Strategic Focus: Atlantic
2.75K subscribers
1.02K photos
474 videos
12 files
1.86K links
AQSh va Yevropa kun tartibidagi so’ngi yangiliklar, dolzarb mavzular bo’yicha chuqur tahlil.

@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib

@stratfocusca - Markaziy Osiyo

@xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Download Telegram
AQSh razvedka rahbari Tulsi Gabbard Tramp ishonchini yo‘qotmoqda

Amerika OAVlari xabar berishicha, Trampning AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbardga munosabati keskin o’zgarmoqda. Asosiy sabab — Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha u bildirgan fikrlar Trampning pozitsiyasiga zid kelmoqda.

Yaqinda internetda Gabbard chiqishi aks etgan video tarqaldi. Unda u “siyosiy elita”ni yadro davlatlari o‘rtasida qo‘rquv va ziddiyatni kuchaytirayotganlikda aybladi. Tramp jamoasi bu chiqishni prezidentning o‘ziga qaratilgan yashirin tanqid deb qabul qilgan, ayniqsa Trampning Eron bo‘yicha keskin siyosatini hisobga olganda. Ta’kidlash joiz, Gabbard ilgari ham Trampni tanqid qilgan — xususan, AQShni Eron bilan yadro kelishuvdan chiqargani va 2020-yilda Qosim Sulaymoniyni o’ldirgani uchun.

Trampning atrofidagilari Gabbard “chiziqni bosib o‘tdi” degan fikrda — va u yaqin orada o‘z ta’sir kuchidan ayrilishi mumkin.

G’arbiy alyans
👍107
💩17😁115👎3
AQSh Eronni yadro obyektlariga beriladigan tungi zarbalar haqida oldindan ogohlantirgan.

@erontahlili
🤔12👎5
A.Fayzullozoda: AQSh Isroildan uzoqlashmoqda

Isroil so‘nggi keskinlikni bekorga boshlamadi. Uning asosiy maqsadi - AQSh va Eron o‘rtasida tinchlik kelishuvi tuzilishiga yo‘l qo‘ymaslik. Netanyaxu va uning jamoasi hokimiyatda ekan, Isroil Tehron va Vashington yaqinlashuviga qarshi kurashni davom ettiradi.

Ammo endi vaziyat o‘zgarayapti. Eron o‘z olimlari va harbiylarining o‘ldirilishini unutmaydi va bunga javob beradi. Eng qizig‘i shundaki, AQSh bunga aralashishni istamayotgandek ko‘rinmoqda. AQSh mudofaa vaziri ochiqchasiga aytdi: amerikalik harbiylar Eronga hujum qilmagan, ular faqat yadro potensialga qarshi harakat qilgan. Bu esa muhim signal: Vashington Isroilni himoya qilish uchun Eron bilan to‘qnashishni xohlamayapti.

Natijada, Isroil endi AQSh va Eron o‘rtasidagi muloqotda asosiy o‘yinchi emas. Hatto Tramp ham Eron bilan kelishuv haqida gapirganda, Isroilga urg‘u bermayapti. Bu esa AQSh va Isroil o‘rtasidagi aloqalarda yangi sovuq davr boshlanishidan darak berishi mumkin.

G’arbiy alyans
👏86🤮4🔥2👍1
M.Imomov: Netanyaxuni yangi muammolar kutmoqda

“Buyuk g‘alaba” (Eron olimlarining va yadro infratuzilmasining yo‘q qilinishi) haqidagi balandparvoz bayonotlariga qaramay, Netanyaxuni yaqin orada yangi siyosiy muammolar kutmoqda. Tashqi siyosiy keskinlik fonida to‘xtab qolgan ichki norozilik namoyishlari yana faollashadi. Xususan, hozirgi vaqtda Netanyaxuning so‘nggi ikki yildagi faoliyatiga bo‘lgan e’tibor ham kuchayib bormoqda — yaqin orada u haqidagi tergov ishlarining faollashuvi kutilmoqda.

O’z navbatida, Eron ichkarisida ham jiddiy transformatsiyani kuzatish mumkin. G’arb ekspertlari taxmin qilgan ommaviy noroziliklar o’rniga Isroil va G‘arb razvedka tarmoqlarining tizimli tozalanish ishlari boshlanadi. Tehron kontrrazvedka orqali javob zarbasini berishga tayyorlanmoqda.

Shu tariqa, mintaqaviy keskinlik fonida ikki yo‘nalishda bosim kuchaymoqda: Netanyaxu ichki siyosiy zaiflashuv bilan yuzlashayotgan bir paytda, Eron o‘z institutlari ustidan suveren nazoratni qayta tiklash amaliyotini boshlamoqda. Bu — o‘yin yakuni emas, balki uning boshlanishidir.

Strategic Focus: Central Asia
10👍6🔥3🤮2
Katta orzular tugadi: Rossiya endi faqat chegaralarni himoya qilmoqda

S.Pinxasova, mustaqil ekspert

Yaqin Sharqdagi keskinlashayotgan inqiroz va Ukrainadagi uzoq davom etayotgan harbiy to‘qnashuvlar fonida Rossiyaning tashqi siyosati yangi bosqichga o‘tayotgani yaqqol sezilmoqda. Ilgari bir vaqtning o‘zida bir nechta yirik mintaqalarda o‘z ta’sirini namoyon etishga urinib kelgan Moskva endi global o‘yinchi sifatidagi ambitsiyalarini cheklab, resurslarini yaqin atrofdagi xavfsizlik zonalariga yo‘naltirmoqda. Bu esa Kremlning “ko‘p yoqlama” tashqi siyosatidan voz kechib, faqat o‘z chegaralarini saqlab qolishga qaratilgan strategiyaga o‘tganini anglatadi.

Moskvadagi manbalar Kreml yaqin orada tashqi siyosiy loyihalarini qayta ko‘rib chiqishini bildirmoqda. Uzoqdagi “ekzotik yo‘nalishlar” — Yaqin Sharq, Afrika va Lotin Amerikasi endi ikkinchi darajali yo‘nalishlarga aylanishi kutilmoqda. Ular juda uzoq, moliyaviy jihatdan qimmat va nazorat qilish qiyin hududlar bo‘lib qolmoqda. Aksincha, Rossiyaning strategik e’tibori endi Ukraina, Moldova, Armaniston va Markaziy Osiyoga qaratilmoqda. Bu hududlar rus siyosiy tafakkurida bevosita ichki xavfsizlik bilan bog‘lanmoqda. Cheklangan resurslar sharoitida Moskva faqat o‘z manfaatlariga yaqin, muhim deb hisoblangan yo‘nalishlarda faol bo‘lishga majbur bo‘lmoqda.

Ayniqsa, Markaziy Osiyo Rossiya uchun og‘riqli va xavotirli nuqtaga aylangan. Gap faqat Turkiya, Xitoy yoki G‘arb ta’sirining oshib borayotganida emas. Asosiy muammo — mintaqada jamiyatlarning islomiy o‘zligiga qaytayotgani, ya’ni islomlashuv jarayonidir. Bu jarayon Kremlda tahdid sifatida ko‘rilmoqda. Ammo bu yerda ziddiyatli haqiqat bor: Rossiya o‘nlab yillar davomida Markaziy Osiyoni harbiy va mafkuraviy vositalar bilan boshqargan, lekin hech qachon mintaqa xalqlariga o‘ziga xos qadriyatlar, g‘oyalar yoki madaniy tayanch taklif eta olmagan. Ayni damda esa mintaqa o‘z milliy va diniy o‘zligini mustahkam anglab bormoqda — bu esa Moskvaga yoqmayapti.

Bizning nuqtai nazarimizda, bu Rossiya uchun strategik mag‘lubiyatdir. Hammaga ma’lumki, har qanday hokimiyatning asosi — adolatdir. O‘z boshqaruvidagi xalqlarga nisbatan adolatli bo‘la olmagan hukmron kuch, vaqt o‘tishi bilan yetakchilik huquqini yo‘qotadi. Rossiya ilgari o‘zini sobiq ittifoqdagi xalqlar oldida mas’ul deb bilgan bo‘lsa, endi bu mas’uliyatdan butunlay yuz o‘girgan. U endi faqat o‘z xavfsizligini o‘ylayapti, tashqi siyosatini esa faqat tahdidga reaktiv javoblar berish orqali olib bormoqda.

Bundan ham yomoni — Rossiya mintaqa xalqlari bilan ochiq va doimiy muloqot qilish o‘rniga, ularga bosim o‘tkazmoqda, ishonchsizlik bilan qarayapti. Hech qanday ijobiy g‘oya yoki dastur taklif qilinmayapti — faqat qo‘rquv va xavfli tasavvurlar orqali muloqot olib borilmoqda. Ammo qo‘rquv hech qachon barqaror siyosiy strategiya bo‘lmagan va bo‘lolmaydi ham.

Xulosa qilib aytganda, Rossiyaning yangi tashqi siyosati — bu kuchayish emas, balki zaiflikni boshqarishga urinishdir. U endi global o‘yinchi emas, o‘z chegaralarini saqlab qolishga urinayotgan mintaqaviy himoyachi roliga o‘tyapti. Bu o‘zgarish nafaqat tashqi dunyo, balki Rossiyaning o‘zi uchun ham muhim signaldir: imperiyaviy orzular davri tugadi, endi esa omon qolish uchun kurash boshlandi.

Strategic Focus: Central Asia
👍167🤔3👎2🤮2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nyu-Yorkdagi namoyishlardan birida yigit AQSH va BMT bayroqlarini yirtib tashladi

Bayroqlar orasida Falastinniki ham bo‘lgan, biroq yigit unga tegmagan.

G’arbiy alyans
14👍7👎3🤝1
Tramp Netanyaxuni sudda himoya qilishga va’da berdi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning korrupsiya bilan bog‘liq jiddiy ayblovlarini oqlab chiqdi.

Shuningdek, Trump Netanyaxuni suddagi ayblovlarini “jodugar ovi” deb ta’riflagan.

“AQSh Isroilni himoya qildi va endi Netanyaxuni ham jinoiy ta’qibdan qutqaradi”, degan AQSH rahbari.


Ma’lumot uchun, Isroil Bosh vaziri 2019-yilda korrupsiya, firibgarlik va ishonchni suiiste’mol qilishda ayblangan va sud jarayoni hozirga qadar davom etmoqda.

G’arbiy alyans
🤮13🤡103💩3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp kelasi haftada G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish e'lon qilinishini ma'lum qildi

"Men hozirgina ushbu mojaroga aloqador ayrim shaxslar bilan gaplashdim. Vaziyat juda dahshatli. Biz kelasi hafta o‘t ochishni to‘xtatishga erishamiz deb o‘ylayapmiz. Bilasiz, biz bu hududga katta miqdorda pul va oziq-ovqat yetkazib bermoqdamiz", — dedi AQSh prezidenti.


G’arbiy alyans
💩14🤡13👍31
Tramp “badavlat odamlar guruhi” TikTok ijtimoiy tarmog‘ini Xitoyning ByteDance kompaniyasidan sotib olishga tayyor ekanini aytdi

AQSH prezidentining taʻkidlashicha, u bu odamlarning nomlarini “taxminan ikki hafta ichida” e’lon qila oladi.

G’arbiy alyans
😁92
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQShning Yaqin Sharqda joylashgan harbiy bazalari.

G’arbiy alyans
🔥5👎3
Moskvadagi manbalarga ko‘ra, Kreml Rossiyadagi ozarbayjon diasporasiga nisbatan yangi bosim to‘lqiniga tayyorlanmoqda. Bahona — FXXning (FSB) go‘yoki “ozarbayjon jinoyat guruhlari Ukraina va Britaniya maxsus xizmatlari bilan aloqada” degan shubhali gumonlari. Rasmiylar aynan ozarbayjon kanallari orqali Rossiyaga portlovchi moddalar olib kirilgan bo‘lishi mumkin, degan bayonot bilan yangi ayblov kampaniyasini boshlab yubormoqchi.

Aslida esa bu — xavfsizlikdagi haqiqiy muvaffaqiyatsizliklar va Kremlning tajovuzkor tashqi siyosatidan xalqning e’tiborini chalg‘itish uchun “ichki dushman” izlashdan boshqa narsa emas.

Boku tomonidan bo‘layotgan keskin munosabat mutlaqo o‘rinli. Qayd etilishicha, Rossiya harbiylari yaqinda Ukrainadagi Ozarbayjon biznesi bilan bog‘liq infratuzilmalarga, xususan yoqilg‘i terminallariga zarba bergan.

Kreml avvalgidek “dushman obrazini” sobiq ittifoqdoshlar orasidan yaratish taktikasini takrorlamoqda. Endi navbatda Ozarbayjonda — mustaqil, suveren va mintaqada tobora ta’sirchan bo‘layotgan davlat, u Kremlning imperiyaparast o‘yinlarida vosita bo‘lishni istamayapti.

Bu sharoitda Boku o‘z prinsipial pozitsiyasini namoyon qilmoqda: mavqeini saqlab, Moskvaning bosimi va manipulyatsiyalariga bo‘ysunmayapti.
Qo‘rqitish va shantaj orqali shart qo‘yish davri ortda qoldi.

Strategic Focus: Central Asia
11🔥3
Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni rasman bekor qildi

Suriya tashqi ishlar vaziri Asad ash-Shiboniy bu iqtisodiy tiklanish yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlashi va mamlakatni xalqaro hamjamiyat uchun ochishini aytdi. Bashar Asad, uning oila a’zolari va ag‘darilgan rejim tarafdorlariga qarshi sanksiyalar amalda qolmoqda.

G’arbiy alyans
10👎1
Mask agar Trampning soliq imtiyozlari to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinsa, yangi partiya tuzish bilan tahdid qildi

AQSH prezidenti bunga javoban Maskka uning elektromobillari uchun berilgan subsidiyalarni eslatib o‘tdi.

Subsidiyalarsiz u do‘konini yopishi va Janubiy Afrikaga uyiga qaytishi kerak bo‘ladi, dedi Tramp u haqida.


AQSH prezidenti raketa va sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish yoki elektromobillar ishlab chiqarish qo‘llab-quvvatlanmasa, mamlakat “ko‘p mablag‘ni” tejashini aytdi.

G’arbiy alyans
😁62
AQSh Isroilga 510 mln dollarlik bomba to‘plamlarini sotishni ma'qulladi

Yetkazib berish Isroilning mudofaa qobiliyatini kuchaytirishga qaratilgan.

U hozirgi va kelajakdagi tahdidlarni qaytarishga, shuningdek, chegaralar, infratuzilma va aholi punktlarini himoya qilishga yordam beradi, deydi Mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlik agentligi

AQSh Davlat departamenti bitimni allaqachon ma'qullagan, endi uni Kongress tasdiqlashi kerak.

G’arbiy alyans
🤬14
Mask Hukumat samaradorligi departamentiga (DOGE) rahbarlik qilganida, xususiy kompaniyalarning maxfiy ma'lumotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan — The Washington Post

Nashr Ilon Mask o‘z kompaniyalari manfaatlari yo‘lida hukumat ma'lumotlarini noqonuniy ishlatganiga oid hech qanday dalil topmagan. Biroq, mutaxassislarning fikricha, olingan ma'lumotlar baribir juda qimmatli bo‘lishi mumkin.

"Bu ma'lumotlar Maskning kompaniyalariga yangi bozorlarga chiqish yoki davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritishda yordam berishi ehtimoli bor", deya yozmoqda The Washington Post.


G’arbiy alyans
🤔4
Tramp endi o‘z atirlarini reklama qildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp “Tramp g‘alabasi 45-47” nomli yangi atirlarini taqdim etdi. Prezidentga ko‘ra, ular g‘alaba, kuch va muvaffaqiyat ramzi sifatida ishlab chiqarilgan.

Atirdagi raqamlar esa Trampning prezidentlik raqamlaridir.

G’arbiy alyans
😁16
USAID mustaqil tashqi yordam agentligi sifatida faoliyatini to‘xtatadi, deydi Rubio

“Bu rasman ruxsat etilgan hukumat samarasizligi davrining oxiri”, dedi AQSh Davlat kotibi.


G’arbiy alyans
6🤔2
Hozircha o‘zimni tiyib turaman – Mask

Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask AQSH Prezidenti Donald Trampning tahdidlariga javob bermaslikni afzal ko‘rdi.

“Vaziyatni yanada keskinlashtirish naqadar jozibali. Ha, naqadar jozibali. Ammo hozircha o‘zimni tiyib turaman,” — deya Trampning postiga izoh qoldirgan Mask.


G’arbiy alyans
9🤔4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp jinoyat sodir etgan AQSH fuqarolarini deportatsiya qilishni taklif qildi

AQSH prezidenti mamlakat fuqaroligini olgan ko‘plab migrantlar og‘ir jinoyatlar sodir etganini aytdi.

Ular bizning mamlakatimiz uchun yangi emas. Ular bu yerda azaldan bor. Ko‘pchiligi shu yurtda tug‘ilgan. Rostini aytsam, menimcha ularni ham bu yerdan chiqarib yuborish kerak. Ehtimol, bu keyingi vazifamiz bo‘lar, degan Tramp.


G’arbiy alyans
🤣8🤔2