki, aksincha, uni yashirin, yakuniy bosqichga o‘tkazib yuborishi mumkin.

💩8❤5
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Eron Isroil hujumlaridan so‘ng Hoʻrmuz boʻgʻozini yopishi mumkin. Ushbu bo‘g‘oz orqali dunyo bo‘yicha suyultirilgan tabiiy gazning 30% va neft eksportining 20% (Saudiya Arabistoni, Iroq, BAA, Quvayt) o‘tadi.
Mutaxassislar fikricha, neft narxi bir barrel uchun $70–75 dan $120–130 gacha ko‘tarilishi mumkin.
Yonilg‘i va energiya narxlarining oshishi inflyatsiyani kuchaytiradi, transport va aholi uy xo‘jaliklariga salbiy ta’sir qiladi.
Shu bilan birga, Hoʻrmuz boʻgʻoziga bog‘liq bo‘lmagan neft eksportchilari (Rossiya, AQSh, Kanada) narxlarning oshishidan foyda ko‘radi. Muqobil energiya (quyosh, shamol) ishlab chiqaruvchilar esa neftning qimmatligi sababli yanada ko‘proq talabga ega bo‘ladi.
@erontahlili

👍10❤4
AQShdan Yevropaga o‘nlab yoqilg‘i quyuvchi samolyotlar uchib ketdi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra — Boltiq dengizidagi mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun.
Lekin bilasizmi, Isroilga Eron hududida keng ko‘lamli bombardimon kampaniyasini o‘tkazish uchun aynan nima yetishmayapti? Yoqilg‘i quyuvchi samolyotlar.

🤣10👍6❤2🤬1
Isroil AQShga Eronga qarshi hujumlarga qo‘shilish iltimosi bilan rasmiy murojaat qildi
KAN radiostansiyasi xabariga ko‘ra, Isroil Vashingtonga rasmiy so‘rov yuborib, Eronga qarshi harbiy operatsiyada ishtirok etishni taklif qilgan. Maqsad — Fordodagi yadroviy obyektni yo‘q qilish.
AQSh tomonidan javob yaqin soatlarda kutilmoqda.

🤬10🤮3