Kuba Nikolas Maduroni qo‘lga olish bo‘yicha AQSH operatsiyasida halok bo‘lgan 32 nafar harbiy zobitning ismlarini e’lon qildi va ikki kunlik milliy motam e’lon qildi
26 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan zobitlar Kuba qurolli kuchlari va Ichki ishlar vazirligiga tegishli bo‘lgan. Hukumat ularning roli yoki qanday halok bo‘lganini aniq aytmagan, faqat ular jangovar harakatlar yoki bombardimonlar paytida halok bo‘lgani ma’lum.
Strategic Focus: Atlantic

D.Tramp yaqin vaqt ichida Meksikadagi narkokartellarga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlar boshlanishini ma’lum qildi.
AQSh Meksikaga qarshi bevosita zarbalar berishi kutilmoqda.
Strategic Focus: Atlantic
AQSh Meksikaga qarshi bevosita zarbalar berishi kutilmoqda.
Strategic Focus: Atlantic
Tramp Venesuelaga rejalashtirilgan ikkinchi hujum to‘lqinini bekor qildi
Strategic Focus: Atlantic
“Biz Venesuelaning neft va gaz infratuzilmasini ancha katta, yaxshiroq va zamonaviy shaklda qayta qurish borasida juda yaxshi hamkorlik qilyapmiz. Shu sababli avval kutilgan ikkinchi hujum to‘lqinini bekor qildim. Hozircha bunga ehtiyoj yo‘q, biroq xavfsizlik maqsadida barcha kemalar joyida qoladi”, dedi Tramp.
Strategic Focus: Atlantic
AQSh hukumat samolyoti Karakas xalqaro aeroportiga yetib keldi.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, uning bortida AQSh davlat kotibi M.Rubio bo‘lishi mumkin.
Strategic Focus: Atlantic
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, uning bortida AQSh davlat kotibi M.Rubio bo‘lishi mumkin.
Strategic Focus: Atlantic
Venesuelaning yangi prezidenti Delsi Rodriges seshanba kuni Vashingtonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Safar doirasida Oq uyga ehtimoliy tashrif va D.Tramp bilan uchrashuv ham bo‘lishi mumkin.
Strategic Focus: Atlantic
Safar doirasida Oq uyga ehtimoliy tashrif va D.Tramp bilan uchrashuv ham bo‘lishi mumkin.
Strategic Focus: Atlantic
I. So‘nggi kunlarda ekspertlar hamjamiyati Yevropa ichida siyosiy fragmentatsiya kuchayib borayotganiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Xorijiy nashrlar bu jarayonni Yevropa Ittifoqining ichki muvozanati zaiflashuvi bilan bog‘lamoqda. Geosiyosiy fon o‘zgarib bormoqda: tashqi bosimning kamayishi va Yevropa elitalarining tobora mustaqil qarorlar qabul qilishga intilishi mavjud tizimni qayta shakllantirmoqda.
II. Avvalo, so‘nggi yillarda Yevropada ikki asosiy siyosiy yo‘nalish shakllandi. Ulardan biri an’anaviy “yevroatlantik” model bo‘lib, u asosan Germaniya va Fransiya atrofida jamlangan. Ushbu yo‘nalish markazlashgan boshqaruvni, umumiy qoidalar va Brusselning muvofiqlashtiruvchi rolini saqlab qolishga intilmoqda.
Shu bilan birga, muqobil - “suveren” yondashuv kuchayib bormoqda. Vengriya va Slovakiya boshchiligidagi bu guruhga vaziyatga qarab Avstriya va Italiya ham yaqinlashmoqda. Bu davlatlar milliy manfaatlarni ustuvor deb biladi va Brussel siyosiy bosimini cheklash tarafdori hisoblanadi. Natijada, Yevropa ichida qarashlar tafovuti institutsional darajaga ko‘tarilmoqda.
Bundan tashqari, ilgari Yevropa ichidagi siyosiy intizomni ta’minlab kelgan tashqi omil - AQShning roli susaymoqda. Siyosiy, harbiy va iqtisodiy bosim orqali kelishmovchiliklarni jilovlash mexanizmi avvalgidek ishlamayapti. Bu shuni anglatadiki, Yevropa ichki qarama-qarshiliklari endi tashqi kuch orqali muvozanatlanmayapti.
Nihoyat, yangi siyosiy sharoitda D.Tramp Yevropani yagona blok sifatida emas, balki alohida davlatlar yig‘indisi sifatida ko‘rishga moyil. Ayniqsa konservativ va suveren qarashlarga ega mamlakatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar kuchaymoqda. Natijada, Yevropa Ittifoqining umumiy siyosiy vazni bosqichma-bosqich pasaymoqda.
III. Mavjud tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Yevropa yaqin yillarda chuqurroq integratsiyadan ko‘ra boshqariladigan fragmentatsiya modeliga yaqinlashmoqda. Qisqa muddatda bu jarayon pragmatik qarorlar va mafkuraviy bosimning kamayishi bilan kechishi mumkin.
O‘rta muddatda esa o‘ng va suveren siyosiy kuchlarning kuchayishi institutsional beqarorlik xavfini oshiradi. Populistik bayonotlar, muvofiqlashtirilmagan tashqi siyosat va oldindan prognoz qilib bo‘lmaydigan qarorlar ehtimoli ortadi. Natijada, umumiy strategik yo‘nalish o‘rnini fragmentar tashabbuslar egallaydi.
IV. Yevropada yuz berayotgan jarayonlar yagona siyosiy loyiha mustahkamlanayotganini emas, balki uning chidamlilik chegarasiga yaqinlashayotganini ko‘rsatmoqda. Qarorlar tobora Brusselda emas, milliy poytaxtlarda qabul qilinadi. Savol shundaki, Yevropa bu holatda muvozanatli fragmentatsiyani boshqara oladimi yoki manfaatlar to‘qnashuvi ustuvor bo‘lgan maydonga aylanib boradimi?

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“AQSH Grenlandiyani ruslar va xitoylar egallab olmasidan oldin qo‘lga kiritishi lozim” — Tramp
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya va Xitoyning ta’siriga yo‘l qo‘ymaslik uchun Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyaga egalik qilishi shartligini aytdi.
Strategic Focus: Atlantic
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya va Xitoyning ta’siriga yo‘l qo‘ymaslik uchun Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyaga egalik qilishi shartligini aytdi.
“Xitoy va Rossiya xalqini yaxshi ko‘raman, lekin ularning Grenlandiyada menga qo‘shni bo‘lishini xohlamayman, bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Buni NATO ham tushunib olishi kerak”, dedi u.
Strategic Focus: Atlantic
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Isroil 10 yil ichida AQSH harbiy yordamiga muhtoj bo‘lmaydi” — Netanyaxu
Yahudiy bosh vaziri mamlakat bu muddat ichida o‘zini-o‘zi “eplay” olishiga ishonch bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida 2016-yilda imzolangan shartnomaga ko‘ra, Vashington 2028-yilgacha har yili Tel-Avivga 3,8 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam beradi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSH Suriyadagi ISHID obyektlariga havodan zarbalar berdi
Zarbalar ISHID jangarisi tomonidan AQSHning ikki harbiy xizmatchisi va bir tarjimoni o'ldirilishiga javoban boshlangan “Lochin zarbasi” operatsiyasining bir qismidir.
Strategic Focus: Atlantic
Zarbalar ISHID jangarisi tomonidan AQSHning ikki harbiy xizmatchisi va bir tarjimoni o'ldirilishiga javoban boshlangan “Lochin zarbasi” operatsiyasining bir qismidir.
Strategic Focus: Atlantic
AQSH o‘z fuqarolarini Eronni Armaniston yoki Turkiya orqali tark etishga chaqirdi. Bundan oldin prezident Tramp Eronga zarba berish variantlarini koʻrib chiqayotgani haqida xabar qilingandi.
Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
AQSH Eron bilan hamkorlik qiluvchi davlatlarga 25 foizlik boj soladi
Hozircha Oq uyning rasmiy saytida ushbu siyosat bo‘yicha rasmiy hujjat e’lon qilinmadi. Eron tovarlarining asosiy eksport bozorlari Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari va Hindiston hisoblanadi.
Strategic Focus: Atlantic
“Darhol kuchga kiradigan ushbu tartibga ko‘ra, Eron Islom Respublikasi bilan biznes yuritayotgan har qanday davlat AQSH bilan amalga oshiriladigan barcha turdagi savdo amaliyotlari uchun 25 foizlik boj to‘laydi. Ushbu buyruq yakuniy va qat’iydir”, deb yozdi Tramp Truth Social’dagi sahifasida.
Hozircha Oq uyning rasmiy saytida ushbu siyosat bo‘yicha rasmiy hujjat e’lon qilinmadi. Eron tovarlarining asosiy eksport bozorlari Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari va Hindiston hisoblanadi.
Strategic Focus: Atlantic
Forwarded from Strategic Focus: Central Asia
Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘yicha Strategic Focus ekspertlarining munosabati
M.Imomov: Shavkat Mirziyoyevning Xavfsizlik kengashidagi nutqi O‘zbekiston nihoyat xavfsizlik masalasida illuziyalardan voz kechayotganini ko‘rsatdi. Bugun dunyoda xalqaro huquq emas, kuch, texnologiya va tezkorlik ishlayapti. Shu sharoitda mudofaani mustahkamlash - tanlov emas, majburiyat.
S.Pinxasova: Proaktiv yondashuvga o‘tish haqidagi signal - real vaziyatni ochiq tan olishdir: tahdidlar endi nazariy emas, ular tizimli va doimiy tus oldi. Markaziy Osiyo bir vaqtning o‘zida transmilliy ekstremizm, yirik davlatlar o‘rtasidagi raqobat va axborot-gibrid bosimlar kesishgan hududga aylangan. Hozirgi vaqtda mintaqada passiv pozitsiyada turish strategik xatodir.
A.Fayzullozoda: Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilishda raqamlashtirish va texnologik ustunlikka urg‘u berilishi - O‘zbekistonning “son bilan emas, sifat bilan himoyalanish” yo‘lini tanlaganidan dalolat. Bugungi urushlar maydonda emas, sensorlar, dronlar, sun’iy intellekt va boshqaruv algoritmlari orqali yutilmoqda.
K.Ametov: Mudofaa sanoatini rivojlantirish masalasi eng nozik, ammo eng muhim nuqta. O‘z qurolini, o‘z texnologiyasini ishlab chiqarmagan davlat oxir-oqibat boshqalarga qaram bo‘lib qoladi. Haqiqiy suverenitet faqat ishlab chiqarish zanjiri, texnologiya va muhandislik maktabi mamlakat ichida bo‘lgandagina shakllanadi.
D.Olimova: 1997-yilda qabul qilingan Milliy xavfsizlik konsepsiyasi hamda amaldagi Mudofaa doktrinasi bugungi geosiyosiy muhitda deyarli tarixiy hujjatlar darajasida qolib ketdi. Ular bir qutbli dunyo, tashqi xavfsizlik kafolatlariga tayanish mumkin bo‘lgan va global tartib nisbatan barqaror bo‘lgan davrda ishlab chiqilgan edi. Bugun esa mutlaqo boshqa reallik yuzaga chiqdi - ko‘p qutbli, beqaror va ochiq raqobat hukmron bo‘lgan dunyo. Shu bois bu hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish oddiy tahrir yoki texnik yangilanish emas, balki davlatning o‘zini qaysi strategik makonda yashayotganini anglab yetishi, ya’ni geosiyosiy tafakkurni tubdan yangilash masalasidir.
Strategic Focus: Central Asia

Donald Tramp Grenlandiya mudofaasini masxara qildi
“Ularning mudofaasi ikki dona it qo‘shilgan chana xolos. Bilasizmi shuni? Ularning mudofaasi nima ekanini bilasizmi? Ikki dona it chanasi”, degan u.
Strategic Focus: Atlantic
“Ularning mudofaasi ikki dona it qo‘shilgan chana xolos. Bilasizmi shuni? Ularning mudofaasi nima ekanini bilasizmi? Ikki dona it chanasi”, degan u.
Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar biz buni qilmaganimizda, Xitoy yoki Rossiya buni qilgan bo‘lardi, dedi Tramp Venesuela haqida
Strategic Focus: Atlantic
“Men Xitoyga va Rossiyaga aytdim: “Biz juda yaxshi chiqishamiz. Siz bizni juda yaxshi ko‘rasiz. Biz sizning u yerda bo‘lishingizni istamaymiz va siz u yerda bo‘lmaysiz ham”, degan Tramp.
Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSH Sohil Xavfsizlik Xizmati Venesuelaga tegishli ekani aytilgan yana bir neft tankeri Olinani qo‘lga oldi
Operatsiya Trinidad oroli (Trinidad va Tobago Respublikasi) yaqinida bo‘lib o‘tgan. Tanker ilgari Sharqiy Timor bayrog‘i ostida Venesuelaga suzib ketgan edi.
Strategic Focus: Atlantic
Operatsiya Trinidad oroli (Trinidad va Tobago Respublikasi) yaqinida bo‘lib o‘tgan. Tanker ilgari Sharqiy Timor bayrog‘i ostida Venesuelaga suzib ketgan edi.
Strategic Focus: Atlantic
🇬🇱Grenlandiyanining taxminiy narxi aytildi
Stolipin nomidagi Iqtisodiy o‘sish instituti ijrochi direktori Anton Sviridenko Tabiiy resurslarini hisobga olgan holda Grenlandiyaning taxminiy qiymati 1 trillion dollargacha yetishi mumkinligi, biroq AQSH Daniyaga orol uchun 70 milliard dollardan ortiq taklif qilishi ehtimoldan yiroqligini bildirdi.

Har bir to‘xtatilgan urush uchun Tramp Nobel mukofotini talab qildi
AQSH Prezidenti Donald Tramp 9-yanvar kuni Amerika neft va gaz kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralari chog‘ida, har bir vositachilik qilgan mojaro evaziga Nobel tinchlik mukofoti berilishi kerakligini ta’kidlab, avvalgi hech bir laureat uning darajasiga teng keladigan yutuqlarga erisha olmaganini aytdi.
Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u prezidentligi davomida sakkizta mojaroni hal qilgan.

🇺🇸🇬🇱Tramp grenlandiyaliklarga 100 ming dollardan bermoqchi
AQSH rasmiylari Grenlandiya aholisiga bir martalik to‘lovlarni amalga oshirishni muhokama qilgan va bu orqali ularni Daniyadan ajralib chiqishga hamda AQSHga qo‘shilishiga ishontirmoqchi.
Strategic Focus: Atlantic
AQSH rasmiylari Grenlandiya aholisiga bir martalik to‘lovlarni amalga oshirishni muhokama qilgan va bu orqali ularni Daniyadan ajralib chiqishga hamda AQSHga qo‘shilishiga ishontirmoqchi.
Strategic Focus: Atlantic
G‘arb ommaviy axborot vositalari va akademik muhitida hukmron bo‘lgan asosiy narrativ bugungi global qarama-qarshilikni “liberal demokratiyalar”ning Rossiya “avtoritarizmi”ga qarshi kurashi sifatida talqin qiladi. Biroq siyosiy tizimlarning real ishlash mexanizmlarini tahlil qilganda, bu sxema tobora sun’iy ko‘rina boshlaydi. Muammo qarama-qarshi tomonlarda emas, balki “demokratiya” tushunchasining o‘zida.
“Liberal demokratiya” modelida “liberal” komponent tarixan ozchiliklarni himoya qilish vazifasini bajargan. Ammo bugungi G‘arbda bu mexanizm ko‘pchilik manfaatlari hisobiga ishlay boshladi. Siyosiy qarorlar tobora keng ijtimoiy qatlamlar emas, balki tor iqtisodiy elita ehtiyojlariga moslashtirilmoqda. Natijada saylovlar saqlanib qolgan bo‘lsa-da, real hokimiyat jamiyatdan uzoqlashmoqda. Shu ma’noda G‘arb tizimi tobora “liberal oligarxiya” belgilari bilan tavsiflanmoqda.
Rossiya misolida esa vaziyat boshqa yo‘sinda shakllangan. Saylovlar va ommaviy legitimatsiya mavjud, biroq ozchiliklarning siyosiy ta’siri keskin cheklangan. Bu modelni klassik avtokratiya emas, balki “avtoritar demokratiya” sifatida ta’riflash mantiqiyroq. Demak, G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi asosiy farq demokratiya va avtoritarizm o‘rtasida emas, balki liberal oligarxiya bilan avtoritar demokratiya o‘rtasidagi tizimli ziddiyatda namoyon bo‘lmoqda.
Shu nuqtadan boshlab urushning ideologik mazmuni ham o‘zgaradi. U endi “liberal demokratiyalar”ning “avtokratiya”ga qarshi kurashi emas, balki G‘arb liberal oligarxiyalari bilan Rossiya avtoritar demokratiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuv sifatida ko‘rinadi. Bu yondashuv G‘arbning real strategik maqsadlarini, uning kuchli va ayniqsa zaif tomonlarini aniqroq tushunishga imkon beradi.
Past ijtimoiy qatlamlarni ifodalovchi siyosiy kuchlarning Rossiyaga nisbatan nisbatan iliq munosabati ham aynan shu kontekstda tushuntiriladi. G‘arb elitalari jamiyatning quyi qatlamlari Rossiya modelidagi “tartibli suverenitet” va populistik unsurlarga moyil bo‘lishidan xavfsiraydi. Shu sababli iqtisodiy sanksiyalar asosiy siyosiy qurolga aylandi - chunki inflyatsiya va turmush darajasining pasayishi eng avvalo aynan shu qatlamlarga zarba beradi.
Liberal oligarxiyalarning yana bir muammosi - chuqur institutsional disfunktsiya. Siyosiy elitalar doimiy saylov kampaniyalari va ichki siyosiy teatr bilan band bo‘lib, tashqi siyosat va geosiyosiy strategiyaga yetarli e’tibor ajrata olmayapti. Natijada Rossiya va Xitoy bilan munosabatlarda xatolar ko‘paymoqda, diplomatik salohiyat esa tizimli ravishda yemirilmoqda.
Shu fonda G‘arb yetakchilarining intellektual va boshqa zaifliklari tobora ravshanlashmoqda. D.Tramp yoki E.Makron kabi rahbarlar real geosiyosiy raqobatda V.Putin va Si Szinpin bilan yuzma-yuz kelganda, bu tafovut yanada aniq seziladi. Bu shaxsiy qobiliyat masalasi emas, balki ularni yetishtirayotgan siyosiy tizimlarning ustuvorliklari va ichki mantiqi bilan bog‘liq.
Xulosa shuki, bugungi global qarama-qarshilikni tushunish uchun an’anaviy “demokratiya–avtoritarizm” dixotomiyasidan chiqish zarur. Aks holda, G‘arbning o‘z ichidagi struktur muammolari va ularning xalqaro xavfsizlikka ko‘rsatayotgan real ta’siri ko‘r-ko‘rona e’tibordan chetda qolishda davom etadi.