She'riyat olami.
329 subscribers
203 photos
45 videos
7 files
110 links
O'zbek she'riyat olami !

Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir.



Admin bilan bog'lanish: @Sheriyatuz_bot

Muxlis minbari loyihasi uchun
@sheriyatuz_bot
Download Telegram
Forwarded from She'riyat olami.
Yodingdami o'sha qor, do'stim?
Bultur ko'rgan edik sen bilan,
Nahot o'sha qor yana yog'ar?
#hokku @sheriyatuz
Yaxshilik qilganim yomonga yo‘yib
Yordan ayrishdilar tuxmatga  qo‘yib
Yig‘ladim bechora bag‘rimni o‘yib
Ukajon men senga omonat qoldim

Otam xam qizim deb tashlab ketdilar
Onam xam ortidan tezda yetdilar
Meni g‘am koniga tanho etdilar
Ukajon men senga omonat qoldim

O‘g‘limni o‘g‘lingdek ko‘rsan endi
Unga Ota mehrin berasan endi
Arosat yo‘llarim bilasan endi
Ukajon men senga omonat qoldim

Yig‘lasam dardimda turgin ovutib 
Qaxshatma begona qo‘ysa sovutib
Yashayman bilasan alamlar yutib
Ukajon men senga omonat qoldim

Ba'zida pullarga bo‘lsam gar muxtoj
Opajon nedeya topasan iloj
Yaxshiliging illoh kiydirsinda toj
Ukajon men senga omonat qoldim

FOTIMA NUR IJODI 25.01.2023 soat 07:30da

@sheriyatuz
Musofirda yurgan dadalarga

Koringandan dadasin sòrab
Kòcha qarar kòzi mòltirab
Necha kunki òynolmas yayrab
Dadasini soģingan qizim
Uyqusidan turadi choochib
Qòyvormam der kelsalar quchib
Qanot bersa borardi uchib
Dadasini soģingan qizim

Siģmayapti sizsiz olamga
Ezilyapman qarab bolamga
Nima topsa deydi dadamga
Dadasini soģingan qizim

Sovģagamas òzingizga zor
Mexr tola kozingizga zor
Qizim degan sòzingizga zor
Dadasini soģingan qizim

Solsahamki inson borini
Tòldirolmas ròzģor ģorini
Har kun HUDO tingar zorini
Dadasini soģingan qizim
Baģrim ezar qizim nolasi
Qayting uyga qayting dadasi
Sizdan mexr olar pallasi
Dadasini soģingan qizim

Oygul

@sheriyatuz
👦👦👦O‘GLIM👨👨👨
Pok aylagin avval ko‘nglingni
Jannatlarga olib bor izim
Mushtipar bu yolg‘iz Onangni
Ohiratda yorug‘ qil yuzim

Senla yuray ko‘nglim to‘q deya
Ilim olsang nurga to‘laman
O‘ksinmagin dadam yo‘q deya
Vaqti kelsa Otang bo‘laman

Kimlar meni tul ayol ko‘rsa
Ersizlikka nima demasdir
Lekin Onang mardikor bo‘lsa
Ammo aslo foxisha emasdir

Men xaqimda tuxmat qilsa bas
Ohiratda unga  xukim bor
Qo‘limdagi xaltam og‘irmas
Yuragimda og‘ir yukim bor

Halol pulim ter to‘kib olsam
Bir kun albat misqol bo‘ladi
Olim bo‘lsa yolg‘iz bu bolam
Mangularim iqbol bo‘ladi

Shuning uchun  ABDULLOH o‘qi
Ishim qilgin demasman aslo
Xayotlarni og‘ir so‘qmoqi
Bo‘shatmas xech meni mutlaqo

Ulgurmadim exson qilishga
Namozimdan boshqa amal yo‘q
Ohiratda javob qilishga
Qutqaruvchi  savob medal yo‘q

Pok aylagin avval ko‘nglingni
Jannatlarga olib bor izim
Mushtipar bu yolg‘iz Onangni
Ohiratda yorug‘ qil yuzim

FOTIMA NUR IJODI 26.01.2023.soat 07:30da

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
MUHABBAT

Muhabbat — chiroyli kapalak,
qo`rqaman sho`rlikni tutgani.
Kapalak quvganim yonimda,
yodimda yo`q ammo yetganim.

Yuragim ranjigan boladay
na ermak, taskinga ko`nadi.
Muhabbat — chiroyli kapalak,
hali ham gullarga qo`nadi.

Ortidan halloslab chopaman,
xijolat bo`laman go`rlikdan —
qanchalik yugurmay, baribir
orqada qolardim sho`rlikdan.

✍️Shavkat Rahmon
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami. (0954)
ERKA KIYIK

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo'lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g'arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Sening ko'zing qora, mening ko'zim qora,
Sening bag'ring yara, mening bag'rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Kel, yig'laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Umrimizning barcha yo'li, so'qmog'i cho'g',
Cho'g'dan qo'rqma, beyuz qo'ygan qopqondan qo'rq.
Bu dunyoda senga do'st yo'q, menga do'st yo'q,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko'zim toldi,
Yuragimdan to'kilmay ne so'z qoldi,
Yo'l so'ngida, hech bo'lmasa o'lim oldi,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

✍️ Muhammad Yusuf

@sheriyatuz
Yurtlar bor zaminini oppoq otmas tonglari
Osmoniga tutashgan tutunlari changlari
Urushlardan elini somon bòlgan ranglari
Tinchligimiz qadriga etaylik azizlarim


Qirlarga oģu ekkan unmas unda lolalar
Kòchalarda quvlashib òynolmaydi bolalar
Har olgan nafasidan tòkiladi nolalar
Tinchligimiz qadriga etaylik azizlarim


Yonsak XALQIM biz faqat baxtdan yonib yashnaymiz
Vatanni gul mexridan har kun qonib yashnaymiz
Tòy bayramga ulanib òynab kulib yashnaymiz
Tinchligimiz qadriga etaylik azizlarim


Dardlarimiz tòy qilmoq xasratimiz uy qurmoq
Òģlimiz  uylantirib shirin nabira kòrmoq
Shirin dardlar ichida qanday yahshi yashamoq
Tichligimiz qadriga etaylik azizlarim

Oygul

@sheriyatuz
😔😔😔OJIZA AYOL😔😔😔
Tashvishdan yuzlari ketar sarg‘ayib
Bazida be majol qolsa mo‘ng‘ayib
Faqat sen Allohim o‘zing beayib
Ojiza ayolni panohinga ol

Qovirg‘a yaralgan sinib ketguvchi
Madori kuchi yo‘q toqqa yetguvchi
Lek tog‘ni mexridan zafar etguvchi
Ojiza ayolni panohinga ol

O‘ksinsa bulutlar yuborsa  yig‘lab
Osmon xam bag‘rini yevorsa tig‘lab
Nadomat dilini olsa gar dog‘lab
Ojiza ayolni panohiga ol

Dard cheksa dardini demangiz egov
Ichiga xasratlar yoqadi olov
Qismatga bosilgan sizga bu  sinov
Ojiza ayolni panohiga ol

FOTIMA NUR IJODI 28.01.2023 soat 06:00 da

#muxlisminbari
@sheriyatuz
ХАСАДГЎЙИМ...🔥

Соямга ҳам етолмай сан! Хасадгўйим.
Сан эмассан! дарду-фикрим, фақат ўйим.
Ғамим кўрма! кўргин мудом бахт-у тўйим.
Хасадгўйим хасад қилиб юравергин.
Гунохимни олиб ғийбат қилавергин.

Сенинг каби арзон-паскаш бўлолмайман!
Айбинг излаб сендек нокас бўлолмайман!
Савобларим узр сенга беролмайман.
Хасадгўйим хасад қилиб юравергин.
Гунохимни олиб ғийбат қилавергин.

Ахмоқмидим!? гунохларинг текин олар.
Ғийбат қилсам менда қандай савоб қолар?
Ғийбатчининг қалбин мараз, моғор олар!
Хасадгўйим хасад қилиб юравергин.
Гунохимни олиб ғийбат қилавергин.

Мараз қалбдан айтчи, бир наф бўлармиди?
Бутун олам ундан кўнгли тўлармиди?
Яхши бўлса, ёки ғийбат қилармиди?
Хасадгўйим хасад қилиб юравергин.
Гунохимни олиб ғийбат қилавергин.

Сенга мавзу, келгин ўзим топиб берай.
Зерикмагин. майда-чуйда, хато қилай.
Омадсиз сан! ғийбатчама, омад тилай.
Хасадгўйим хасад қилиб юравергин.
Гунохимни олиб ғийбат қилавергин.

Соямга ҳам етолмай сан! Хасадгўйим.
Сан эмассан! дарду-фикрим, фақат ўйим.
Ғамим кўрма! кўргин мудом бахт-у тўйим.
Хасадгўйим хасад қилиб юравергин.
Гунохимни олиб ғийбат қилавергин.

Муҳаммадрасул

Наманган 2023.01.27 11:30

#muxlisminbari
@sheriyatuz
ГЎЗАЛ

Қоронғу кечада кўкка кўз тикиб,
Энг ёруғ юлдуздан сени сўраймен.
Ул юлдуз уялиб, бошини букиб,
Айтадир: мен уни тушда кўрамен.
Тушимда кўрамен - шунчалар гўзал,
Биздан-да гўзалдир, ойдан-да гўзал!

Кўзимни оламан ой чиққан ёққа,
Бошлайман ойдан-да сени сўрмоққа.
Ул-да айтадир: бир қизил яноққа
Учрадим тушимда, кўмилган оққа.
Оққа кўмилганда шунчалар гўзал,
Мендан-да гўзалдир, кундан-да гўзал!

Эрта тонг шамоли сочларин ёйиб,
Ёнимдан ўтганда сўраб кўрамен.
Айтадир: бир кўриб, йўлимдан озиб,
Тоғ ва тошлар ичра истаб юрамен!
Бир кўрдим мен уни - шунчалар гўзал,
Ойдан-да гўзалдир, кундан-да гўзал!

Ул кетгач, кун чиқар ёруғлик сочиб,
Ундан-да сўраймен сенинг тўғрингда.
Ул-да ўз ўтидан бекиниб, қочиб
Айтадир: бир кўрдим, тушдамас, ўнгда.
Мен ўнгда кўрганда шунчалар гўзал,
Ойдан-да гўзалдир, кундан-да гўзал!

Мен йўқсил на бўлиб уни суйибмен,
Унинг-чун ёнибмен, ёниб-куйибмен,
Бошимни зўр ишга бериб қўйибмен,
Мен суйиб... мен суйиб кимни суйибмен?
Мен суйган суюкли шунчалар гўзал,
Ойдан-да гўзалдир, кундан-да гўзал!

ЧЎЛПОН

@sheriyatuz
РОСТ ГАП

Туққанингга рост гап ёқмакса,
Хотинни-ку гапирмаёқ қўй.
Ростгўй эрнинг ҳар куни аза,
Ёлғончининг бутун умри – тўй.

Сен ёрингга тўқиб ташла байт,
Парвариш де, ата сарвиноз.
Рост гапингни мажлисларда айт,
Тўғри сўзни газетага ёз.

Писта кўмир қовурса ёринг,
Сен ўшани оҳ-оҳ деб егин.
Ташаккур айт совурса боринг,
Заҳар сочса “асалим” дегин.

Тўлиб кетсанг тоғларга бақир,
Садо берсин нолаларингга.
Хотинингни “жоним” деб чақир,
У онадир болаларингга.

Эркин Воҳидов

@sheriyatuz
Tungi sovuq .
Menga juldur to‘nin qarzga beradi
Daladaga qo‘riqchi . . .

✍️ Matsuo Basyo

(Yapon she`riyatidan. X.Vulqon tarjimasi)
@sheriyatuz
Qishki dala
Uzoqlarda yurar dexqonlar
Qolgan — qutgan cho‘plarni yig‘ib

✍️ Matsuo Basyo

(Yapon she`riyatidan. X.Vulqon tarjimasi)
@sheriyatuz
Yo‘llar toyg‘oq muzlama
Attang, toyib yiqildi
Shirakayf do‘stim.

✍️ Matsuo Basyo

(Yapon she`riyatidan. X.Vulqon tarjimasi)
@sheriyatuz
Egnimdagi qog‘oz ko‘ylagimni
Ivitib yirtibdi
Bahor yomg‘iri.

✍️ Matsuo Basyo

(Yapon she`riyatidan. X.Vulqon tarjimasi)
@sheriyatuz
Qarayman, aylanar qorga
Qorong‘u kechada
Qishki yomg‘irlar.

✍️ Matsuo Basyo

(Yapon she`riyatidan. X.Vulqon tarjimasi)
@sheriyatuz
Oydin qish kechasi
Qor bosgan yo‘llar,
Itga otay desam topilmaydi tosh.

✍️ Matsuo Basyo

(Yapon she`riyatidan. X.Vulqon tarjimasi)
@sheriyatuz
Sovuq tun
Jig‘imga tegishchun qo‘shnilar atay
Qozon taqirlatayotirmi ?

✍️ Yosa Buson

(Yapon she`riyatidan. X.Vulqon tarjimasi)
@sheriyatuz
Ijodkorar guruhiga taklif qilamiz.

https://tttttt.me/+SEzkSLyzcUi4G7f1