WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishi yoki Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chiqishi mumkin
AQSH prezidenti Donald Tramp shu hafta Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, chunki u Rossiyaning Ukrainaga uyushtirayotgan hujumlaridan tobora ko‘proq norozi bo‘lmoqda, deb yozadi gazeta o‘z manbalariga tayanib.
Nashr suhbatdoshlaridan birining aytishicha, agar sanksiyalar joriy qilinsa ham, ular yangi moliyaviy cheklovlarni o‘z ichiga olmaydi. Biroq Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga muzokara stoli ortida yon berishga majbur qilish uchun boshqa bosim choralari muhokama qilinmoqda. Ular orasida Rossiya doim rad etib kelayotgan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish talabi ham bor.
Avvalroq Tramp o‘tgan hafta oxirida Ukrainaga qilingan keng ko‘lamli hujumdan so‘ng sanksiyalar kiritish ehtimoli haqida gapirgan edi. Keyinroq u yana Putinni keskin tanqid qilib, uni "butunlay aqldan ozgan" deb atadi.
"Tramp tinch yo‘l bilan mojaroni hal qilishga urinishlardan charchagan va agar bu sa’y-harakatlar samara bermasa, muzokaralardan butunlay voz kechish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Biroq Qo‘shma Shtatlar muzokaralardan chiqsa nima bo‘lishi va Tramp Kiyevga harbiy yordamni davom ettiradimi-yo‘qmi bu hozircha noma’lum", deb yozadi nashr.
Vashington muzokaralardan chiqishi mumkinligi haqida The New York Times ham yozgan edi. Biroq ushbu nashr manbalariga ko‘ra, Tramp Yevropa yetakchilariga Moskvaga qarshi sanksiyalar bosimini kuchaytirish niyati yo‘qligini bildirgan.
G’arbiy alyans

"Prezident Tramp muzokaralar yo‘li bilan erishilgan tinchlik kelishuvini ko‘rishni istayotganini aniq bildirib o‘tgan", — deyiladi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittning WSJ'ga bergan bayonotida.
Vashington muzokaralardan chiqishi mumkinligi haqida The New York Times ham yozgan edi. Biroq ushbu nashr manbalariga ko‘ra, Tramp Yevropa yetakchilariga Moskvaga qarshi sanksiyalar bosimini kuchaytirish niyati yo‘qligini bildirgan.
G’arbiy alyans
Forwarded from Strategic Focus: Central Asia
Nega hanuzgacha milliy kontentini yarata olmayapmiz?
“Ishonch” gazetasida muhim bir savol ko‘tarildi: nega “O’zbek multfilm” YouTube kanalida atigi 361 ta obunachi bor va nega uning kontenti kichik yoshdagi bolalar uchun qiziqarli emas? Nega milliardlab budjet mablag‘lari ajratilayotganiga qaramay, sifatli o‘zbekcha multfilmlar paydo bo‘lmayapti?
Javob bu yerda shunchaki “pul yo‘q” yoki “mutaxassis yetishmaydi” degan oddiy sabablardan ancha chuqurroq. Asl muammo — strategik yondashuvning yo‘qligida. Jahon tajribasida strategic messaging degan tushuncha bor. Bu davlatning xalqaro maydonda o’zining qanday qabul qilinishiga xizmat qiluvchi vosita. Har bir mamlakat vaqt o‘tishi bilan o‘zining tanilgan obrazini shakllantiradi: Ispaniya — Don Kixot, Yaponiya — samuraylar, Rossiya — ayiq bilan bog‘lanadi. Va har bir bunday obraz ortida — odatda adabiyotdan kelib chiqqan kontent turadi.
Sifatli multfilm yoki film har doim kuchli g‘oya bilan boshlanadi — bu ertak, hikoya, roman yoki hatto she’r bo‘lishi mumkin. Garri Potter, Uzuklar hukmdori, Mulan, Masha va Ayiq — bularning barchasi adabiy yoki folklor asarlarga asoslangan va zamonaviy shaklda qayta ishlangan.
Rossiya nima qildi? Sobiq madaniyat vaziri Medinskiy (hozirda Ukraina bo’yicha rus tomonining asosiy muzokarachi) sovet davri kontenti eskirganini anglab yetdi. U maxsus fond tashkil qilib, bolalar uchun multfilm yaratish bo‘yicha ochiq tanlovlar e’lon qildi. Jarayon halol, ochiq, eng yaxshi ssenariynavislar, bastakorlar, animatorlar ishtirokida olib borildi. Aynan shu yo‘l bilan Masha va Ayiq, Uch mushuk, Belka va Strelka kabi loyihalar yaratilgan va ular xalqaro maydonga chiqqan.
Unda O‘zbekiston nima uchun orqada? Chunki bizda tizimli yondashuv yo‘q. Kontent borasida davlat strategiyasi mavjud emas. Yozuvchilar bilan tizimli va faol ish olib borilmaydi. Axir aynan adiblar qahramonlarni yaratadi, keyinchalik ular asosida multfilmlar, filmlar, o‘yinlar, komikslar va hatto brendlar yaratiladi.
Vaziyatni o‘zgartirish uchun quyidagilar zarur:
1) zamonaviy yozuvchi va shoirlarni qo‘llab-quvvatlash;
2) turli yosh toifalari uchun eng yaxshi ssenariy va asarlar tanlovini yo‘lga qo‘yish;
3) yozuvchi, animator, bastakor va rejissyorlarni yagona ijodiy jarayonga birlashtirish;
4) eng muhimi — bu jarayonni ochiq tanlov va halol baholash prinsiplari asosida tashkil etish.
Aks holda milliardlab mablag‘lar havoga sovuriladi. Farzandlarimiz esa ingliz tilidagi “qahramonlarni” tomosha qilishda davom etadi, chunki biz ularga o‘zimizning qahramonlarimizni taklif eta olmayapmiz.
Kontent — bu shunchaki ko‘ngilochar mahsulot emas. Bu — ta’sir ko‘rsatish vositasi. Agar biz dunyoga o‘z qahramonlarimiz haqida o‘zimiz gapirib bermasak, buni boshqalar qiladi.
Strategic Focus: Central Asia

👍6🔥3
Tramp to‘satdan Putinni Ukraina shaharlari, jumladan Kiyev va Odessaga uyushtirgan kuchli hujumlari uchun keskin tanqid qildi. U Rossiya prezidentini "butkul aqldan ozgan" deb atadi va agar Putin butun Ukrainani egallashni istasa, bu Rossiyaning o‘zining qulashiga olib kelishini aytdi. Bu so‘nggi oylarda Trampning Kremlga qarshi eng keskin bayonotlaridan biri bo‘ldi.
Biroq bu keskin ritorikadan keyin hech qanday real harakatlar kuzatilmadi. Na yangi sanksiyalar, na siyosiy qarorlar qabul qilinmadi. Aksincha, atigi bir necha kun oldin Tramp Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi va Kremlning Amerika shartlariga rozi bo‘lmaganiga qaramay, uning muzokaralarga tayyorligini maqtadi. Bundan tashqari, Putin “aqldan ozgan” deb atalgan xabarning o‘zida Tramp Zelenskiyni ham tanqid qildi — “uning aytgan har bir gapi muammo keltirib chiqaradi, bu to‘xtashi kerak”, dedi u.
Putin esa bu ikkilanishni sezayotganga o‘xshaydi. U Tramp og‘zaki keskinlik bildirayotgan bo‘lsa-da, hech qanday aniq choralar ko‘rmayotganini ko‘rib turibdi. Rossiya rahbariyati G‘arb yetakchilarining qat’iyatsizligini zaiflik sifatida qabul qilmoqda.
Bu orada AQSh Kongressida bosim kuchaymoqda. Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar haqidagi qonun loyihasini allaqachon 80 dan ortiq senator qo‘llab-quvvatladi. Oq uy hozircha bu tashabbusga ruxsat bermayotgan bo‘lsa-da, yaqin vaqtda vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Shunday qilib, Vashingtondagi mavjud muhit chigallashmoqda: Tramp gapdan amaliyotga o‘tadimi yoki Putin jazolanishdan qo‘rqmay, tajovuzkorlikni davom ettiradimi — bu hali noma’lum. Bu vaziyatda Ukraina tarafining ham o‘zini qanday tutishi muhim: hatto Oq uy siyosatini asosli tanqid qilish ham Tramp tomonidan og‘riqli qabul qilinishi va uning e’tiborini haqiqiy tahdiddan chalg‘itishi mumkin.
Umuman olganda, vaziyat hanuz beqarorligicha qolmoqda. Tramp hozircha faqat ijtimoiy tarmoqlarda “kuchini ko‘rsatmoqda”, Kreml esa raketa hujumlari bilan G‘arbning chizig‘ini sinab ko‘rmoqda. Biroq Kongress sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunni qabul qilsa, bu siyosiy o‘yinning qoidalarini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin.

❤2👍2🔥1
Forwarded from MAXFIY DAFTAR
Sovuq urush: muvozanat niqobidagi yashirin gegemonlik
1945-yil fevralidan 1991-yil avgustigacha bo‘lgan davr tarixga Sovuq urush davri sifatida kirgan. O’sha vaqtda dunyo ikki lagerga bo‘lingan edi: AQSh boshchiligidagi G‘arb bloki va Sovet Ittifoqi yetakchiligidagi Sharqiy blok. Harbiy to‘qnashuvga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa-da, bu qarama-qarshilik mafkura, iqtisodiyot, sport, adabiyot va fan sohalarini qamrab olgan global kurashga aylangan. Ayniqsa, uchinchi dunyo mamlakatlarida, xususan, Islom olamida yuz bergan proksi urushlar, davlat to‘ntarishlari va inqirozlar bu qarama-qarshilikni yanada keskinlashtirdi.
1945-yilda o‘tkazilgan Yalta konferensiyasi Sovuq urushning boshlanish nuqtasi bo‘ldi. Bu yerda kuchlar o‘zaro ta’sir doiralarini taqsimlab oldi. AQSh G‘arbiy Yevropa, Turkiya, Gretsiya, Yaqin Sharq va neftga boy hududlarni o‘z nazoratiga oldi. Sovet Ittifoqi esa Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda ta’sirini kengaytirdi. Shundan so‘ng Vashington va Moskva o‘rtasida bevosita to‘qnashuvdan qochilgan, ammo global periferiyada ta’sir uchun qattiq kurash boshlangan davr boshlandi.
Sovuq urushning voqealar xronologiyasi tinimsiz tanglikni ko‘rsatadi: 1950-yillardagi Suvaysh inqirozi va Koreya urushidan tortib, 1962-yilgi Karib inqirozi va 1980-yillardagi Afg‘on urushi. Har bir o‘n yillik yangi “olovli nuqtalar” bilan ajralib turdi: Lotin Amerikasida — to‘ntarishlar va inqiloblar, Janubi-Sharqiy Osiyoda — Vetnam va Kambodja urushlari, Afrikada — fuqarolik mojarolari, Yaqin Sharqda — arab-isroil urushlari. Bularning bari qurollanish poygasi, kosmik raqobat va axborot urushi fonida kechdi.
Bu geosiyosiy ikkiyoqlamalik uchun eng katta narxni Islom dunyosi to‘ladi. Sovuq urush mafkuralar to‘qnashuvi emas, balki yashirin resurslar bo‘linmasi davri bo‘lgan. Bu jarayonda musulmon mamlakatlari zaiflashtirilib, parchalangan va tashqi kuchlarga bo‘ysundirilgan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQSh Falastinni bo‘lish rejasini ilgari surib, 1948-yilda Isroil davlatining tuzilishiga erishdi. Bu esa urushlar va okkupatsiyalar zanjirini boshlab berdi. Misr – Nosir, Sadat va Mubarak davrlarida G‘arb strategiyasining bir bo‘lagiga aylantirildi. 1947-yildagi Hindiston va Pokistonning bo‘linishi, 1980-yillardagi Afg‘on fojeasi va keyinchalik Tolibonning hokimiyatga kelishi — barchasi tashqi gegemon kuchlarning musulmon mamlakatlar ichki ishlariga tizimli aralashuvining namunalaridir.
Bu davrda siyosiy maydonda Trumen, Kennedi, Reygan va Bush (AQSh); Stalin, Xrushchov, Brejnev va Gorbachov (SSSR); Mao Szedun, Xo Shi Min, Fidel Kastro, Che Gevara, Tetcher, de Goll, Cherchill, Kim Ir Sen kabi rahbarlar yetakchi rol o‘ynagan. Ular kuchlar nisbatini belgilabgina qolmay, bugungi global tartibning poydevorini ham yaratdilar.
Sovuq urushning rasmiy yakuni Varshava shartnomasining bekor qilinishi, Berlin devorining qulashi va Sovet Ittifoqining parchalanishi bilan e’lon qilindi. Ammo bu bilan AQShning yashirin gegemonligi tugamadi. Aksincha, u BMT, NATO, XVF kabi xalqaro tuzilmalarni o‘z nazorati ostida mustahkamlab oldi. Mustamlaka imperiyalarining tugatilishi esa faqat qaramlik shakllarining o‘zgarishiga olib keldi — sobiq koloniyalar proksi urushlar va iqtisodiy ekspluatatsiya maydonlariga aylandi.
Sovuq urush — bu shunchaki tarixiy epizod emas. Bu — butun bir davr bo‘lib, unda tinchlik, demokratiya va xavfsizlik shiorlari ostida Islom olami bo‘linib, milliy suverenitetlar bostirildi va global boyliklar qayta taqsimlandi. Bugun xaritada SSSR yo‘q bo‘lishi mumkin, ammo o‘sha qarama-qarshilikning izlari va oqibatlari hanuz jahon siyosatini belgilab bermoqda.
Beshikdan qabrgacha ilm izla!

👍4🔥2💯1🫡1
Putinning Ukraina bo‘yicha tinchlik sharti — sanksiyalarni bekor qilish va NATOning kengayishini to‘xtatish va’dasi.
Yuqori lavozimli rossiyalik manbaga ko‘ra, Putin AQSh yetakchiligidagi NATOning sharqqa kengaymasligi haqida G‘arb davlatlaridan “yozma” kafolat olishni istamoqda. Bu esa Ukraina, Gruziya, Moldova va boshqa sobiq sovet respublikalarining NATOga a’zo bo‘lishidan rasmiy ravishda voz kechilishini anglatadi.

👍1😁1
Ilon Mask AQSH prezidenti administratsiyasini tark etganini ma’lum qildi
Mask AQSH hukumati samaradorlik departamenti (DOGE) rahbarligidan ketdi. U bu haqda o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan.
U Trampning soliq imtiyozlarini uzaytirish va AQSHdagi immigratsiyani qat’iy nazorat qilishga doir qonun loyihasini tanqid qilganidan so‘ng bu qarorini e’lon qilgan.

“Maxsus hukumat xodimi sifatidagi belgilangan muddatim yakunlanar ekan prezident Trampga minnatdorlik bildirmoqchiman. DOGE vazifasi vaqt o‘tishi bilan yanada mustahkamlanib boradi, chunki u butun hukumat tizimida hayot tarziga aylanadi”, deb yozgan Tesla rahbari.
U Trampning soliq imtiyozlarini uzaytirish va AQSHdagi immigratsiyani qat’iy nazorat qilishga doir qonun loyihasini tanqid qilganidan so‘ng bu qarorini e’lon qilgan.
G’arbiy alyans
🤝5❤1
AQSh xitoylik talabalarning vizalarini bekor qilishni boshlaydi — davlat kotibi Marko Rubio
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti Garvard universiteti bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xorijiy fuqarolarning nafaqat talabalarning, balki universitet xodimlarining ham vizalari qayta ko‘rib chiqilishini e'lon qildi.
Xalqaro ta'lim instituti hisoboti ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Qo‘shma Shtatlarga eng ko‘p xorijiy talabalar aynan Xitoydan kelgan.
G’arbiy alyans
"Bu, jumladan, Xitoy Kommunistik partiyasi bilan aloqador bo‘lgan yoki strategik ahamiyatga ega mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga ham taalluqlidir. Shu bilan birga, biz Xitoy va Gonkongdan bo‘lajak barcha arizalarni tekshirishni kuchaytirish uchun viza mezonlarini ko‘rib chiqamiz", — deya aniqlik kiritdi Rubio.
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti Garvard universiteti bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xorijiy fuqarolarning nafaqat talabalarning, balki universitet xodimlarining ham vizalari qayta ko‘rib chiqilishini e'lon qildi.
Xalqaro ta'lim instituti hisoboti ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Qo‘shma Shtatlarga eng ko‘p xorijiy talabalar aynan Xitoydan kelgan.
G’arbiy alyans
🔥7
NATO Germaniyadan alyans mudofaasi uchun 40 ming harbiy xizmatchidan iborat yettita yangi brigada tuzishni so‘raydi — Reuters
Yuqori lavozimli harbiy amaldorlardan birining aytishicha, NATO ittifoqchilari kelajakda taqdim etishi kerak bo‘lgan brigadalar umumiy soni 120–130 taga oshiriladi.
Bu alyansning hozirgi 80 brigadalik maqsadiga nisbatan taxminan 50 foizga ko‘payishni anglatadi.

❤4👎1
Forwarded from MAXFIY DAFTAR
Yaltadan keyingi dunyo: bir qutblilik tugadimi?
Sovet Ittifoqi parchalanib, Sovuq urush yakunlangach, AQSh yagona superdavlat sifatida qolib, dunyoda bir qutbli tartib o‘rnatishga harakat qildi. NATO, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va BMT kabi tuzilmalar aynan AQSh yetakchiligida faol ishlay boshladi. Amerika korporatsiyalari va banklari Yevropa va global moliya bozorida ustunlikni qo‘lga kiritdi. 1996-yilga kelib, AQSh banklarining xalqaro moliya bozoridagi ulushi 80% ga yetdi. Shuningdek, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, AQSh Yaqin Sharq neftiga egalik ulushini 29% dan 59% gacha oshirdi.
Biroq 1980–1990-yillarda dunyo beqarorlik girdobiga tushdi. Bolqon, Yaqin Sharq va Kavkaz mintaqalari mojaroli hududlarga aylandi. Etnik, diniy va millatchilik harakatlari butun mintaqalarni beqarorlashtirdi. Urushlar, ommaviy migratsiya, terrorizm, narkotik savdosi va qurol kontrabandasiga aylangan global xavflar zamonaviy davrning ajralmas qismiga aylandi. BMT, NATO va YXHT kabi xalqaro tashkilotlar bu muammolarni samarali hal eta olmayapti.
Sovuq urush tugagach, AQSh xalqaro sudlar qarorlarini e’tiborsiz qila boshladi — u Xalqaro jinoiy sud va Gaagadagi Xalqaro sud organining yurisdiksiyasini tan olmayapti. AQShning strategiyasi o‘z harbiy va iqtisodiy kuchi bilan boshqa davlatlarni bo‘ysundirishga majbur qilishdan iborat. Ammo bu bir qutbli model tobora ko‘proq savollar uyg‘otmoqda.
Amerika hukmronligiga javoban, dunyoni boshqarish bo‘yicha muqobil nazariyalar paydo bo‘la boshladi: ikki qutbli model (G‘arb va qolgan dunyo), ko‘p qutbli tartib (AQSh, Xitoy, Rossiya, Yevroittifoq), va hattoki to‘liq xaos ssenariylari. E’tibor markazida esa energiya manbalariga boy mintaqalar — Yaqin Sharq, Kavkaz va Markaziy Osiyo turibdi.
Bu sharoitda Turkiy dunyo muhim strategik tanlov oldida turibdi. Turkiylarning geografik joylashuvi, 200 millionlik aholi va bo‘lajak energetik yo‘llardagi o‘rni ularni kuchli geosiyosiy o‘yinchiga aylantirmoqda. Ammo Turkiy davlatlar o‘z mavqeini mustahkamlashi uchun uzoq muddatli tashqi siyosat olib borishi, iqtisod, texnologiya, kuchli hukumatlar va xalq qo‘lloviga tayanishi zarur.
Dunyo tartibi kelajagi davlatlarning biryoqlama hukmronlik modellariga bo‘ysunmay, yangi muvozanatlarni shakllantira olish qobiliyatiga bog‘liq. Bugun dunyo tobora ko‘p qutbli zamonga kirib bormoqda — bu yerda kuch markazlari bir nechta, mojarolar esa yanada murakkab bo‘ladi.

Global axborot xaosi va feyklarning ommaviy targ’iboti zamonida bizning kanallar haqiqat tarafida bo’lishga yordam beradi:
Strategic Focus: Central Asia - Markaziy Osiyodagi (va boshqa mintaqalar) asosiy voqealar tahlili.
@erontahlili - Yaqin Sharqdagi zamonaviy xalqaro munosabatlar.
G’arbiy alyans - AQSh va Yevropa kun tartibidagi asosiy mavzular hamda trendlar.
Xorijiy OAV - chet tillardagi yetakchi nashrlar kanali.
Strategic Focus: Central Asia - LIVE - jahondagi eng oxirgi va sara xabarlar.
🚀 Qo’shiling, afsuslanmaysiz! 🚀

AQSHning yangi tarif siyosati: global iqtisodiyot qanday o‘zgarayapti?
2025-yil aprelida prezident Donald Tramp ma’muriyati so‘nggi yuz yildagi eng yirik tarif paketini joriy etdi. Barcha mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 10 foizlik asosiy bojxona boji belgilandi, 57 davlatga esa, jumladan Xitoy, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga nisbatan individual tariflar joriy qilindi — ayrim hollarda 125 foizgacha. Natijada, AQSHdagi import uchun o‘rtacha samarali bojxona boji 2024-yil oxiridagi 2,4 foizdan 29 foizgacha oshdi. Agar yarim o‘tkazgichlar, farmatsevtika, mis va yog‘och kabi sohalarga rejalashtirilgan bojlar ham joriy qilinsa, bu ko‘rsatkich 40 foizdan oshib ketishi mumkin.
Ushbu siyosatning iqtisodiy oqibatlari allaqachon sezila boshladi. Amerikalik oilalar o‘rtacha yiliga 2 000 dollargacha yo‘qotyapti, sababi — narxlarning oshishi. Ayniqsa, Osiyo davlatlari — Xitoy, Vetnam, Hindiston va Yaponiya — ko‘proq zarar ko‘rmoqda. Xitoy eng kuchli bosim ostida qolmoqda va AQSH tarif siyosatining asosiy nishoniga aylangan. Yevropa Ittifoqi ham tarif bosimi ostida, biroq Kanada va YI kabi AQSH mahsulotlari uchun yirik bozor bo‘lgan mamlakatlar qarshi choralar ko‘rish imkoniyatiga ega. Vetnam va Hindiston esa, AQSH bozoriga qattiq bog‘liqligi sabab, ehtimol, qarama-qarshilikdan qochishga harakat qiladi.
Voqealar qanday rivojlanishi hozircha aniq emas. Uchta asosiy ssenariy mavjud. Birinchisi — pragmatik deeskalatsiya: bunda AQSH siyosiy yoki iqtisodiy imtiyozlar evaziga bojlarni kamaytirishga rozi bo‘ladi. Ikkinchisi — keskin siyosatni davom ettirish: bu holatda bojlar saqlanadi va sanoatni qayta tiklash strategiyasi doirasida kengaytiriladi. Uchinchi, eng xavotirli ssenariy — tartibsiz keskinlashuv: muzokaralarning muvaffaqiyatsiz yakunlanishi va keng qamrovli javob choralarining global savdo urushiga olib kelishi, bu esa investitsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarga cheklovlar kiritilishini anglatadi. Bunday holatda global iqtisodiy inqiroz deyarli muqarrar bo‘ladi.
Kompaniyalar uchun bu yangi davr shunchaki moslashuv emas, balki butun biznes modelini qayta qurishni talab qiladi. Barqarorlik endilikda to‘rt asosga tayanadi: operatsion moslashuvchanlik, aqlli tijorat strategiyasi, kadrlar tayyorgarligi va texnologik moslashuvchanlik. Bu yetkazib berish zanjirlarini qayta ko‘rib chiqishni, narx belgilash va xavf tahlili uchun sun’iy intellektni joriy etishni, xodimlarni qayta tayyorlash tizimlarini rivojlantirish va kiberxavfsizlikni kuchaytirishni o‘z ichiga oladi. Bu notinch davrda eng kuchlilar emas, balki tez qaror qabul qila oladigan, ma’lumotlarga tayanadigan va xavflarni imkoniyat deb biladiganlar yutadi.
Bugungi kunda AQSH tarif siyosati global iqtisodiyotning asosiy shakllanuvchi omiliga aylanmoqda. Jahon biznesi, hukumatlar va investorlar tushunib yetishlari kerak: ilgari amal qilgan erkin savdo modeli endi o‘tmishga aylanmoqda. Kelajak esa — barqarorlik uchun kurash, va bu kurashda strategik moslashuvchanlik eng muhim aktivga aylanadi.

❤6🔥2
Yevropa endi AQShga tayana olmaydi: javobgarlikni o‘z zimmasiga olish vaqti keldi
Tramp prezidentligi davrida AQShning Yevropaga nisbatan siyosatini keskin o‘zgartirishi Yevropa uchun haqiqiy zarba bo‘ldi. Savdo bilan tahdid qilish, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasidagi ochiq mojarolar, Yevropadagi AQSh harbiylarini chiqarish rejasi — bularning barchasi shuni ko‘rsatdiki: AQSh endi barqarorlik kafili emas. AQShning izolyatsion siyosati va iqtisodiy muammolari fonida Yevropa ittifoqi yolg‘iz o‘zi Rossiyaning harbiy tajovuzi, Xitoy sanoat ekspansiyasi va past iqtisodiy o‘sish sur’atlariga qarshi turishga majbur bo‘lmoqda.
Ammo ushbu xaos ichida imkoniyat ham bor. Investorlar AQShga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmoqda va tobora ko‘proq Yevropani barqaror muqobil sifatida ko‘ra boshladi. Ana shu lahzani qo‘ldan boy bermaslik uchun Yevropa Ittifoqi sustkashlikni to‘xtatib, o‘zini mustaqil global o‘yinchi sifatida namoyon qilishi kerak.
Birinchidan — mudofaa. Hozirda Yevroittifoq mudofaa uchun YAIMning atigi 1,8 foizini sarflaydi. Bu esa o‘z chegaralarini himoya qilish va Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun yetarli emas. Xarajatlar YAIMning kamida 3,5 foizigacha oshirilishi zarur. Mablag‘lar ikki manbadan olinishi mumkin: pandemiya davridagi kabi umumiy Yevropa obligatsiyalarini chiqarish yo‘li bilan yoki muzlatilgan Rossiya aktivlari hisobidan (200 milliard yevrodan ortiq mablag‘). Bu pullarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga va Yevropa mudofaa sanoatini kuchaytirishga yo‘naltirish mumkin.
Ikkinchidan — strategik investitsiyalar. Yevropa hayotiy muhim texnologiyalar, energiya infratuzilmasi va sanoatni modernizatsiyalashga katta miqdorda sarmoya kiritishi zarur. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 800 milliard yevrogacha mablag‘ talab etadi. Ammo bu xarajatlar o‘zini oqlaydi. Ular Yevropaning raqobatbardoshligini oshiradi va uni tashqi omillarga qaramligini kamaytiradi.
Uchinchidan — ichki to‘siqlarni bartaraf etish. Umumiy bozor mavjud bo‘lishiga qaramay, Yevropa ichida moliyaviy va iqtisodiy qoidalarda katta tafovutlar mavjud. Bular amalda a’zo davlatlar o‘rtasida yashirin “bojxona devorlarini” yuzaga keltiradi. Ularni yo‘qotish va yagona kapital bozorini shakllantirish Yevropa YAIMini 10 yil ichida 7 foizga oshirishi mumkin. Bu esa ichki va tashqi investorlar uchun Yevropani yanada jozibador qiladi.
To‘rtinchidan — siyosiy iroda. Yevropa Ittifoqi qarorlar qabul qilish tizimini, ayniqsa sanksiyalar va tashqi siyosat bo‘yicha, isloh qilishi zarur. Bugungi kunda sanksiya joriy etish uchun barcha davlatlarning yakdil roziligi talab qilinadi — bu esa, masalan, Vengriya kabi davlatlar tomonidan siyosiy shantaj uchun ishlatilmoqda. Ko‘pchilik asosida ovoz berish tizimiga o‘tish qarorlar qabul qilinishini tezlashtiradi va kuchaytiradi. Shuningdek, Yevropa sanksiyalar va eksport nazoratini muvofiqlashtirish borasida o‘zining ichki uyg‘unligini oshirishi lozim.
Nihoyat, Yevropa o‘zini birovga ergashuvchi sifatida emas, balki yetakchi sifatida ko‘ra olishi kerak. YI allaqachon o‘zining mustaqil harakat qilish qobiliyatini ko‘rsatdi — Rossiyaning “yashirin flotiga” qarshi sanksiyalar AQShnikidan ham qattiqroq bo‘ldi. Ammo bunday faoliyat oddiy holga aylanishi uchun Yevropaga yagona iroda va o‘z salohiyatini anglash kerak.
Xulosa qilganda, bugun Yevropa tanlov oldida turibdi. U yoki boshqalarga qaram bo‘lib qolaveradi, yoki nufuzli geoiqtisodiy o‘yinchiga aylanadi.

👍4🔥4🌚2❤1
⚡️Pentagon xodimi maxfiy ma’lumotlarni xorijga o‘tkazmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.
Bu haqda mamlakatda Bosh prokuratura funksiyalarini bajaruvchi AQSh Adliya vazirligi tarqatgan bayonotda aytiladi.

❤5
Strategic Focus: Atlantic
⚡️Pentagon xodimi maxfiy ma’lumotlarni xorijga o‘tkazmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakatda Bosh prokuratura funksiyalarini bajaruvchi AQSh Adliya vazirligi tarqatgan bayonotda aytiladi. G’arbiy alyans
Maxfiy ma'lumotlarni xorjiy davlatga topshirishga uringan Pentagon xodimi buni Tramp ma'muriyati bilan kelishmovchiliklar bilan izohladi
AQSh Adliya vazirligining xabar berishicha, Pentagonning Razvedka boshqarmasida ishlovchi IT mutaxassisi milliy mudofaaga doir ma'lumotlarni xorijiy davlat hukumatining vakiliga yetkazmoqchi bo‘lganlikda gumonlanib qo‘lga olingan.
Federal qidiruv byurosi (FQB) mart oyida 28 yoshli Neytan Vilas Latchning AQSh bilan “do‘stona” aloqalarg ega mamlakatlardan birining hukumatiga maxfiy ma'lumotlarni berishga tayyor ekanidan xabardor bo‘lgan. FQB gap qaysi mamlakat haqida ekaniga aniqlik kiritmagan.
FQB xodimi o‘zini o‘sha mamlakat vakili sifatida tanishtirib, Latch bilan yozishmalar olib borgan.

"Men AQSh prezidenti ma'muriyatining harakatlaridan noroziman. Shu sababli, maxfiy ma'lumotlarni chet el fuqaroligi yoki boshqa biror to‘lov evaziga baham ko‘rishga tayyorman", —deb yozgan Pentagon xodimi xatlaridan birida.
G’arbiy alyans
❤6👍2
Tramp o‘zini “xudoning elchisi” deb atadi
U ushbu posterni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylagan.
Posterda u xudoning topshirig‘ini bajarayotganini va hech bir kuch uning qilayotgan ishlariga qarshi chiqolmasligi ta’kidlagan.

💩39👎9😁4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1999-yil:
Qrim bizga kerakmas, Rossiyaning o’zida 400 bahsli hudud bor. Rossiya imperiya emas.
2025-yil:
Qrim va Ukrainaning yana 4 viloyati Rossiya tarkibiga qo’shilganini tan olish talab qilinmoqda.

🖕11👍6👏1
Maxfiy daftar — dunyo siyosatining yashirin jihatlari, geosiyosat, din va global fitnalar haqidagi kanal. Faktlarga asoslangan va senzurasiz tahlillar, tarixiy ma’lumotlar.
Maxfiy daftarga qo’shiling va dunyoga boshqacha nigoh bilan qarang.
Beshikdan qabrgacha ilm izla!
Maxfiy daftarga qo’shiling va dunyoga boshqacha nigoh bilan qarang.
Beshikdan qabrgacha ilm izla!
👍4❤3🔥1👏1
Ukraina Xavfsizlik xizmati “O’rgimchak to’ri” nomli maxsus operatsiyani amalga oshirdi. Shubhasiz, bu voqea tarixga Rossiya o‘z yadroviy qalqonining bir qismini yo‘qotgan lahza sifatida kirishi aniq. Ateo Breaking kanali ma’lumotiga ko‘ra, hujum natijasida 41 ta strategik harbiy samolyot yo‘q qilindi yoki ishdan chiqarildi — aynan shu bombardimonchilar yadroviy raketalarni tashuvchi kuch sifatida xizmat qilardi.
Operatsiya juda puxta ishlab chiqildi: ukrainaliklar dronlarni yashirincha Rossiyaga olib kirgan, ularni maxsus konteynerlarda yuk mashinalarida yashirishgan. Kerakli paytda bu konteynerlarning tomi ochilgan va dronlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya hududidan uchib chiqib, bombardimonchi samolyotlarga zarba bergan.
Hech shubhasiz, bu Moskvaga qarshi eng kuchli zarbalardan biri bo’ldi. Bunday samolyotlarning yo‘qotilishi — shunchaki statistik yo‘qotish emas, balki Rossiyaning doim maqtanib kelgan yadroviy tiyib turish tizimi uchun katta zarba.
Kreml vahimani ko‘rsatmaslikka harakat qilmoqda: zaif ko‘rinmaslik uchun Istanbuldagi muzokaralarni davom ettirmoqda. Ammo ichkarida Ukrainaning infratuzilmasi va shaharlari bo‘yicha “qasos” zarbalari tayyorlanmoqda.
Eng muhimi: Ukraina nafaqat frontda, balki Rossiyaning strategik kuchiga ham zarba bera olishini ko‘rsatdi. Endi bu oddiy hududiy urush emas — bu “buyuk derjava” maqomiga qilingan hujumdir.
G’arbiy alyans
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍10🔥4🖕3💩1
Forwarded from Strategic Focus: Central Asia
M.Imomov: Rossiya o‘zi boshlab bergan tajovuz uchun haqiqiy javobni oldi
“Qo‘shnilarini o‘n yillar davomida qo‘rqitib, “ta’sir zonalari” qurish va yadroviy qurollar bilan tahdid qilish o‘rniga, Moskva o‘zining ichki muammolari bilan shug‘ullanishi kerak edi. Afsus, u xato yo’lni tanladi.
Ukraina aniq harakat qila olishini ko‘rsatdi: strategik aviatsiyaga zarba — Rossiyaning harbiy kuch tizimiga ochiq chaqiriqdir. Bu endi oddiy front emas — bu yuqori darajadagi o‘yin. Rossiya o‘zi boshlab bergan tajovuz uchun haqiqiy javobni oldi.”
S.Pinxasova: Kiyev hech kimning “duxi” yetmagan ishni qildi
““O’rgimchak to’ri” operatsiyasining muvaffaqiyati nafaqat harbiy yutuq, balki Brussel uchun kuchli signaldir. Ukraina Kremlning eng og‘riqli nuqtalariga zarba bera olishini isbotladi. YI va NATO endi harbiy yordamni kengaytirishi va tezlashtirishi ehtimoli o’ta yuqori. Kiyev hech kimning “duxi” yetmagan ishni qildi. Yevropa kutish rejimidan chiqib, jiddiy harakat qilishni boshlashi mumkin.”
K.Ametov: Putin yana tuzoqqa tushdi
“Rossiya shokda. Muzokaralar haqida gaplar ketayotgan paytda ukrainaliklar yadroviy infratuzilmaning eng muhim qismlariga kuchli zarba berdi. Putin yana tuzoqqa tushdi. Kreml katta ehtimol bilan navbatdagi shafqatsiz zarbalar bilan javob beradi. Biroq Kreml endi kun tartibini nazorat qila olmayapti. Uni yana aldashdi. Bu tasodif emas, balki tizimli muammo.”
K.Akopyan: Rossiya strategik nokautga uchradi
“Rossiya yadroviy qurol tashishga qodir o‘nlab strategik samolyotlaridan ayrildi. Rejimning yuragiga qashqatqich zarba urildi. Kreml oldindan rejalashtirilgan va jasorat bilan bajarilgan operatsiya qarshisida ojiz bo‘lib qoldi. Mutaxassislar tili bilan aytganda — bu strategik nokaut. Ko’cha tilda aytganda — ruslar pishdi.”
A.Fayzullozoda: Putin qanday qilib yutqazganini tushunmay qoldi
“Kreml hali ham o‘tmishda yashayapti: shaharlarga bomba tashlaydi, G‘arbni qo‘rqitadi, soxta muzokaralar o‘tkazadi. Ukraina esa Rossiyaning harbiy kuchining asosi bo‘lgan nuqtalariga tez, yashirinch va jiddiy zarbalar bermoqda. Bu operatsiya — yangi urush modelining namunasi. Putin bu o‘yinni boshqaryapman deb o‘ylaydi. Lekin o‘yin allaqachon tugagan, u esa buni hali ham tushunmayapti.”

❤17👍12👎3🔥3🤮1
Rossiya kuch ishlatar tuzilmalari Markaziy Osiyolik muhojirlar va umuman “rus bo‘lmaganlarni”ni ovlash bilan shunchalik band ediki, o‘z burnining tagida dushman dronlari yig‘ilayotganini va ular minglab kilometr uzoqlikdagi strategik obyektlarga yo‘naltirilayotganini ko‘rmay qolishdi. Himoyasiz odamlarga nisbatan nafrat va mensimaslik ularni mutlaqo ko‘r qilib qo‘ydi.
Qanat Odil
G’arbiy alyans
Qanat Odil
G’arbiy alyans
👍42😈6❤2💯2
Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin! 🌙
Qurbon hayiti – bu nafaqat qurbonlik qilish, balki qalbimizni tozalash, yomonliklardan voz kechib, yaxshilik yo‘lida yashash bayramidir. Bu kunlarda mehr, saxovat va insoniylik yana-da muhim ahamiyat kasb etadi.
Alloh har bir qilgan duoyingizni ijobat qilsin, uylaringizga tinchlik va baraka bersin. Bayram barchamizga quvonch, sog‘lik va totuvlik olib kelsin!

👍11