Strategic Focus: Atlantic
2.57K subscribers
920 photos
412 videos
11 files
1.72K links
AQSh va Yevropa kun tartibidagi so’ngi yangiliklar, dolzarb mavzular bo’yicha chuqur tahlil.

@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib

@stratfocusca - Markaziy Osiyo

@xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSH harbiylarining Rossiya bayrog‘i bilan harakatlanayotgan “Marinera” tankerini qo‘lga olishi jarayonidan kadrlar namoyish qilindi.

Strategic Focus: Atlantic
🇨🇴🇻🇪🇺🇸Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro AQSHning Venesueladagi operatsiyasidan so‘ng Donald Trampga qarshi chiqib, “kelib meni ham qo‘lga ol”, dedi.

Strategic Focus: Atlantic
Tramp rossiyaliklarni ko‘ch-ko‘roni bilan Venesueladan haydab chiqarishni talab qilmoqda

Shuningdek, AQSH Prezidentining mahalliy hokimiyat Eron, Kuba va Xitoy bilan barcha iqtisodiy aloqalarni uzishi kerak, degan talabi ham bor.

Amerika talabiga Pekin keskin norozilik bildirib, o‘z bayonotida Trampning asl niyati pastkashlik ekanini, Venesuela neft resurslarini o‘z nazoratiga olishni ko‘zlayotganini ta’kidlagan.


Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸🇨🇴Tramp Kolumbiya Prezidenti Petro­ni Oq uyga taklif qildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Petroning o‘zi unga qo‘ng‘iroq qilib, ikki davlat o‘rtasidagi boshqa kelishmovchiliklar bo‘yicha vaziyatni tushuntirganini aytgan.

Prezidentlar uchrashuvi Oq uyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Strategic Focus: Atlantic
“AQSHning Venesuela ustidan nazorati yillab davom etadi” — Tramp

Oq uy rahbari Lotin Amerikasi davlatini foyda keltiradigan darajada qayta tiklashini bildirdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Venesuela ustidan qancha muddat nazorat o‘rnatishi hozircha noma’lum. Jurnalistning “bu muddat uch oy, olti oy yoki bir yilmi?” degan savoliga prezident: “Men ancha uzoqroq muddat degan bo‘lardim”, deya javob berdi.

Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fransiya prezidenti Trampni ittifoqchilardan yuz o‘girishda aybladi

Emmanuel Makron AQSH prezidenti xalqaro qoidalarni buzayotganini aytdi.

Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSH Senati Trampga Kongress ruxsatisiz Venesuelaga qarshi keyingi harbiy harakatlarni amalga oshirishni taqiqlovchi rezolyutsiyani ilgari surdi.

Strategic Focus: Atlantic
Kuba Nikolas Maduroni qo‘lga olish bo‘yicha AQSH operatsiyasida halok bo‘lgan 32 nafar harbiy zobitning ismlarini e’lon qildi va ikki kunlik milliy motam e’lon qildi

26 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan zobitlar Kuba qurolli kuchlari va Ichki ishlar vazirligiga tegishli bo‘lgan. Hukumat ularning roli yoki qanday halok bo‘lganini aniq aytmagan, faqat ular jangovar harakatlar yoki bombardimonlar paytida halok bo‘lgani ma’lum.


Strategic Focus: Atlantic
D.Tramp yaqin vaqt ichida Meksikadagi narkokartellarga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlar boshlanishini ma’lum qildi.

AQSh Meksikaga qarshi bevosita zarbalar berishi kutilmoqda.

Strategic Focus: Atlantic
Tramp Venesuelaga rejalashtirilgan ikkinchi hujum to‘lqinini bekor qildi

“Biz Venesuelaning neft va gaz infratuzilmasini ancha katta, yaxshiroq va zamonaviy shaklda qayta qurish borasida juda yaxshi hamkorlik qilyapmiz. Shu sababli avval kutilgan ikkinchi hujum to‘lqinini bekor qildim. Hozircha bunga ehtiyoj yo‘q, biroq xavfsizlik maqsadida barcha kemalar joyida qoladi”, dedi Tramp.


Strategic Focus: Atlantic
AQSh hukumat samolyoti Karakas xalqaro aeroportiga yetib keldi.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, uning bortida AQSh davlat kotibi M.Rubio bo‘lishi mumkin.

Strategic Focus: Atlantic
Venesuelaning yangi prezidenti Delsi Rodriges seshanba kuni Vashingtonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Safar doirasida Oq uyga ehtimoliy tashrif va D.Tramp bilan uchrashuv ham bo‘lishi mumkin.

Strategic Focus: Atlantic
I. So‘nggi kunlarda ekspertlar hamjamiyati Yevropa ichida siyosiy fragmentatsiya kuchayib borayotganiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Xorijiy nashrlar bu jarayonni Yevropa Ittifoqining ichki muvozanati zaiflashuvi bilan bog‘lamoqda. Geosiyosiy fon o‘zgarib bormoqda: tashqi bosimning kamayishi va Yevropa elitalarining tobora mustaqil qarorlar qabul qilishga intilishi mavjud tizimni qayta shakllantirmoqda.

II. Avvalo, so‘nggi yillarda Yevropada ikki asosiy siyosiy yo‘nalish shakllandi. Ulardan biri an’anaviy “yevroatlantik” model bo‘lib, u asosan Germaniya va Fransiya atrofida jamlangan. Ushbu yo‘nalish markazlashgan boshqaruvni, umumiy qoidalar va Brusselning muvofiqlashtiruvchi rolini saqlab qolishga intilmoqda.

Shu bilan birga, muqobil - “suveren” yondashuv kuchayib bormoqda. Vengriya va Slovakiya boshchiligidagi bu guruhga vaziyatga qarab Avstriya va Italiya ham yaqinlashmoqda. Bu davlatlar milliy manfaatlarni ustuvor deb biladi va Brussel siyosiy bosimini cheklash tarafdori hisoblanadi. Natijada, Yevropa ichida qarashlar tafovuti institutsional darajaga ko‘tarilmoqda.

Bundan tashqari, ilgari Yevropa ichidagi siyosiy intizomni ta’minlab kelgan tashqi omil - AQShning roli susaymoqda. Siyosiy, harbiy va iqtisodiy bosim orqali kelishmovchiliklarni jilovlash mexanizmi avvalgidek ishlamayapti. Bu shuni anglatadiki, Yevropa ichki qarama-qarshiliklari endi tashqi kuch orqali muvozanatlanmayapti.

Nihoyat, yangi siyosiy sharoitda D.Tramp Yevropani yagona blok sifatida emas, balki alohida davlatlar yig‘indisi sifatida ko‘rishga moyil. Ayniqsa konservativ va suveren qarashlarga ega mamlakatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar kuchaymoqda. Natijada, Yevropa Ittifoqining umumiy siyosiy vazni bosqichma-bosqich pasaymoqda.

III. Mavjud tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Yevropa yaqin yillarda chuqurroq integratsiyadan ko‘ra boshqariladigan fragmentatsiya modeliga yaqinlashmoqda. Qisqa muddatda bu jarayon pragmatik qarorlar va mafkuraviy bosimning kamayishi bilan kechishi mumkin.

O‘rta muddatda esa o‘ng va suveren siyosiy kuchlarning kuchayishi institutsional beqarorlik xavfini oshiradi. Populistik bayonotlar, muvofiqlashtirilmagan tashqi siyosat va oldindan prognoz qilib bo‘lmaydigan qarorlar ehtimoli ortadi. Natijada, umumiy strategik yo‘nalish o‘rnini fragmentar tashabbuslar egallaydi.

IV. Yevropada yuz berayotgan jarayonlar yagona siyosiy loyiha mustahkamlanayotganini emas, balki uning chidamlilik chegarasiga yaqinlashayotganini ko‘rsatmoqda. Qarorlar tobora Brusselda emas, milliy poytaxtlarda qabul qilinadi. Savol shundaki, Yevropa bu holatda muvozanatli fragmentatsiyani boshqara oladimi yoki manfaatlar to‘qnashuvi ustuvor bo‘lgan maydonga aylanib boradimi?

Strategic Focus: Atlantic
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“AQSH Grenlandiyani ruslar va xitoylar egallab olmasidan oldin qo‘lga kiritishi lozim” — Tramp

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya va Xitoyning ta’siriga yo‘l qo‘ymaslik uchun Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyaga egalik qilishi shartligini aytdi.

“Xitoy va Rossiya xalqini yaxshi ko‘raman, lekin ularning Grenlandiyada menga qo‘shni bo‘lishini xohlamayman, bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Buni NATO ham tushunib olishi kerak”, dedi u.


Strategic Focus: Atlantic
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Isroil 10 yil ichida AQSH harbiy yordamiga muhtoj bo‘lmaydi” — Netanyaxu

Yahudiy bosh vaziri mamlakat bu muddat ichida o‘zini-o‘zi “eplay” olishiga ishonch bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida 2016-yilda imzolangan shartnomaga ko‘ra, Vashington 2028-yilgacha har yili Tel-Avivga 3,8 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam beradi.

Strategic Focus: Atlantic
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSH Suriyadagi ISHID obyektlariga havodan zarbalar berdi

Zarbalar ISHID jangarisi tomonidan AQSHning ikki harbiy xizmatchisi va bir tarjimoni o'ldirilishiga javoban boshlangan “Lochin zarbasi” operatsiyasining bir qismidir.

Strategic Focus: Atlantic
AQSH o‘z fuqarolarini Eronni Armaniston yoki Turkiya orqali tark etishga chaqirdi. Bundan oldin prezident Tramp Eronga zarba berish variantlarini koʻrib chiqayotgani haqida xabar qilingandi.

Strategic Focus: Atlantic