SHERLAR
22.2K subscribers
671 photos
212 videos
2 files
1.9K links
Eng sara sherlar faqat sizlar uchun,
Kanalimizga siz ham qo‘shiling!!

Admin @bek8586

REKLAMA bering @sherlar_rek

Birinchi raqamli sherlar kanali

20/12/2015
Download Telegram
🔥Онам билан...

Турли туман гап-сўзларни тинглар қулоқ,
Давраларга чорлайдилар яқин - йироқ,
Сўзлашаман ҳамма билан дўстлар бироқ,
Суҳбатларнинг энг яхшиси Онам билан....

Дуосидан қўлим ойни тутиб турар,
Эшигимда бахтлар навбат кутиб турар,
Ютқазмайди кўнглим доим ютиб турар,
Омадларнинг энг яхшиси Онам билан...

Болам деса юраккинам дарддан ҳоли,
Буколмайди қаддимни ҳеч ғам шамоли,
Бошим баланд мағрурликда тоғ мисоли,
Савлатларнинг энг яхшиси Онам билан...

Топганимга минг барака берар худо,
Беҳудага қайғурмайман чекиб нидо,
Борликлари бойлигимга жоним фидо,
Давлатларнинг энг яхшиси Онам билан...

Тиззасига бошим қўйсам яйрар таним,
У бор мени енголмайди ҳеч бир ғаним,
Оҳ ёнимда туришлари бахтим маним,
Рағбатларнинг энг яхшиси Онам билан...

Турли туман гап-сўзларни тинглар қулоқ,
Давраларга чорлайдилар яқин - йироқ,
Сўзлашаман ҳамма билан дўстлар бироқ,
Суҳбатларнинг энг яхшиси Онам билан....

📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
Onamning borligi

Har tola sochlari jonimdan aziz,
Sog’-omon yurgani tillo-taxtimdir.
Dardlarimga darmon aytgan so’zlari,
Onamni borligi meni baxtimdir.

Omadim keladi ne ish boshlasam,
Boshimda tashvish yo’q, yo’qdir menda kam,
Jannatim yonimda - ko’nglim xotirjam,
Onamning borligi meni baxtimdir.

Men uchun duoda qo’llari har kun,
Yo’llarim kutadi uxlamay har tun,
Baralla baqirib aytishim mumkin,
Onamning borligi meni baxtimdir.

Ba'zida dunyoga sig’may qolaman,
Boshim tizzasiga qo’yib olaman,
Dardlarimdan shunda xalos bo’laman,
Onamning borligi meni baxtimdir.

"Qodir bolam", - deya erkalab aytar,
Tabassum qilsa gar armonim ketar,
Yonimda sog’-omon yurgani yetar,
Onamning borligi meni baxtimdir.

Men uchun duoda qo’llari har kun,
Yo’llarim kutadi uxlamay har tun,
Baralla baqirib aytishim mumkin,
Onamning borligi meni baxtimdir.

00:11.07.05.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
MENGA XABAR YOZGIN

Menga xabar yozgin, kichkina xabar,
Ikki dona so’z ham yetar mayliga,
G’ururingni unut jonim shu safar,
Ko’zmunchoqlar boyla uning bandiga!

Ko’zimning ko’zlari tegib ketmasin,
Intizor kutilgan nomalaringga,
Yozib tur, umidga zavol yetmasin,
Quloq tut so’g’inchli nolalarimga!

Menga xabar yozgin, ikki enlik xat,
Ko’p emas kunda bir, kifoya qilar,
Qozg’onma, shu safar bo’la olgin mard,
So’zlaring shubhamni nihoya qilar!

Menga maktub yozgin, mayli bitta so’z,
Birgina kalomga jur’at top bugun,
Yashamoq istagin topib olsin ko’z,
Xatlaring qarog’im malhami tushun!

Birgina so’z bilan ovunch ber menga,
Umid ber, orzu ber, sevinch ber menga,
Bittagina xabar va sevgi yashar,
Nomalarga o’rab ilinj ber menga!

Menga xabar yozgin, kichkina xabar…

Kamola Abduvaliyeva

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
YOZAMAN...

Gohi mendan so'rashar kulib
Siz she'rlarni qanday yozasiz?
Deyman,sirli makonda kelar
Ilhomlarim desam yonasiz.

Ba'zan hayot tutkazar qalam,
Gohi kuyib yonib yozaman.
Dil g'ashlansa ozor alamdan,
Taqdiridan nolib yozaman.

Goh kuldirib, yig'latib kelar
Hijronlardan bezib yozaman.
Achchiq qismat o'ynidan gohi
Netay esdan butkul ozaman.

Dardlarimni eshitguvchi jim
Yulduzlarga ketgim keladi.
Yozib, yozib ba'zan charchasam
Dunyosidan ketgim keladi.

Shodliklarga ergashib qayg'u
Sitamlardan bezib yozaman.
Kezib charchab zulmat ichidan
Yorug'likni izlab yozaman.

Taqdir o'zi ajib muallim,
O'rgatadi tinglab yozaman.
Parvoz etib she'rlarim bilan
Quyoshlarga tenglab yozaman.

Kimdir saboq berar hayotdan
Kim uchundir yomon yozaman.
Kimni ko'ngli to'lgan ijoddan
Kim kimlar deb kuyib yozaman.

Asablarni egovlasa goh
Alamimdan yonib yozaman.
Hoyot shuda goh undoq mundoq
Barchasiga ko'nib yozaman.

O'chiraman chizaman yana
Qancha qog'oz qanday yozaman.
Dardlarimni oshkora gohi
Ich ichimga solib yozaman.

Demang qaydan topib yozasiz
Men hayotdan olib yozaman.

IRODAXON QOSIMOVA.
23.08.2023.  21:00.


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
Audio
🔥AYRILMAYMIZ SINFDOSH

Telefondan koʻzimiz,
Uzolmabmiz sinfdosh.
Qoʼngʻiroqning soʼngini,
Sezolmabmiz sinfdosh.

Tanbeh bersa ustozlar,
Koʼk eshitib nolamni.
Koʻzda alamli yoshlar,
Keltirardim onamni.

Ey sinfdosh-sinfdosh,
Mening dadam qahramon.
Ustozlarga otgan tosh,
Mardonavor mard oʻgʻlon.

Koʼraverib sinfdosh,
Taraqqiyot jangini.
Unutibdi koʼz-u qosh,
Maktabimiz rangini.

Biz qoʻrqmaymiz sinfdosh,
Ustozlarning koʻzidan.
Qilgandik-ku koʼzin yosh,
Boʼlgan edi oʻzidan.

Jangovorlar pasayib,
Yigʻib oldi shashtini.
Sinfdoshim angladim,
Qoʻngʻiroqning gashtini.

Telefondan koʻzimiz,
Uzolmaymiz sinfdosh .
Bizlar endi hech-qachon,
Tuzalmaymiz sinfdosh.

Yigʻlamagin sinfdosh,
Ayrilmaymiz biz biroq.
Telefonda yangragay,
Davomiyli qoʻngʻiroq.

📝muallif:Surayyo Xatamova

SAMARQAND🇺🇿JOMBOY

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
🕋🕋🕋
Шу кунларда соғинчим ортиб,
Тунлар ёстиқ бошимга ботиб.
Бу дунёнинг ишидан ортиб ,
Байтуллоҳга боргим келяпди.

Пешонамни саждага қўйиб,
Яланг оёқ қолсам ҳам куйиб,
Мен шайтоннинг кўзини ўйиб,
Мадинага боргим келяпди.

Зикр қилиб ,тавофлар қилиб,
Оиламда ҳамма жам бўлиб,
Отам,онам, жигарим олиб,
Байтуллохга боргим келяпди.

Қулингдирман қўллагин  Ё Раб
Гуноҳларим авфини сўраб,
Оппоқ ҳарир рўмолим ўраб,
Мадинага боргим келяпди.

Ҳеч юрагим олмаяпди тин,
Керак эмас зарлару , олтин,
Тобут отим бўлишдан олдин,
Байтуллоҳга боргим келяпди.

Йўлдан урар шайтонни тошлаб,
Ҳаж чиптасин кўлимга ушлаб,
Қувончимдан кўзимни ёшлаб
Мадинага боргим келяпди.

Иншааллох насиб айласин ҳар бандага ..🙏🙏🙏🙏

Дилфуза Саттарова шеъри

🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
YELKANGGA BOSH QO’YSAM

Yelkangga bosh qo’ysam, ohista, sekin,
Va ko’ksim dardini hikoya qilsam,
Jim tursang, so’zlasam, yig’lasam betin,
Bu ko’hna og’riqni nihoya qilsam!

Jim tinglab turolsang hasratlarimni,
O’zingga o’zingdan qilsam shikoyat,
Ko’rsayding bevafo nafratlarimni,
Shunda xatolaring anglarsan shoyat!

Yelkangga bosh qo’ysam, tinch va hotirjam,
Eshitsang hayolni bir joyga yig’ib,
Balki tushunarsan hiyonat nima,
Va qanday qaddimni qo’yganing egib!

Og’riq azob berar tovonim qadar,
Gapirma, indama, so’zlama, eshit!
Faqat men tingladim Seni har safar,
Qo’y boshqa aytmagin, nasixat, o’git!

Yelkangga bosh qoyib, to’yib yig’lasam,
Mayli artib qo’yma ko’z yoshlarimni,
Mayli sadoqatim bilsang, bilmasang,
Faqat guvohi bo’l bardoshlarimni!

Keyin qaytmas bo’lib ketaman olis,
Bir tutam iforing joylab dimoqqa,
O’zing ayt, baho ber oddiy va holis,
Sevmading, shunchaki solding sirtmoqqa!

Ruxsat ber yelkangga boshimni qo’yib,
So’ngi bor so’zlayin hasratlarimni,
Yig’lab olsam deyman yuragim to’kib,
So’ng olib ketaman nafratlarimni…

Kamola Abduvaliyeva she’ri

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
Mehrga zor bo’libdi onam.

E'tibor ham bermabman hatto
Kech bilganim qilmoqda alam.
Sochlarida oqlar ko’payib,
Mehrga zor bo’libdi onam.

Soyda oqqan suvga termulib,
Yuraverdim ishga cho’milib,
Qolganmidi ko’zim yumilib?
Mehrga zor bo’libdi onam.

Tillo-zaring kerakmas deydi,
Biroz qolgin yonimda, bolam.
Ikki og’iz shirin so’z xolos,
Mehrga zor bo’libdi onam.

Pul topib-u,  aql topmabman,
O’ylab-o’ylab rosa yig’labman,
O’g’il bo’lib sira sezmabman,
Mehrga zor bo’libdi onam.

Yayrab yurdim, o’ynadim, kuldim,
Bilib-bilmay gunohlar qildim,
Betob bo’lib qolganda bildim,
Mehrga zor bo’libdi onam.

00:56.17.05.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
OTA ONAM YONIMDA BOʻLSA

Davrim surib zoʻr erkatoyman,
Duosi har onimda boʻlsa.
Dunyodagi hammadan boyman,
Ota onam yonimda boʻlsa.

Yorishadi tunda ham yoʻlim,
Koʻkda oyga yetadi qoʻlim...
Hadik qilar hattoki oʻlim,
Ota onam yonimda boʻlsa.

Bitib ketar bitmas ishlarim,
Hamma joyga oʻtar tishlarim.
Yoz boʻladi chilla qishlarim,
Ota onam yonimda boʻlsa.

Duo qilsa omon jon tanim,
Menga ziyon berolmas gʻanim,
Sira ketmas omadim manim,
Ota onam yonimda boʻlsa.

Boshda tashvish gʻamim boʻlmaydi,
Koʻzlarimda namim boʻlmaydi...
Birovlardan kamim boʻlmaydi,
Ota onam yonimda boʻlsa.

Suyansam Alp togʻiga oʻxshar,
Borligi baxt chogʻiga oʻxshar.
Uyim jannat bogʻiga oʻxshar,
Ota onam yonimda boʻlsa.

Shodliklarga ahdli odamman,
Boyman tillo taxtli odamman.
Men hammadan baxtli odamman,
Ota onam yonimda boʻlsa.

Odilbek Qodirov

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
TARAHHUM BILMAS

Ko’ksing manga mo’tabar mehrob,
So’zing manga shakar-u, gulob,
Solib qo’yding dilimga qullob,
Netay bu ishq tarahhum bilmas!

Sherik bo’lmas dardimga ahbob,
Bu og’riqning davosi noyob,
Rahm qilgin o’zing malham top,
Netay bu ishq tarahhum bilmas!

Yuzim so’lg’in, holim parishon,
Nigoh hazin, bu ne
ga nishon,
So’ngi bardosh taslim qilar jon,
Netay bu ishq tarahhum bilmas!

Sirim aytdim shabistonlarga,
Rahming kelmas dili qonlarga,
Hijronlaring yetdi jonlarga,
Netay bu ishq tarahhum bilmas!

Mendan yiroq g’amzalaring bor,
Va meniki bo’lmaydi zinxor,
Sen dilsizga qilindim duchor,
Netay bu ishq tarahhum bilmas!

Yaratganim o’zingsan hamroz,
Ibodatdan qilgayman pardoz,
Faqat Haqni sevmoq erur soz,
Dunyo ishqi tarahhum bilmas!

Kamola Abduvaliyeva she’ri

hamroz- sirdosh
g’amza - ko’z ishorasi
tarahhum - rahm qilish
qullob - qarmoq
shabiston - tun

Kamola Abduvaliyeva

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
🔥Самимият...

Баъзан кафтларимга сиғади дунё,
Баъзан дунё аро битта зарраман...
Бироз тортинаман айтишга илло,
Мен уни жуда ҳам яхши кўраман...

Кўнгли дунёйимнинг сўнмас қуёши,
Сабридан ҳижолат тоғларнинг тоши,
Кўзида кўринмас, қалбида ёши,
Мен уни жуда ҳам яхши кўраман...

Қадри осмонгинам, қадди камоним,
Ғамларим дастидан юзи сомоним,
Мехри ўраб турар тўртта томоним,
Мен уни жуда ҳам яхши кўраман...

Дардини кўрсатмас, ичига ютиб,
Қанийди олсайдим ғамларин тутиб,
Бедордир баъзида боришим кутиб,
Мен уни жуда ҳам яхши кўраман...

Тафти иситади бутун оламни,
Мехрла артади кўзда жоламни,
Чин дилдан тинглайди дилда ноламни,
Мен уни жуда ҳам яхши кўраман...

Таърифин ёзолмай қийналар қалам,
Қалам ёзолмаса, қоғозга алам,
Ифори жаннатим, мунисим Онам,
Мен сизни жуда ҳам яхши кўраман...

📝 Муаллиф: Зоҳид Зиё...

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
UKASI YÓQ OPALAR...


Dunyo otsa ba'zan tosh,
Yetmay qolsa gar bardosh.
Kôzlariga olar yosh
Ukasi yóq opalar.

Suyangani togʻi yóq
Bir mevali bogʻi yóq.
Hasratning adogʻi yóq
Ukasi yóq opalar.

Yigʻlasa yupatmaydi
Avaylab uzatmaydi.
Yor yor deb kuzatmaydi,
Ukasi yóq opalar.

Kôchalarda jim yurar,
Yurak yigʻlab hun yurar,
Nokaslar tayyor turar
Ukasi yóq opalar.

Gʻanimlarga bosh egar
Haqoratli tosh tegar.
Yurakni alam ezar,
Ukasi yóq opalar.

Himoyaga muhtoj jon
Dóstlar bermas ba'zan yon,
Yigʻlab yurar har tomon
Ukasi yóq opalar.

Dilda alamlar bisyor,
Ba'zan turtar suyar yor,
Bir sirdoshga bólar zor
Ukasi yóq opalar.

Bitta kóngil, dil yarim,
Yurak sanchadi sim sim,
Sóraydi faqat tôzim,
Ukasi yóq opalar.

Bayramda yóqlovchi yôq
Yuraklarni teshar ôq,
Ukasi bor kóngil tóq
Ukasi yóq opalar.

Zulmatning uzun ohi
Teshar gʻanim nigohi
Irodaning dil ohi
Ukasi yóq opalar.

IRODAXON QOSIMOVA
20.04.2023.  20:15.


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
🔥Юраклар...

Меҳмонмиз кўнгиллар кўчаларида,
Ҳаёлмиз соғинчнинг кечаларида,
Номимиз қалбларнинг нечаларида,
Унута олмайди бизни юраклар...

Кетганлар келишга излайди чора,
Ҳижронлар кўксини қилиб минг пора,
Вужудин фироқлар эзар тобора,
Унута олмайди бизни юраклар...

Аламлар кўзлардан аламин олар,
Нигоҳлар йўлларга термулиб толар,
Ҳатто ёмонимиз соғиниб қолар,
Унута олмайди бизни юраклар...

Осондек туюлар кечмоқлик вақти,
Ёдларидан чиқар қилган кўп ахти,
Уларни кутади ўкинчлар тахти,
Унута олмайди бизни юраклар...

Эҳ афсус қадрига етмабман дея,
У билан бахт томон кетмабман дея,
Ғуруримни мағлуб этмабман дея,
Унута олмайди бизни юраклар...

Қўлимиз узатсак тутмаган билсин,
Бизнинг соғинчимиз ютмаган билсин,
Бундай бўлишини кутмаган билсин,
Унута олмайди бизни юраклар...

Меҳмонмиз кўнгиллар кўчаларида,
Ҳаёлмиз соғинчнинг кечаларида,
Номимиз қалбларнинг нечаларида,
Унута олмайди бизни юраклар...

📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
Омонат дунё.
Тупроқдан яралдик, тупроқ бўламиз.
Бир куни ётамиз, биз ҳам бўлиб жим.
Қўлимдан келгани бир ҳовуч дуо,
Йўқласам, қабрингни йўқлайман иним.

Хотира кунини кутаман доим,
Худди бир дийдорни лаҳзасидайин.
Бир қучоқ гулларни олиб шошилиб,
Тонгдан ошиқаман, сенга атайин.

Қабрни на дарча, на туйниги бор,
Фақат битта уюм тупроғинг азиз.
Омонат дунё бу, кетмоғимиз бор.
Ахир айтилмаган бу сўзлар бежиз.

Даста-даста гулар билан йўқласак,
Фақат тиловатлар бошинга соя.
Омонат дунёда омонатлармиз,
Соғинсам, ёшимла бўлар ниҳоя.

Дилфуза Саттарова

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
Audio
..... БОРИБ КЎР

🥺🥺😢😢😭😭😭

Гар узилса ердан товонинг,
Кибрланиб кетса забонинг.
АЛХАМДУни унутган онинг,
Қабристонга бир бор бориб кўр.

Нафи тегмай қолса қаламинг,
Ютолмасанг ранжу аламинг.
Енголмасанг келганда ғаминг,
Қабристонга бир бор бориб кўр.

Шерман деган  зурлар ётибди,
Топганлари- бир уюм тупроқ.
Бошларида бир тошдан бўлак,
На бир соя, на битта гиёх.

Қадрласа, қадрига етгин,
Беқадрдан олисроқ кетгин.
Юрагинга топмасанг таскин.
Қабристонга бир бор бориб кўр.

       Дилфуза  Саттарова.

🎙Дунё



https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
KIMDIR YASHIRSAYDI MENI QALBIGA…

Kimdir yashirsaydi qalbiga o’rab,
Muhabbat qarg’aydi o’lponin so’rab?
Yornimas jonimni olsangchi yo Rab?!
Olsang nega berding menga sevgini?

Qayerga borarim bilmay turibman,
Odamsifat ruhdek yashab yuribman,
Ayt sevib-sevilib nima ko’ribman?
Olsang nega berding sevgini menga!?

Bu qanday nur edi shag’amdek qisqa,
Ne qasding bor edi ishqqa zor qizda,
Yurak quyoshdamas, yuragim muzda,
Olsang nega berding sevgini menga!?

Tovonimdan qo’ygan o’tlaring yomon,
Na yerga na ko’kka yo’q biror narvon,
Nahot malol keldi siqimgina jon,
Olsang nega berding sevgini menga!?

Kimdir berkitsaydi yuraklariga,
Duo qilsa edi tilaklarida,
Yupanch yo’q yoq axir birorta dalda,
Olsang nega berding sevgini menga!?

Kamola Abduvaliyeva she’ri


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️

АЁЛ КЎНГЛИ СИНМАСИН

Жим ўртанар, сабр этар аёл,
Ёри ўзга гулга кўз сузса.
Кўнгли синиб кетмас аёлнинг,
Хиёнаткор бахтини бузса.

Кўнгли синмас ночорликдан ҳам,
Либослари сабр-бардошдан.
Зулматлардан ўксинмайди ҳеч,
Яратилган қалби қуёшдан.

Кўнгли синмас, меҳр кўрмаса,
Ўз меҳрига ўралиб яшар.
„Хунук” деса хафа бўлмайди,
Ой ҳуснидан нур олиб яшар.

Кўз ёшларин яширса сиздан,
Ҳимоясиз сезмоқда, ғариб.
Қўйинг... унда юрманг, ёнида,
Подшолардек кўкракни кериб.

Кўнгли синар – ўксик қалб билан,
Яшашига кўниксангиз сиз.
Ҳимояга муҳтож ожиза,
Эканлигин унутсангиз сиз.

Ўзин муҳтож сезади сизга,
Ҳимоячи бўлиб суйингиз.
Кўп нарсамас.... йиғласа агар
Кўзёшларин артиб қўйингиз.

✍️ДИЛДОРА АБДИНАЗАРОВА

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
YOLGʻIZ AYOL...

Bayramga kiyibdi ohorli libos,
Chin ayol, hayoli onalikka mos,
Yana sizga qilay takror iltimos
Behayo demanglar, yolgʻiz ayolni.

Jilmayar,lek yurak yigʻlaydi tinmay,
Yashaydi, bechora sevgini bilmay,
Kamsitmang,qalbini yana bir tilmay
Bevafo demanglar, yolgʻiz ayolni.

Qismat, shoʻr peshona, kulmagan baxti,
Ilojsiz yigʻlaydi  tilloli taxti,
Sabolar uchirgan aytilgan axti
Besabr demanglar, yolgʻiz ayolni.

Kulgichlar yarashmay qolar yuziga,
Surmalar surmaydi qosh-u, koʻziga,
Bolamga der faqat, demas oʻziga
Bagʻritosh demanglar, yolgʻiz ayolni.

Tun uzun, bedorlik qiynaydi hamon,
Yonida sirdoshi boʻlmasa yomon,
Na qilar, yer qattiq, yiroqdir osmon,
Shoshqoloq demanglar, yolgʻiz ayolni.

Hali shodon kunlar keladi qator,
Ne sabab bevadan qilasizlar or.
U ona, u ayol aytaman takror,
Qadri yoʻq demanglar, yolgʻiz ayolni.

She'r qóshiq uchun berildi

IRODAXON QOSIMOVA.
10.09.2022. 21:00.


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
🔥Бир сизга сабабсиз керакман Она...

Қадримни қаричлаб ҳалакман Она,
Гоҳида фиғони фалакман Она,
Кимдирлар манфаат кутган дунёда,
Бир сизга сабабсиз керакман Она...

Дўстимга керакдир обрўйим шаним,
Ёримга керакдир пулим, соғ таним,
Ҳаммадан афзалим жаннатим маним,
Бир сизга сабабсиз керакман Она...

Сизсиз етмай қолар осмон ҳавоси,
Сизсиз ёқмай қолар қушлар навоси,
Бу ғариб кўнглимнинг танҳо давоси,
Бир сизга сабабсиз керакман Она...

Кимга сўзим керак кимгадир ўзим,
Соҳта дўстларимга сўрайман тўзим,
Нурин сиздан олар шу икки кўзим,
Бир сизга сабабсиз керакман Она...

Ёрим аразлайди ишқим айтмасам,
Боламга совғалар олиб қайтмасам,
Хурсандсиз сизга шеър битсам битмасам,
Бир сизга сабабсиз керакман Она...

Қадримни қаричлаб ҳалакман Она,
Гоҳида фиғони фалакман Она,
Кимдирлар манфаат кутган дунёда,
Бир сизга сабабсиз керакман Она...

📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
Men Seni oylarga loyiq ko’raman!

Paynoman to’ldirding mana nihoyat,
So’ragandim holos vafo, sadoqat,
Taslimman, ketaman, indama faqat,
Men Seni oylarga loyiq ko’raman!

O’zing izlagandek hurlar seniki,
Qoshlari hilollar, nurlar seniki,
Dunyoda eng gozal yorlar seniki
Men Seni oylarga loyiq ko’raman!

Ketyabman, bu yo’lda ortga qaytmoq yo’q,
Ikkimiz bilganni yovga aytmoq yo’q,
Sevgimda majburlash biror sirtmoq yo’q,
Men Seni oylarga loyiq ko’raman!

Oylarga yarashgan qaddi bastingni,
Baxtingga ishlat u menga qasdingni,
Dono ayol bo’ldim olib darsingni,
Men Seni oylarga loyiq ko’raman!

Kamola Abduvaliyeva she’ri

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇