SHERLAR
22.1K subscribers
670 photos
209 videos
2 files
1.9K links
Eng sara sherlar faqat sizlar uchun,
Kanalimizga siz ham qo‘shiling!!

Admin @bek8586

REKLAMA bering @sherlar_rek

Birinchi raqamli sherlar kanali

20/12/2015
Download Telegram
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!

Iqrorlaring xato, hulosang xato,
O’zing parvoz qilib, meni qulatding,
Yoki hayotingda yangi his paydo,
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!

Senga bog’liq orzu yakunga yetdi,
Sochimni azob-u — dardga taratding,
Ishonchlar, umidlar batamom bitdi,
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!

Qayerda xatoga yo’l qo’ygandim ayt,
Axir go’zal ishqni o’zing yaratding,
Bizga qilma jabr, qaroringdan qayt,
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!

Nigohimda motam, ko’zimda aza,
Ko’nglingdan quvildim, meni bo’zlatding,
Bir mudhish qissadek bo’ldik ovoza,
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!

Ketar bo’lsang ketgin qarama ortga,
Ko’rgim kelmayotir g’azab, nafrating,
Begunohman, sina, yubor sirotga,
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!

Iqrorlaring xato, hulosang xato…

Kamola Abduvaliyeva

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
OGOHLIK   23.04.2024

YOLLANMA QOTIL YOXUD

AJAL TANLOVI

Ikki holatning bir kunda sodir boʻlishi asosida...

Qoʻshni maktabda ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Toʻrtta ijodkor qizlarimni olib borib tomoshabinlar ichida ,tadbirni kuzatib oʼtirgandim ,maktab jamoasiga,
direktorimizdan kelib tushgan maʼlumotni shunchaki ochib qarab bir seskanib tushdim,
sur'atda ikki uch yoshlardagi  bolakay toshloq joyda qonga boʼyalgan holda yotardi...
Ongim bolani mashina urib ketgan dedi,ammo tadbirdan chiqib ostidagi DAN xodimlarining ogohlikka chorlab,bolajonim qatori bolaning organlari olinganligini
maʼlum qildi oʼzimga kela olmayabman...

Ishdan kelsam hovlida,
Ikki xoʼroz oʻynadi.
Qon joʼshatib choʼqilab,
Bir-birisin qiynadi.
Qaynonam dedi shu on,
Birin holi qoʼydiring.
Birisini qoldirib,
Ikkinchisin soʼydiring.
Ertaga ham tugatmas,
Bu xoʻrozlar gʼavgʼosin.
Osib qoʼying qozonga,
Bugun xoʼroz shoʼrvosin.
Oqin qoʻyib qizilning,
Oyogʻini oʼradim.
Endi soʼyib berishin,
Qaynimlardan soʻradim.
Qiziq ,-dedim,tanlovim,
Bugun ajal bo'ladi.
Tovuqlarning ichida,
Qizil xoʼroz o'ladi.
-Hafa boʻlmang yangajon,
Menga qilmang arazni.
-Yalinsa ham hech qachon,
Soʼymaganman xoʼrozni.
-Yanga xoʼroz so'yishni,
Kechga qadar qoldiring.
-Shu xoʼrozni mengamas,
Akamizga soʼydiring.
-Voy ,akangiz tigʼ ushlab,
Hali qaddin kermagan.
-Shu kungacha bizlarga,
Tovuq soʼyib bermagan.
-Iftor qilgan kunimiz,
Xoʻroz soʼyilgan edi.
-Aslida u soʼygan ham,
Qoʻshni qishloqdan dedi.
Bir-bir jallod qidirib,
Javob oldim baridan.
Soʻrab koʼring deyishdi,
Bir-ikki uy naridan.
Soʼyishga kelgani ham,
Xoʼrozni soʼydi arang.
Kongil -koʼzi boʻlib nam,
-Tipirchilashin qarang.
Kechgacha jallod izlab,
Jindek yorishdi dilim
Kimga oson oʻldirish,
Kimga qiyindir oʻlim.
Qaysi vijdon,iymonsiz,
Bola qoniga toʼyar.
Mening qaynijonlarim,
Xoʼrozni arang soʼyar!!!

Egnidagi sariq kiyimcha,oyogʼidagi naskichalarini onasi kiygizib yuzidan oʻpib boqchaga tashlab ketgan boʻlsa ajab emas...

Bandalarimizga Olloh insof bersin...

Barchamiz ogoh boʻlaylik ajal vaqt joy tanlamaydi

Surayyo Xatamova



https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
💥💥💥

БАХТЛИМАН

Куйинмайман, ёлғон дунё деб,
Мен бахтиёр, бахтлиман она.
Бўйларимдан минг бор ўргилиб,
Фаришталар менга парвона.

Йиғламайман, ўткинчи бари,
Самоларга етмоқда бошим.
Шеърларимни тинглаб, эркалаб,
Оймоможон бўлди сирдошим.

Ғам ўзини қилмоқда яксон,
Яшаш завқин туяй ҳар нафас.
Дунёдаги энг бахтли инсон,
Энди менга қилади ҳавас.

Ўзгалардан кутмайман меҳр,
Майли мендан воз кечсалар ҳам.
Неча йиллик ғамларим ариб,
Бўлди бугун кўнглим хотиржам.

Мен бахтлиман, худбин одамлар,
Бермасалар бермасин имкон.
Ҳар кимга ҳам насиб этмас Ишқ,
Юрагимни қилибди макон.

Армонларим табассум қилиб,
Кулиб, гуллар термоқда она.
Бўйларимдан минг бор ўргилиб
Фаришталар менга  парвона.



✍️Дилдора Абдиназарова

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
BAXTGA YETGUNCHA...

Zulmatning bagʻridan ketaylik bir zum,
Orzular qilamiz to tong otguncha.
Yugurib yelamiz, keladi shu kun,
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.

Hijronlar chorlasa,ketma yonimdan
Qalqon boʻl, koʻngildan qaygʻu ketguncha.
Yuragim oynasin sinmasin chil chil,
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.

Yulduzdir sirdoshim, eshitadi jim,
Tong otib, quyosh ham yana botguncha.
Sabrimni sinama,yor boʻlgin hamroh,
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.

Baxt yoʻllari bizni chorlaydi hamon,
Sevgi dilda misli ochilgan gʻuncha.
Tugamas ishqdan tonggacha suhbat
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.

Dil oyna misoli nozikdir netay,
Yurak qiynaladi yara bitguncha.
Kel yulduz menla qol,istagim shudir
Qo'limdan mahkam tut, baxtga yetguncha.

Hijronlar, armonlar ketmas yonimdan,
Qiynading, azoblar, oh nechun buncha,
Yo'l uzoq, hamroh bo'l, qoldirma yolg'iz
Qo'limdan mahkam tut, baxtga yetguncha.

IRODAXON QOSIMOVA.
28.09.2022. 20:50.
She'r qôshiq uchun berildi.


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
🔥Кел...

Кўнгил нотинч, билолмаяпман,
Ўз дардимни айтмас ўз тилим...
Мен ўзимни асролмаяпман,
Келиб асра мени севгилим...

Фақат, фақат саволга тутма,
Холим кўриб озорлар ютма,
Боролмайман боришим кутма,
Келиб асра мени севгилим...

Ҳаловатни йўқотдим чоғи,
Юрагимда андуҳлар доғи,
Гуллармикин ишқимнинг боғи,
Келиб асра мени севгилим...

Аламларим кўплигига боқ,
Қўлимдамас кўксимда қадоқ,
Нигоҳларим йўлинга муштоқ,
Келиб асра мени севгилим...

Яшаяпман яна билмасам,
Наҳот энди сира кулмасам,
Сен чорлаган жойга юрмасам,
Келиб асра мени севгилим...

Эртагани кутолмайман хўп,
Ҳар сониям қалбга ботар чўп,
Сенга айтар хасратларим кўп,
Келиб асра мени севгилим...

Ҳамон қадрим излаб ҳалакман,
Гоҳи ерман гоҳо фалакман,
Сендан бошқа кимга керакман,
Келиб асра мени севгилим...

Сендан бошқа кимга керакман,
Келиб асра мени севгилим...

📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
#PREMYERA

Senga oxirgisi bo’lay maylimi?


Mayli dunyolarcha bo’lsin tashvishing,
Aybing emas xatto g’aming, kechmishing,
Menga qiziq emas, kechang, o’tmishing,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Kechir ojizangni u sal telbaroq,
Meni menligimcha sevding qalbi oq,
Birgina o’tinchim, yagona so’roq,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Balki go’zallarni poylading yo’lin,
Balki erkalading, ushlading qo’lin,
Eslamay sevaman ishon hech birin,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Mengacha bo’lgani hiyonat emas,
Sevgiga ishonmoq jinoyat emas,
Bittagina talab, shikoyat emas,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Bir muddat tuyg’ular yo’lin buzmadim,
Tushunmoq istadim, tashvish tizmadim,
Ishondim, bir fursat umid uzmadim,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Men uchun birinchi, ham so’nggisi sen,
Ham qadim, ham yolg’iz, ham yangisi Sen,
Ko’nglingdek, yuraging bo’lsa hamki keng,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Kamola Abduvaliyeva

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
​ O'rtamizda sarson sevgimiz,
Ayro ekan taqdir yo'limiz.
,,Yonimda qol" yo ,,Ket" demaymiz,
Arosatda yig'lar ko'nglimiz.



https://tttttt.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
***

Meni tanlab xato qildingiz,
Yo‘q-ku axir o‘zgacha sifat.
Ehtimolki g‘amxo‘r bildingiz,
Men o‘zimni o‘ylayman faqat.

Tan olmoq ham jasorat asli,
Ayblarimni sanay qay birin.
Ko‘nglim yaxshi bilmaysiz xali,
Nigohimda dardlar yashirin.

Qadrim sinib-sinib axiyri,
Singib yerga bo‘lgan sho‘r tuproq.
Anglab qolgach g‘urur qadrini,
O‘ylab qoldim o‘zimni ko‘proq.

Keyin men ham ko‘plar qatori,
Niqob kiyib oldim yuzimga.
Kibr, yolg‘on, manmanlik kabi,
Illatni do‘st qildim o‘zimga.

Bedillar yurakka beomon,
Tig‘ sanchishdi, qoldi chandiq, iz.
Endi men ham isyonkor, yomon,
Meni tanlab xato qildingiz.

Dilobar Uralova


https://tttttt.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

        👍 #like_boss👇
🎭🍂Taqdir qoʼlidagi yolgʼzoyoq yoʼl🍁🎭

Aniq voqealar va tahlil xulosalar asosida...
(Bir yil oldingi holat bilan yaqindagi holat oʼrganilishi asosida)

❤️DONOR MUHABBAT🫁

Ikki yurak telefonda bogʼlanishdi
Bir-birlarin koʼrmoqlikka chogʼlanishdi.
Hayolida oppoq tulpor turar edi,
Yigit tushib qiz tamonga yurar edi.
Qiz koʼksida yurak duk-duk urar shu on,
Yigit misli shahzodadek turar chunon.
Hayolida chamandan gul uzardi qiz,
Yigit bilan Titanikda suzardi qiz.
Suhbatlashib-suhbatlashib oy ham toʻldi,
Ikki koʼngil qirdan oshib yaqin boʻldi.
Mayuslikni namoyonlab yigit yuzda,
Soʼz sehrini tanlab-tanlab,- dedi qizga.
-Onam xasta buyragida bordir nuxson!
-Shoshilmasak boʼlmas emish butkul xazon!
-Endi boʻldik ikkimiz ham bitta yurak,
Shu lahzada bizlar uchun buyrak kerak!
Yarmin olsa inson aslo oʼlmas ekan,
Shu buyrakni qoʼydirmasak boʻlmas ekan.
Qiz shunda ,-der "Bir kun jonni olar xudo"
Onangizga buyrak emas jonim fido!
Qizni yigit manzil tamon eltib bordi,
Bir xususiy  maskan uzra yetib bordi.
Jonin emas qiz avvolo qonin berdi,
Sadqa jon deb muhabbatga qaddin kerdi.
-Sevgingiz ham isbot boʼldi  Shiringa xos!
Ammo tahlil natijasi kelmadi mos.
Qiz dilidan xursand edi shodlik toʼlib,
Manziliga tashlar yigit tulki boʻlib.
Qiz tushunmas nima buzdi orasini?
Yigit shundan koʻrsatmadi qorasini.
Uchrashgan joy manzil tamon borardi qiz,
Atrof uzra umid bilan qarardi qiz.
Yigit bu dam savdo uzra yurar edi,
Donorlikka muhabbatlar turar edi...

Oʼz joniga qasd qilish natijasida olamdan oʼtgan qizning , hayotlik chogʼida dardini yorib aytib oʼtgan suxbat ma'lumotlariga asoslanadi...(2003  - yil tugʼilga ekan qizimiz)
Qiz yigit bilan telefonda tanishgan,onasi xasta ekanligini maʼlum qilib ,yigit qizni bir manzilga olib borgan(bizga bu manzil noma'lum) qizda qon tahlili olingan, tahlilingiz onamning tahliliga mos tushmadi ,-deya ,qizni manzilga tashlab shundan yigit  gʼoyib boʼlgan.
Yigitning hech qanday xasta onasi boʼlmagani aniq.Melonxolik temperament vakil qizlarimizda asosan uchraydi,kuchli hayol ichida boʻlishadi haqiqiy hayotning rangi namoyon boʼlganida qabul qila olmay joniga qast qilishadi.
Qiz ,yigit meni tashlab ketdi deb qaygʻurgan,ammo qizga xudo qarashgan ,lekin qiz oʼziga qarashmadi.Bu lahzada jinoyat emas ,muhabbat va hiyonat haqida oʼy surilga xalos.
Buyrak toʻliq olinmoqchi boʼlganmi ?yarimi olinmoqchi boʻlganmi? xudoning oʼziga ayon...
(Qizning qoʻlida shaxsiy hujjat boʼlgan -boʼlmagani mavhum qolmoqda)
Qizning qanday qiz ekanligi emas, qayerga olib borilganligini tahlil qilmoqchiman ,albatta qorongʻi qoʻrqinchli  gʼorda qoʼl oyogi bogʻlangan holda tahlil olinmagan boʻlsa kerak.Oppoq xalatdagi  qoʼllar,mohirlik bilan tahlil olishgan .
Qiz olib borilgan makon-manzil
yorugʼ,karidorli raqamli eshiklari mavjud boʻlgan ,kirish joyda katta televizor osigʼlik,binoning bir chetida vaqti yetganda (Chiroqlar va aparatlar ishga tushadigan) maxsus xonasi mavjud boʻlgan binoda qiz akvariumdagi baliqlarning suzishini tamosha qilib ,tahlil natijasini kutgan boʻlsa ajab emas...

Tana asosida tahlil aniqlanadi
                                  YOHUD?
Tahlil asosida tana...

Yoʻlda niqob oʻtadi,
Tigʼ manzilda kutadi.

Satrlarimni  oʼqib turgan koʻzdan, savob uchun koʻproq koʼzlarga ulashib qoʻyishini soʼraymiz...


Surayyo Xatamova


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
🔥🔥🔥🔥🔥

ИШОНМАЙ ҚЎЙДИМ.
Қанча чиройли сўз, илиқ табассум,
Шунчаки юзаки, баридан тўйдим.
Билмадим қанчалик ростсан, ёлғонсан,
Мен сенга сираям ишонмай қўйдим .

Ҳар куни илтифот, сокин тун тилаб,
Кетдинг мен ортингдан ҳижронда куйдим.
Шунча ёлғонингга юрак нимталаб ,
Мен сенга сираям ишонмай қўйдим,

Гумонда ёнаман, ёки худбинман,
Ёки юрагимда исёнларим кўп,
Йўқ сен ёлғончи, бунга аминман,
Мен сенга сираям ишонмай қўйдим.

Вақтни даъво дерлар, донолар сўзда,
Мен борини вақтнинг измига қўйдим.
Ишон менинг учун ёлғончи кассан.
Мен сенга сираям ишонмай қўйдим.

Дилфуза Саттарова шеъри



https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
Uzr so’rab…

Orzu-havaslarga uchib ketyapsan,
Ko’p o’tmay qadrimni bilasan hali.
Tanlagan yoringdan mehr topolmay,
Bir kun uzr so'rab kelasan hali.

Qalbingni go’zal deb adashganim rost,
Yuzing go’zal ekan, ko’zlaring charos,
Chiroyingga uchib adashdim, xolos,
Bir kun uzr so'rab kelasan hali.

Do’st tutunib jonsiz shu qalam bilan,
Men she'rlar yozaman dard, alam bilan,
Ko’zing yoshga to’lib, afsus-g'am bilan,
Bir kun uzr so'rab kelasan hali.

Armon sovg’a qilib ketyapsan menga,
Men ham bitta va'da beraman senga,
Boshingni jim egib, tikilib yerga,
Bir kun uzr so'rab kelasan hali.

Pulga bog’liq emas bilgin har narsa,
So’zlarim rostligin bilasan hali.
O’sha kun kelguncha o’zingni asra,
Bir kun uzr so'rab kelasan hali.

19:11.30.04.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
#PREMYERA

Sen ham rozi bo’lgin ey hayot!


Men roziman ne’matlaringdan,
Qismatimni bitibsan obod,
Kamim yo’qdur bugun hech kimdan,
Sen ham rozi bo’lgin ey hayot!

Sinovlaring tobladi meni,
Yashayabman qara, mag’rur, shod,
Men g’animat bildim har kunni,
Sen ham rozi bo’lgin ey hayot!

Nolishlarim zanjirband bugun,
Shukronalar orzuga qanot,
Kechirganda yechilar tugun,
Sen ham rozi bo’lgin ey hayot!

O’tdik qancha davonlaringdan,
Barchasidan chiqardik sabot,
Ko’tarildik narvonlaringdan,
Sen ham rozi bo’lgin ey hayot!

Boshimizdan qorlar elandi,
Ba’zan bari etildi barbod,
Falsafasin tushundim endi,
Sen ham rozi bo’lgin ey hayot!

Yashamoqning fursati qaytmas,
Deding: - “Mana, ishq bodasin tot”,
Buni mendan boshqasi aytmas,
Sen ham rozi bo’lgin ey hahot!

Kamola Abduvaliyeva she’ri

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
QIZIQTIRMASMI?

Yuzda ajin - hijronning rasmi,
Tugamadi azobing bazmi,
Sog'inmaysan, xabar yozmaysan,
Aytgin holim qiziqtirmasmi?

Yuragimda tunagan tun bor,
Yana erta, sog'inchli kun bor,
Eslamaysan nahotki bir bor,
Aytgin holim qiziqtirmasmi?

Ko’z yoshlardan to’kildi kiprik,
Sen borsanki, yuribman tirik,
Ishq tilangan boshim ham egik,
Aytgin holim qiziqtirmasmi?

Fayzi ketgan cho'l bo'ldi chehram,
Qadam qo'ysang, koshona kulbam,
Shu on seni sog'indim biram,
Aytgin holim qiziqtirmasmi?


Kamola Abduvaliyeva she’ri

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba:
@sherlar


        👍
#like_boss👇
🇺🇿OʼGʻLONLAR  XOTIRASI🇺🇿

Maktabimda erta tongda,
Qoʻshin shaxdam yurib turar.
Har qoʻngʻiroq har bir bongda,
Yurak mangu urib turar.

Andijondan kelganlari,
Jilmaygancha boqar bizga.
Namanganning oʼgʼlonlari,
Mardanovor yoqar koʼzga.

Samarqandim deya boqib,
Yurar edi mungli koʻzlar.
Surxoniga salom aytib,
Turar edi qancha yuzlar.

Qoʻshin aro yangrab sado,
Uyimizga qaytish kerak .
Kutib-kutib boʻldi ado,
Sirdaryodan kelgan yurak.

Qarshisidan tinch zaminning,
Mevalari oʼtib turar.
Oʻgʻlonlarning koʼpchiligin,
Qashqadaryo kutib turar .

Fargʻonalik,sogʻman ona,
Degandayin hali omon.
Sogʻinch bilan  koʻzlar yona,
Boqib turar Toshkent tomon.

Bu qoʻshindan koʼrar koʻzlar,
Vatan uchun keraklarni.
Har tomondan koʻzlar izlar,
Shu qoʼshin va yuraklarni.

Maktabimda erta tongda,
Qoʻshin shaxdam yurib turar.
Har qoʻngʻiroq,har bir bongda,
Yurak mangu urib turar.

📝Muallif:Surayyo Xatamova

SAMARQAND🇺🇿JOMBOY

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
🔥Онам билан...

Турли туман гап-сўзларни тинглар қулоқ,
Давраларга чорлайдилар яқин - йироқ,
Сўзлашаман ҳамма билан дўстлар бироқ,
Суҳбатларнинг энг яхшиси Онам билан....

Дуосидан қўлим ойни тутиб турар,
Эшигимда бахтлар навбат кутиб турар,
Ютқазмайди кўнглим доим ютиб турар,
Омадларнинг энг яхшиси Онам билан...

Болам деса юраккинам дарддан ҳоли,
Буколмайди қаддимни ҳеч ғам шамоли,
Бошим баланд мағрурликда тоғ мисоли,
Савлатларнинг энг яхшиси Онам билан...

Топганимга минг барака берар худо,
Беҳудага қайғурмайман чекиб нидо,
Борликлари бойлигимга жоним фидо,
Давлатларнинг энг яхшиси Онам билан...

Тиззасига бошим қўйсам яйрар таним,
У бор мени енголмайди ҳеч бир ғаним,
Оҳ ёнимда туришлари бахтим маним,
Рағбатларнинг энг яхшиси Онам билан...

Турли туман гап-сўзларни тинглар қулоқ,
Давраларга чорлайдилар яқин - йироқ,
Сўзлашаман ҳамма билан дўстлар бироқ,
Суҳбатларнинг энг яхшиси Онам билан....

📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
Onamning borligi

Har tola sochlari jonimdan aziz,
Sog’-omon yurgani tillo-taxtimdir.
Dardlarimga darmon aytgan so’zlari,
Onamni borligi meni baxtimdir.

Omadim keladi ne ish boshlasam,
Boshimda tashvish yo’q, yo’qdir menda kam,
Jannatim yonimda - ko’nglim xotirjam,
Onamning borligi meni baxtimdir.

Men uchun duoda qo’llari har kun,
Yo’llarim kutadi uxlamay har tun,
Baralla baqirib aytishim mumkin,
Onamning borligi meni baxtimdir.

Ba'zida dunyoga sig’may qolaman,
Boshim tizzasiga qo’yib olaman,
Dardlarimdan shunda xalos bo’laman,
Onamning borligi meni baxtimdir.

"Qodir bolam", - deya erkalab aytar,
Tabassum qilsa gar armonim ketar,
Yonimda sog’-omon yurgani yetar,
Onamning borligi meni baxtimdir.

Men uchun duoda qo’llari har kun,
Yo’llarim kutadi uxlamay har tun,
Baralla baqirib aytishim mumkin,
Onamning borligi meni baxtimdir.

00:11.07.05.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
MENGA XABAR YOZGIN

Menga xabar yozgin, kichkina xabar,
Ikki dona so’z ham yetar mayliga,
G’ururingni unut jonim shu safar,
Ko’zmunchoqlar boyla uning bandiga!

Ko’zimning ko’zlari tegib ketmasin,
Intizor kutilgan nomalaringga,
Yozib tur, umidga zavol yetmasin,
Quloq tut so’g’inchli nolalarimga!

Menga xabar yozgin, ikki enlik xat,
Ko’p emas kunda bir, kifoya qilar,
Qozg’onma, shu safar bo’la olgin mard,
So’zlaring shubhamni nihoya qilar!

Menga maktub yozgin, mayli bitta so’z,
Birgina kalomga jur’at top bugun,
Yashamoq istagin topib olsin ko’z,
Xatlaring qarog’im malhami tushun!

Birgina so’z bilan ovunch ber menga,
Umid ber, orzu ber, sevinch ber menga,
Bittagina xabar va sevgi yashar,
Nomalarga o’rab ilinj ber menga!

Menga xabar yozgin, kichkina xabar…

Kamola Abduvaliyeva

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
YOZAMAN...

Gohi mendan so'rashar kulib
Siz she'rlarni qanday yozasiz?
Deyman,sirli makonda kelar
Ilhomlarim desam yonasiz.

Ba'zan hayot tutkazar qalam,
Gohi kuyib yonib yozaman.
Dil g'ashlansa ozor alamdan,
Taqdiridan nolib yozaman.

Goh kuldirib, yig'latib kelar
Hijronlardan bezib yozaman.
Achchiq qismat o'ynidan gohi
Netay esdan butkul ozaman.

Dardlarimni eshitguvchi jim
Yulduzlarga ketgim keladi.
Yozib, yozib ba'zan charchasam
Dunyosidan ketgim keladi.

Shodliklarga ergashib qayg'u
Sitamlardan bezib yozaman.
Kezib charchab zulmat ichidan
Yorug'likni izlab yozaman.

Taqdir o'zi ajib muallim,
O'rgatadi tinglab yozaman.
Parvoz etib she'rlarim bilan
Quyoshlarga tenglab yozaman.

Kimdir saboq berar hayotdan
Kim uchundir yomon yozaman.
Kimni ko'ngli to'lgan ijoddan
Kim kimlar deb kuyib yozaman.

Asablarni egovlasa goh
Alamimdan yonib yozaman.
Hoyot shuda goh undoq mundoq
Barchasiga ko'nib yozaman.

O'chiraman chizaman yana
Qancha qog'oz qanday yozaman.
Dardlarimni oshkora gohi
Ich ichimga solib yozaman.

Demang qaydan topib yozasiz
Men hayotdan olib yozaman.

IRODAXON QOSIMOVA.
23.08.2023.  21:00.


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
Audio
🔥AYRILMAYMIZ SINFDOSH

Telefondan koʻzimiz,
Uzolmabmiz sinfdosh.
Qoʼngʻiroqning soʼngini,
Sezolmabmiz sinfdosh.

Tanbeh bersa ustozlar,
Koʼk eshitib nolamni.
Koʻzda alamli yoshlar,
Keltirardim onamni.

Ey sinfdosh-sinfdosh,
Mening dadam qahramon.
Ustozlarga otgan tosh,
Mardonavor mard oʻgʻlon.

Koʼraverib sinfdosh,
Taraqqiyot jangini.
Unutibdi koʼz-u qosh,
Maktabimiz rangini.

Biz qoʻrqmaymiz sinfdosh,
Ustozlarning koʻzidan.
Qilgandik-ku koʼzin yosh,
Boʼlgan edi oʻzidan.

Jangovorlar pasayib,
Yigʻib oldi shashtini.
Sinfdoshim angladim,
Qoʻngʻiroqning gashtini.

Telefondan koʻzimiz,
Uzolmaymiz sinfdosh .
Bizlar endi hech-qachon,
Tuzalmaymiz sinfdosh.

Yigʻlamagin sinfdosh,
Ayrilmaymiz biz biroq.
Telefonda yangragay,
Davomiyli qoʻngʻiroq.

📝muallif:Surayyo Xatamova

SAMARQAND🇺🇿JOMBOY

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
🕋🕋🕋
Шу кунларда соғинчим ортиб,
Тунлар ёстиқ бошимга ботиб.
Бу дунёнинг ишидан ортиб ,
Байтуллоҳга боргим келяпди.

Пешонамни саждага қўйиб,
Яланг оёқ қолсам ҳам куйиб,
Мен шайтоннинг кўзини ўйиб,
Мадинага боргим келяпди.

Зикр қилиб ,тавофлар қилиб,
Оиламда ҳамма жам бўлиб,
Отам,онам, жигарим олиб,
Байтуллохга боргим келяпди.

Қулингдирман қўллагин  Ё Раб
Гуноҳларим авфини сўраб,
Оппоқ ҳарир рўмолим ўраб,
Мадинага боргим келяпди.

Ҳеч юрагим олмаяпди тин,
Керак эмас зарлару , олтин,
Тобут отим бўлишдан олдин,
Байтуллоҳга боргим келяпди.

Йўлдан урар шайтонни тошлаб,
Ҳаж чиптасин кўлимга ушлаб,
Қувончимдан кўзимни ёшлаб
Мадинага боргим келяпди.

Иншааллох насиб айласин ҳар бандага ..🙏🙏🙏🙏

Дилфуза Саттарова шеъри

🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇