Sheraliyev She'rlari
107 subscribers
71 photos
1 video
4 links
She'rlar muallif nomisiz ko'chirilmasin!

Zakaz she'rlarga buyurtma berish uchun: @Sheraliyev_Shoir
Download Telegram
Bir qizni deb kuyar ekansiz
Sizga aytsam ko'ngil so'zimni
Eh qizlarjon ayyor ekansiz
Hudojonim ochgin ko'zimni!

O'zbek qizi vafoli derdim
Va'da berdi va'dalar berdim
Aldab ketdi, eh... endi bildim
Hudojonim ochgin ko'zimni!

Kechir meni ey yetim yurak
Qiynayapman senla o'zimni
Xasan senga sevgi ne kerak
Hudojonim ochgin ko'zimni!

Mayli endi ne bo'lsa bo'lsin
Bevafoyim baxtlarga to'lsin
Men suymasman sendan o'zgasin
Hudojonim ochgin ko'zimni!

SheRaliYeV
Qo'l uzatar boringda
Mudom yashar boringda
Alam qolar zoringda
Yig'latdi bu odamlar

Mehr kelar mehmon deb
Davlatmandga berib zeb
Oqibatni qo'ydi yeb
Yig'latdi bu odamlar

Kimga havas Kimga to'y
Xasratlarim cho'zdi bo'y
Meni o'ylamay birov
Yig'latdi bu odamlar

Balo otdi boshimga
Armon keldi qoshimga
Tosh qo'shishib oshimga
Yig'latdi bu odamlar

Dardim etdilar doston
Azoblarda qoldi jon
Turtishib u yon-bu yon
Yig'latdi bu odamlar

Qarindoshim yot bo'lib
Sinsam turarlar kulib
Xasan o'limin kutib
Yig'latdi bu odamlar...

SheRaliYeV
Bu so'ngsiz azoblar oxiri bormi
Qayg'u alamlarsiz bir kuning bormi
Ayt bu dunyoing shunchalar tormi
Yolg'on bo'xtonlardan charchadim xayot

Yurgan yo'llaring tikonga to'lsa
Ishongan do'stlaring ko'zingni o'ysa
Yot emas jigarlar tiriklay so'ysa
Shunday odamlardan charchadim xayot

Odamzod qilmishin ko'rib nogaxon
Xattoki shaytonxam qolibdi xayron
Shunchalik g'aflatga botdimi inson
Mingxil nayranglardan charchadim xayot

Xasanga azoblar berdi bir olam
Xatto u dunyoligin o'ylamay bir dam
Naxotki pul bilan inson qadrixam
Arzon dunyoyingdan charchadim xayot

G'animlar xar qadam toshlar otdilar
Ishongan do'stlarim sirim sotdilar
Bilmadim bu bilan nima topdilar
Xamma xammasidan charchadim xayot!...

SheRaliYeV
@sheraliyev_sherlari

👉🏻 нажмите "Join"
Kecha do'stlar bugunchi dushman
Xasadda kim o'zarga dushman
Odam bo'lganimga xomushman
O'z ichini yeydigan jonzot
Bu dunyoda yolg'iz odamzod!

Qo'rqib ketdi bizlardan bezib
Yo'lbars odam fe'lini sezib
Bolasini suvda oqizib
O'zidan ham yirtqichroq jonzot
Bu dunyoda yolg'iz odamzod!...

Sheraliyev
Real Madridni hozirgi kunlarida tanqid qilayotgan muhlislariga..

Ey do'stim,ey do'stim
Futbolni ko'rishga imkoning bo'lsa
Fanatlik bobida shiddating bo'lsa
Chin dildan agarda imkoning bo'lsa
Eng avval Realga muhlislik qilgin
Eng avval Zidanni olqishlab turgin

Hech narsa ustunmas Real Madriddan
Hech barsa ustunmas Real Madriddan
Yutkazsa ustunmas Real Madriddan
Yutsayam ustunmas Real Madriddan
Eng avval Realga muhlislik qilgin
Eng avval Zidanni olqishlab turgin

Futbol bu nimadir futbol bu o'yin
Bugun yutsa erta yutqazish tayin
Yozsang mendek she'r yoz ey Ahad Qayum
Eng avval Realga muhlislik qilgin
Eng avval Zidanni olqishlab turgin

Tarixni yaratgan shular emasmi
Tarixda eng zo'ri shular emasmi
Jaxonni titratgan shular emasmi
Eng avval Realga muhlislik qilgin
Eng avval Zidanni olqishlab turgin

Sheraliyev
Gohi xursand shodon yursa ham
Ona yurtda bölar hayollar
Baxtli emas,ming bor kulsa ham,
Musofirda yurgan ayollar.

Tomog'idan ötmaydi ovqat,
Sabr ila qiladi toqat,
Rözg'orim deb yonadi faqat,
Musofirda yurgan ayollar.

Sog'inadi bayram töylarni,
Yor yor ölan,qöshiq kuylarni,
Sog'inadi pastqam uylarni,
Musofirda yurgan ayollar,

Qadrin bilar chöp u xasni ham,
Qadrin bilar baland pastni ham,
Hurmat qilar dushman döstni ham,
Musofirda yurgan ayollar.

Sog'inchiga yöqdir bir poyon,
Ish izlabon kezarlar qayon,
Ularga hech emasdir oson
Musofirda yurgan ayollar

Ota ona yölingiz kutar,
Farzandingiz alamlar yutar,
Qayting,endi farzandlar kutar
Musofirda yurgan ayollar.

Qayda böling bölingiz omon,
Gulrangingiz bölmasin somon,
Qayting endi ona yurt tomon,
Musofirda yurgan ayollar

SheRaLiYeV
Qumsayverar telba dil har kun
Sensizlikdan og'rinib ketdim
Har kungidan kuchliroq bugun
Seni juda sog'inib ketdim...

SheRaLiYeV
Kambag'al yemasa bitta yumshoq non.
Boylarda bo'lmasa savobdan nishon.
Quruq gap yuragim ezadi hamon.
Mexrdan gapirmang menga odamlar.

Sheraliyev
Narh navo ketyapti kun sayin o'sib
Dollorning o'sishin bo'lmaydi to'sib
Yemirilib ketdi gi'shtning o'lchami
Sementni sotarlar qum tuproq qo'shib!

Bularku mayliyu bu moddiy tomon
Boshqa bir ahvollar bundanda yomon
She'r yozmay qo'yyapti yaxshi shoirlar
Yaxshi shoirlikni ko'tarmas zamon!

Sheraliyev
Ranjimasin qizlar qilmasin gina
Ranjisa ham mayli qilmam havotir
Kemaldek sevguvchi yigitlar ko'p-ku
Nihandek sevguvchi qizlar yo'q hozir😕
10.11.2017 21:26

@Sheraliyev_sherlari
Yuragingdan ismim o'chir
Sevging o'zga dilga ko'chir
Aldolmasman borim shudir
Kechir seni sevolmayman

Shaxzodang menmas axir
Mendan chiqmas hech Toxir
Qancha she'r yozay axir
Kechir seni sevolmayman

Men sevgining qotiliman
Azoblarning chin yoriman
Sevgi bilmas to'poriman
Kechir seni sevolmayman

Sevding nimam ey go'zalim
Zo'rmasman ham yo'q bilagim
Bilgin axir muz yuragim
Kechir seni sevolmayman

Taqdir bilan qo'y olishma
Sevsin meni deb yulishma
Qiz bolasan ko'p talashma
Kechir seni sevolmayman

Yolvoraman topgin baxting
Sevmayman deb aytkin axting
Do'stlar siz ham unga ayting
Kechir seni sevolmayman

Mana tamom Xasan she'ri
Bir ovloqdur yashash yeri
Baxt tilayman kelma beri
Kechir seni sevolmayman..!!!

SheRaliYeV
Mehnatdan sarg'ayib ranglari somon
Vatanni sog'inib yurakda armon
Qandaysiz tinchmisiz sog'misiz omon
Chet ellarda yurgan vatandoshlarim

Alamdan ko'zinggiz ko'rmoqdami yosh
G'ururini berkitib egildimi bosh
Patir nonni qumsaysiz yeyolmaysiz osh
Chet ellarda yurgan vatandoshlarim

Boshimizda bor ekanda kelipmizda
Bola chaqa g'amin deya yuripmizda
Eh sizlar ham mendek yurtdan ketipsizda
Chet ellarda yurgan vatandoshlarim

Tik boshingiz oqquloqlar qildimi xam
Hafa bo'lmang bu she'rimla gar yoqmasam
Yurtdoshimsiz nima bo'pti g'amiz yesam
Chet ellarda yurgan vatandoshlarim

Qalbimizda qancha hadik qancha qo'rquv
Ko'zimizdan marjon yoshlar oqar duv - duv
Yuripmizda taxir non yeb ichib sho'r suv
Chet ellarda yurgan vatandoshlarim

O'zga yurtda tatimaydi shoh bo'lsak ham
Musofirda yuripmizda yosh bo'lsak ham
Chin yurakdan yig'layabmiz goh kulsak ham
Chet ellarda yurgan vatandoshlarim

Shudir asli Xasanjonning bir o'knchi
Hammasiga chidar deya bu o'tkinchi
Rosti jondan o'tib ketdi yurti sog'inchi
Chet ellarda yurgan vatandoshlarim...

SheRaliYeV
Azoblarim haydab ketsaydi shamol,
G'am anduhlarimni bulut o'g'irlar
Seldayin quyib yog' tinmagin sira,
Dardimni yuvib ket mayda yomg'irlar

Oynadan tikilib horg'in qarayman,
Goh ochiq havoda o'zim bilmayman.
G'amimga chidolmay dardli ingrayman,
Dardim yuvib ket mayda yomg'irlar...

Sheraliyev
@Sheraliyev_sherlari
Sevging bilan Tirik edim qachonlardir .. 💔💔💔