She'riyat olami.
328 subscribers
203 photos
45 videos
7 files
110 links
O'zbek she'riyat olami !

Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir.



Admin bilan bog'lanish: @Sheriyatuz_bot

Muxlis minbari loyihasi uchun
@sheriyatuz_bot
Download Telegram
Forwarded from She'riyat olami.
Òtib borayotgan muborak kunlar
Allohning rahmati yoğilmiah tunlar
Kòzlatda yosh ila tilaymiz tilak
Arafa kuningiz bòlsin muborak.
Azizlar barchamizga arafa muborak bòlsin.😊😊😊
Forwarded from She'riyat olami.
AZIZ SINFDOSHLARIM

Eslab yoshlik choĝlarim,
Kõzdan oqar yoshlarim,
Omonmisiz? Bormisiz?
Aziz! Sinfdoshlarim!

Kõz oldimda kõzingiz,
Quloĝimda sõzingiz,
Kõrgim kelar õzingiz,
Aziz! Sinfdoshlarim!

Shõxligimiz bir osmon,
Õynar edik shodumon,
Esingizdami? hamon,
Aziz! Sinfdoshlarim!

Salom sinfdosh qizlar!
Xusni oy gõzal yuzlar,
Xali ham õshasizlar,
Aziz! Sinfdoshlarim!

Har kun yõlingiz kutib,
Sochlaringizdan tortib,
Yurardim gaplar otib,
Аziz! Sinfdoshlarim!

Kõngli quchoĝidan keng,
Biri yoqa, biri yeng,
Yaqinimsiz meni eng,
Aziz! Sinfdoshlarim!

G'animatmiz õylaylik,
Bir-birimiz yuqlaylik,
Oqibatli bõlaylik,
Aziz! Sinfdoshlarim!

Abdumutalib Ergashaliyev

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
O'tib ketgan o'quvchilik payti kelsa,
Yoshligimning sho'x qo'shig'in aytsa edi.
Bor-u yog'im berar edim shu bir kunga,
Bir kungina maktab davri qaytsa edi.

Chopar edim quvonch bilan maktab tomon,
Sinfdoshlar ayriliqning dardi yomon.
Diydorlashib o'tirardik, shirinzabon,
Bir kungina maktab davri qaytsa edi.

Tinglar edim ustozlarim saboqlarin,
Yechar edim yecholmagan jumboqlarim.
Partadoshim, jondan aziz o'rtoqlarim,
Bir kungina maktab davri qaytsa edi.

Ilk sevgimdan bugun ayro bo'lmas edim,
Hijronlarning quchog'ida qolmas edim.
Sinfdosh qiz, armonginam, ox sevgilim,
Bir kungina maktab davri qaytsa edi.

Partalarda o'tirmoqning gashti bo'lak,
Shaxti bo'lak, yurakdagi axti bo'lak.
Quvonchi-yu, qayg'usi-yu baxti bo'lak,
Bir kungina maktab davri qaytsa edi.

So'ngi onda qo'ng'iroqlar berdi sado,
Ko'zlarda yosh, qiyqiriqda yer-u samo.
Vaqt degani hech ham ortga qaytmas, ammo,
Bir kungina maktab davri qaytsa edi.

Hamza Eshmurodov.

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Сўнгги қўнғироқ ҳам чалинди мана —
Мактаб эшиклари ёпилар секин.
Ҳаёт деб аталмиш мактаб эшиги
Очилар лекин.
Ҳа, янги синовни қаршилар ҳамма,
Умрбод ўртагай ёшлик фироғи.
Сўнгги қўнғироқ деб атаманг асло,
У асли ҳаётнинг илк қўнғироғи.

Х. Хамидов
#sensiz...

***
Nigohim nigohing aksiga tashna,
Bóshliqqa uchadi ruhim qushlari.
Kónikish, armondan ayt ne foyda, dil!
Qalbim qitiqlaydi qismat ishlari.
Kel...

Kel...
Dardim quchoqlab birga yig‘laylik,
Sónggi sabrlarni tortqilaydi yel...
Gullarga o‘raymiz, gullarga o‘rab,
Daryoga sabrni chóktiramiz kel!
Kel...

Sabr arazladi, faqat qolding sen!

Feruza

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Atlantika okeani ustida

Tepada bir ummon, pastda bir ummon,
Ikki dengiz aro kechar lahzalar.
Xayolga tolaman: men o‘zi kimman?
Ojiz va notavon zarra.... alhazar!

O‘tkir Hoshimov
Daftar hoshiyasidagi bitiklar.

@sheriyatuz
Bedorlik soati....
Live stream started
Live stream started
Forwarded from She'riyat olami. (0954)
Севгимиз ўлдими? — либосингиз кўк,
Кўнглингиз — бегулхан, кўзингиз — бечўғ.
Биздан бориш йўқдир, сиздан — келиш йўқ
Келишсиз дунёда беғам, азизим,
Нега кўзларингиз бенам, азизим.

Ўт етди — қақшатди банд-бандларимни,
Тупроққа сочдингиз баландларимни,
Ақлимни, дилимни — бебахтларимни —
Боришсиз дунёга отган, азизим,
Олисда ой каби ботган, азизим.

Чунки тунга айтар рост "оҳ"ингиз йўқ,
Фалакда кезгани шаън роҳингиз йўқ,
Нечун келмайсиз, гар гуноҳингиз йўқ -
Боқаман: нигоҳим — гумон, азизим,
Йўлларинг тумандир, туман, азизим.

Қаранг, минг бир баргда кузак учадир,
Қизил-сариғида — юрак учадир,
Сўнгаклар учадир, суяк учадир -
Бу тўфон — хазонлиғ менман, азизим,
Сизсиз минг кузакка тенгман, азизим.

Аммо сиз сарғайманг — гулли боғ бўлинг,
Ям-яшил кўкаринг, мудом соғ бўлинг,
Баҳорнинг бағрида беадоғ бўлинг —
Ахир, қарғаганим сизмас, азизим,
Икки куз дунёга сиғмас, азизим...

✍️ Усмон Азим

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Òtib borayotgan muborak kunlar
Allohning rahmati yoğilmiah tunlar
Kòzlatda yosh ila tilaymiz tilak
Arafa kuningiz bòlsin muborak.
Azizlar barchamizga arafa muborak bòlsin.😊😊😊
Shahzoda - Seni Osmonimga Olib Ketaman
@yoshlarbop_musiqalar
Singlim deymu seni... sevgilim deymu...
Seni osmonimga olib ketaman....

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami. (0954)
ERKA KIYIK

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo'lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g'arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Sening ko'zing qora, mening ko'zim qora,
Sening bag'ring yara, mening bag'rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Kel, yig'laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Umrimizning barcha yo'li, so'qmog'i cho'g',
Cho'g'dan qo'rqma, beyuz qo'ygan qopqondan qo'rq.
Bu dunyoda senga do'st yo'q, menga do'st yo'q,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko'zim toldi,
Yuragimdan to'kilmay ne so'z qoldi,
Yo'l so'ngida, hech bo'lmasa o'lim oldi,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

✍️ Muhammad Yusuf

@sheriyatuz
Kapalaklar, kapalaklar
Guldan gulga qo‘nishib yayrar.
Mening yelkamda-chi tegirmon toshi...
#hokku @sheriyatuz
Live stream started
Live stream finished (13 minutes)