Strategic Focus: Atlantic
2.87K subscribers
974 photos
440 videos
12 files
1.79K links
AQSh va Yevropa kun tartibidagi so’ngi yangiliklar, dolzarb mavzular bo’yicha chuqur tahlil.

@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib

@stratfocusca - Markaziy Osiyo

@xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Download Telegram
Rossiyadagi bosim kuchaymoqda: rasmiy Toshkent qanday harakat qilishi kerak?

S.Pinxasova, mustaqil ekspert

Markaziy Osiyolik, jumladan O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari bilan bog‘liq vaziyat Rossiyada tobora xavotirli tus olmoqda. So‘nggi haftalarda Rossiya huquq-tartibot idoralari yanada qattiqqo‘l harakat qila boshladi — ommaviy reydlar, qo‘lga olishlar ko‘paydi, migrantlar ishtirokidagi biznes egalariga bosim kuchaymoqda. Bularning barchasi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa, Pravoslav cherkovi va “Tsargrad” telekanaliga yaqin bo‘lgan ultrakonservativ doiralar tomonidan ksenofobik chiqishlar bilan birga olib borilmoqda.

Ekspertlar aytishicha, Rossiya kuch tuzilmalari Trampning “qattiq migratsion siyosati”dan ruhlanib harakat qilmoqda: ular muammoni faqat kuch orqali hal qilish mumkin, degan fikrdalar. Biroq, Rossiya Ichki ishlar vazirligidagi ichki tartibsizlik (tuzilmadagi islohotlar va kadrlar almashinuvi) tufayli bu masala shaxsiy tashabbuslar asosida hal qilinmoqda. Kim balandroq gapirsa, o‘sha haq. Natijada oddiy migrantlar jabrlanayotgan tartibsizlik yuzaga kelmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi allaqachon reaksiya bildirdi — Moskvaga rasmiy norozilik notasi yuborilib, ksenofobik chiqishlarga barham berish va Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash talab qilindi. Rossiya tomoni mojaroning oldini olish uchun maxsus xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini bildirdi. Ammo hozirda migratsion masalalarda kuch tizimlari amalda asosiy rolni o‘ynayotgani sababli, bu muammo yaqin orada hal bo‘lishiga ishonish juda qiyin.

Vaziyat xavfli tus olishi oqibatida davlatlararo munosabatlar ham yomonlashishi mumkin. Bunday tendensiya allaqachon kuzatilmoqda: Ozarbayjonda ham Rossiyaga qarshi tanqidlar kuchaymoqda va mahalliy rasmiylar o‘z fuqarolariga nisbatan har qanday tazyiqqa keskin javob berilishini bildirmoqda. Rossiyaning o‘zida ham elitalar orasida ziddiyat bor — kimdir yumshoq yondashuv tarafdori (TIV, biznes elitalar), boshqalar (kuch ishlatar tuzlimalar) kuch ishlatishni yoqlab chiqmoqda.

Bu sharoitda O‘zbekiston nima qilishi kerak? Eng avvalo — faqat diplomatik notalar bilan cheklanmaslik zarur.

Bundan tashqari:

a) Rossiya TIV bilan emas, balki Moskva hokimyati, Federal Kengash va holatga real ta’sir ko‘rsata oladigan boshqa tuzilmalar bilan faol ishlash;

b) Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini monitoring qilish bo‘yicha doimiy guruh tuzish va har oylik hisobotlar e’lon qilib borish;

d) Migrantlarga huquqiy yordam ko‘rsatuvchi diasporalar va tashkilotlar tarmog‘ini kengaytirish;

e) Rossiyaga yangi migratsion hamkorlik formati taklif qilish — bu formatda diplomatlar bilan bir qatorda inson huquqlari himoyachilari va kuch tuzilmalari ham ishtirok etishi lozim;

f) Mehnat migrantlarini muhofaza qilish va mintaqaviy yondashuvni ishlab chiqish bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari sammitini o‘tkazish kerak.

Migratsiya endi faqat iqtisodiy emas, balki xavfsizlik va xalqaro nufuz masalasidir. O‘zbekiston qat’iyat bilan harakat qilib, fuqarolarini himoya qilishi va tizimli yechimlar taklif etishi lozim.

Strategic Focus: Central Asia
🔥11🤬83
2023-yil oktabr oyida G‘azo sektorida boshlangan Isroil agressiyasidan so‘ng, arab mamlakatlari aholisining Isroil bilan aloqalarni normallashtirishga bo‘lgan munosabati keskin salbiylashdi. Butun mintaqada namoyishlar, boykotlar va G‘arb davlatlariga nisbatan ishonchsizlik kuchaydi. Bu holat Falastin masalasining yana arab siyosatining markaziga qaytganini ko‘rsatmoqda. Arab hukumatlari ehtiyotkor siyosat yuritayotgan bo‘lsalar-da, xalq bosimi Ibrohim kelishuvlarining kengayishini to‘xtatib qo‘ydi va Isroilning mintaqaga integratsiyalashish istiqbolini so‘roq ostiga qo‘ydi.

Batafsil: https://xn--r1a.website/erontahlili/1089
👍94🔥2
Eronning bayonotiga ko‘ra, Isroil barcha “qizil chiziqlar”ni bosib o‘tdi va endi Tehron uchun javob zarbasi berishda hech qanday cheklov qolmadi.

Ammo “qizil chiziqlar” degan ibora aytilgach, hammasi darhol tushunarli bo‘ldi. Ular yana bayroqlarni ko‘tarishadi, tahdid qilishadi, shunchaki ko‘rsatish uchun raketa va dronlarni uchirishadi. So‘ng esa tezda ortga chekinishadi.

G’arbiy alyans
😁18👍8🔥2
Vuchich pozasi

G’arbiy alyans
🤣36👍10🤡2
Bugun Trampning tug‘ilgan kuni — u 79 yoshga to‘ldi.

G’arbiy alyans
👎21💩12👏7😁1🤮1
Ko’rib turganimizdek Isroil Eronning yadroviy obyektlariga keng ko‘lamli hujum boshladi. Bu hodisa Yaqin Sharq tarixida burilish nuqtasiga aylanishi mumkin: u katta urushning boshlanishini anglatishi va Tehronni yadroviy qurol yaratishga undashi mumkin yoki aksincha qarama-qarshi natijaga olib keladi.

Hozircha bu hujumning yakuniy oqibatlarini baholash qiyin. Harbiy harakatlar davom etmoqda, mutaxassislar hali zarar ko‘lamini to‘liq baholay olishmayapti. Shunga qaramay, Isroil Eronning yadroviy dasturi uchun muhim bo‘lgan infratuzilma elementlarini — elektr stansiyalari, ilmiy markazlar va logistika tarmoqlarini — yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgani allaqachon ayon. Yadro bo‘yicha yetakchi olimlar va harbiylar nishonga olingan. Isroil, shuningdek, Eron hududiga havo hujumlarini erkin amalga oshirishga qodirligini ko‘rsatdi. Ammo bu yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Eronning boyitilgan uran zaxiralari, yashirilgan sentrifugalar va uranni qurol darajasiga yetkazadigan uskunalari hanuzgacha mavjud bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, mamlakatda yadro sohasi mutaxassislari mavjud bo‘lib, ular yo‘qotilgan quvvatlarni tezda tiklashga qodir. Agar bu tizimning kamida bir qismi saqlanib qolgan bo‘lsa, Eron yadroviy dasturi bir necha hafta ichida qayta tiklanishi mumkin.

Ammo masala faqat yo‘q qilingan obyektlarda emas, balki Tehronning maqsadi o‘zgaradimi yoki yo‘q — shunda. Eron rahbariyati vaziyatni yumshatishga va diplomatik muloqotga tayyormi — yoki bu hujumni yadroviy qurol yaratishga yakuniy signal sifatida qabul qiladimi? Isroil bosimni kuchaytirish uchun hujumlarni, jumladan, Eronning neft-gaz infratuzilmasiga qarshi ham davom ettirishi mumkin. Ammo bombalar ostida Eronni murosa qilishga majbur etish — bu juda shubhali strategiya. Hatto muzokaralar natijasida kelishuv imzolansa ham, uning halol bajarilishiga hech qanday kafolat yo‘q.

Vaziyatni yanada murakkablashtiradigan jihat shundaki, hujum Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar qayta boshlanishiga atigi bir necha kun qolganda amalga oshirildi. Isroilni tinchlik imkoniyatini yo‘qqa chiqargan tajovuzkor davlat bo’lib qoldi. Hujumni prezident Tramp ochiq qo‘llab-quvvatlagani esa diplomatik jarayonni yana ham murakkablashtiradi.

Xulosa qilib aytganda, Isroil operatsiyasi taktik jihatdan muvaffaqiyatli ko‘rinadi, ammo strategik nuqtai nazardan xavfli. U Eronning yadroviy dasturini to‘xtatishi mumkin — yoki, aksincha, uni yashirin, yakuniy bosqichga o‘tkazib yuborishi mumkin.

G’arbiy alyans
💩85
⚡️Isroil yana hujumga o’tdi.

Batafsil: @erontahlili
💩8👎3
Eron Isroil hujumlaridan so‘ng Hoʻrmuz boʻgʻozini yopishi mumkin. Ushbu bo‘g‘oz orqali dunyo bo‘yicha suyultirilgan tabiiy gazning 30% va neft eksportining 20% (Saudiya Arabistoni, Iroq, BAA, Quvayt) o‘tadi.

Mutaxassislar fikricha, neft narxi bir barrel uchun $70–75 dan $120–130 gacha ko‘tarilishi mumkin.

Yonilg‘i va energiya narxlarining oshishi inflyatsiyani kuchaytiradi, transport va aholi uy xo‘jaliklariga salbiy ta’sir qiladi.

Shu bilan birga, Hoʻrmuz boʻgʻoziga bog‘liq bo‘lmagan neft eksportchilari (Rossiya, AQSh, Kanada) narxlarning oshishidan foyda ko‘radi. Muqobil energiya (quyosh, shamol) ishlab chiqaruvchilar esa neftning qimmatligi sababli yanada ko‘proq talabga ega bo‘ladi.

@erontahlili
👍104
AQShdan Yevropaga o‘nlab yoqilg‘i quyuvchi samolyotlar uchib ketdi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra — Boltiq dengizidagi mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun.

Lekin bilasizmi, Isroilga Eron hududida keng ko‘lamli bombardimon kampaniyasini o‘tkazish uchun aynan nima yetishmayapti? Yoqilg‘i quyuvchi samolyotlar.

G’arbiy alyans
🤣10👍62🤬1
Isroil AQShga Eronga qarshi hujumlarga qo‘shilish iltimosi bilan rasmiy murojaat qildi

KAN radiostansiyasi xabariga ko‘ra, Isroil Vashingtonga rasmiy so‘rov yuborib, Eronga qarshi harbiy operatsiyada ishtirok etishni taklif qilgan. Maqsad — Fordodagi yadroviy obyektni yo‘q qilish.

AQSh tomonidan javob yaqin soatlarda kutilmoqda.

G’arbiy alyans
🤬10🤮3
Nega Eron Isroilni yomon ko‘radi?

Bir qaraganda, Eron va Isroil bir-biri bilan chegaradosh ham emas. Ular o‘rtasida hududiy mojarolar yo‘q, xalqlari turli tillarda so‘zlashadi, turli dinlarga e’tiqod qiladi va mutlaqo boshqa siyosiy tizimlarda yashaydi. Biroq so‘nggi o‘n yilliklarda aynan ular o‘rtasida zamonaviy dunyodagi eng keskin qarama-qarshiliklardan biri yuzaga keldi. Buni tushunish uchun tarixga nazar solish kerak.

1979-yilgacha bunday ziddiyat bo‘lmagan. Shoh davrida Eron nafaqat Isroilga tinch qo‘shni edi, balki yaqin ittifoqchisi ham sanalgan. Isroil Erondan neft xarid qilgan, unga qurol yetkazib bergan, maxsus xizmatlarni o‘qitgan va hatto El Al aviakompaniyasi orqali Tehronga muntazam aviareyslar bajargan. Ikkala mamlakat umumiy dushman — arab millatchiligiga qarshi kurashgan, chunki bu mafkura ham sionistik Isroilga, ham Eron monarxiyasiga tahdid solgan.

Biroq 1979-yilda Eron Islom inqilobi yuz berdi va hamma narsa o‘zgardi.

Inqilobni boshqargan Oyatulloh Xumayniy realikka asoslangan siyosat emas, mafkurani olib keldi. U AQShni “Katta Iblis”, Isroilni esa “Kichik Iblis” deb atadi. Yangi tuzum faqat Eronni emas, balki butun islom olamini boshqarishni istadi. Bu maqsadga erishishning eng tez yo‘li esa – musulmonlarning uchinchi muqaddas shahri bo‘lgan Quddus (Al-Quds)ni “ozod qilish” shiori ostida o‘ziga siyosiy kapital to‘plash edi. Isroilga qarshi kurash Eron rejimi uchun mafkuraviy ustuvor yo’nalishga aylandi. Bu tashqi dushman obrazi orqali jamiyatni birlashtirish va ichki muammolardan xalqning e’tiborini chalg‘itish uchun kerak edi.

Eronliklar faqat so‘z bilan cheklanmadi. Inqilobdan so‘ng Eron darhol Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi, Tehrondagi Isroil elchixonasini Falastin Ozodlik Tashkilotiga topshirdi va har yili “Al-Quds kuni”ni o‘tkazishni (butun dunyo bo‘ylab Isroilga qarshi norozilik kuni) boshladi.

Vaqt o‘tib Eron ochiq urushda Isroil undan texnologik va harbiy jihatdan ustun bo‘lishini angladi. Shuning uchun Eron atrof-muhitni nazorat qilish orqali harakat qilishga qaror qildi — ya’ni, Isroilni har tomondan bosim ostida ushlab turadigan ittifoqchilar va proksi kuchlardan iborat strategik tarmoq yaratdi. Bu tizim norasmiy tarzda “Olovli halqa” deb nomlandi. Uning asoschisi — “Quds” maxsus bo‘linmasining sobiq qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy edi.

Shimolda — Livanda joylashgan Hizbulloh Eronning eng kuchli proksi kuchi hisoblangan. Uning arsenalida o‘n minglab raketalar mavjud bo’lib, u Suriyadagi urushlarda katta jangovar tajriba to‘plagan.

Janubda — G‘azo sektoridagi HAMAS va Falastin Islom Jihodi orqali doimiy bosim davom etmoqda. 2023-yil 7-oktabrdagi hujum ularning rejalashtirilgan va yirik harakatlarga qodirligini ko‘rsatdi.

Sharqda — Suriya va Iroqda faoliyat yuritayotgan shia guruhlari mavjud bo‘lib, ular Eron qurollarini Livanga yetkazish yo‘llarini nazorat qilgan va ehtimoliy yangi front sifatida xizmat qilishi mumkin edi. Ammo Suriyada rejim Isroil foydasiga o’zgardi.

Uzoq janubda — Yamandagi husiylar (Ansorulloh harakati) Eron yordami bilan uzoq masofaga mo‘ljallangan raketalar va dronlar ishlab chiqarib, 2000 km uzoqlikdagi Isroilga hujum uyushtira oladi. Ular Qizil dengizdagi kemalarga ham tahdid solmoqda.

Bundan tashqari, Eron ichki frontni ham nazorat qilishga harakat qiladi — Isroil ichidagi arab aholisi va Iordan daryosining G‘arbiy sohili orqali norozilik kayfiyatini kuchaytirish niyatida.

Bularning barchasi puxta o‘ylangan ko‘p qatlamli strategiyaning qismlaridir. Eron ochiq urush boshlamasdan turib ham Isroilga doimiy bosim o‘tkazish, vositachilar orqali zarba berish va musulmon dunyosiga o‘zini yetakchi sifatida ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu tizimni yaratish uchun Eron yillar davomida milliardlab dollar sarfladi, o‘z iqtisodiyoti va aholisi farovonligini qurbon qildi. Ammo oyatollohlar uchun bu oddiy tashqi siyosat emas — bu ularning hokimiyat asosidir.

Shunday qilib, so‘nggi 45 yilda Isroilga nisbatan nafrat Eron rejimi uchun mojarolarning natijasi emas, balki ularni vujudga keltiruvchi vosita — ichki mafkuraviy va siyosiy zaruratga aylandi.
👍1510👎10🔥4🤔1
⚡️ AQSh bugun yoki ertaga Eronga hujum qilishi mumkin.

G’arbiy alyans
👍6
Tramp Eron Oliy rahbarining qayerda ekani unga ma’lumligini aytdi, biroq AQSH uni yo‘q qilishni rejalashtirmayotgani, “hech bo‘lmaganda hozircha” bunday niyati yo‘qligini bildirdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Eron muammosini hal qilish uchun amerikalik harbiylarni jalb qilishni istamaydi, biroq AQSHning sabri tugash arafasida.

Tramp Erondan “so’zsiz taslim bo‘lish”ni talab qilmoqda.

G’arbiy alyans
😡7🤮41🤬1
Tramp AQShning Isroildagi elchisi unga yuborgan maktubni e’lon qildi. Biz esa uni tahlil qildik:

AQShning Isroildagi elchisi Maykl Hakabi tomonidan Donald Trampga yuborilgan maktub
bir qarashda sodiq tarafdorning shaxsiy fikridek tuyuladi. Ammo diqqat bilan qaralganda, bu oddiy fikr emas, balki AQSh siyosatidagi chuqur muammoning aksidir.

Maktubda Tramp shunchaki yaxshi prezident sifatida emas, balki xuddi Xudoning tanlangan vakili sifatida tasvirlanadi. Hakabi yozishicha, faqat Tramp hal qiluvchi qarorlarni qabul qila oladi, chunki uni go‘yoki “Xudoning ovozi” boshqaradi. Bu gap saylovlar, qonunlar yoki diplomatiya haqida emas. Bu — dinga asoslangan qarash bo‘lib, unda prezident deyarli payg‘ambar rolini o‘ynaydi.

Elchi aytishicha, u Isroilga AQSh bayrog‘i elchixonada hilpirab turishini kuzatish va Trampning “ko‘zi, qulog’i va og’zi” bo‘lish uchun yuborilgan. Biz AQShning Yaqin Sharqdagi tashqi siyosati tobora ko‘proq davlat manfaatlariga emas, balki tor doiradagi dindor guruhlarning e’tiqodlariga asoslanayotganining guvoh bo’lyapmiz. Masalan, AQSh elchixonasining Quddusga ko‘chirilishi mantiqiy emas, balki ramziy qaror bo‘lgan: xristian-sionistlar uchun bu voqea Muqaddas kitobdagi bashoratlarning amalga oshirishdagi qadamlardan biridir.

Maktubdan kelib chiqqan holda, bugungi kunda AQSh siyosatini tobora ko‘proq professional amaldorlar emas, balki radikal diniy guruhlar, eng avvalo xristian-sionistlar boshqarayapti degan xulosaga kelish mumkin. Ular Amerikaning Isroilni qo’llab-quvvatlashi siyosiy pragmatizm emas, balki ilohiy missiyani bajarishga qaratilganiga ishonishadi. Bu mafkura hozirning o‘zida sudyalarni tayinlashdan tortib, urushlar olib borish va xalqaro shartnomalar tuzishgacha bo‘lgan muhim qarorlarga ta’sir qilmoqda.

Oddiyroq qilib aytganda, AQSh asta-sekin tafakkur va qonunga asoslangan davlat emas, balki diniy g‘oyalar hukmron bo‘lgan tizimga aylanmoqda. Hakabining maktubi bunga yorqin dalildir. Bu yerda endi demokratiyaga joy yo‘q — bu yerda “yuqoridan kelgan ovoz” hukmronlik qilmoqda.

G’arbiy alyans
🤬148💯3👏1🍌1
⚡️Tehrondagi manbalar sobiq Eron prezidenti Mahmud Ahmadiynajot oilasi va ikki o‘g‘li bilan birga noma’lum shaxslar tomonidan o‘ldirilgani haqida xabar bermoqda.

@erontahlili
👎23😢12🤬8
The Telegraph: Xitoy Eronga noma’lum yuk tashuvchi samolyotlarni yubordi

Isroilning Eronga bergan zarbasidan keyingi kun, juma kuni Xitoydan yuk samolyoti havoga ko‘tarildi. Ertasi kuni yana bir bort qirg‘oq bo‘yidagi shahardan uchdi. Dushanba kuni esa uchinchi samolyot Shanxaydan yo‘lga chiqdi — uch kun ichida uchta reys.

Kuzatuvlarga ko‘ra, har bir samolyot Xitoy shimoli orqali g‘arbga qarab uchgan, so‘ng Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston havo hududlaridan o‘tgan — va Eron yaqinida radarlardan g‘oyib bo‘lgan.

Bu parvozlarning yana bir qiziq jihati shundaki, ularning hujjatlarida yakuniy manzil sifatida Lyuksemburg ko‘rsatilgan, biroq samolyotlar Yevropa osmoniga yaqinlashmagani aniq.

Xo’sh, Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik fonida Xitoy Eronga aynan nima yuborgan bo‘lishi mumkin? Aviatsiya mutaxassislariga ko‘ra, bu yo‘nalishda ishlatilgan Boeing 747 samolyotlari odatda harbiy texnika va qurol-aslaha tashish, shuningdek, hukumat buyurtmalari asosida yuklarni yetkazib berish uchun qo‘llaniladi.

@erontahlili
13👍9🤔4🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ular menga ov qilgan edi — endi men ovchiman

G’arbiy alyans
😁9👎4🤬2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Savol: Janob prezident, taslim bo‘lmasliklarini aytayotgan Eron oliy rahbariga nima deysiz?

Tramp: Omad tilayman.

G’arbiy alyans
👎10😁82👍1🔥1
AQSh Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ichiga tobora chuqurroq tortilmoqda va mintaqadagi harbiy ishtirokini kuchaytirmoqda. Tramp allaqachon ochiqchasiga Vashington Tel-Avivni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Bu oddiy ittifoqchiga yordam emas — bu kengroq strategiyaning bir qismi. Xususan, AQSh Eron siyosiy tizimini o‘zgartirish orqali uning Rossiya va Xitoy bilan ittifoqini zaiflashtirishga intilmoqda. Biroq, amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday o‘zgarishlar vaqt, katta resurslar talab qiladi va ko‘pincha reja bo‘yicha ketmaydi.

Amerika harbiylari allaqachon mintaqaga muhim kuchlarni yuborishni boshladi: osmonda o‘nlab KC-135 yonilg‘i quyuvchi samolyotlar, shuningdek, USS Nimitz aviatsion zarba guruhi mintaqadagi AQSh va ittifoqchilar kuchlariga qo‘shildi. Hozir mintaqada uchta aviatsiya tashuvchi kema bor — ikkita amerikalik va bittasi britaniyalik. Ularning asosiy vazifasi — Isroilga hujumlarni qaytarishda yordam berish va Eron ustidagi bosimni kuchaytirish.

Ammo Tehronda rejim almashinuvi 2003 - yilgi Iroqdagi singari bo’lmaydi. Eron hokimiyati kuchli, tashqi tahdid esa aksincha, milliy birdamlikni mustahkamlamoqda. Isroil tomonidan uyushtirilgan hujumlar jamiyatni ichkaridan titratmadi, balki birlashtirdi. Shunga qaramay, Eronga bog‘liq bo‘lgan kuchlar (Hamas va Hizbulloh) mintaqadagi ta’sirini yo‘qotmoqda.

Biroq, Eron yolg‘iz emas. Rossiya uchun u — G‘arbga qarshi kurashda strategik ittifoqchi. Xitoy uchun esa — “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining muhim bo‘g‘ini va energiya resurslarining yetkazib beruvchisi. Moskva ham, Pekin ham Tehronning zaiflashuvidan manfaatdor emas va ehtimol bunday jarayonga befarq bo‘lib turolmaydi.

Shu tariqa, mojaro murakkab shaklga kirmoqda: tashqarida — Eron va Isroil to‘qnashuvi, ichkarida — Eron rejimining barqarorligi, bularning ortida esa — yirik davlatlar to‘qnashuvi. Bu mojaroni tezda hal etish imkonsiz. U cho‘zilib, mintaqadagi ta’sir uchun uzoq davom etadigan kurashga aylanishi mumkin. AQSh bu kurashda geosiyosiy xaritani o‘zgartirmoqchi, ammo tez natijaga erishishi dargumon.

G’arbiy alyans
👍95👎1
Forwarded from MAXFIY DAFTAR
Eronga qarshi zarba — bu shunchaki tahdidga javob emas. Bu — murakkab va ko‘p bosqichli operatsiyaning bir qismi bo‘lib, bu yerda harbiy harakatlar aslida ancha chuqurroq jarayonlarni yashirish uchun xizmat qiladi. Tashqaridan qaralganda hamma narsa odatdagidek ko‘rinadi: Isroil hujum qilmoqda, Eron tahdidlar bilan chiqmoqda, AQSh kuzatmoqda, Tramp esa tushunarsiz bayonotlar bermoqda. Ammo bu oddiy manzara ortida maxsus ishlab chiqilgan ssenariy yashiringan.

Ssenariydagi asosiy maqsad — Yaqin Sharq emas. Maqsad — Amerika. Eron esa faqat bahona, trigger. Aslida butun tizim qayta sozlanmoqda — va bu jarayonning asosiy vazifasi — belgilangan algoritmdan har qanday chekinishni yo‘q qilish. Agar Eron — mintaqaviy, lekin nomaqbul o‘yinchi bo‘lsa, uni urush va izolyatsiya orqali zaiflashtirish mumkin. Ammo Tramp — AQSh ichidagi tahdid. Chunki u tashqi siyosatda intervensiyalarga va global nazoratga asoslangan yondashuvga alternativ yo‘l taklif qilmoqda.

Hozir operatsiya ikki asosiy yo‘nalishda olib borilmoqda:

1. Harbiy — Eronga bosim o‘tkazish, uning subyektligini yo‘qotish va cheksiz to‘qnashuvga tortish.

2. Siyosiy — Trampni provokatsion ssenariyga jalb qilish. U bu ssenariyda yo “tinchlikparvar” imijini yo‘qotadi, yoki “qat’iy yetakchi” sifatida sinovdan o‘ta olmaydi.

Bu tuzoq ssenariy. Agar Tramp hujumni qo‘llab-quvvatlasa — u o‘zi yo‘q qilishga va’da bergan tizimga qaytadi. Agar reaksiya bildirmasa — an’anaviy saylovchilari unga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi. Shu tariqa, uni yo “eski Amerika”ga qaytarishadi, yoki u muqobil variant ramzi sifatida yo‘q qilinadi.

Keyingi bosqichda esa yana bir haqiqat ochilmoqda: qaror qabul qilish markazi endi Vashingtondan Londonga ko‘chdi. Buyuk Britaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki proksi tuzilmalar va axborotli konstruktsiyalar orqali harakat qilmoqda. Bu yerda Fiona Hill obrazining paydo bo‘lishi — bu yangi ta’sir arxitekturasi belgisi. Bu tizimda razvedka, narrativ va siyosat yagona tashqi boshqaruv tizimiga aylangan.

Bu jarayon — “ma’no imperializmi” deb ataluvchi sxemaning bir qismidir. Gap hududni nazorat qilishda emas — narrativni (talqin) nazorat qilishda. Suverenitet — endi norma emas, balki istisnodir. Mustaqillik tahdid sifatida qabul qilinadi. Yadroviy qurol faqat “o‘zimizniki”larda bo‘lishi mumkin. Ittifoqlar faqat g‘arbcha modelda. Har qanday o’zgacha shaxs / harakatlar obro‘sizlantirilishi, zaiflashtirilishi yoki yo‘q qilinishi kerak.

Bu sxemada Isroil — asosiy o‘yinchi emas. U jarayonlarning “tezlatuvchisi”. Uning zarbalari siyosatni emas, kerakli voqealarni boshlab beradi. Barcha tizim shunday qurilganki, har bir inqiroz ortidan yangi tartib vujudga keladi — va u yerda savol “kim yutdi?” emas, balki “kim narrativni (ma’noni) belgilaydi?” bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, operatsiyaning uch asosiy maqsadi mavjud: a) Eronga zarba berish — mintaqaviy alternativani yo‘qotish; b) Trampni mojaroga tortish — tashqi siyosiy kursdagi chekinishni bartaraf etish; d) Rossiya va Xitoyni siqib chiqarish — Yevroosiyo logistika va ta’sir maydonini nazoratga olish.

Beshikdan qabrgacha ilm izla!
👍97👎1