Strategic Focus: Atlantic
2.76K subscribers
1.01K photos
464 videos
12 files
1.84K links
AQSh va Yevropa kun tartibidagi so’ngi yangiliklar, dolzarb mavzular bo’yicha chuqur tahlil.

@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib

@stratfocusca - Markaziy Osiyo

@xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Download Telegram
🇺🇸🇦🇲AQSH Armaniston yadro energetikasi sohasiga 9 mlrd dollar sarmoya kiritadi

AQSH vitse-prezidenti JD Vance Yerevanda Armaniston bilan yadro hamkorligi bo‘yicha kelishuv imzolagan. Ushbu Section 123 bitimi doirasida AQSH
kompaniyalari Armanistonga yadro texnologiyasi, yoqilg‘i va xizmatlarni eksport qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Kelishuv qiymati 9 milliard dollargacha bo‘lib, dastlabki bosqichda 5 mlrd dollarlik eksport, keyinchalik 4 mlrd dollarlik yoqilg‘i va texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.

Armaniston hozirda Metsamor atom elektr stansiyasida Rossiya Rosatom korporatsiyasiga tayanadi. Hukumat esa 2026-yil o‘rtalariga qadar yangi reaktor qurilishi bo‘yicha rejani ishlab chiqishni maqsad qilgan.


Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸 Karib dengizida yonilg‘i quyish paytida ikkita Amerika kemasi - USS Truxtun (DDG-103) boshqariladigan raketa esminesi va USNS Supply (T-AOE-6) yordamchi kemasi to‘qnashib ketdi.

Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇵🇱🇷🇺🇧🇾Polsha Prezidenti Putin yoki Lukashenko bilan bir stol atrofida o‘tirishni xohlamasligini aytdi

“Men Putin kabi jinoyatchi yoki Lukashenko rejimi vakillari bilan bir stol atrofida o‘tirishga oshiqmayman. Biroq agar Polsha davlati manfaatlari shuni talab qilsa, Polsha Prezidenti sifatida bunga tayyorman”, degan Karol Navrotskiy.


Strategic Focus: Atlantic
🇩🇪Angela Merkel Germaniya prezidentligiga nomzodini qo‘ymaydi

Angela Merkel Germaniyani 16 yil davomida boshqarib, kansler sifatida mamlakatdagi eng mashhur siyosatchilardan bo‘lgan.

Germaniyaning sobiq kanslerining matbuot kotibi Merkel prezidentlikka nomzodini qo‘yish niyatida emasligini ma’lum qilgan.

Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇻🇪Maduro o‘g‘li bilan telefonlashdi va suhbatda Venesuelaning hozirgi harakatlarini qo‘llab-quvvatladi

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro o‘g‘li Gerra Maduro
bilan bo‘lgan telefon qo‘ng‘irog‘ida mamlakat hukumati “aynan nima qilish kerak bo‘lsa, shuni qilayotganini” aytgan.

“Bu yerdagi tinchligimiz xalqning birligi, oliy qo‘mondonlik hamda mening jamoam, ya’ni Vatan jamoasi bilan hamjihatlik natijasidir”, deb ta’kidlagan Maduroning o‘g‘li.


Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇨🇳AQSH ijtimoiy tarmoqlardagi video orqali Xitoy armiyasidan josuslar izlamoqda

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi Xitoy armiyasi vakillarini yollash maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda video rolik e’lon qilgan. Video Xitoy rahbari Si Szinpin mamlakatning yetakchi harbiy arbobi va yana bir yuqori martabali generalni lavozimidan chetlatganidan keyin paydo bo‘lgan.

“Kelajakni saqlab qoling” nomli rolikda harbiy ofitser hukmron partiya yetakchilari orasidagi korrupsiya va yolg‘on haqida gapirgan hamda bu holatlar qizining kelajagiga ta’siri ustida mulohaza yuritgan.

Strategic Focus: Atlantic
🇫🇷 Yevropa o‘z xavfsizligini mustaqil ta’minlay oladigan geosiyosiy kuchga aylanish vaqti keldi — Emmanuel Makron

“Bu jasorat vaqti. Bu kuchli Yevropa vaqti. Yevropa geosiyosiy kuch bo‘lishni o‘rganishi kerak. Bu ilgari bizning siyosiy DNKmizda yo‘q edi”, degan Makron.

Shuningdek, uning aytishicha, hatto Ukraina urushi bo‘yicha kelishuvga erishilgan taqdirda ham, Yevropa baribir tajovuzkor Russiya bilan yuzma-uz qoladi. Shu sababli Yevropa Rossiyaning talablariga yon bermasligi va asosiy muammolarni hal qilmaydigan qisqa muddatli kelishuvga rozi bo‘lmasligi lozim.

Strategic Focus: Atlantic
Forwarded from Farxod Karimov | Rasmiy kanal (...)
Zelenskiyga yana bosim qilinadi.

17-18-fevral kunlari Ukrainadagi urush bo‘yicha navbatdagi muzokaralar o‘tkalishi rejalashtirilgan. Ushbu muzokaralarda asosan Ukraina tomoniga bosim o‘tkazilishi aniq. Sababi, Tramp Rossiyaning urushni tugatishga tayyorligini, Zelenskiy harakatini qilib olishi zarurligi ta’kidlanmoqda. Harakatini qilish deganda, Ukrainada saylov va referendumni tezlatish, egallangan hududlarni Rossiyaga topshirishning legitimlashtirshni tushuniladi. Ushbu muzokalar natijasiga ko‘ra, ehtimol, Rossiyaga yon bosiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸Janubiy Amerika yaqinida AQSH harbiy kemalari to‘qnashib ketdi

AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga qarashli ikki kema
USS Truxtun va USNS Supply dengizda yonilg‘i quyish jarayonida to‘qnashgan. Hodisa oqibatida 2 nafar harbiy xizmatchi jarohatlangan.

Hozirda voqea sabablari yuzasidan tergov olib borilmoqda.


Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸Epshteyn 2016-yilda Bill Geytsni o‘z oroliga Tramp bilan uchrashtirish uchun taklif qilgan

2016-yil dekabr oyida Jeffriy Epshteyn Bill Geytsni o‘z oroliga taklif qilgan va unga “yangi ma’muriyat a’zolari” tashrif buyurishini aytgan.

Bu xabar Trampning birinchi inauguratsiyasidan bir oy oldin yuborilgan.


Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Donald Tramp Eron rejimining ag‘darilishi – eng yaxshi voqea bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi

“Bu ro‘y berishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi hodisa. Ular 47 yildan beri faqat gapirishadi. Bu vaqtda ko‘plab insonlarni yo‘qotdik. Eron hukumatidagilar gapirayotgan paytda ko‘plab odamlar oyoq-qo‘lidan ayrildi, majruh bo‘ldi", dedi AQSH prezidenti.

Strategic Focus: Atlantic
“Yevropa o‘z xavfsizligini mustaqil ta’minlay oladigan geosiyosiy kuchga aylanish vaqti keldi” — Emmanuel Makron

“Bu jasorat vaqti. Bu kuchli Yevropa vaqti. Yevropa geosiyosiy kuch bo‘lishni o‘rganishi kerak. Bu ilgari bizning siyosiy DNKmizda yo‘q edi”, degan Makron.


​Shuningdek, uning aytishicha, hatto Ukraina urushi bo‘yicha kelishuvga erishilgan taqdirda ham, Yevropa baribir tajovuzkor Russiya bilan yuzma-yuz qoladi. Shu sababli Yevropa Rossiyaning talablariga yon bermasligi va asosiy muammolarni hal qilmaydigan qisqa muddatli kelishuvga rozi bo‘lmasligi lozim.

Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇦🇩🇪Ukraina Germaniyada birinchi qo‘shma dron ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi

Korxona allaqachon Ukraina Armiyasi uchun jangovar dronlar ishlab chiqarmoqda. Zelenskiy birinchi qo‘shma ishlab chiqarilgan zarba dronini qabul qilgan, ishlab chiqarish liniyasini ko‘rgan va uning birinchi sinov parvozini tomosha qilgan.

U yerda ishlab chiqarilgan 10 000 dron bu yil Ukrainaga yetkazib beriladi. Yil oxirigacha Yevropada jami 10 ta qo‘shma dron ishlab chiqarish loyihasi ishga tushiriladi.


Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇺🇳AQSHning BMTdagi elchisi Mayk Uolts “BMTni yana buyuk qilaylik” kepkasini Myunxen Xavfsizlik Konferensiyasiga olib keldi.

Strategic Focus: Atlantic
🇳🇴Norvegiya politsiyasi sobiq bosh vazir uyida tintuv o‘tkazdi

12-fevral kuni Norvegiya politsiyasi mamlakatning sobiq bosh vaziri va Yevropa Kengashining sobiq bosh kotibi Turborn Yaglandga tegishli ko‘chmas mulklarda tintuv o‘tkazgan. Tergov uning Jeffriy Epshteyn bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan aloqalariga oid surishtiruv doirasida olib borilgan.

Yaglandning advokati Anders Brosvet jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun asos yo‘qligini aytgan. Surishtiruv AQSH Adliya vazirligi tomonidan Epshteyn ishiga oid yangi materiallar e’lon qilingach boshlangan. Ochiqlangan hujjatlarga ko‘ra, Yagland va uning oila a’zolari 2011–2018-yillar oralig‘ida Epshteynga tegishli ko‘chmas mulklarga tez-tez borib turishgan.

Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸Tramp eski dunyoni barbod qildi – Mark Kelli

AQSH senatori Mark Kelli Donald Tramp siyosati sabab xalqaro tartib izdan chiqqanini aytgan. U hatto, mamlakatlar aloqalarini qayta tiklashning o‘zi ham avlodlar uchun vaqt talab qilishini ta’kidlagan. Senator dunyo davlatlari yana o‘zini qulay his qilishi uchun uzoq muddat kerak bo‘lishi qo‘shimcha qilgan.

Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇦🇷🇺Zelenskiy Putinning vaqti ko‘p emasligini aytdi

Ukraina Prezidenti Myunxen Xavfsizlik Konferensiyasi doirasida bergan bayonotida, o‘zi 48 yoshda ekanini, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa 73 yoshda ekanini ta’kidlagan va Rossiya yetakchisining vaqti ko‘p emasligini aytgan.

“Xudo xohlasa, vaqt juda ko‘p ham bo‘lmasin”, deb qo‘shimcha qilgan u.


Shuningdek, Zelenskiy AQSHning Prezidenti Donald Trampni Rossiya–Ukraina urushini imkon qadar tezroq tartibga solish uchun Putinga bosim o‘tkazishga chaqirgan.

Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇫🇷Luvr muzeyi xodimlari chipta sotib 10 mln yevroni o‘g‘irlagan bo‘lishi mumkin

Fransiyadagi Luvr muzeyi xodimlari 20 kishidan oshgan guruhli tashriflarni uyushtirib, sayyohlardan qo‘shimcha haq undirgan. Parij prokuraturasi Luvr va Versal saroyidagi chipta firibgarligi bo‘yicha 9 nafar shaxsni hibsga olingan.

Gumondorlar orasida Luvrning 2 ta xodimi, gidlar hamda “ishni tashkil etishda gumon qilinayotgan” yana bir kishi ham bo‘lgan. 2025-yil oktyabr oyida Luvr o‘g‘rilikdan ham jabr ko‘rgan edi.

Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸Goldman Sachs bosh yuristi Epshteynni “amakim” deb atagani uchun iste’foga chiqmoqda

AQSHning yirik moliya kompaniyasi Goldman Sachsning bosh yuristi Ketrin Ryumler Jeffriy Epshteyn bilan yozishmalari e’lon qilingach, lavozimini tark etmoqda.

Xatlarda u Epshteynni “amakim Jeffriy” deb atagan, OAV bilan ishlash bo‘yicha maslahatlar bergan hamda undan qimmatbaho sovg‘alar olgani qayd etilgan.

Strategic Focus: Atlantic
Forwarded from Diplomat (Sobirov)
Mana shunaqa “aqlli” postlar internetda ko‘p aylanadi. Reddit, Fb yoki Telegram kanallarda shunaqa istehzo yozib, qandaydir “kashfiyot’ qiladiganlar ko‘p.

Bir qaraganda bunday postlarda haqiqat bor: raketa rostan ham 1,2-1,7 mln dollar turadi. Shaheed-136 (Geran-2) narxi esa 30-50 ming dollar oralig‘ida. Qaysi “ahmoq” dronni undan 40 baravar qimmat raketa bilan urgan?

Birinchidan urushda narx har doim ham eng muhim omil bo‘lmaydi. Dron muhim infratuzilma yoki aholi manziliga ketayotgan paytda, harbiylar “otsak qimmatga tushamiz”, deb unga qarab turish yanada be’manilik.

Va eng oddiy, telba ham tushunuvchi sabab – dron yetkazishi mumkin bo‘lgan zarar miqdori bir necha mln yoki bir necha o‘nlab jon bo‘lishi ham mumkin.

Qolaversa, postda AIM-120 AMRAAM raketasi tilgan olingan. Mavzuga sal chuqur kirilsa, bu raketa nega ishlatilgani ham ochiqlanadi. AMRAAM “havo-havo” tipidagi raketa, ya’ni, u asosan havodagi nishonlarni yo‘q qiladi. Rossiya samolyot-vertolyotlari hozir Ukraina havo hududiga deyarli umumam kirmayapti.

Rossiya raketalari ham kichik va tezkor, ularni urish qiyin. Demak, dushman samolyot va vertolyotlari yo‘q paytda, drondan boshqa yana nima bu raketaning ustuvor nishoni bo‘la oladi?

Shunday qilib, oddiy ko‘ringan hamma narsa ham oddiy bo‘lavermaydi.

@pan_diplomat