She'riyat olami.
329 subscribers
203 photos
45 videos
7 files
110 links
O'zbek she'riyat olami !

Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir.



Admin bilan bog'lanish: @Sheriyatuz_bot

Muxlis minbari loyihasi uchun
@sheriyatuz_bot
Download Telegram
Ташқарида дилни эзиб ёмғир ёғади...

Ичкарида эса ёмғирданда мунгли ва ҳорғин бир ҳолат...
Кичкиналигимда қўшни болалар билан гоҳ қувламачоқ, гоҳ чиллак, гоҳ копток ўйнаб чарчамасдик. Бир куни мол боқиб юриб, болалар билан хас-хашаклар тўпладик, олов ёқиб, устидан сакраб ўта бошладик. Гуриллаб ёнаётган қуруқ хаслар устидан сакраб ўтарканман, беҳосдан оёғимдаги шиппак қип-қизил олов ўртасига тушиб қолди...
Уйга бир пой шиппакда келдим. Онам воқеани эшитиб, дадамга айтди. Дадам роса койиди. Эркатой эмасманми, пиқиллаб йиғлай бошладим. Мени кўриб, дадамнинг ҳам, онамнинг ҳам кўнгли юмшаб кетди. Дадам тиззасига олди, онам кўзёшларимни артди... Эртасига онам уйдаги бор сарёғни бозорга олиб бориб сотди ва менга янги оёқ кийим олиб берди... Ўша ҳафта тўрт-беш кун ёғсиз овқат едик...

Ўн кун аввал Янги йил баҳона уйга бордим. Иккиси ҳам жуда хурсанд бўлишди. Қанчалик худбин бўлмай, мени яхши кўришади-я... Уларнинг хизматини қиладиган ёшимда мен улар учун нима қилдим? Ҳеч нарса! Ҳеч... Энди дарддан озор чеккаётган онамга, қуч-қувватдан қолаётган, бутун ҳовлининг ташвиши билан банд отамга қачон фарзандлик қиламан?!

Тошкентда дилни эзиб ёмғир ёғади... Ичкарида эса ёмғирданда мунгли ва ҳорғин бир ҳолат...

Янги квартирага келганимга икки ой бўлган эсада, кўникиш қийин кечади. Хаёлларни тарқатиб бирдан ишхонадан телефон бўлади: соат 10 да мажлис! Кўчага чиқарканман қўшни аёлларнинг гаплари қулоғимга чалинади:
- Жуда меҳнаткаш, одобли йигит чиқди шу қўшни!
- Ҳа, нимасини айтасиз? Қайси бахтли ота-онанинг фарзанди экан?

Дилни эзиб ёмғирлар тагида бораман...

Ж.Д

2015

@sheriyatuz ✅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ruxi a'min kelardi homush
Jonim olib ketarmikanmish
Yuragimda hislarim nohush
Qiyomatga qoldi she'rlarim

Yig'lar bo'lsang qabrim yonida
Akbar sherning yolg'iz jonida
Endi yo'qsan  har bir onida
Qiyomatga qoldi she'rlarim

Ufqqa boqib to'kma yoshlaring
Chimirmagin qaro qoshlaring
G'avg'olarga qolmas boshlaring
Qiyomatga qoldi she'rlarim

Qalam tutgan qo'llarim qolur
Alloh endi jonimni olur
Faqat Alloh guvohim bo'lur
Qiyomatga qoldi she'rlarim

AKBAR SHER/OJIZIY/

@sheriyatuz ✅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Шимол тоғларида совуқ ел эсди,
Қировлар тўкилди ўту ўланга.
Менинг юрагимни соғинчинг эзди,
Боғларни тутаркан кузги аланга.

Кузакка юрагим келолмайди тенг-
Совуган руҳимни тутаман кунга.
Оҳ, мени ҳеч кимга ишонмадинг сен-
Фақат ёлғизликка...
Бошқа ҳеч кимга...

Усмон Азим

@sheriyatuz ✅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xazonlarni uchirmoqqa shay,
Kuzning o‘ychan, latif shamoli.
Avtoulov chumolixo‘rday,
Ishga shoshgan avom -chumoli.

Chirpiraydi yetim yaproqlar,
Kuz keltirdi barglarga qiron.
Xazon emas, tilla titroqlar,
Qo‘rqitadi ularni bo‘ron.

O‘ylamaydi bu haqda qayin,
Kokillarin yoyib nasimga.
Yo‘l bo‘yida shovullab mayin,
Qayta -qayta tushar rasmga.

@sheriyatuz
YULDUZ
(Epifaniya)

Qarashlaring nega bunchalar ma’yus, jim – jit kechada tomim uzra porlayotgan yulduz? Sevib qolgan odam ko‘zlariday bedor nigoxingda xorg‘inlik shu’lasi.Sen bolalikning oydin kechalari men yotgan so‘ri ustidan esgan sarrin shabboda shashtida titrayotgan va oy shu’lasida kumushdek yaltirayotgan yaproqlar aro shunday termular eding. Seni tungi daryo sohillaridagi baland jarlar poyini yalab oqayotgan shiddatli oqimda, to‘qayzor tamondagi daryoning toshlari ko‘rinib yotgan sayoz kechuvida, oydin sholipoyalarning oynadek tiniq suvlarida, iskabtoparlar g‘ing‘illab “Yor-yor” aytayotgan o‘tloqlar aro oqqan ariqning billur mavjlarida ko‘p bor ko‘rganman. Qadimiy kitob varaqlariday qizg‘ish yaproqlarni sarosar shamollar noma’lum yoqlarga uchirib ketgan hazonrez oqshomlarda juldur bulutlar tirqishidan mo‘ralagan ma’sum, osoyishta onlaring hamon yodimda.Qaxrli qish kechalari paqirga magnitday yopishgan alyumin cho‘mich ichidagi muzlagan suvda bir dona tuz zarrasiday g‘amgin shu’lalar taratgan chog‘laringni yolg‘iz qolgan kezlarim derazadan qirov uvildiriqlari qoplagan kimsasiz daraxtzorlarga termulganimcha sog‘inib eslardim. Ayniqsa, tungi ayozdagi simdorda muzlab qotib qolgan ko‘ylagimni simdan ajratib olib uni taxtadek qo‘ltiqlaganimcha yolg‘izlik egallab olgan xonamga kirib ketayotib qarasam o‘shanday porlab turgan eding. Sen hamon olmos zarrasiday tomim uzra porlab turibsan. Eshik-derazasiz, mo‘risiz uyimning tipratikanlar teshib tashlagan temir panjarali tuproq tomi uzra.

✍️ X. Vulqon
@sheriyatuz
Хазонрез...
Қалбимни ўртаган яна ўша хазонлар...
Анчадан бери уйимизнинг томорқасида жойлашган теракларимни зиёрат қилмабман. Бугун негадир уларни кўргим келди. Дарахтларни одамлардан кўпроқ соғинаман десам, ишонасизми?. . Томорқага ўтиб, ғалати овоздан таққа тўхтадим. Оёқларим тагида нимадир инграгандек бўлди. Қарадиму юрагимни ғалати сокинлик, ҳорғинлик, соғинч ва муштоқликка тўла дардлар чулғади. Пойимда хазонлар ястаниб ётарди. Мен эса умримнинг яна бир баҳори ниҳоя топаётганидан аччиқ мамнун эдим...

Ж.Д

2014

@sheriyatuz
Кузак хонамгача бостириб келди.
Ташқарига чиқдим. Хазондан қочиб.
Умрим тугаяпти. Келгин.Кел энди.
Ёв енгган шаҳардай юрагим очиқ.

Куз боғлар бошига не иш солмади,
Ана, дарахтларнинг сўнгаклари - чўп…
Сенга айтадиган сўзим қолмади,
Сенга айтадиган жимликларим – кўп…

Усмон Азим
@sheriyatuz
Qo'limda telefonim sinib ketgudek.
Yurak notinch, yomon uryapti.
Bu holat alamli, hamda kulguli.
"Siz so'rayotgan abonent
boshqa yo'nalishga javob beryapti. "

Yor xajri yomondir, rashk undan yomon.
Sabr chayqalyapti bo'lmoqda tamom.
Ishonch bukilmoqda, ishonch sinyapti.
" Siz so'rayotgan abonent boshqa
yo'nalishga javob beryapti "

La'nati gumonlar, bas qilgin yo'qol.
Shayton SMS yoz, boplab deyapti.
Yoqimli ovoz ham tuyular qo'pol.
" Siz so'rayotgan abonent boshqa yo'nalishga javob beryapti "

Xafa qilmagandim oxirgi martta.
Nega qaramaydi qo'ng'irog'imga?
Uyiga bostirib borsammi shartta.
Jonim kelmoqdaku hiqildog'imga.

Uxlab qolibman kutib oxiri,
Tong saxar sms, undan kelibdi.
Kecha kelgan emish mehmon o'rtogi..
Qilgan qong'irog'im bugun ko'ribdi.

Javob ham yozmadim, qong'iroq qilmay.
O'sha kungi holim alam qilyapti.
Men ham qo'ymayman-da qasdimni olmay.
U SO'RAYOTGAN ABONENT BOSHQA YO'NALISHGA JAVOB BERYAPTI...!!!


@sheriyatuz
Gòyo dunyo dardi endi bilindi
Boglarni bagridan quvonch yulindi
Bor dardu bor sitam kuzga bilindi
Bahorni parvoyi falak bu holga
Bir bora hol sòrab chiqmadi yòlga

Yuldizin kòrsatmay osmon xòmraydi
Olamni kòngliga qil ham sigmaydi
Quvginga uchrab yaproq yiglaydi
Bahorni parvoyi falak bu holga
Bir bora hol sòrab chiqmadi yòlga

Och qolgan bòridek uvvillar shamol
Daraxtlar dard yutgan ayoldek bexol
Bir kuzga shuncha dard kelmasmi malol
Baxorni farvoyi falak bu holga
Bir bora hol sòrab chiqmaydi yòlga

✍️ Oygul
@sheriyatuz
Bir Holat ...

Bir holat ...
Holatki, bag`rida suzadi olam,
Holatki ko`nglimda na sevinch, na g`am.

Bir holat ...
Holatki, bilmayman qaydaman o`zim,
Bir parcha osmonga mixlangan ko`zim.
Holatki, nimani istasam shu on
Huv, o`shal osmonda bo`lar namoyon ...

Bir holat ...
Holatki, ismimni eslay olmayman,
Holatki, qasdida xar nega shayman.
Holatki, ko`zimga ko`rinmas dunyo,
Holatki, hayotim - eng shirin ro`yo.

Bir holat ...
Holatki, yashashni o`ylamayman men,
Holatki, o`limlar yashamoqqa teng.
Holatki, sezimlar zaminiy emas,
Holatki, mangulik joningga tegmas.
Holatki, men seni sevmayman, biroq
Ko`ngil oq,
Tuyg`u oq,
Dunyolar oppoq ...

@sheriyatuz
UMR
(Marhum, iste’dodli shoir Ravshan Fayz xotirasiga )

Gullar yerning tabassumlari,
"Qayda?" - deya berma savollar.
Dala orti tikanzorlarda,
Guvillaydi vaxshiy shamollar.
Bosh uradi ular ko‘ksimga,
Zulmatlardan topolmay uyin.
O’xshashi yo‘q qor zarrasini,
Sochlarimga qo‘ndirar quyun.
Qor uchquni erib ketarkan,
Kiprigimda eng so‘ngi karra.
Deyman: - Buncha oz umr ko‘rding ?
Alvido, ey beg‘ubor zarra !

✍️ X. Vulqon
@sheriyatuz

https://tttttt.me/+PmzPSuADeTEHyxeb
Nigohlarda qish
Isinib chiqyapman goh
Ko`nglimga kirib . . .
#hokku @sheriyatuz
KUZGI SOG’INCH

Qarshimda lallayib turgan shu daraxt,
Qushlar kontsertiga sotadi chipta.
Simlar chizig‘ida qushlar notasi,
Umrimiz muallaq omonat ipda.
Quyosh tillasidan qamashdi ko‘zim,
Bog‘lar chayqalganda shamollarda mast.
Suvlar bexush yotar anxor qo‘ynida,
Bodi xazonlardan to‘zg‘in xoru xas.
Suvi qochgan nonday qaqradi yo‘llar,
Kuzgi ko‘priklardan o‘tdim men yakka.
Xazonli bog‘larda seni esladim,
Osmon o‘tovidan o‘tganda chakka.
Shu kecha men seni qilurman ozod,
Shart emas to‘siq yo pardani yirtmoq.
Tortaman tirsillab uzilib ketar,
Siymin badaninga botuvchi sirtmoq.
Axir sensiz tunda qor yog‘ayotgan
Qorong‘u, kimsasiz jim - jit ko‘chaman.
Bu kech yonayotgan gugurt cho‘piday,
Xushbo‘y nafasingdan titrab o‘chaman.

X. Vulqon

@sheriyatuz

https://tttttt.me/+PmzPSuADeTEHyxeb
BUYUK YOLG’IZLIK

Ulfatim uqubat, hamrohim azob,
Qorong‘u yo‘llardan o‘tdim g‘am yutib.
Zulmatda turtinib yuribman xamon,
Poyimda muz bilan qoplangan Qutb,
Chenada yuk og‘ir, itim ham o‘lgan,
Muzlab borayotir yonilg‘im - ilik.
Chaqmoqtosh yo‘qolgan, tugagan gugurt,
Qaldirab turibdi og‘zimda pilik.
Bir kuni yorishar bu qora dunyo,
Qorlarga qo‘shilib eriydi qaxr.
Qish mangu emasku, bahor ham kelar,
Dunyoda har nening cheki bor axir.
Xayr, odamsimon pingivin qushlar!
Bunda mehr noyob, muruvvat qaxat.
She’riyatning mangu muzliklaridan,
Men qazdim o‘zimga tubsiz bir lahad!

✍️ X. Vulqon
@sheriyatuz
XOTIRJAM ODAM

Yomg‘ir shivirlaydi quloqlarimga,
Ko‘chada odamlar lavasi oqar.
Avtosuvaraklar qatnagan yo‘lga,
O’ychan yo‘lovchilar parishon boqar.
Chaqdi ko‘zlarimni achchiq tutunlar,
Qayrildim yomg‘irli, kimsasiz boqqa.
Yaldo tunlarida qoralamadan,
Sochu soqolimni ko‘chirdim oqqa.
Men ham asli jonli kiyimilgichman,
Soyabon orzusi bag‘rimni o‘ygan.
Ancha bo‘ldi yo‘llar g‘adir-budur deb,
Kiyimimda dazmol qatnamay qo‘ygan.
Takabbur emasman, uxlagim kelsa,
Ostimga bo‘yra ham to‘shayveraman.
Bu yerdan haydasa o‘gay zamona,
Xotiralarda ham yashayveraman.
O’ksinib yurmayman bo‘lmasa uyim,
Bo‘lmasa sigirim, bo‘lmasa echkim.
Xotira bo‘ysunmas boshqarmalarga,
Xotiradan meni haydolmas hech kim!

✍️ Xoldor Vulqon
@sheriyatuz
SHAHAR YOMG’IRI

Chaqmoq lazeridan yorishib ketar,
Olis samolarning gezargan labi.
Yomg‘ir yuvib ketgan gulzorlar aro,
O’ylarim g‘arq bo‘lar "Titanik " kabi.
Yuvilgan maydonda qarsillar yomg‘ir,
O’rmalar loyqa suv iloni selda.
Muz solingan qopday so‘lim Xavolar,
Borliq go‘dak kabi yupangan yelda.
Yodimga tushadi olis bolalik,
Chaqmoq, qasirg‘alar, sellar suroni.
Yomg‘irdan keyingi bog‘lar ustidan
Gurillab esardi chumchuq bo‘roni.
Qoldi uzoqlarda daryo jarlari,
Yulg‘unzor to‘qaylar sog‘ingan do‘stim.
Shoir bo‘lib nazm daryolarida,
Jarlarga tirmashib qiynalib o‘sdim.
Baland jarlar kabi qavatli uylar,
Olmos chiroqlarin ma’yus yoqarlar.
Chiroq marjoniga termular g‘amgin,
Giyoxdonda o‘sgan tungaboqarlar.

✍️ X. Vulqon
@sheriyatuz
Bir nuqtaga termulgan odam

Yoz yomg'iri yog'ar maydalab, ezib,
Ruhimda tong kabi musaffo tuyg'u.
Soyabon ostida yurarman kezib,
Olislarda chaqnar ovozsiz qayg'u.

Ko'lmaklarda g'amgin kumush xalqalar,
Yashnaydi qaqragan, daryolar labi.
Gullagan nastarin maxzun chayqalar,
Unsiz yig'layotgan parizod kabi.

Oxir tamom bo'ldi yomg'ir ko'z yoshi,
Tabiat yig'idan to'xtadi, tindi.
Mag'rur daraxtlarning egilib boshi,
Maysa kiprigiga tomchilar indi.

Ariqlar sharqirab toshar bir yonda,
Oynadek yaltirar bog'lar yo'lagi.
G'iyt - g'iyt etar kuzgi g'amgin osmonda,
G'ozlar galasining bo'm - bo'sh chelagi.

X. Vulqon

@sheriyatuz
Аёлга оссонми.
Киз бошимиз эгилмайди, ота уйда
Нима килсак туртишмайди, ота уйда
Билмасакда жиркишмайди,ота уйда
Аёлга оссонми аёлга...
Билмай колса ургатади, она уйда
Ковокларни солмайдида,она уйда
Тушунтирар кийналма деб она уйда
Аёлга оссонми аёлга....
Хар мухитни узига хос одати бор
Хар мухитни куни бошка туни бошка
Хар мухитда сузлар тиллар булмасми кор
Аёлга оссонми,аёлга....
Тилим бор деб сапчимайди ичга ютар
Бугун шу кун индамайди эрта кетар
Не алам бугзидаку утар-кетар
Аёлга осонми аёлга....
Билмайдими килганлари бир кун кайтар
Куркмайдими саволидан кандай утар
Жон жонидан утиб кетса кимга айтар
Аёлга оссонми аёлга.....
Демайдими кайнонасин, жоним онам
Демайдими деса кани жоним болам
Забонлардан чикмаганми болам бутам
Аёлга оссонми аёлга...

Гулора Хамиджановна

@sheriyatuz
SOG’INIB

Shu kunlarda bahorga zorman,
Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q.
Kuz singari za’far ruxsorman,
Mevalar ham shoxlardan uzuq.

Shu kunlarda bahorga zorman,
Tanxastalik ezadi ruhim.
Tanho emas, qatorda borman,
Yana neni izlaydi suqim?

Shu kunlarda bahorga zorman,
Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul.
Yaxshiyamki, qalamga yorman,
So‘zlab turar bor dilimni ul.

Shu kunlarda bahorga zorman,
O’z bahorim kabi bemisol.
Bahor qaytmas, yonuvchi qorman,
Yo no‘noq qo‘l butagan nihol.

Shu kunlarda bahorga zorman...

✍️ Zulfiya

@sheriyatuz
Hech qanday his qolmagan qalbda,
Menga yot hislatdur hayajon.
Hayotga yengildim, yengildim dardga,
Yoshlikni sog'indim Onajon.

Soxta nigohlardan bezib qolganman,
Pichoqdek sanchilar tanamga bu jon.
Katta bõlishdan juda tolganman,
Yoshlikni sog'indim Onajon.

Õttizga kirmasdan, yuzdan oshgandek,
Sabr tõlib, toqat toshgandek.
Ortimdan kafanlik quvib shoshgandek,
Yoshlikni sog'indim Onajon.

@Sheriyatuz