This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇦🇩🇪Ukraina Germaniyada birinchi qo‘shma dron ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi
Korxona allaqachon Ukraina Armiyasi uchun jangovar dronlar ishlab chiqarmoqda. Zelenskiy birinchi qo‘shma ishlab chiqarilgan zarba dronini qabul qilgan, ishlab chiqarish liniyasini ko‘rgan va uning birinchi sinov parvozini tomosha qilgan.
U yerda ishlab chiqarilgan 10 000 dron bu yil Ukrainaga yetkazib beriladi. Yil oxirigacha Yevropada jami 10 ta qo‘shma dron ishlab chiqarish loyihasi ishga tushiriladi.
Strategic Focus: Atlantic
Korxona allaqachon Ukraina Armiyasi uchun jangovar dronlar ishlab chiqarmoqda. Zelenskiy birinchi qo‘shma ishlab chiqarilgan zarba dronini qabul qilgan, ishlab chiqarish liniyasini ko‘rgan va uning birinchi sinov parvozini tomosha qilgan.
U yerda ishlab chiqarilgan 10 000 dron bu yil Ukrainaga yetkazib beriladi. Yil oxirigacha Yevropada jami 10 ta qo‘shma dron ishlab chiqarish loyihasi ishga tushiriladi.
Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇺🇳AQSHning BMTdagi elchisi Mayk Uolts “BMTni yana buyuk qilaylik” kepkasini Myunxen Xavfsizlik Konferensiyasiga olib keldi.
Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
🇳🇴Norvegiya politsiyasi sobiq bosh vazir uyida tintuv o‘tkazdi
12-fevral kuni Norvegiya politsiyasi mamlakatning sobiq bosh vaziri va Yevropa Kengashining sobiq bosh kotibi Turborn Yaglandga tegishli ko‘chmas mulklarda tintuv o‘tkazgan. Tergov uning Jeffriy Epshteyn bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan aloqalariga oid surishtiruv doirasida olib borilgan.
Yaglandning advokati Anders Brosvet jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun asos yo‘qligini aytgan. Surishtiruv AQSH Adliya vazirligi tomonidan Epshteyn ishiga oid yangi materiallar e’lon qilingach boshlangan. Ochiqlangan hujjatlarga ko‘ra, Yagland va uning oila a’zolari 2011–2018-yillar oralig‘ida Epshteynga tegishli ko‘chmas mulklarga tez-tez borib turishgan.

🇺🇸Tramp eski dunyoni barbod qildi – Mark Kelli
AQSH senatori Mark Kelli Donald Tramp siyosati sabab xalqaro tartib izdan chiqqanini aytgan. U hatto, mamlakatlar aloqalarini qayta tiklashning o‘zi ham avlodlar uchun vaqt talab qilishini ta’kidlagan. Senator dunyo davlatlari yana o‘zini qulay his qilishi uchun uzoq muddat kerak bo‘lishi qo‘shimcha qilgan.
Strategic Focus: Atlantic
AQSH senatori Mark Kelli Donald Tramp siyosati sabab xalqaro tartib izdan chiqqanini aytgan. U hatto, mamlakatlar aloqalarini qayta tiklashning o‘zi ham avlodlar uchun vaqt talab qilishini ta’kidlagan. Senator dunyo davlatlari yana o‘zini qulay his qilishi uchun uzoq muddat kerak bo‘lishi qo‘shimcha qilgan.
Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇦🇷🇺Zelenskiy Putinning vaqti ko‘p emasligini aytdi
Ukraina Prezidenti Myunxen Xavfsizlik Konferensiyasi doirasida bergan bayonotida, o‘zi 48 yoshda ekanini, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa 73 yoshda ekanini ta’kidlagan va Rossiya yetakchisining vaqti ko‘p emasligini aytgan.
Shuningdek, Zelenskiy AQSHning Prezidenti Donald Trampni Rossiya–Ukraina urushini imkon qadar tezroq tartibga solish uchun Putinga bosim o‘tkazishga chaqirgan.

“Xudo xohlasa, vaqt juda ko‘p ham bo‘lmasin”, deb qo‘shimcha qilgan u.
Shuningdek, Zelenskiy AQSHning Prezidenti Donald Trampni Rossiya–Ukraina urushini imkon qadar tezroq tartibga solish uchun Putinga bosim o‘tkazishga chaqirgan.
Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇫🇷Luvr muzeyi xodimlari chipta sotib 10 mln yevroni o‘g‘irlagan bo‘lishi mumkin
Fransiyadagi Luvr muzeyi xodimlari 20 kishidan oshgan guruhli tashriflarni uyushtirib, sayyohlardan qo‘shimcha haq undirgan. Parij prokuraturasi Luvr va Versal saroyidagi chipta firibgarligi bo‘yicha 9 nafar shaxsni hibsga olingan.
Gumondorlar orasida Luvrning 2 ta xodimi, gidlar hamda “ishni tashkil etishda gumon qilinayotgan” yana bir kishi ham bo‘lgan. 2025-yil oktyabr oyida Luvr o‘g‘rilikdan ham jabr ko‘rgan edi.

🇺🇸Goldman Sachs bosh yuristi Epshteynni “amakim” deb atagani uchun iste’foga chiqmoqda
AQSHning yirik moliya kompaniyasi Goldman Sachsning bosh yuristi Ketrin Ryumler Jeffriy Epshteyn bilan yozishmalari e’lon qilingach, lavozimini tark etmoqda.
Xatlarda u Epshteynni “amakim Jeffriy” deb atagan, OAV bilan ishlash bo‘yicha maslahatlar bergan hamda undan qimmatbaho sovg‘alar olgani qayd etilgan.

Forwarded from Diplomat (Sobirov)
Mana shunaqa “aqlli” postlar internetda ko‘p aylanadi. Reddit, Fb yoki Telegram kanallarda shunaqa istehzo yozib, qandaydir “kashfiyot’ qiladiganlar ko‘p.
Bir qaraganda bunday postlarda haqiqat bor: raketa rostan ham 1,2-1,7 mln dollar turadi. Shaheed-136 (Geran-2) narxi esa 30-50 ming dollar oralig‘ida. Qaysi “ahmoq” dronni undan 40 baravar qimmat raketa bilan urgan?
Birinchidan urushda narx har doim ham eng muhim omil bo‘lmaydi. Dron muhim infratuzilma yoki aholi manziliga ketayotgan paytda, harbiylar “otsak qimmatga tushamiz”, deb unga qarab turish yanada be’manilik.
Va eng oddiy, telba ham tushunuvchi sabab – dron yetkazishi mumkin bo‘lgan zarar miqdori bir necha mln yoki bir necha o‘nlab jon bo‘lishi ham mumkin.
Qolaversa, postda AIM-120 AMRAAM raketasi tilgan olingan. Mavzuga sal chuqur kirilsa, bu raketa nega ishlatilgani ham ochiqlanadi. AMRAAM “havo-havo” tipidagi raketa, ya’ni, u asosan havodagi nishonlarni yo‘q qiladi. Rossiya samolyot-vertolyotlari hozir Ukraina havo hududiga deyarli umumam kirmayapti.
Rossiya raketalari ham kichik va tezkor, ularni urish qiyin. Demak, dushman samolyot va vertolyotlari yo‘q paytda, drondan boshqa yana nima bu raketaning ustuvor nishoni bo‘la oladi?
Shunday qilib, oddiy ko‘ringan hamma narsa ham oddiy bo‘lavermaydi.
@pan_diplomat

Telegram
Gorizont
🇷🇺🇺🇦 Украина ҳаво кучларининг Америка F-16 қирувчи самолёти Россиянинг Геран-2 камиказе учувчисиз учиш аппаратини AIM-120 AMRAAM бошқариладиган ракетаси билан уриб туширди.
Ракета нархи 1,1 миллион доллар, дрон нархи 30 минг доллар.
Батафсил Gorizontда...
Ракета нархи 1,1 миллион доллар, дрон нархи 30 минг доллар.
Батафсил Gorizontда...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇷🇺🇺🇦🇺🇸Rossiya urushni tugatishga qanchalik jiddiy yondashayotganini bilmaymiz – Marko Rubio
AQSH davlat kotibi Marko Rubio Myunxen Xavfsizlik Konferensiyasida Rossiya–Ukraina urushini tinch yo‘l bilan hal etish urinishlariga baho bergan.
Rubio Rossiya urushni tugatishga tayyorligini bildirayotgan bo‘lsa-da, uning bu gaplari qanchalik jiddiy ekani va qanday shartlarga ko‘ra bunga rozi bo‘lishi noma’lumligini aytgan.
Davlat kotibi AQSH muzokaralar orqali tinchlikka erishtirish urinishlarini davom ettirishini ta’kidlagan.

🇺🇸🇦🇷Bannon Epshteyn bilan Papa Fransiskga qarshi harakatlarni muhokama qilgan
E’lon qilingan AQSH Adliya vazirligi hujjatlariga ko‘ra, 2019-yilda AQSH Prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi Stiv Bannon Jeffriy Epshteyn bilan yozishmalarida, butun dunyo katoliklarining oliy diniy yetakchisi Papa Fransiskni obro‘sizlantirish harakatlari haqida gapirgan.
Xabarlardan birida u Papani “yiqitish”ga umid qilganini yozgan. Bannon Papa Fransiskni o‘zining millatchi-populistik siyosiy kun tartibi uchun to‘siq sifatida ko‘rgan.

🇭🇺Bu asr Yevropa uchun xo‘rlanish asri bo‘lishi mumkin – Orban
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban noto‘g‘ri siyosat sabab bu asr Yevropa uchun “xo‘rlanish asri”ga aylanishi mumkinligini aytgan. Orban dunyoda yangi sanoat inqilobi boshlangani, biroq Yevropa unda to‘liq ishtirok eta olmayotganini ta’kidlagan.

“Bunga yuqori energiya xarajatlari va iqtisodiyotni bo‘g‘ayotgan haddan tashqari mafkuraviy tartibga solish sabab bo‘lmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan Vengriya Bosh vaziri
Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧Londondagi Koventri ko‘chasi Ramazon uchun bezatildi
Buyuk Britaniya poytaxti Londondagi mashhur Coventry Street Ramazon oyi munosabati bilan to‘rtinchi bor bayramona bezatilgan. Ko‘chaga chiroqlar yordamida “Happy Ramadan” (Ramazon muborak) yozuvi o‘rnatilgan.
Poytatdagi ko‘chada taxminan 31 mingta LED chiroqdan iborat yoritish tizimi har kuni soat 17:00 dan 01:00 gacha yonib turadi. Koventri ko‘chasi Ramazon munosabati bilan ilk bor 2023-yilda bezatilgan edi.
Strategic Focus: Atlantic
Buyuk Britaniya poytaxti Londondagi mashhur Coventry Street Ramazon oyi munosabati bilan to‘rtinchi bor bayramona bezatilgan. Ko‘chaga chiroqlar yordamida “Happy Ramadan” (Ramazon muborak) yozuvi o‘rnatilgan.
Poytatdagi ko‘chada taxminan 31 mingta LED chiroqdan iborat yoritish tizimi har kuni soat 17:00 dan 01:00 gacha yonib turadi. Koventri ko‘chasi Ramazon munosabati bilan ilk bor 2023-yilda bezatilgan edi.
Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇹Migratsiyani zarur deb bilish xudbinlik – Meloni
Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni Afrika Ittifoqi yig‘ilishida migratsiya masalasiga to‘xtalgan. Meloni migratsiyani zarur va muqarrar deb hisoblaydiganlar aslida xudbinlik qilishayotganini ta’kidlagan.
Bosh vazir agar Afrika mamlakatlari yoshlari o‘z yurtini tark etsa, tashlab ketilgan mamlakatning tarixi, madaniyati va kelajagi xavf ostida qolishini ma’lum qilgan.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tramp oraliq saylovlarda yutqazadi – Kaliforniya gubernatori
Amerikalik siyosatchi, Kaliforniya shtatining gubernatori Gevin Nyusom Prezident Donald Trampning uzoqqa bormasligini – oraliq saylovlarda mag‘lub bo‘lishini, Oliy sudda yutqazib, vakolatlarini yo‘qotishini, shuningdek, Prezident nafaqat o‘zi, balki oilasini ham korrupsiyalashga aralashtirganini aytdi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa

“Hozir, afsuski, hayotim davomida hech qachon aytaman deb o‘ylamagan bir gapni aytyapman — Qo‘shma Shtatlar dunyodagi boshqa har qanday davlatdan ko‘ra ko‘proq beqarorlik manbaiga aylangan. Aynan AQSH. Ammo shuni aytaman: u hamon tirik. U shunchaki uyqu holatida. Balki bir ko‘zingizni ochiq tutib uxlashingiz kerakdir. Bu vaqt talab qiladi, lekin u, albatta, tirik. Tramp tarixan eng mashhurligi past prezidentlardan biri. U oraliq saylovlarda qattiq mag‘lubiyatga uchraydi. Juda qattiq.
U tariflar joriy etish uchun Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonun (IEEPA) doirasidagi vakolatini yo‘qotadi. Bir necha oy ichida bu vakolatni Oliy sudda boy beradi. Aynan shu vakolat uning kuchi va muzokara salohiyatining asosiy manbai bo‘lib kelgan.
Aytgancha, bu, shuningdek, Amerika tarixidagi eng korrupsiyalashgan prezident tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar qilish manbai ham bo‘lgan. Uning ko‘plab tashqi siyosiy safarlarida nima umumiy? Avval uning oila a’zolari boradi — minoralar, golf maydonlari, investitsiyalar, kripto bo‘yicha kelishuvlarning ohangi va yo‘nalishini belgilaydi. Faqat Tramp emas – oila bilan hamkorliklar.
Hammasi ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Bu 400 mln dollarlik samolyotlar yoki so‘nggi bir yil ichida oqib kirgan milliardlab dollarlar haqida emas. Bu siyosat yuritish haqida emas. Bu foyda orttirish haqida”, degan Gevin Nyusom.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧Buyuk Britaniyada musulmon pochta xodimi yo‘l chetida to‘xtab, namoz o‘qigan. Bu holat uni suratga olayotgan ayolning tahsiniga sazovor bo‘lgan.
Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp urushni tugatish uchun Ukrainani muzokaralar stoliga “tezroq” o‘tirishga chaqirdi
Strategic Focus: Atlantic
“Hozircha Ukraina tezroq muzokaralar stoliga o‘tirgani ma’qul. Sizga aytadigan gapim shu. Biz ular muzokaralar stoliga o‘tirishini xohlaydigan pozitsiyadamiz”, dedi Tramp Jenevada bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan.
Strategic Focus: Atlantic
Hyatt Hotels raisi Epshteyn bilan aloqalari sabab iste’foga chiqdi
75 yoshli amerikalik milliarder Tomas Pritzker 2004-yildan buyon Hyatt’ning ijrochi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi. Epshteyn 2008-yilda jinsiy jinoyatlari uchun sudlanganidan keyin ham Pritzker u bilan aloqani davom ettirgan. Milliarder bundan “chuqur afsusda” ekanini aytdi.
Strategic Focus: Atlantic
75 yoshli amerikalik milliarder Tomas Pritzker 2004-yildan buyon Hyatt’ning ijrochi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi. Epshteyn 2008-yilda jinsiy jinoyatlari uchun sudlanganidan keyin ham Pritzker u bilan aloqani davom ettirgan. Milliarder bundan “chuqur afsusda” ekanini aytdi.
Strategic Focus: Atlantic
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸Barak Obama Donald Trampning harakatlarini qog‘ozga o‘rab tanqid qildi
Strategic Focus: Atlantic
“Prezident bo‘lganimda, men shunchaki bir tomonlama harbiylarni ayrim qizil shtatlarga yuborib, u yerdagi gubernatorlarni qo‘rqitish yoki menga ovoz bermagan shtatlarning mablag‘larini to‘xtatishim mumkin edi… lekin bu mening demokratiyamiz qanday ishlashi kerak, degan tushunchamga zid bo‘ladi”, degan sobiq AQSH rahbari.
Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸Senator Lindsi Grem Myunxenda bo‘lib o‘tgan Rizo Pahlaviy nutqi vaqtida Eronning “Sher va Quyosh” surati tushirilgan bayrog‘ini ko‘tarib salom bergan.
Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
🇺🇦Ukrainalik it NATO Bosh Kotibini taslim bo‘lmaslikka ishontirdi
“Men Patronning (itning laqabi) ko‘zlariga qaradim, va u menga aytdiki, biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz,” degan Mark Ryutte Myunxen Xavfsizlik konferensiyasidagi chiqishida.
Ma’lumot uchun, Ryutte fevral boshida Chernigov viloyatida Patron bilan uchrashgan. Patron – Jack Russell Terrier zotidagi it bo‘lib, Ukraina Fuqarolarni himoya qilish xizmatining mayori Mixail Ilevga tegishli.