Sog‘liqni saqlash vazirligi
109K subscribers
10.8K photos
4.74K videos
57 files
13.7K links
Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy telegram kanali — t.me/ssvuz

Vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan yuritiladi.

Rasmiy sayt: ssv.uz
Elektron pochta: info@ssv.uz
Sahifalarimiz:
facebook.com/ssvuz

Manzil: Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 4.
Tel: 1003
Download Telegram
#Qonunchilik_palatasida

Tibbiyotni raqamlashtirish qanday natija bermoqda?

Xabar berganimizdek, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilovning “Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.


Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda elektron shifoxona, elektron statsionar, elektron laboratoriya, elektron retsept, elektron ombor, elektron reabilitatsiya va elektron yo‘llanma kabi xizmatlar joriy etilgan. Hozirga qadar ishlab chiqilgan 20 dan ortiq funksional modul va xizmat 4 mingdan ziyod davlat tibbiyot muassasasi, 6 mingga yaqin xususiy klinika, 11 mingdan ortiq dorixona hamda 38 milliondan ziyod fuqaroni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt texnologiyalarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish borasida ham salmoqli natijalarga erishilyapti. 2026-yil yakuniga qadar oltita sun’iy intellekt tizimini to‘liq ishga tushirish, yana uchtasini pilot tartibda yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, DHP platformasini joriy etish orqali ma’muriy yuklamani 30 foizga, takroriy tekshiruvlar va tibbiy xatolarni 20 foizga kamaytirish, hisobotlarni shakllantirish jarayonini 90 foizgacha tezlashtirish maqsaq qilingan.

Majlisda raqamli tizimlarni joriy etishda saqlanib qolayotgan ayrim muammolarga ham e’tibor qaratildi.

Yakunda vazirning axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi hamda kun tartibidagi masala yuzasidan parlament nazoratini samarali davom ettirishga kelishib olindi.


 🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizda 9 yoshli bola ko‘p qavatli uyning yuqori qismidan qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi.


Ma’lum bo‘lishicha, hodisa joriy yilning 22-noyabr kuni sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng bemor tez tibbiy yordam mashinasida shahar 2-bolalar jarrohlik klinik shifoxonasiga og‘ir ahvolda olib kelingan.

Xo‘sh, ayni paytda bolaning holati qanday?

SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali bu haqda batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.


 🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Bolalar milliy tibbiyot markazi kardiojarrohlari Fransiyaning Nant shahridan kelgan mutaxassis Olivye Baron bilan birgalikda tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarni operatsiya qildi.


Markaz mutaxassislarining ma’lum qilishicha, bolalarning barchasida kasallik og‘ir shaklda bo‘lgan.

Xo‘sh, bugun ularning ahvoli qanday?

SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda so‘z yuritiladi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya

Grippdan qanday himoyalanish kerak?

Kimlar xavf guruhiga kiradi?


Kasallikka qarshi emlanish qanchalik foydali?

Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori o‘rinbosari, tibbiyot fanlari nomzodi Dinora Do‘stmuhamedova batafsil javob beradi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live
Ayni paytda Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov tibbiy assotsiatsiyalar va jamiyatlar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Unda 40 ga yaqin assotsiatsiya hamda jamiyat rahbarlari va vakillari ishtirok etmoqda.

Muloqotda Prezidentimizning joriy yil 27-oktabr kuni tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvida berilgan topshiriqlar ijrosi, tibbiy assotsiatsiyalarning sohani isloh qilishdagi o‘rnini kuchaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Farmon_ijrosi

Prezidentimizning joriy yil 5-maydagi tegishli farmoni ijrosi doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari test sinovidan o‘tmoqda.


Xodimlarning egallab turgan lavozimi bo‘yicha malakasini baholashga qaratilgan ushbu sinov Sog‘liqni saqlash vazirligi va Boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Jarayon tafsilotlari bilan SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali tanishishingiz mumkin.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiy_suğurta

2026-yilning o‘tgan 10 oyida mamlakatimizdagi shifoxonalarda qancha bemorga statsionar tibbiy yordam ko‘rsatildi? Bunda tuman, shahar va viloyat muassasalarining ulushi qanday?


SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videoinfografika orqali shu haqda ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_Konstitutsiyam

Asosiy Qonunimizning 48-moddasida “Har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilangan.


Xo‘sh, bu konstitutsiyaviy huquq bizga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?

SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan rolik orqali shu haqda ma’lumotga ega bo‘lsiz.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Poytaxtimizda Parkinson kasalligi va epilepsiyani tashxislash hamda davolashga bag‘ishlangan O‘zbekiston–Germaniya ilmiy-amaliy forumi bo‘lib o‘tdi.


Xo‘sh, unda ikki mamlakat shifokorlari qaysi masalalar yuzasidan fikr almashdi?

Milliy tibbiyot markazida tashkil etilayotgan yangi laboratoriya qanday xizmatlarni ko‘rsatadi?

SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥3🤩1
#Muhim

❓Yurtimizda mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat qanday?

Ma’lumki, kuz-qish mavsumida aholi orasida gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarga chalinish holatlari birmuncha ortadi. Bu esa, o‘z navbatida, profilaktika choralariga alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi.


Xo‘sh, hozir yurtimizda bu borada vaziyat qanday? O‘RVI va gripp profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar nimalardan iborat?

Bu savollarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov quyidagicha javob berdi:

— Ayni paytda yurtimizda mavsumiy yuqumli infeksiyalar tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror. Xususan, tahlillar O‘RVI bilan kasallanish darajasi epidemik bo‘sag‘adan 38,4 foiz past ekanini ko‘rsatmoqda.

Shunga qaramay, xastalikning oldini olish va aholi salomatligini asrash maqsadida muntazam profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Jumladan, kasallanish dinamikasi kunlik monitoring qilinib, joylarda tezkor shtablar tashkil etildi. Mamlakatimizda 40 ga yaqin yuqumli kasalliklar shifoxonasi va 165 ta tuman tibbiyot birlashmalarida tashkil etilgan yuqumli kasalliklar bo‘limlari faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent shahridagi 5 ta yuqumli kasalliklar shifoxonasi bemorlarni qabul qilish va davolash ishlarini amalga oshirmoqda. 15 ta virusologiya laboratoriyasida infeksiya qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilyapti.

Bilamizki, gripp — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, xavf guruhiga 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, keksalar va homilador ayollar kiradi. Xastalikning yashirin davri odatda 1–4 kunni tashkil etadi. U tana haroratining to‘satdan ko‘tarilishi, yo‘tal, bosh, mushak, tomoq va bo‘g‘imlarda og‘riq, umumiy holsizlik kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Ayrim hollarda gripp jiddiy asoratlarga, jumladan, zotiljam, sinusit, otit va boshqa kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bois yurtdoshlarimizni ushbu infeksiyadan himoyalash va xavfli asoratlarning oldini olish maqsadida emlash tadbirlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun xavf osti guruhiga mansub aholiga mo‘ljallangan grippga qarshi vaksinalar joylarga yetkazib berilmoqda. Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida sanitariya talablariga rioya qilinishi yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

Bugungi kunda 1 ming 721 ta tez tibbiy yordam shoxobchasida jami 2 ming 932 ta brigada aholiga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. Birlamchi bo‘g‘in muassasalarida esa chaqiruv asosida xizmat ko‘rsatuvchi tibbiy brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ular xonadonlarga borib, bemorlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.

Shu o‘rinda mavsumiy kasalliklarga qarshi kurashish nafaqat tibbiyot xodimlari, balki har bir fuqaroning mas’uliyati ekanini eslatib o‘tmoqchimiz. Buning uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, grippga qarshi emlanish, kasal bo‘lganda jamoat joylariga bormaslik hamda odamlar bilan muloqot qilishdan cheklanish tavsiya etiladi.

Qolaversa, xonalarni tez-tez shamollatish, bemor va ularni parvarishlayotgan shaxslar tibbiy niqobda bo‘lishlari lozim. Immunitetni mustahkamlash uchun ko‘proq meva-sabzavotlar, qaynatmalar iste’mol qilish hamda mavsumga mos kiyinish maqsadga muvofiq.

Agar kasallik belgilari kuzatilsa, o‘zboshimchalik bilan davolanishdan saqlaning va o‘z vaqtida oilaviy shifokorga murojaat qiling.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1
#Anons

Toshkent tibbiyotga oid yirik xalqaro tadbirlarga mezbonlik qiladi


Ertaga, 27-noyabr kuni poytaxtimizda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik Kengashining 39-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.


Ta’kidlash joiz, MDH tashkil etilganining 35 yilligi nishonlanayotgan 2026-yil Hamdo‘stlikda "Salomatlikni muhofaza qilish yili" deb e’lon qilingan. Joriy yil Kengashga O‘zbekiston raislik qilmoqda.

Yig‘ilishda a’zo davlatlarning sog‘liqni saqlash vazirlari va ularning o‘rinbosarlari, MDH Ijroiya qo‘mitasi hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi mas'ullari, shuningdek, sohaning yetakchi ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbir doirasida "Salomatlikni muhofaza qilish yili" doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda O‘zbekistonning Kengashga raisligi yakunlari sarhisob qilinadi. Shuningdek, Hamdo‘stlik mamlakatlarining tibbiyot sohasida erishgan yutuqlari taqdim etilib, kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi.

BATAFSIL
———————-
В Ташкенте пройдут крупные международные мероприятия в сфере здравоохранения

Завтра, 27 ноября, в столице состоится 39-е заседание Совета по сотрудничеству в области здравоохранения Содружества Независимых Государств.


Особую значимость предстоящему мероприятию придает то, что 2026 год, ознаменованный 35-летием образования СНГ, объявлен в Содружестве Годом охраны здоровья. Именно в этот период в Совете председательствует Узбекистан.

В заседании ожидается участие министров здравоохранения и делегаций государств-участников СНГ, представителей Исполнительного комитета СНГ, Европейского регионального бюро Всемирной организации здравоохранения и ведущих экспертов.

В ходе мероприятия будут подведены итоги Года охраны здоровья и председательства Узбекистана, представлены достижения стран Содружества в сфере медицины, а также определены приоритетные направления дальнейшего взаимодействия.

ПОДРОБНЕЕ

🚑  Пресс-служба Минздрава.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InsonFaxri2026LIVE

Inson hayotini asrashga bag‘ishlangan kasb

 
🌟 Tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Ergashev “Yil shifokori” nominatsiyasida “Inson faxri” milliy mukofoti bilan taqdirlandi.
 
2022-yilda u muddatidan oldin tug‘ilgan qo‘shaloq chaqaloqlarni ajratish bo‘yicha besh soat davom etgan murakkab jarrohlik amaliyotiga rahbarlik qilgan.

Mukofotni
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni, senator Shavkat Ayupov va O‘zbek teatr va kino aktrisasi Yulduz Rajabovalar topshirdi.
 
Bugungi e’tirof — yuksak kasbiy mahorat, mas’uliyat va inson hayotini asrash yo‘lidagi fidoyilikka berilgan munosib bahodir.
 
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥7